I bob tarixiy davr, madaniy hayot


Download 91.01 Kb.
bet1/10
Sana22.03.2023
Hajmi91.01 Kb.
#1286320
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Mundarija

Kirish…………………………………………………………..

I BOB TARIXIY DAVR, MADANIY HAYOT


1-fasl. “Muhabbatnoma”ning yaratilish davridagi ijtimoiy-siyosiy hayot va adabiy muhit......................................................................................


2-fasl. Nomachilikda an’ana va novatorlik masalasi………………


II BOB TADRIJIYLIK VA BADIIYAT


1-fasl. Ijtimoiy-falsafiy va g’oyaviy jihatlar.........................................


2-fasl. Badiiy-estetik xususiyatlar........................................................


Xulosa.......................................................................................

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...........................................

I BOB TARIXIY DAVR, MADANIY HAYOT


1-fasl. “Muhabbatnoma”ning yaratilish davridagi ijtimoiy-siyosiy hayot va adabiy muhit Xorazmiy o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. Xorazmiyning hayoti va adabiy faoliyati haqida, qisqa bo‘lsa ham, ma’lumot beruvchi yagona manba uning «Muhabbatnoma» asaridir. Shoir «Muhabbatnoma»ning
muqaddimasi va qisman xotimasida hamda shu asarga ilova qilgan she’riy
«Hikoyat»ida o‘z sarguzashtlari va adabiy faoliyati haqida Ba’zi bir ma’lumotlarni
bayon etadi.
Shoirning nomi bizga ma’lum emas. «Xorazmiy» esa shoirning taxallusi bo‘lib,
bu taxallus uning xorazmlik ekanini ko‘rsatadi. Xorazmiy XIV asr boshlarida (yoki
XIII asr oxirida) tug‘ilgan. Xorazmiy yashab ijod etgan davr Chingizxon istilosining
dahshatli oqibatlaridan keyin Markaziy Osiyoda ijtimoiy va madaniy hayot qaytadan
birmuncha jonlanib, yangi muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilayotgan davr edi. Xorazmiyning yoshlik yillari, o‘qish davri va ilk ijodiy faoliyati Xorazmda o‘tdi.
«Hikoyat»da bayon etilishicha, Xorazmiy bir necha sharq mamlakatlariga sayohat
qilgan, turli xalqlarning hayoti bilan tanishgan va og‘ir mashaqqatlarni boshidan
kechirgan.
Xorazmiy Movarounnahrda ham uzoq sayohat qiladi. Sayohat vaqtida u 1353
yilning oxirlarida Oltin O‘rda xoni Jonibekning Sirdaryo muzofotidagi amaldorlaridan
bo‘lgan Muhammadxojabek bilan tanishadi. Muhammadxoja ma’rifat’arvar va
qobiliyatli shoir bo‘lib, u Xorazmiydan o‘sha qish faslida shu yerda qolib, o‘zbek tilida
bir asar yozishni iltimos qiladi. Shoir bu haqda «Bayoni voqein aytur»da shunday
hikoya qiladi:



Download 91.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling