I bob. Tarmoq xavsizligi tushunchasi va uning mohiyati
Terminal - host kompyuter arxitekturasi
Download 34.27 Kb.
|
I bob. Tarmoq xavsizligi tushunchasi va uning mohiyati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir pog’onali arxitektura
Terminal - host kompyuter arxitekturasi
Terminal - host kompyuter arxitekturasi(terminal – host computer architecture) - bu barcha ma’lumotlarni qayta ishlashni bir yoki bir qator asosiy kompyuterlar tomonidan amalga oshiriladigan axborot tarmog’i tushunchasi. Ko’rib chiqilayotgan arxitektura ikki turdagi qurilmani nazarda tutadi: Host kompyuter (asosiy kompyuter) – unda tarmoqni boshqarish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi; Terminallar – host kompyuterga vazifalarni bajarishga, seans tashkil qilishga va natijalar olishga buyruqlarni uzatish uchun mo’ljallangan. Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari (MUM) orqali asosiy kompyuter, 1.4- rasmda ko’rsatilgandek, terminallar bilan o’zaro ta’sir qiladi. 1.4-rasm. Terminal-host kompyuter arxitekturasi.
Bir pog’onali arxitektura Bir pog’onali arxitektura (peer-to-peer architecture) – bu arxitekturada axborot tarmog’ining resurslari butun tizim bo’yicha tarqalgan holda bo’ladi. Ushbu arxitektura boshqa arxitekturalardan farqi barcha tizimlarning tengligi hisoblanadi. Bir pog’onali tarmoqlar - bu har qanday ish stantsiyasi bir vaqtning o’zida fayl serveri va ish stantsiyasi vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan kichik tarmoqlar. Bir pog’onali LAN-larida diskdagi bo’sh joy va istalgan kompyuterdagi fayllar birgalikda foydalanilishi mumkin. Resursning umumiy bo’lishi uchun uni masofaviy kirish xizmatlaridan foydalangan holda bo’lishish kerak. Ma’lumotlarning qanday himoyalanganiga qarab, boshqa foydalanuvchilar fayllarni yaratilgandan so’ng darhol foydalanishlari mumkin. Bir pog’onali LANlar kichik ishchi guruhlar uchun yetarlicha darajada maqbul hisoblanadi (1.5-rasm). 1.5-rasm. Bir pog’onali arxitektura. Bir pog’onali LAN-lar - bu eng oson va arzon tarmoq turi. Ular uchun tarmoq kartasi va tarmoq tashuvchisi, Windows operatsion tizimi yoki boshqalarga qo’shimcha ravishda Windows for Workgroups bo’lishi zarur. Kompyuterlarni ulash orqali foydalanuvchilar resurslar va ma’lumotlarni almashishlari mumkin. Bir pog’onali tarmoqlar quyidagi afzalliklarga ega: ular o’rnatilishida va sozlanishida oson; shaxsiy kompyuterlar serverlardan mustaqil; foydalanuvchilar o’z resurslarini boshqara oladi; arzon va amalga oshirilishi oson; qurilmalar va dasturiy ta’minotlar kam; administrator shart emas; o’ndan kam bo’lgan foydalanuvchilari bor tarmoqlar uchun juda qo’l keladi. Bir pog’onali arxitekturadagi muammo, bu kompyuterlarning oflayn rejimida bo’lishidir. Bunday hollarda, ular taqdim etgan xizmat turlari tarmoqdan yo’qoladi. Tarmoq xavfsizligi bir vaqtning o’zida faqat bitta manbaga tatbiq etilishi mumkin va foydalanuvchi tarmoq resurslari qancha bo’lsa, shuncha parolni eslab qolishi kerak. Umumiy manbaga kirishda kompyuterning ish faoliyatini pasayishi seziladi. “Peer-to-peer” tarmoqlarining muhim kamchiliklari - markazlashtirilgan boshqaruvning etishmasligi. Peer-to-peer (bir pog’onali) arxitekturasidan foydalanish bir xil tarmoqdagi terminal-host arxitekturasi yoki mijoz-server arxitekturasidan foydalanishni istisno qilmaydi. Download 34.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling