SHunday qilib, chiziqli funksional tuzilma o‘z tarkibiga chiziqli rahbariyatidagi tashkilot masalalarini bajarishga yordam beruvchi bo‘linmalarni qamrab oladi. CHiziqli funksional tuzilma ham o‘z afzallik va qiyinchiliklariga ham egadir.
1-jadval.
Afzalliklar
|
Kamchiliklar
| |
ishlab chiqarish bo‘limlari aro gori-zontal pog‘onasidagi quyuq o‘zaro aloqa va o‘zaro harakatlarning yo‘qligi
tayyorlanayotgan qaror, odatda uni joriy etilishida ishtirok etmasligi uchun aniq javobgarlikning yo‘qligi
vertikal bo‘yicha o‘zaro ta’sirning haddan tashqari rivojlangan tizimi jumladan: boshqaruvning ierarxiyasi bo‘yicha bo‘ysunishi ya’ni,
haddan tashqari markazlashtirish
|
Tashkilotni boshqarishning funksional – tashkiliy tuzilmasi. Funksional boshqaruv aniq ishlar ko‘rinishini bajarishga mo‘ljallangan va chiziqli boshqaruv tizimida qaror qabul qilish uchun kerak bo‘lgan bo‘linmalar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
rasm. Boshqaruvning funksional tashkiliy tuzilmasi sxemasi.
Tashkilotda odatda bir xil soxadagi mutaxassislar mutaxassisligi bir bo‘lgan bo‘linmalarga (bo‘limlarga) birlashtiriladi, masalan marketing bo‘limi, rejalashtirish bo‘limi, buhgalteriya va sh.k. shunday qilib, tashkilotni boshqarishning umumiy masalalari o‘rta zvenodan boshlab funksional mezon bo‘yicha bo‘linadi. SHuning uchun boshqaruvning funksi- onal tuzilmasi degan nom kelib chiqqan.
Rasmdan shu narsa ko‘rinib turibdiki, hamma funksiyasini tahlil etib uni bajaradigan universal menejerlar o‘rniga o‘z soxasida katta iqtidorga ega bo‘lgan va ma’lum bir yo‘nalish uchun javob beradigan (masalan, rejalashtirish va istiqbollash) mutaxassislar shtatlari paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |