I bob. Tashkiliy tuzilmasi va


rasm. Mahsulot tuzilmasi. Bo‘limlar-vitse prezidentlari


Download 234.38 Kb.
bet7/15
Sana27.02.2023
Hajmi234.38 Kb.
#1234465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Tashkiliy tuzilma strategik o’zgarishlar ob’ekti sifatida . mustaqil ishi

rasm. Mahsulot tuzilmasi. Bo‘limlar-vitse prezidentlari


Bo‘limlar – vitse prezidentlari



    1. Tashkiliy tuzilmalarni loyixalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda korxona va tashkilotlarning daromad olishga bo‘lgan imkoniyatlari bir tomondan kamayib ketsa, ikkinchi tomondan ortishi mumkin. Bunda esa asosiy omil sifatida tanlangan tashkiliy tuzilma maydonga chiqadi. SHuning uchun ham, ikki imkoniyatdan birini tanlash va unga erishish rahbar- menejerdan mahorat va uddaburonlikni talab qiladi.


Boshqaruvning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik, xo‘jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo‘yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruv- ning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo‘yicha bir qator tadbirlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlang‘ich, unga erishish esa yakuniy bosqich hisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob’ekti va uning aloxida parametrlarining istalgan holatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv maqsadi aniq bir mahsulot turini eng kam resurslar xarajatini sarflagan holda kerakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat.
Maqsadli yondashuv boshqaruv organlari ishining kollektiv oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga bo‘ysunishni talab qiladi. Boshqaruvning har bir tagtizimi o‘zining maqsadlari (tashkiliy, iqtisodiy, marketing, texnik, ijtimoiy)ga ega, shuning uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yo‘zaga keldi. Boshqaruvning har xil darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini to‘ldirib turishi zarur. Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri maqsadlar daraxtini tuzish hisoblanadi. Quyida maqsadlar va ularga erishish vositalari o‘rtasidagi aloqalarning grafik tasviri ni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.




Download 234.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling