I bob. Tashqi savdo siyosatining iqtisodiyotdagi ahamiyati


Tashqi savdo geografiyasi


Download 0.6 Mb.
bet13/14
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416623
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O’ZBEKISTON TASHQI SAVDO MUNOSABATLARIDA GEOGRAFIYASINING SIFAT JIHATDAN O\'ZGARIB BORISHI

2.2. Tashqi savdo geografiyasi
Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab oldi. Jumladan, sanoat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 28 ta korxona uchun belgilangan 14 million 480 ming dollarlik rejalashtirilgan savdo haqiqatda 38 ta korxona tomonidan 14 million 461 ming 500 dollarga yoki birinchi chorak bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga nisbatan 99,9 foizga bajarildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 11 ta korxona uchun belgilangan 4 million 654 ming dollarlik reja ijrosi haqiqatda 17 ta korxona tomonidan 2 million 983 ming 400 dollarni tashkil etmoqda. Hozirgi vaqtda tarixiy jarayonlarning rivojida sub'ektiv va rasional omillar muhim ahamiyatga ega bo'lgani tufayli biz bayon etgan taraqqiyotning to'rt ehtimoliy varianti geosiyosiy jarayonlarning muayyan tarzda rivojlanishini ifoda etgan voqelikdan yiroq izoh emas. Aksincha, ular mintaqalar miqyosida olib boriladigan jarayonlarni boshqarish mumkin bo'lgan amaliy geosiyosiy pozisiya deb qaralishi lozim.
Geosiyosatning ikki muhim tamoyili qatorida alohida o'rin tutadigan tushuncha – Rimland (qirg'oq hududi) kategoriyasidir. Rimland goh talassokratiyaning, goh tellurokratiyaning bir qismi bo'lishi mumkin bo'lgan tarkibiy makondir. Bu juda ham murakkab va shu bilan birga madaniy jihatdan boy mintaqa hisoblanadi. Dengiz muhiti hamda suvning ta'siri natijasida “qirg'oq hududi”da hamisha izchil taraqqiyot kuzatiladi. Geosiyosiy asarlarda dengiz olamiga nisbatan umumlashtirilgan holda “Kema” yoki “Orol” tushunchasi qo'llanilsa, quruqlikka nisbatan “Uy” yoki “Imperiya” iboralari qo'llaniladi. Ana shu qoidaga ko'ra Rimland gohida “Orol” va “Kema”, gohida esa “Imperiya” va “Uy” tarafga o'tadi. Mazkur tushunchalar mazmun-mohiyatini oydinlashtirishga harakat qilib ko'ramiz.
Rimland quruqlik va dengiz kuchlarining to'qnashuvi ro'y beradigan qandaydir oraliq yoki o'tkinchi muhit emas. U mustaqil mantiqqa ega bo'lgan, shuningdek, talassokratiya va tellurokratiyaga jiddiy ta'sir o'tkazadigan murakkab voqelik hisoblanadi. Shu ma'noda, u tarixning ob'ekti emas, balki uning faol sub'ektidir. Talassokratiya va tellurokratiyaning rimland uchun kurashi shunchaki strategik mavqeni qo'lga kiritishga qaratilmagan. Rimland o'ziga xos hamda tarixiy irodaga ega bo'lsa-da, uni geosiyosiy qarama-qarshilikdan xoli tassavur etib bo'lmaydi. Zero Rimland ma'lum darajada tanlash erkinligiga ega, bo'lishiga qaramay u yoki talassokratiyani yoxud tellurokratiyani tanlashi zarur.
Ana shu tufayli “ichki yarim oy” aksariyat hollarda insoniyat sivilizatsiyasi tarqalgan hudud, deb talqin etiladi. Bu hudud ichkarisida konservatizm, uning tashqi qismida esa tartibsizlik tahdidi hukmronlik qiladi. “Qirg'oq hududlari” joylashuvi nuqtai nazaridan jug'rofiy holatdan kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etishga majburdirlar. Rimland chegaraviy hudud, chiziq yoki boshqacha aytganda, chegaraviy yo'lakdir. Ayni paytda u tom ma'noda chegara hamdir. Bunday uyg'unlik “chegara” tushunchasiga geosiyosiy nuqtai-nazardan ta'rif berishda muhim ahamiyatga ega. Davlatlar o'rtasidagi chegaralardan farqli o'laroq, geosiyosatda bu atama o'zgacha, ya'ni dastlabki andozaga asoslangan holda tahlil etiladi. Barcha chegaralar uchun umumiy asos bo'lgan ushbu tarixiy-jug'rofiy hamda madaniy tushuncha ana shu andozaning negizini tashkil etadi.
Qirg'oq hududlarining eni yoki kengligi materikka tashqaridan, ya'ni dengiz tarafdan keladigan bosqinchilar ko'zi bilan qarash natijasida shakllanadi. Aynan qirg'oq “dengiz kuchlari” uchun quruqlikning ichkarisigacha kirib boradigan yo'lak hisoblanadi. Materik uchun esa, qirg'oq, aksincha, so'nggi marradagi chiziqdir. Qirg'oqni chiziq sifatida talqin etish “quruqlik huquqshunosligiga” xos bo'lgan qarashdir.
Qirg'oq hududlari materikdan, (ya'ni Yevrosiyodan) uzoqda bo'lgan dengiz davlatlari uchun kelajakda bosib olish mumkin bo'lgan mustamlakalar bo'lib, ularni asosiy qit'adan ajratgan holda strategik makonga aylantirish mumkin. Shu bilan birga, talassokratiya namoyondalari qirg'oq hududini oxirigacha egallash qiyinligi, qit'a ichkarisidan xavf tug'ilganda kemaga o'tirib vatanga, “orolga” suzib ketish mumkinligi to'g'risidagi xulosaga kelganlar.
Qirg'oqning chiziq bo'lishiga sabab dengiz bosqinchilarining mintaqa ichkarisiga ma'lum darajadagina kirib borishlari xavfsiz ekanligi bilan bog'liq. Dengiz hamda quruqlik to'g'risidagi har ikki yo'nalishdagi qarashlarni o'zida mujassamlashtirgan geosiyosat fanida rimland chegara-chiziq shaklidagi o'ziga xos voqelik sifatida namoyon bo'ladi. Uning (ya'ni rimlandning) xususiyatlari esa shu hududda qaysi unsur ustunlik qilishiga bog'liq. Masalan, Xitoy va Hindistonning kemalar qatnashiga qulay bo'lgan ulkan okean qirg'oqlari ham eng tor hajmdagi chiziq hisoblanadi. Chunki ushbu hududlar madaniy jihatdan quruqlikka moslashgan hududlar bo'lib, qirg'oqlari juda tor hajmga ega va qit'aning suv bilan tutashgan marrasinigina ifoda etadi. Yevropa va asosan O'rta Yer dengizidagi qirg'oq hududlari nisbatan kengroq hajmga ega bo'lib, materik ichkarisigacha cho'zilib ketgan. Masalan, geosiyosiy nuqtai nazaridan nazardan NATOning a'zosi sifatida Turkiya hududi to'liq “rimland”ning chegara hududida joylashgan. Uning qit'a ichidagi chegaralari anchagina hududni egallagan rimland chegarasini ifoda etadi. Ushbu davlatning qo'shnisi – Eron esa dengiz kuchlari ta'siridan xoli bo'lgani tufayli, Hindiston va Xitoy singari juda tor chiziqdan iborat geosiyosiy chegaraga ega. Lekin, har ikkala holatda ham so'z tom ma'nodagi ma'muriy belgi emas, balki geosiyosiy chegara haqida bormoqda. Ayon bo'ladiki, geosiyosiy chegara muvaqqat, o'zgaruvchan va shart-sharoitlarga uzviy bog'liq hodisa bo'lib, vaziyatga qarab keng maydondan tor chiziqqa qadar o'zgarib turishi mumkin.
Geosiyosatdagi bunday yondashuv chegara masalasi bilan bog'liq bo'lgan nisbatan xususiy muammolarni tahlil etishda ham qo'llanadi. U davlatlar o'rtasidagi chegaralarni “hajm jihatidan o'zgaruvchi hududlar”, deb hisoblaydi. Chegaraviy hudud hajmining kengayishi yoki torayishi mintaqaning umumiy taraqqiyotiga bog'liq. Shunga bog'liq holda ushbu hududlar tegishli o'lcham doirasida o'z shakli va yo'nalishini o'zgartirib turadi. Ushbu yondashuv nuqtai nazaridan hatto ayrim davlatlar ham “geosiyosiy chegara” tushunchasi doirasiga kiritilishi mumkin. Masalan, Angliyaning taklifi bilan Rossiya va Germaniya o'rtasida tashkil etilajak “sanitar kordon” g'oyasi ostida Boltiqbo'yi va Sharqiy Yevropa davlatlaridan iborat “hech kimga tegishli bo'lmagan” (yarim mustamlaka va Angliyaga yo'nalgan) hududni qamrab olishi ko'zda tutilgan edi. Rossiya va Germaniyaning mintaqaviy siyosati esa, aksincha, bu hududni chiziqqa aylantirishga (Brest-Litovsk, Rappalo, Ribbentrop-Molotov pakti) qaratilgan edi. Talassokrat-atlantistlar sun'iy ravishda etats-tampons deb atalmish “oraliq davlatlar” ni tashkil etish orqali ushbu chegaraviy chiziqni imkon qadar kengaytirishga harakat qilishdi. Bunga misol tariqasida Shimoliy va Janubiy Koreya, Sharqiy Yevropa va Bolqonda tashkil etilgan davlatlar, Markaziy Osiyo respublikalarini keltirish mumkin. 
Ayni paytda eng rivojlangan talassokratiya (Angliya, AQSh) bu holatda ikki xil andozani qo'llaydi: o'z orollari chegaralarini imkon qadar toraytirib, chiziq holiga keltirish, Yevrosiyo qirg'oq hududlarini esa kengaytirishga intilgan. Mintaqaviy geosiyosat uchun esa xuddi shu tamoyilning qarama-qarshi yo'nalishda, ya'ni Yevrosiyo chegaralari chiziq, Amerika chegaralari esa keng hajmdagi yo'lak tarzida qo'llanishi mantiqan to'g'ri bo'lardi. Rimlandni tarixda “sivilizatsiya beshigi” bo'lgan, deya talqin etish “chegara-hududlarida”gi davlatlarning geosiyosiy pozisiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ana shu nuqtai nazardan dengiz davlatlari ham qit'achi davlatlar ham “chegara hududlari”ning madaniy-intellektual imkoniyatlarini o'zlariga og'dirishga harakat qilishadi. Bunday geosiyosiy salohiyatdan oqilona foydala bilish qarama-qarshi tomonlarning geosiyosiy strategiya san'atiga bog'liqdir.
Bu san'atni mukammal egallagan “dengiz kuchlari” hamisha bosib olingan erlarni tez va to'liq o'zlashtirish hamda ulardan oqilona foydalanishga intilib kelgan. Bu ularni quruqlik bosqinchilaridan ajratib turgan. Negaki quruqlik bosqinchilari bosib olingan hududlarni “o'ziniki”, deb hisoblab undan samarali foydalanishga shoshilmagan.
Ta'kidlash joizki, geosiyosiy qonuniyatlar siyosiy tarix, diplomatiya tarixi hamda strategik rejalashtirish va tahlil etishda ayniqsa qo'l keladi. Ushbu fanning sosiologiya, siyosatshunoslik, etnologiya, harbiy strategiya, diplomatiya, din tarixi kabi ko'pgina fanlar bilan kesishuv nuqtalariga ega. Ayrim mutaxassislar ushbu fanning ko'pgina hollarda iqtisodiyot bilan ham uzviy bog'liqligini nazarda tutib, “geoiqtisodiyot” deb nomlangan fanni kiritish taklifini ilgari surgan.
Hozirgi vaqtda turli fanlarning integrasiyalashuvi ta'sirida yangi umumiy fanlar (makrofanlar) va andozalarning shakllanishi jarayonida geosiyosat ham nazariy tadqiqotlar uchun, ham umumsayyoraviy yoki muayyan davlat yoxud davlatlar hamjamiyati miqyosidagi murakkab tamadduniy jarayonlarni boshqarishda g'oyat muhim amaliy ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu kelajak fani bo'lib, uning asoslari nafaqat maxsus o'quv yurtlari va akademiyalarda, balki oddiy maktablarda ham o'qitiladi.
Geosiyosatning ijtimoiy sohadagi ahamiyati ham ortib bormoqda. Axborotning rivojlanish darajasi, oddiy insonning butun mintaqa miqyosida ro'y berayotgan hodisalarga faol jalb etilgani, ommaviy axborot vositalarining “mondializasiya”si – bularning barchasi geosiyosiy tafakkurni birinchi o'ringa olib chiqadi, xalqlar, davlatlar, tuzumlar va dinlarni soddalashtirilgan yagona shkala vositasida tafsiflashga xizmat qiladi. Bu esa eng oddiy teleradio yangiliklarning ham ma'nosini oz bo'lsada tushunarli qilishga yordam beradi. Xalqaro munosabatlarga oid yangiliklarga nisbatan heartland, rimland, World Island kabi geosiyosiy atamalar qo'llangan zahoti barchaning nigohida aniq manzara gavdalanadi, ro'y bergan voqeani anglash uchun maxsus bilim talab qilinmaydi. Masalan “NATOning Sharqqa kengayishi” ushbu yondashuv bo'yicha rimland hajmininig kengayishi va talassokratiyaning kuchayishini, Germaniya hamda Fransiya o'rtasidagi Yevropa harbiy kuchlarini tuzish to'g'risidagi bitim “mintaqaviy tellurokratik tuzilma tomon qo'yilgan qadam” ekani, “Iroq va AQSh o'rtasidagi to'qnashuv Fors ko'rfazidagi qirg'oq hududlarini bevosita nazorat qilishga to'sqinlik qilayotgan talassokratik tuzilmani yo'q qilishga intilishilari” ni anglatadi va hokazo.
Shu o'rinda, geosiyosiy yondoshuvning ichki va tashqi siyosatga ta'siri haqida to'xtalish maqsadga muvofiq. Agarda siyosiy partiyalar, harakatlar yoki hokimiyat tuzilmalari hatti-harakatlarining geosiyosiy mazmuni ma'lum bo'lsa, ularni umumbashariy manfaatlar tizimi bilan qiyoslash va asl maqsadlarini bilib olish mumkin. Masalan, Rossiyaning Yevropa davlatlari (asosan Germaniya) bilan integrasiyalashuvi – tellurokratik uchlar, ya'ni evrosiyoliklar faoliyati hosilasidir, deya baholanishi lozim. Zero bunday sa'y-harakat negizida mamlakatda “sosialistik” g'oyalarning kuchayishi mumkinligini oldindan bashorat qilish mumkin. Moskvaning Vashington bilan yaqinlashuvi esa, aksincha, talassokratik yo'nalish asosida ro'y berishi va “bozor munosabatlari” tarafdorlarining kuchayishi muqarrarligini bildiradi.
Shunday qilib ichki geosiyosiy qonuniyatlar muayyan mamlakatda ayirmachilik hatti-harakatlarining siyosiy sabablari, shuningdek, turli ma'muriy tuzilma hamda viloyatlar o'rtasida ikki tomonlama va ko'p tomonlama tuziladigan turli xil bitimlarning tub mohiyatini osongina anglash imkonini yaratadi. Darhaqiqat, har bir voqea-hodisa geosiyosiy uslub vositasida tahlil qilinganda u aniq ma'no-mazmun kasb etadi. Binobarin, bunday yondashuv bilan voqea-hodisalarni tahlil etish hamda istiqbolni belgilashda g'oyat samarali natijalarga erishish mumkin.

O‘tgan davrda rejadan tashqari 24 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilinib, ularning eksport hajmi 1,4 million dollarni tashkil etdi.


Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab olib, joriy yilda Avstriya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni davlatlari hisobiga kengaytirildi. Tashqi savdoga yo‘naltiriladigan mahsulotlar turi o‘tgan yilgi 28 tadan joriy yilda 32 taga yetdi.
Hududiy eksport dastlabki hisob-kitoblariga muvofiq, Samarqand shahrida joriy yilda jami 101 million 663 ming dollarlik mahsulotni eksport qilish belgilangan.
Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish tufayli mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo’lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo’ldi. Uning eksportdagi ulushi kamayib, 1990-yildagi 59,7 foizdan 2014-yilda 11,3 foizga tushdi. 1990-yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 30 foizdan kamroq bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich 70 foizdan ziyoddir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling