TEKISTEL MAHSULOTLARINI SIFATINI NAZORAT QILILISH
MUNDARIJA
Kirish
I BOB.TEKSTIL MAHSULOTLARINING SIFAT KURSATKICHLARINI BAHOLASH USULLARI
Tekstil mahsulotlarini sifat kursatkichlari
1Tekstilda ishlatiladigan tolalari va iplarini ishlab chiqarish
II BOB.TEKSTIL MAHSULOTLARINING SIFAT KURSATKICHLARINING BAHOLASH USULLARI
2.1 To’qimachilik mahsulotlarini sinashda qullaniladigan jihozlar va ularning qullash prinsipi
2.2 To’qimachilik mahsulotlarini sufatini baholash usullari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Materiallarning ishqalanishga chidamliligi ularning tolaviy tarkibiga, sirtining tuzilishiga bog’liq. Eng avval materialning sirtiga chiqib turgan tola uchlari ishqalanish ta’sirida bo’ladi. Materialdagi iplarning bukilgan joylariga chiqib turgan tolalar yemirila boshlaydi. Tola sirtining ba’zi joylari shikastlanadi va tolalar uziladi. Ayrim tolalar yoki tola qismlari ip tarkibidan chiqqani tufayli iplar ham uziladi.
Materiallarning sirtiga chiqib turgan iplarning bukilgan joylari ishqalanish ta’sirida eng birinchi bo’lib yemiriladi. Bu joylar materialning tayanch sirti deb ataladi, ya’ni materialning tayanch sirti qancha katta bo’lsa, uning yemirilishga chidamliligi ham shuncha yaxshi bo’ladi. Gazlamalarning tayanch sirtini kuchaytirish yo’li bilan uning yemirilishga chidamliligini oshirish mumkin. Buning uchun uzun qoplamali o’ralishlar (satin, atlas), tola tarkibida ishqalanishga chidamli tolalar (kapron, lavsan) yoki pardozlash jarayonlar (appretlash) qo’llaniladi. Trikotaj matosining ishqalanishga chidamliligi ham tayanch sirti miqdoriga bog’liq. Shuning bilan birga trikotajni hosil qiluvchi iplar ishqalanib uzilganda matoning o’rilishiga ko’ra halqa ustunchalaridagi yoki qatoridagi halqalar biri biridan chiqadi va matoning tuzilishi buziladi.
To’qish-tikish usulida olingan noto’qima matolarning yemirilishi ham asosan ishqalanish natijasida bo’ladi. Ishqalanish jarayonida matoning tolalar o’ramidagi tolalar bir-biri bilan yaxshi biriktirilmaganligi sababli mato tuzilishidan chiqadi, tolalarni tikib biriktirgan iplar ishqalanadi va yemiriladi. Tarkibida kalta tolalar va ayniqsa sintetik tolalar bo’lgan materiallarning ishqalanishdagi yemirilish odatda pilling paydo bo’lishidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |