Bo’yinga yopishib turadigan qaytarma yoqa
Buklangan qaytmali
Buklangan qaytarmali yoqalar.
Buklangan qaytmali yoqalar
Apash tipidagi yoqa
Ayollar ko’ylagining yoqalari konstruktiv jixatdan qaytarma yoqa, shal yoqa, tik yoqa va matroscha yoqalarga ajratiladi. Gazlama to’riga qarab ularga qayirma qo’yiladi yoki qo’yilmaydi. Yoqa o’miziga ulanish usuliga qarab o’tqazma va yaxlit bichilgan (old bo’lak bilan va adip bilan) bo’lishi mumkin.
Yoqa tayyorlash 2 bosqichdan iborat:
1. Yoqa tayyorlash;
Yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.
Yoqalar ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo’yiladigan bezak yoqalar to’rlariga bo’linadi.
Erkaklar va o’g’il bolalar ko’ylagining ustki va ostki yoqasi orasiga qo’shimcha qatlam qo’yiladi. Yanada qattiqroq bo’lishi uchun yana bir qavat qo’shimcha qatlam yopishtiriladi. Keyingi qo’shimcha qatlamning chetlari yoqaning agdarma chokiga kushib tikilmasligi kerak, Yoqalarning qaytarma qismi bilan ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo’yiladigan bezak yoqalar to’rlariga bo’linadi. Ko’tarma qismi alohida yoki yaxlit bichiladi.
Ustki va ostki qismi alohida bichilgan yoqani tikish.
Ustki va ostki yoqa alohida bichilgan bo’lsa ularni o’ngini ichkariga qaratib qo’yib, yoqa burchaklarida ustki yoqadan 0,4 sm. solqi xosil qilib - 0,5 sm. kenglikdagi agdarma chok bilan tikiladi. Yoqa burchaklaridagi chok haqi chokka 2 mm. yetkazmay qirqiladi, o’ngiga agdarib, ustki yoqadan 0,2 sm. kant xosil qilib ko’klanadi, dazmollanadi va yoqachetlariga bezak baxyaqator yurgiziladi.
Qaytarma va ko’tarma qismi alohida bichilgan yoqani tikish
Yoqaning qaytarma qismi bilan ko’tarma qismi alohida bichilganda, tayyor yoqa qaytarmasini yoqa ko’tarmasi 2 qismi orasiga to’grilab qo’yiladi va o’tkazilib ayni vaqtda ko’tarmaning yon chetlari agdarma chok bilan tikiladi. Ko’tarma o’ngiga agdarilib, ostki ko’tarma yoqa o’miziga o’tkaziladi, ustki ko’tarmaning pastki qismi ostki ko’tarma o’tkazilgan chokni yopib, buklangan ziydan 0,1 sm. naridan bostirib, ko’tarmaning yuqori cheti ham tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |