I-bob. Turizm tizimini boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari


Download 345.5 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1253342
  1   2   3
Bog'liq
XALQARO TURIZM TIZIMI VA BOSHQARISHNING TARKIBIY TUZILISHI




XALQARO TURIZM TIZIMI VA BOSHQARISHNING TARKIBIY TUZILISHI

MUNDARIJA:




KIRISH…………………………………………………………………………..3
I-BOB. TURIZM TIZIMINI BOSHQARISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
1.1.Turizmni boshqarish tizimi…va tarkibiy qismlari……………………………5
1.2.Turizm hududlari, tashkilotlari va korxonalar……………………………….12


II-BOB. XALQARO TURIZMNI RIVOJLANISH BOSQICHLARINI TAHLIL QILISH VA UNI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
2.1 Xalqaro turizmning rivojlanish holatini statistik ma'llumotlarga ko'ra o'rganish
va uni tahlil qilish…………………………………………………………………
2.2 O'zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish bosqichlari va uning
istiqbollari…………………………………………………………………………


XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………...34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 5-yanvar sanasida "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi PF-5611 sonli farmon qabul qilindi.
Bu farmonga asosan quyidagi yo'nalishlar:
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;
Turizm bozorining turli sigmentlariga yo'naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarning diversifikatsiya qilish;
Turizm tarmog'i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga alohida e'tibor berilgan bo'lib, amalga oshirilishi kerak bo'lgan vazifalarni belgilab berildi.
Shu bilan birga Prezidentimizning 2018-yil 6-fevradagi "O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3510-sonli Qarorida Turizm qo'mitasining vakolati va amalga oshirishi kerak bo'lgan vazifalari, turistik infratuzilmani shakllantirish borasidagi yo'nalishlari belgilab berilgan.
Erishilgan natijalar
2016 yilda O'zbekiston turizm sohasini tubdan isloh qilish jarayoni boshlandi. Turizm sohasidagi o'zgarishlar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo'nalishlaridan biri bo'lib, u hududlarning jadal rivojlanishini ta'minlay oladi.
Tahlillar sohaga tegishli asosiy ko'rsatkichlarning ijobiy dinamikasini ko'rsatdi. Xususan, 2016-2019 yillar oralig'ida O'zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlarning sonida sezilarli o'sish kuzatildi. Solishtirish uchun, 2016 yilda mamlakatga 2 million chet ellik sayyohlar tashrif buyurgan bo'lsa, 2019 yilda ularning soni 3,3 barobarga ko'payib, 6,7 millionga yetdi.
2018 yilda chet ellik sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan 98%ga, sayyohlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni esa 131%ga ko'paydi.
E'tiborli jihati shundaki, sayyohlar sonining oshishi turli hududlarda turlicha ro'y bermoqda. Misol uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurganlar soni yillik o'rtacha 22-25 foiz atrofida ko'paygan bo'lsa, uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida yillik o'sish 50 foizni tashkil etdi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
Kurs ishining obyekti: Xalqaro turizm tizimida amalga oshirish va rivojlantirishda mehmoxonalarni o’rni.
Kurs ishining predmeti. Xalqaro turizm tizimini nazorat qilish va amalga oshirish.
Kurs ishining tuzilishi:Kurs ishi kirish amaliy qism ikki bob xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling