I-bob. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar Tuxum va tvorog xaqida ma’lumot


Download 117 Kb.
bet16/22
Sana18.01.2023
Hajmi117 Kb.
#1098205
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Tuxum va tvorogdan

Muzlatilgan tvorog taomlari

«Tvorogli chuchvara» va «dangasa» tvorogli chuchvarasi taomlarining yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlashni sanoat asosida ishlab chiqarishga mо‘ljallab mexanizatsiyalash, ularni umumiy ovqatlanish korxona-larida kо‘proq ishlatish imkoniyatini yaratdi. «Moskvacha» muzlatilgan tvorogli chuchvara 2 xil kо‘rinishda, ya’ni tuzli yoki shakarli bо‘ladi. Ularni tayyorlash uchuy kislotaliligi 210°T oshmagan yog‘li tvorog, oliy navli bug‘doy uni, shakar, tuxum yoki melanj, suv ishlatiladi. Tvorogli chuchvaralarni tayyorlash jarayoni: mahsulotlarga ishlov berish, yarim tayyor mahsulotga shakl, berish, muzlatish, idishga solish, nomlash va saqlashdan iborat. Chuchvara uchun qorilgan xamir harorati 26—28°S ni tashkil etishi lozim. Uni 40 daqiqa tindirish lozim. Chuchvaralarga shakl berish chuchvara apparatlarida olib boriladi. Shakl berilgan vareniklar—18°S da muzlatiladi, bunda tayyorlangan chuchvara 15—20 daqiqadavomida muzxonada turishi kerak. Qiyma vazni chuchvara vaznining 50% zini tashkil qilishi lozim.


Tvorogli chuchvara muzlatilgandan sо‘ng paket yoki polimer plyonkaga solinib, yashik yoki karton qutilarga joylanadi. Muzlatilgan tvorogli chuchvaralar—10°S li haroratda 15 kun davomida saqlanishi mumkin.
«Dangasa» tvorogli chuchvarasi silindr shaklida avtomat mashinalarda tayyorlanadi. Bunday avtomat mashinalar 1 soatda 300—400 kg gacha tvorogli chuchvara tayyorlaydi. «Dangasa» tvorogli chuchvarasini muzla­tish uchun uni yog‘och listlarga bir qator terilib, 30 da­qiqa davomida —25°S li muzxonada saqlanadi. Tayyor chuchvaralar yuqoridagi usulda idishga joylanadi. Umu­miy ovqatlanish korxonalarida chuchvaralarni 3 sutka davomida—10°S li haroratda saqlanadi.
II.Bob. Tuxum va tvorog taomlari sifatiga qo’yiladigan talab va ularni saqlash muddatlari.
2.1. Pazandachilik o’quv xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya- gigiyena talablari.
Ma’lumki, hayot uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarining mo’l-ko’lchiligini ta’minlash, asrash qayta ishlash, isrof qilmaslik kabi masalalar insekundt paydo bo’lgan davrlardanoq dolzarb bo’lib kelgan. Pazandachilikning boshqa san’at tarmoqlari kabi o’ziga xos «janrlari» ham mavjud bo’lib, ular o’zbek pazandachiligida oshpazlik, kabobsozlik, novvoyilik, qandolatchilik, mantipazlik, yaxnapazlik va shu kabilardir. Mana shu pazandachilik janrlarining barchasidan xabardor mutaxassislar umumiy nom bilan pazanda deb yuritiladi. Taom har qanday insonning hayot kechirishi va ishlashi uchun zarur bo’lgan ehtiyojdir. Taom tayyorlash – murakkab va nozik jarayondir. Chunki e’tiborsizlik bilan tayyorlangan taom bemaza bo’lishi, hatto, insonni zaharlishi mumkin. Shu sababli ham insonlar orasida asrlar davomida taom tayyorlash usullari va uni iste’mol qilish bo’yicha o’ziga xos ovqatlanish madaniyati shakllangan. Har bir xalqning o’ziga xos pazandachilik udumlari, urf-odatlari, milliy taomlari yuzaga kelgan. Pazandachilik – keng tarmoqli soha hisoblanadi.



Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling