I bob Undosh tovushlar haqida ma’lumotlar
Download 175.3 Kb.
|
Mavzu;2 sinf ona tili darslarida undosh tovushlarni o’rganishda
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: 3-sinf ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar ustida ishlash metodikasi Ilmiy rahbar: Qurbonov Z Bajardi: Bobomurodova Nafisa
- I bob Undosh tovushlar haqida ma’lumotlar …………………………….. 1.1. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish ……………………………………………………………………
- II bob. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni o’rgatishda o’qituvchi tomonidan amaliy ishlar ko’rinishlari ……………………………………………………………………
- 2.2.Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish.……………………………………………………………………… Xulosa………………………………………………………………………….
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 303-guruh talabasi Bobomurodova Nafisaning KURS ISHI MAVZU: 3-sinf ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar ustida ishlash metodikasi Ilmiy rahbar: Qurbonov Z Bajardi: Bobomurodova Nafisa Mavzu;3-sinf ona tili darslarida undosh tovushlarni o’rganishda ko’rgazmali vositalardan foydalanish Mundarija Kirish………………………………………………………………………… I bob Undosh tovushlar haqida ma’lumotlar …………………………….. 1.1. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish …………………………………………………………………… 1.2. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi.………………………….. ……………………………………… II bob. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni o’rgatishda o’qituvchi tomonidan amaliy ishlar ko’rinishlari …………………………………………………………………… 2.1.. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida) ……………………………………………………. 2.2.Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish.……………………………………………………………………… Xulosa…………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………. KIRISH
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi. I bob Undosh tovushlar haqida ma’lumotlar Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma’noni ifodalaydi. So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi. So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur. Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga olinadi: 1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi); 2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz eshitiladi); 3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi). O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar. O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim: a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz; b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz; v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi. O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur: 1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini ifodalaydi); 2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi; 3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi (ng) bilan ifodalanadi; 4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy). A a harfi. badan, vazifa, gap, dasht, jabr, zarb, kalla, lab, mana, nam, past, rasm, talaba,faraz, xabar, shabada, g’azab, harf so’zlarida old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi. Bahor,vaqt, davom, zavq, nahor, savob, tavfiq, xaloyiq, Qahhor kabi so’zlarda o eshitilsa ham, a yoziladi. Muomalo, muhokama kabi so’zlardaieshitilsa ham, a yoziladi. O o harfi. obod, ovoz, odob, ojiz, ozod, oy, olomon, ona, opa, oson, ota, oxur, och, oq, og’ir, ohkabi so’zlardaorqa qator keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida boks, gol, domna, azot, kod, lom, morfema, nota, pochta, rota, sotka, tonna, fosfor, xor, shonkabi so’zlarda o’zbekcha o’harfi o’rniga ishlatiladi. I i harfi . ish, tiyin, jiyron, ziyrak, kiyim, muhimkabi so’zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi.Bir, sira, bilankabi so’zlarda qisqa eshitilsa hami yoziladi. U u harfi.Bur, quv, tuzkabi so’zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun ishlatiladi. Tovush, qovun so’zlaridavdan keyiniishlatilsa ham,uyoziladi. O’o’ harfi.Lekin, kel, tejamoqkabi so’zlarda old qator o’rta keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi. Diqqat! a, i, u, o harflariso’z ortasida,a harfi so’z oxirida qo’shaloq kelish mumkin:manfaat, tassurot, tabiiy, shuur, mudoffa. Undoshlar imlosi. Bb harfi.Odob, kitob so’zlarida pkabi,qibla, tobla so’zlaridavtarzida eshitilsa hamfyoziladi.Vv harfi chetdan kirgan avtobus, avtomatkabi so’zlardaftarzida eshitilsa ham,v kabi yoziladi. Dd harfi.Obod, ozodkabi so’zlardat kabi eshitilsa hamdyoziladi.J j harfi. Jo’ja, jo’rakabi so’zlardatil oldi qorishiq portlovchini ifodalasa,chetdan kirgan jurnal, gijja,ajdarkabi so’zlarda til oldi sirg’aluvchi tovushni ifodalash uchun qo’llanadi.Zz harfi.Izsiz, yuz ko’rmaskabi so’zlarda seshitilsa hamzyoziladi. N n harfi. Manba, tanburkabi so’zlardameshilsa hamnyoziladi. F f harfi. Fayz,Fotimakabi so’zlarda ba’zan ptarzida aytilsa hamfyoziladi.Q q harfi.To’qson, maqsad, maqtovkabi so’zlarda x eshitilsa ham qyoziladi.Tutuq belgisi ( ‘ ). Quyidagi vazifalarni bajaradi. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida ayirish belgisi o’rnida ishlatiladi.Unlilardan keyin ularning cho’ziqroq talaffuz qilinishi ifodalasa, undoshlardan keyin kelganda ularning oldingi tovushlardan ajratib aytilishini ko’rsatadi: a’lo,me’yor, qat’iy, tal’at. S , h harflari yonma-yon kelganda, ularni shharfi birikmasidanfarqlash uchunham qo’llanadi: as’hob, is’hoq.Mo’tabar, mo’jiza kabi so’zlarda o’unlisi cho’zib aytilsa hamtutuq belgisi qo’yilmaydi. Undoshlar talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar ham turlicha harakat qilishi mumkin. Masalan: t,d undoshlari talaffuzida tilning oldingi qismi faol ishtirok etsa b, p tovushlari hosil bo’lishida lablar ishtirok etadi.Undosh tovushlarning talaffuzida faol ishtirok etgan a’zolar shu tovushning hosil bo’lish o’rni hisoblanadi.Shunga ko’ra, t,d undoshlari til undoshlariga,b,p undoshlari esa lab undoshlariga kiradi. Undosh tovushlar nutq a’zolarining biror yerida to’siqqa uchrab o’tishlari bilan o’ziga xos xususiyatga ega. Undosh tovushlar tovush paychalarining harakati va holatiga, hovo oqimi og’iz bo’shlig’ining qayerida to’siqqa uchrashiga, faqat shovqindan iboratligiga, talaffuz usullariga ko’ra bir-biridanfarqlanadi: 1.Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra; 2.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra; 3.Hosil bo’lish usuliga ko’ra; I . Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra ikkiga bo’linadi: a) shovqinlilar; b) sonorlar. Shovqinlilar tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko’proq bo’lgan yoki ovoz qatnashmagan tovushlar b, v, g, d, j, z, k, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g’, h kabi undoshlardir. Shovqinli undoshlar ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi: 1) jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, y, j, g’. 2) Jarangsiz undoshlar: p, f, s, t, ch, k, q, x, h. Undoshlarni janrangli va jarangsizga ajratishda quyidagi sabablar nazarda tutiladi: a) jarangli undoshlarni talaffuz etganda,tovush paychalari qatnashib taranglashadi. Jarangsizlarni talaffuz etganda esa ovozdorlik sezilmaydi, chunki havo oqimi tovush paychalarini titratmaydi va tranglashtirmaydi; b) jarangli undoshlarni talaffuz etganda jaranglashish seziladi. Shovqinli undoshga ovoz qo’shiladi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan kam bo’ladi; c) jarangsiz undoshlar faqat shovqindan hosil bo’ladi vaovoz mutlaqo ishtirok etmaydi. Sonor undoshlar tarkibida ovoz miqdori shovqinga qaraganda ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ular undoshlar ichida ovozliroq bo’ladi, unlilarga yaqin turadi. Ammo tarkibida qisman bo’lsa ham, shovqin ishtirok etgani uchun sonorlar undoshlarga kiradi. O’zbek tilida sonorlarbeshta: m,ng,n,l,r . Boshqa undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi. II. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi. 1. Til undoshlari. To’rt xil bo’ladi: a) til oldi: d,j,z,l,n,r,s,t,ch,sh.b) til o’rta: y. c) til orqa: k,g,ng. d) chuqur til orqa. 2. Lab undoshlari. Bevosita lablar ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo’lib, ulargab,v,m,p,fundoshlari kiradi. Bular ham o’z navbatida ikki turga bo’linadi. A) lab-lab undoshlari: b,p,m. B) lab-tish undoshlari: v,f. Lab tish undoshlari boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar tarkibida keladi: vagon, vaqt, vafo, fazo, farmon, telefonkabi. 3Bo’g’iz undoshlari:h III. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar uch turga bo’linadi. 1. Portlovchi undoshlar ikki nutq a’zosining o’zaro jipslashuvi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu a’zolariga zarb bilan urilib, portlab o’tishidan hosil bo’ladi: b,g,d,j,k,p,t,ch,q. portlovchilar ham o’z xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi: sof portlovchilar: b,g,d,k,p,t,q. Qorishiq portlovchilar: ch,j. 2. Sirg’aluvchi undoshlar ikki nutq a’zosi o’zaro yaqinlashuvi va havo oqimining ana shu ikki a’zo orasida ishqalanib-sirg’alib chiqishi bilan hosil bo’ladi va unga v,j,z,y,s,f,x,h,sh,g’undoshlari kiradi. Masalan, havo oqimining ikki lab o’rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi v, f undoshlarini;Til bilan yuqori milk o’rtasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishi j,z,s,shundoshlarini; Tilning o’rta qismi bilan qattiq tanglay o’rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishiyundoshini;Tilning o’rta qismi bilan tanglayning orqa qismi o’rtasidagitor oraliqdan sirg’alib o’tishig’,xundoshlarini;Bo’g’izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg’alib o’tishihundoshini hosil qiladi. 3. Portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar portlash va sirg’alish jarayoning bir vaqtda yuz berishi natijasida vujudga keladi. Bularga m,n,ng,rundoshlari kiradi. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli so’zlardir. Ikki,chaqqonkabi so’zlarda undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million,artillereyakabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi. Gramm,metalkabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirilib qoldirilsa ham yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so’zlarga qoshimchalar qo’shilganda qo’sh undoshning biri yozilmaydi. Qatorundoshlarning talaffuzi va imlosi. Bir bo’g’inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli so’zlardir. So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham bu qisqa unli yozilmaydi.Go’sht,do’st,bargkabi so’z oxirida kelgan qator undoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda ifodalanadi. Paxta nimcha o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi. Quyidagi so’zlarning ichidan ng harfi bitta tovushni ifodalaydiganlarini ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing: bunga, tongga, so’nggi, arqonga, ko’nglim, bongi, jarangi, ingliz, arang senga, o’shanga. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm deb yuritiladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush mavjud: b, v, g, d, j (jurnal so`zidagi birinchi tovush), j (joy, jiyda kabi so`zlardagi birinchi tovush), z, y, k, l, m, n, ng (tong so`zidagi oxirgi tovush), p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g`, h. Sirg`aluvchi j, f tojik va boshqa tillardan o`zlashgan so`zlarda keladi: foyda, oftob, fabrika, tafakkur, jurnal, ajdar. Undoshlar ham uch tomondan tasnif qilinadi: 1. Hosil bo`lish o`rniga ko`ra undosh tovushlar uch asosiy guruhga bo`linadi: 1) lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida hosil bo`luvchi tovushlar bo`lib, ularga b, p, m, v, f undoshlari kiradi. Lab undoshlarining ba’zilari ikki lab orasida paydo bo`ladi: ba’zilari esa (masalan, avtobus, avtor, vagon, virus, passiv kabi so`zlardagi v; telefon, kefir, fabrika, fakt, fazo, farmon, fason kabi so`zlardagi f) pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo`ladi. SHunga ko`ra lab undoshlarini ikki turga bo`lish mumkin: a) lab-lab undoshlari: b, m, p; b) lab-tish undoshi: v, f. 2) til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil bo`luvchi tovushlar bo`lib, ularga quyidagi tovushlar kiradi: g, d, j (jyuri so`zidagi kabi), j (jiyda so`zidagi kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g` (jami 18 ta). Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo`lishiga ko`ra ham bir-biridan farq qiladi: t, d, n kabi tovushlar tilning old qismi bilan tish va milk orasida; k, g kabi undoshlar tilning orqa qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; y undoshi tilning o`rta qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; q, g` tovushlari esa til ildizi bilan yumshoq tanglayning orqa qismi orasida (bo`g`izga yaqin joydi) hosil bo`ladi. Shunga ko`ra, til undoshlari o`z navbatida 4 guruhga bo`linadi. a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal), j (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta ); b) til o`rta undoshi: y; v) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang); g) chuqur til orqa undoshlari: q, g`, x. 3) bo`g`iz undoshi. Bo`g`iz undoshi faqat bitta h tovushidan iborat bo`lib, u bo`g`iz bo`shlig`ida un paychalari orasidagi tor oraliqda hosil bo`ladi. (jadvalga qarang). E s l a t m a : SHuni aytish kerakki, v tovushining lab-lab varianti ham mavjud: ov, qovun, bevosita, birov. Shuningdek f tovushining ham lab-lab varianti bor: vafo, puf, tufurmoq, juft. Tilshunos H.A.Jamolxonov “lab-tish v ni lab-lab v ning fakultativ varianti deb qarash to`g`riroq bo`ladi” degan fikrni bildirgan. 2. Hosil bo`lish usuliga ko`ra undosh tovushlar uch turga bo`linadi: 1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o`zaro jipslashuvi va o`pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu nutq a’zolariga ma’lum zarb bilan urilib, portlab o`tishidan hosil bo`ladigan tovushlar bo`lib, ularga: b, g, d, j (jo`ja so`zidagi), k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Portlovchi tovushlardan b, p undoshlarini hosil qilishda havo oqimi ikki lab orasidagi to`siqdan, d, j (jajji so`zidagi ), t, ch undoshlarini hosil qilishda tilning old qismi bilan tishlar va milk orasidagi to`siqdan, k, g, undoshlarini hosil qilishda esa tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi orasidagi to`siqdan portlab o`tadi. Bu undoshlardan ch, j (jadval so`zidagi) o`ziga xos murakkab artikulyatsiyasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masalan, ch undoshining hosil bo`lishida tilning old qismi milkka taqaladi, lekin odatdagi portlash yuz bermay, og`iz bo`shlig`iga kelgan havo, asosan, sirg`alib chiqadi. Natijada, to`la bo`lmagan portlash (t + sh = ch kabi) qorishiq (affrikativ portlovchi ham deyiladi) portlovchini vujudga keltiradi. Qorishiq j tovushi esa portlovchi d va sirg`aluvchi j tovushlari oralig`idagi tovushdir, shuning uchun Juma, Jahongir so`zlari rus tilida Djuma , Djaxongir shaklida yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. SHu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi. a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q: b) qorishiq portlovchilar: ch, j (jahon) 2) sirg`aluvchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o`zaro yaqinlashishi va havo oqimining ana shu nutq a’zosi orasidan sirg`alib chiqishi bilan hosil bo`ladigan tovushlar bo`lib, ularga v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g` , h undoshlari kiradi. Havo oqimining ikki lab o`rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi j (jirafa), z, s, sh undoshlarini; til o`rta qismi bilan qattiq tanglayning o`rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi y undoshini; tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi o`rtasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi g`, x undoshlarini; bo`g`izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan sirg`alib o`tishi esa h undoshini vujudga keltiradi. 3) portlovchi-sirg`aluvchi undoshlar (jami 5 ta) bir vaqtning o`zida ham portlash, ham sirg`alish jarayonlarining ro`y berishi natijasida hosil bo`ladi. Ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo`lish usuliga ko`ra boshqa undoshlar (portlovchilar, sirg`aluvchilar) dangina emas, o`zaro ham farq qiladi va uch guruhga bo`linadi: a) burun tovushlari: m, n, ng. Bulardan m undoshining hosil bo`lishida o`pkadan kelayotgan havo oqimining bir qismi og`iz bo`shlig`idan lablarning to`sqinligiga uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`idan sirg`alib chiqadi, n undoshining hosil bo`lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka tegib, yarim portlash ro`y beradi, burun yo`li ochiq bo`lgani uchun, havo oqimining qolgan qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqadi. Tilning orqa qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, havo oqimining qisman portlashi va havo oqimining bir qismi burun bo`shlig`i orqali sirg`alib chiqishi ng tovushini vujudga keltiradi. b) yon tovush l undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon bukilib, milkka tegadi, ammo havo oqimining tilning ikki yonidan sirg`alib o`tishi uning og`iz bo`shlig`idan qisman portlab, qisman sirg`alib chiqishiga sabab bo`ladi. v) titroq tovush r undoshini hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan havo to`lqini tilning uchiga zarb bilan kuchli uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi esa havo oqimining og`iz bo`shlig`idan portlab-sirg`alib chiqishiga olib keladi. Demak, portlovchi-sirg`aluvchi undoshlarning hosil bo`lishida ham portlovchilarga xos bo`lgan ikki a’zoning jipslashuvi, ham sirg`aluvchilarga xos bo`lgan ikki nutq a’zosi orasidagi tor oraliqdan (yoki burun bo`shlig`idan) sirg`alib o`tishi sodir bo`ladi Undoshlarning hosil bo`lish usuliga ko`ra tasniflanishini quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin: 3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra undosh tovushlar dastlab ikki turga bo`linadi: 1) shovqinli undoshlar (jami 19 ta) tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko`p yoki ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar bo`lib, bu guruhga b, v, g, d, j (ajdar), j (jiyan), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q , g`, h undoshlari kiradi. Shuning uchun ham shovqinli undoshlar un paychalarining ishtirokiga, tarkibida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko`ra, ikkiga bo`linadi: a) jarangli undoshlarni (jami 9 ta) talaffuz qilish paytida un paychalari titraydi, shuning uchun uning tarkibida ovoz qatnashadi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan ozroqdir. Jaranglilar shu bilan sonorlardan farq qiladi: v, b, g, d, j (garaj), j (jo`xori), z, y, g`. b) jarangsiz undoshlar (jami 10 ta) talaffuzida un paychalari qatnashmaydi, bu undoshlar faqat shovqinning o`zidan iborat bo`lgan, tarkibida ovoz mutlaqo ishtirok etmaydigan tovushlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Ba’zi jarangli va jarangsiz undosh tovushlar hosil bo`lish o`rni jihatdan juftlik (8 ta) hosil qiladi: b – p, v – f, g - k, d – t, j(qorishiq) – ch, j(sirg`aluvchi) – sh, z - s, g` - x . 2) sonor (yoki shovqin ishtirok etgan ovozdor) undoshlar (jami 5 ta) tarkibida ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo`lib, ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday ovozdor undoshlarning hosil bo`lishida un (ovoz) paychalari faol ishtirok etadi – bu tovushlar un paychalarining titrashidan hosil bo`ladi, shuning uchun ham ular unli tovushlarga birmuncha yaqin turadi. Ammo bu undoshlar o`pkadan chiqib kelayotgan havo oqimining og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchrab, qisman shovqin hosil qilishi natijasida hosil bo`ladi. Undosh tovushlarning tasnifini quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin:
Undosh tovushlar tavsifi B tovushi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (bahor), o`rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. u tovush so`z oxirida kelganda jarangsizlashadi va p tovushi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- odop. Bu tovush ko`pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe’l birikib talaffuz qilinganda, v tovushi kabi aytiladi va ba’zan shunday yoziladi: kabob – kavob, qobirg`a - qovurg`a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko`ra ber – ko`raver kabi. So`z boshida kelgan b tovushi ayrim shevalarda talaffuz paytida m tovushiga o`tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m tovushlarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga va h. V tovushi – lab-lab va lab-tish, sirg`aluvchi, jarangli undosh tovush. So`zning boshida (vazifa, vafo), o`rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o`tov, birov) kela oladi. Sof o`zbekcha so`zlarda bu tovush so`z boshida deyarli qo`llanmaydi. M tovushi - lab-lab, portlovchi-sirg`aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (mehr, mo`ylov, mulk), o`rtasida (omon, umr) va oxirida (tom, bodom, qadam) kela oladi. P tovushi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (pilla, po`choq, parda), o`rtasida (opa, qipiq, to`piq) va oxirida (cho`p, top, sop) kela oladi. Ko`p bo`g`inli so`zlarning oxirida bu tovush deyarli uchramaydi. F tovushi - lab-tish, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, faqat o`zbek tiliga arab, fors va rus tillaridan o`zlashgan so`zlarning boshida (faqir, oftob, fabrika), o`rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba’zi so`zlarda talaffuzda p tovushi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida. Bunday o`zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi. Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlar taqqoslashga, ularning so’z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi. (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyasiyasi qiyin bo’lgan undoshlar ng (tong), lab-tish undoshi – v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi – j va jarangli sirg’aluvchi – j kabilarni o’rganishda tovush artikulyasiyasiga oid ishlar qiyinlashadi. Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so’zlar: ko’rib (ko’rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot) borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unli bor so’zlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli so’zlar: baland (balan), do’st (do’s), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax). Bunday so’zlarni yozilgandek o’qish – imloni o’rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfoepik, so’ng orfoepik o’qitiladi. Shu kabi so’zlarni o’qish bilan bo’g’inlab o’qish malakasi takomillashadi: o’quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so’zlarni o’qishni o’rganadilar. O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir – paqir, gul – kul, dil – til, zina – sina, joy – choy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi: Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, җ, g’ Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x. Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har xil fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko’l, bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo’y, kiyik kabi so’zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va l, m, n, r, ng, y jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya’ni jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda o’quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi ko’rinishda yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko’rgazma ko’rsatiladi): Jufti yo’q, jarangli undoshlar: l, m, n, r, ng, y Jufti yo’q jarangsiz undoshlar: q, h Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bunday moslik bo’lmaydi, ya’ni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, ozot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug’iladi. Dasturga ko’ra, I sinf o’quvchilari b va d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar: – Kitob so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman: kitobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini yozaman. Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak: 1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish. 2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish. 3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish. 4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga). Shunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur. O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi. O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi – avlod, kitobi – kitob. Bo’g’in ustida ishlash. Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar. I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek, o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi: Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo’g’inga o’tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi. Undosh fonemalar tasnifi. O`zbek tilida 25 ta undosh bo`lib, ularni farqlovchi asosiy belgilar quyidagilar sanaladi: a) hosil bo`lish o`rniga ko`ra; b) hosil bo`lish usuliga ko`ra; d) ovoz va shovqin ishtirokiga ko`ra. Undosh tovushlarning hosil bo`lishida bo`g`iz bo`shlig`i, og`iz bo`shlig`i va til muhim ahamiyatga ega. O`pkadan chiqadigan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to`siqlarga duch keladi. Undoshlar hosil bo`lish o`rniga ko`ra: 1.Lab undoshlari: a) lab-lab undoshlari: b, p, m, v; b) lab-tish undoshi: f. 2.Til undoshlari: a) til oldi: d, t, z, s, sh, j (dj), ch, n, l, r; b) til o`rta: y; d) sayoz til orqa: k, g, ng; e) chuqur til orqa: q, x, g`. 3.Bo`g`iz undoshi – h tovushlariga bo`linadi. Hosil bo`lish usuliga ko`ra esa undoshlar quyidagi kichik guruhlarga bo`linadi: 1.Portlovchilar ; b, p, d , t, k , g, q; 2.Sirg`aluvchilar ; v, f ,z , s ,y , l , sh , g’ , x , h , j; 3.Titroq: r ; 4.Qorishiqlar : dj , ch; 5. Yon: l 6. Burun: n, m, ng. Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra ikki guruhga ajraladi : 1. Jaranglilar : b , v , g , d , z , j , dj , y , g` , m , n , ng , l , r ; 2.Jarangsizlar : p , f , k , t , s , ch , sh , q , x , h. Undosh tovushlar akustik jihatdan shovqinli va sonor tovushlarga ham bo`linadi . Shovqinli undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin ovozga nisbatan kuchli bo`ladi : b , f , g’ ,h , x , p kabi . Sonor tovushlarda esa ovoz kuchli bo`ladi : m , n , ng , l , r kabi. Undosh fonemalar ham boshqa sath birliklarida bo`lgani kabi turli ziddiyatlarda turadi. Jumladan 8 ta undosh fonema “jarangli – jarangsizlik ” belgisi bilan korrelyativ (ziddiyatda turgan fonemalarning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo`lmagan belgi) munosabatga kirishadi. Ular quyidagilar: [b]-[p], [d]-[t] , [k] –[g], [s] –[z], [j]-[ch], [dj]-[sh], [g’]-[q], [v]-[f]. Yuqorida ko`rsatilgan tasnif asosida undosh fonemalar hosil bo`lish o`rniga ko’ra quyidagi binar ziddiyatli munosabatlarga kirisha oladi: a) “lab-lab – til oldi”: [p]-[t]; [m]-[n]; [v]-[z]; [v]-[r]…. b) “lab-lab – til o`rta”: [b]-[y]; [v]-[y]; d) “lab-lab – til orqa”: [p]-[k]; [b]- [k]; [m]-[x]; [v]-[g]; e) “lab-lab – bo`g`iz”: [p]-[h]; [v]-[h]; f) “til oldi- til orqa”: [t]-[k];[t]-[q]; [d]-[g]; [s]-[x]; [z]-[g]; [n]-[g]. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli munosabatlarda bo`ladi: a) “portlovchi – sirg’aluvchi”: [p]-[f]; [b]- [v]; [t]-[s]; [d]-[z]; [t]-[sh]; [k]- [x]… b) “portlovchi – affrikat (qorishiq)”: [t]-[ch]; [d]- [dj]; d) “sirg’aluvchi - affrikat”: [sh]-[ch]; [j]- [dj]; Demak, o`zbek tilida undosh fonemalarning soni ko`pligi tufayli oppozitsiyalar ham anchadir. Unli fonemalar esa bir belgi asosida uch (tor unlilar, o`rta unlilar, keng unlilar) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan va lablanmagan unlilar), ikki belgi (“tilning ko`tarilish darajasi va lablangan - lablanmaganlik ”) asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi. Bunday xususiyatlar rus, ingliz, nemis, fransuz kabi qator tillar uchun ham xos. II bob. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni o’rgatishda o’qituvchi tomonidan amaliy ishlar ko’rinishlari 2.1. Undosh tovushlarni o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida) Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о‘rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо‘ydi. Ravonlikning asosiy kо‘rsatkichi sifatida sо‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni о‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega: - ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; - nutqni о‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; - nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо‘lishi kerak, xususan: ona tilini о‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо‘shilishi, о‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; - о‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim; - til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur; -nutqni о‘qitish bolalarning tilni о‘rganish bо‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо‘lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda. qo’yishi lozim. “ANTONIM SO‘ZLAR” O‘YINI Bu o‘yin katta va tayyorlov guruhlarda o‘tkazilishi mumkin. O‘yin mashg‘ulotbolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga samarai yordam beradi degan umiddamiz. O‘yin induvidual, guruh bilan ham o‘tkazilsa ham bo‘ladi. O‘yin sharti qo‘yidagicha: Tarbiyachi bolaga bir so‘zni aytadi, bola esashuso‘zningqarama-qarshi ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, uzoq-yaqin va xokazolar. Odatda bollar o‘yin boshida biroz qiynaladilar, aytilgan so‘zga javoban, antonim emassinonim so‘zlar bilan javob beradilar. Ammo o‘yinning mohiyatini tushunib bolganlaridan so‘ng abstrakt tushunchalarni ham osonlikilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar.masalan: chaqqoon-yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz vaxokazolar. “AVVAL NIMA BO‘LGAN EDI” O‘YINI Bu o‘yin shartiga ko‘ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo‘lganini aytishlari kerak. Masalan: jo‘ja-tuxum, ot – toychoq, kapalak – qurt kabilar. Bundan tashqari bitta dan ko‘p ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un – bug‘doy, uy – g‘isht – loy, stol – yog‘och – daraxt – urug‘, ko‘ylak – mato – ip – paxta – chigit tarzida o‘yin davom etaveradi. Yo`qoridagi tavsiya etilgan o‘yinlr orqali bolalarni mantiqiy fikrlash va tafakkurini rivojlantirish hamda ravon nutqga o‘rgatish mumkin. Mashg‘ulot Mavzu: “d” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishtirish. Maqsad: “d” tovushi va “Dd” harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g‘in, so‘z tuzish va o‘qish. Vazifalar: “D” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish, “D” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish. “D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish Bo‘g‘inlardan so‘z tuza olish Kutilayotgan natijalar: “D” tovushi va “Dd” harflari bilib oladilar. “D” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar. “D” tovushli so‘zlar ayta oladilar. “D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar Kerakli jihozlar: “Dd” harflari “D” tovushi bor suratlar “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing” ta’limiy o‘yin uchun materiallar Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni ,,Harf jildi "dan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta shakli bor? Bugun bolalar “D” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishamiz Di-van so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-van men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D-D-Di-van, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Di-v-v-van, 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di-v-v-van 3- to‘rtburchak chiziladi: — Di-van so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“D” tovushi) Bugun siz “D” tovushi bilan tanishasiz. “D” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi. Tarbiyachi: “D” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi. “D” tovushi ya, yo, e, yu unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlari Tarbiyachi: endi men “D” tovushini talaffuz qilaman, “D” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi “D” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. “D” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “D” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi: “D” tovushi qanday tovush? Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi? “D” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi. “D” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “D” tovushining so‘z boshida (don, deraza,dutor), o‘rtasida (O-dil, A-do-lat)) kelishi haqida, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “D” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi. Tetiklashtiruvchi mashqlar “Kapalaklar” O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi. Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan? Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar. O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida elkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Endi “Dd” harflari bilan tanishamiz. Bosh “D” va kichik “d” ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh “D” harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli — Bosh D harfi) Bosh “D” harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu (“D”) qanday harf? (Bu kichik “d”harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan “Dd” harflarini nimalarda o‘qiysiz? Nima uchun “D” harflari ko‘k rangda yozilgan? SHundan so‘ng kesma “Dd” harflari ,,Harf kassasi"ga qo‘yiladi Bolalar uchun amaliy ish. Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan “D” harfini yasaymiz. Buning uchun “D” harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz. Bolalar “D” harfi haqida quvnoq she’r eshiting. Oyijonim olmani- To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar: Bir bo‘lagin ko‘rsatib, “D”ga o‘xshar, dedilar. “D” harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda “D” tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi. SHu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi. Bunda tarbiyachi “Da” deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan (“D” tovushini), o‘shani ,,Harf jildi "dan olib qo‘y. “Daa”, endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? (“a” tovushini) “D” harfining qaeriga “a” harfini qo‘yasan? (orqasiga) Tuzgan bo‘g‘iniingni o‘qi: “Da”. (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar ) SHu tartibda di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlari tuzdiriladi va o‘qitiladi. Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, du-tor. Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar : - Bugun qaysi tovush bilan tanishdik? - “D” qanday tovush ekan? -Bu tovushni nima qilamiz? - Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?"m- “D” tovushi qaysi harf bilan yoziladi? - “D” harfining shakli qanaqa ekan? - “D” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli) - Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan? Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik? Alifbegacha tayyorlov davri B) Alifbo davriga bo’linadi. Ikkinchidan, yozuvga o’rgatish, o’qishga o’rgatish bilan parallel holda olib boriladi. 2.2.Jarangli va jarangsiz undosh undosh tovushlarni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish O‘qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quvchilarning to‘g‘ri yoza olishi, so‘z boyligi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini o‘rganish uchun 3 ta so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan birgalikda taqdim etilgan. Birinchi andozani o‘quvchilar mustaqil to‘ldira oladilar, chunki bobo so‘zidagi barcha harf-tovushlar o‘quvchilarga tanish, beshik va baliq so‘zlariga oid andozalarni to‘ldirish emas, balki mazkur so‘zlarni darslikdagi andozasiga asoslanib bo‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga muvofi q bo‘ladi. O‘qituvchi: – Qani, «beshik» so‘zini bo‘g‘inlarga ajrataylik-chi. O‘quvchilar: – Be-shik. O‘qituvchi: – «Beshik» so‘zida nechta bo‘g‘in bor ekan? O‘quvchilar: – Ikkita. O‘qituvchi: – Juda to‘g‘ri. Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovushlari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish o‘quvchida orfografi k savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi. Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar. Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur. Kitobxon.Com 10 Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darslarini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur. Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz: I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash mumkin. O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alohida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar: I – ilon, S – sigir, M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi. O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon, maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir rasmini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi. Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kesma harfllar joylashtiriladi. Mavzu: Jarangli va jarangsiz undoshlar. 3-sinf Darsning maqsadi: Ta`limiy:O`quvchilarda jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash ko`nikmasini shakllantirish. So`zni tovush tarkibi jihatidan taxlil qilish ko`nikmasini o`stirish. Tarbiyaviy:O`quvchilarni topqirlik, sezgirlik va hozir javoblikka o`rgatish. Rivojlantiruvchi:Nutq tovushlarini farqlash ko`nikmasini rivojlantirish. Dars turi:Yangi bilim, ko`nikma malakalarini shakllantiruvchi dars.Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, ta`limiy o`yin, savol-javob, boshqotirma. Dars jihozi: Darslik rag`batlantirish uchun kartochkalar, undosh tovushlar kesmasi, mavzuga mos rasmlar, yozuvli plakatlar, multimediali ilovalar. Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism: Navbatchi xisobotini tinglash, qanday dars ekanligini so`rash, ingliz tilida o`quvchilar bilan yil fasllari, hafta kunlari haqida savol-javob qilish. Vatan, ona tili haqida she`rlar so`rash. Sinf o`quvchilarini 3 guruhga ajratish va darsni musobaqa tarzida olib borishni tushuntirish. 1-guruh: Topqirlar 2-guruh: Epchillar 3-guruh: Bilag`onlar 2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash: O`quvchilardan o`tilgan mavzuni so`raladi. 3 ta guruhdan 1 nafardan o`quvchi sh, ch, ng harf birikmalari qatnashgan she`rlar topib aytdi. Har bir guruhdan 1 nafardan o`quvchi dars taxtada sh, ch, ng harf birikmlari bilan boshlanadigan so`zlardan 5 tadan yozadilar. Har bir o`quvchilarning javoblarini o`qituvchi ko`rib rag`batlantirib boradi. O`quvchilarga o`qituvchi savollar yozilgan tarqatmalar beradi va javoblarini eshitadi. Savollar: Alifboda nechta harf bor? Nechta harf birikmasi bor? Unli harflar nechta? Undosh harflar nechta? Nutqimizni ishlatadigan undoshlar qanday guruhlarga bo`linadi? Undosh tovushni unli tovushdan qanday ajratamiz? O`tilgan mavzuni o`qituvchi mustahkamlab yakunlaydi. Yangi mavzu bayoni: Jarangli va jarangsiz undoshlar. O`zbek tili jarangli va jarangsiz undoshlar bor. Jaranglilar: b, d, g, j, j, v, z, g`, l, m, n, r, y, ng Jarangsizlar: p, t, k, ch, sh, f, s, h, x, q O`qituvchi rasmli, rangli plakat yordamida jarangli va jarangsiz undoshlarni ko`rsatib o`qib beradi. Ular qatnashgan so`zlarni farqlashni tushuntiradi. Yangi mavzuni meltimediali ilovadan foydalanib tushuntirish mumkin. Jarangli va jarangsiz undoshlarni tushuntirish jarayonida inson a`zolari faoliyati animatsiyasi nomoyish etiladi. Biz gapirganimizda tovushlarni talaffuz qilamiz, bu tovushlarni hosil qilishda qatnashadigan inson a`zolari nutq a`zolari deyiladi. Bularga: O`pka, tovush paychalari, o`g`iz bo`shligi, lab, til va tishlar, burun bo`shlig`i kiradi. O`zbek tili jarangli va jarangsiz undoshlar bor. Jarangli undosh tovushlarni talaffuz qilganda ovoz va shovqin eshitiladi, jarangsiz undosh tovushlarda faqat shovqin eshitiladi. Undosh tovushlarni hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan hafo og`iz bo`shlida turli to`siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo`ladi. Jarangli undoshlar talaffuzida tovush paychalari titraydi, jarangsiz undoshlar talaffuzida esa titramaydi. Buni siz tovush talaffuz qilayotganingizda barmoqlarinigiz ustki tomonini tomog`ingizga qo`yib tekshirishingiz mumkin. O`quvchilar jarangli va jarangsiz undoshlarni talaffuz qilib ko`rishadi. Dam olish daqiqasi: Bu vaqtda o`quvchilarga musiqali qo`shiq qo`yib berish va bunga mos harakatlarni bajariladi. Mavzuni mustahkamlash: Darslik bilan ishlash. O`quvchilar darsliklarini ochib 51-mashqqa qaraydilar. Bir o`quvchi mashqni o`qib beradi. 51-mashq. Juftlab berilgan so`zlarni o`qing. mard – mart jim – chim gul – kul dil – til darz – dars choy – joy dog` – tog` barcha – parcha Bu so`zlar qaysi harflarga ko`ra bir-biridan farq qilyapti? Ularni juftlab ayting va talaffuziga e`tabor bering.O`quvchilar savollariga javob berishadi.52-mashq. So`zlarni juftlab o`qing va ko`chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan undoshlarni aniqlab, tagiga chizing. Maktab – maktabi, maqsad – maqsadi, ijod – ijodi, javob – javobi. Rasmli rangli plakat yordamida mashq tushuntirib beriladi. Talaffuzda ayrim so`zlarning oxirida kelgan jarangli undosh o`rniga uning jarangsiz jufti eshitiladi: kitob, avlod, hisob, ozod, mayiz, yalpiz. Bunday so`zlar oxirida qaysi harf yozilishini farqlash uchun shu so`zdan so`ng unli qo`shib aytiladi: kitob – kitobi, mard – mardona. O`quvchilar daftarlarini ochib o`z baholarini ko`radilar, yaxshi baho olgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Dars taxtada husnixat daqiqasi o`tkaziladi. O`quvchilar daftarlariga 52-mashqni yozish qoidalarini eslatilgan holatda daftariga ko`chirib yozadilar. 3 nafar o`quvchi mashqni dars taxtada bajaradilar. O`qituvchi o`quvchilarning husnixatlarini baholab boradi.53-mashq: O`qing. She`riy parchadagi jarangli va jarangsiz tovushlarni ifodalovchi harflarni alohida yozing. 1 nafar o`quvchi mashqni ifodali qilib o`qib beradi. O`qituvchi mashqni qanday bajarilishini tushuntirib beradi. Men – jilg`aman, ummon bo`lgim keladi, Men – yog`duman, cho`lpon bo`lgim keladi. Men – uchqunman, bo`lgim kelar alanga, Farzand bo`lib yaray aziz Vatanga! Har bir guruhdan 1 nafardan o`quvchi navbat bilan dars taxtada mashqni yozma ravishda bajaradilar. O`tilgan mavzu boshqotirma yordamida mustahkamlanadi. 1.Erta saharda qichqiradigan parranda? 2.Asalni yahshi ko`ruvchi hayvon 3.Tog`da ochiladigan gul? 4.Olamni yorutguvchi sayyora? Dars davomida o`quvchilari javoblari baholab boriladi. 3 ta so`zni o`quvchilar fonetik tahlil qilishadi: Kitob, oftob, maktab. O`qituvchi o`tilgan mavzuni yakunlang. Rag`bat kartochkalariga qarab o`quvchilarni baholanadi. G`olib guruh aniqlanadi. Uyga vazifa: 54-mashq. O`qituvchi uy vazifasini o`quvchilarga tushuntirib beradi va darsni yakunlaydi. XULOSA:
Muhimi, bolаdа gаp tаrkibi hаqidа vа hаr xil turdаgi gаplаrdа leksikаdаn tо‘g‘ri foydаlаnish hаqidа oddiy tаsаvvurlаr shаkllаnsin. Buning uchun bolаlаrgа gаpdа sо‘zlаrni biriktirishning turli usullаrini, sо‘zlаr о‘rtаsidаgi аyrim mаzmunli vа grаmmаtik bog‘liqliklаrdаn foydаlаnishni hаmdа gаpni intonаsion jihаtdаn rаsmiylаshtirishni о‘rgаtish zаrur. Bolalar aniq va tushunarli so’zlaydigan, iboralar, so’zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya'ni yaxshi diksiyaga ega bo’lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlarni muvaffaqiyatli ravishda o’zlashtiradilar. Ko’pincha pedagoglarning talaffuzi biroz noaniq va tushunarsiz bo’ladi, ular tovushlar va so’zlarni og’izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi. Pedagog talaffuzning adabiy me'yorlariga rioya qilishi, o’z nutqida turli shevalar, mahalliy so’zlashuvlar ta'sirini bartaraf etishi, so’zlarda urg’uni to’g’ri qo’yishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Asarlar, 5-jild. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 1997 yil. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 2008 yil. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi Nizom. T., 2018y. D.R. Babayeva «Nutq o`stirish metodikasi» Fan va texnologiya T.; 2009 yil F.R. Qodirova «Nutq o`stirish metodikasi» O`UM T.; 2012yil (electron) Q. Shodiyeva O`rta guruh bolalari nutqini o`stirish T.: O’qituvchi 1993yil. M. Asqarova va boshqalar Kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirish T.: 2001yil. Download 175.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling