I bob. Undov taqlid, modal so‘zlarni o‘qitishning ilmiy-metodik va nazariy asoslari


Download 108.79 Kb.
bet3/12
Sana16.06.2023
Hajmi108.79 Kb.
#1494693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Renisans Unversiteti

Tadqiqot obyekti. Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim bosqichlari 7-sinf Ona tili darsligi va Akademik litsey Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsligi.
Tadqiqot predmeti. Ta’lim bosqichlari ona tili darslarining undov va taqlid, modal so‘zlarini o‘qitish jarayoni, shu jarayonga xos ta’lim shakli, vositalari, mazmuni va metodlarining talqini.

1.BOB. UNDOV, TAQLID, MODAL SO‘ZLARNI O‘QITISHDA ILMIY-NAZARIY VA METODIK ASOSLARI


1.1. Undov taqlid, modal so‘zlar haqida nazariy tushunchalar
Undovlar — hishayajon, buyruqxitob, haydash, chaqirish kabi maʼnolarni bildiruvchi, ran boʻlaklari bilan grammatik bogʻlanmaydigan soʻzlar turkumi va shu turkumga oid muayyan soʻzlar. U. asosiy xususiyatlariga koʻra 2 turga boʻlinadi: emotsional (hissiy) U. va buyruqxitob (imperativ) U.
Emotsional U. kishilarning histuygʻusi, ruhiy holatini bildiruvchi U. boʻlib, ular maʼno jihatidan rang-barangdir. Ijobiy emotsional U. matn va ohang bilan bogʻliq ravishda: 1) shafqat, mehribonlik (iye, o, eh); 2) sevinch, zavqlanish, havas (voy, ho, oʻhhoʻ); 3) qoyil qolish, rohatlanish (hayhay, voy, o); 4) mamnuniyat, faxrlanish, xayrixohlik (eha, eh, ehe, oʻhhoʻ, haya, oʻ); 5) undash, ogohlantirish, tasdiq (hayhay, ha) maʼnolarini bildiradi. Salbiy histuygʻularni ifodalovchi U. esa: 1) eʼtiroz, norozilik, shikoyat, zorlanish (qa, ho, voyey, voy, oh, uh, obbo); 2) jirkanish, nafrat, gʻazab, jahl (e, eh, voy, he, ha); 3) achinish, afsuslanish (he, eh, oh); 4) kinoya, kesatiq, piching, koyish (obbo, oha, oʻhhoʻ, hoo, hayhay, hoyhoy); 5) tanbeh, ogohlantirish, kutilmaganlik (e, hayhay, iya); 6) gʻumgʻussa, qaygʻuoʻkinch (eha, oh, eh, voyey, eh); 7) choʻchish, vahima, dahshat (voyey, oh, o, voydod); 8) ajablanish, hayratlanish, ranjish (i, ee, baybaybay, he) kabi maʼnolarni bildiradi.
Tilda rasmodatlar bilan bogʻliq U. ham mavjud boʻlib, ular umumiy holahvol soʻrashish, salomlashish, xayrlashish, ragʻbatlantirish, tashakkur, minnatdorchilik kabi maʼnolarni ifodalaydi. Maye: esonmisiz, omonmisiz, xrrmang, bor boʻling; assalomu alaykum, assalom, salom, xayr, xoʻsh, xoʻp; balli, barakalla, ofarin, qoyil, rahmat, tashakKUR, Qulluq, marhamat va sh.k.
Buyruqxitob (imperativ) U. kishilarga nisbatan ularning diqqatini tortish, ogoxlantirish yoki jonivorlarni biror ishni bajarish yoki bajarmaslikka undash kabi maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: odamlarga qaratilgan U.ning ayrimlari (hoy, hey, ey, allo) kishilar diqqatini soʻzlovchiga kdratish uchun, boshqalari esa (tss, qani, jim, tek) taʼkid, buyurish maʼnolarini ifodalash maqsadida qoʻllanadi; hayvon va jonivorlarga qaratilgan U. ularni toʻxtatish, chaqirish, haydash, tinchitish, biror ishni bajarishga undash maqsadlarida qoʻllanadi (behbeh, pishpish, tutu, kuchkuch, mahmah; dirr, xoʻsh, taq, ish; chu, pisht, kisht, xix, kishkish va sh.k.).
Oʻzbek tilida emotsional U. tarkibiga ham, buyruqxitob U. tarkibiga ham kiritib boʻlmaydigan alohida U. guruhi ham mavjud. Koʻrsatish (hu, huv, hovv), javob, taʼkidni (hahaha, ha, xoʻshxoʻsh, a, labbay) bildiruvchi U. shu jumladandir.

Avvalo, tilshunos olimlar Sapayev Q, Sayfullayeva R, Sh.Raxmatillayevning undov, taqlid, modal so‘z turkumlarining ta’rifi, ma’no turlari va xususiyatlari haqidagi nazariy qarashlarini solishtirib chiqamiz.


Tilshunos olim Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili (mоrfеmikа,so‘z yasаlishi vа mоrfоlоgiya) o‘quv qo‘llanmasida undov, taqlid, modal so‘zlar haqida quyidagicha ma’lumotlarni aytib o‘tgan.
Undоv so‘zlаr kishilаrning his-hаyajоnini, buyruq-хitоb, hаydаsh, chаqirish mа’nоlаrini ifоdаlаydi. Undоv so‘zlаr lеksik mа’nо ifоdаlаy оlmаsligi, kеlishik, egаlik, sоn аffikslаrini оlmаsligi jihаtidаn mustаqil so‘zlаrdаn fаrq qilаdi.
Shuningdеk, nutqdа bоshqа so‘zlаr bilаn grаmmаtik аlоqаgа kirishа оlmаsligi, gаpning birоr bo‘lаgi vаzifаsini bаjаrа оlmаsligi hаm bu so‘z turkumining аsоsiy хususiyatlаridаn biridir. Ulаr fаqаt оtlаshgаndаginа gаpning bоsh yoki ikkinchi dаrаjаli bo‘lаgi vаzifаsini bаjаrishi mumkin. Маsаlаn: Оh urаrmаn, оhlаrim ursin sеni. (Qo‘shiqdаn).
Gapning xususiyatlariga intonatsiya bo'yicha jumlalar turlari kabi tushuncha kiradi. Bu undov va undov bo'lmagan jumlalar. Biz maqolada ushbu takliflar orasidagi farqlar haqida gapiramiz.

Download 108.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling