I bob. Urushning xalqaro munosabatlar ta’siri
Download 95.5 Kb.
|
Sovuq urush
I bob. Urushning xalqaro munosabatlar ta’siri. Ikkinchi jaxon urushidan so’ng dunyo siyosatida jiddiy o’zgarishlar bo’ldi. BMTning roli ancha kuchaydi. Ilgari kelishilgan ba’zi qarorlar amalga oshdi, ba’zilari esa amalga oshmasdan qoldi. Fashist jinoyatchilar boshliqlari jazolandi. 1945 yil 20 noyabrdan 1946 yil 1 sentabrgacha Xalqaro tribunal fashist jinoyatchilarni sud qildi. 12 kishi o’lim jazosiga xukm qilindi. 7 kishi uzoq muddatli va umrbod qamoq jazosiga xukm qilindi. Bu urush aybdorlarining tarixda birichchi marta xalqaro miqyosda jazolanishi edi. Urushdan so’ng qurollanish poygasi avj oldirildi. 1945 yilda AQSH atom bombasini Yaponiyada sinab ko’rdi va bu mudxish qurol vositasida dunyoga xukmronlik qilishni o’ylay boshladi. Qo’shma SHtatlarda atom bombasi yaratilgandan keyin, SSSR xam AQSH dan orqada qolmaslik uchun barcha choralarni ko’rdi. Nixoyat, 1949 yilda atom bombasini yaratdi va uni sinovdan o’tkazdi. AQSH 1952 yilda yanada daxshatliroq ommaviy qirg’in quroli vodorod bombani yaratdi. Uning qudrati 10 mln tonna trotilga teng edi. SSSR esa bir yildan keyinroq bunday qurolga ega bo’ldi. Bu orada AQSH yadro qurollarini nishonga yetkaza oladigan samolyotlar yaratdi. SSSR esa qit’alararo raketa yaratishga muvaffaq bo’ldi. Atom suv osti kemalari yaratildi. SHu tariqa kishilik jamiyatini bir necha marta yo’q qilib yuborishga qodir ommaviy qirg’in qurollari zaxirasi vujudga keltirildi. Lekin oradan ko’p o’tmay «sovuq urush» boshlandi. Uning tashabbuskori U. CHerchill edi. U «sharqiy kommunizm» bilan kurash vazifasini qo’ydi. 1947 yil 14 martda qabul qilingan Gretsiya va Turkiyaga yordam berishni mo’ljallagan «Trumen doktrinasi» buning amaldagi isboti bo’ldi. 1947 yil 5 iyunda qabul qilingan va Yevropaning 16 davlatiga iqtisodiy yordam berishni mo’ljallagan «Marshall rejasi» uni yanada mustaxkamladi. Ikki eng buyuk davlat o’rtasida munosabatlarning tobora keskinlashib borishi oqibatida ikki xarbiy- siyosiy ittifoq vujudga keldi. Ularning birinchisi AQSH va uning ittifoqchilarini birlashtirgan SHimoliy Atlantika shartnomasi-NATO deb ataldi. Bu ittifoq 1949 yilning 4 aprelida Vashington shaxrida 12 davlat ishtirokida tuzildi (AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada, Belgiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Norvegiya, Portugaliya). AQSH generali D. Eyzenxauerning uning qo’mondoni etib tayinlangan. 1949 yilning 1 oktabrida kommunistik Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi, 1950 yilda esa SSSR bilan Xitoy o’rtasida «Do’stlik, ittifoqlik va o’zaro yordam to’g’risida» shartnoma imzolanishi AQSHni qattiq tashvishga solib qo’ydi. XXRning tashkil topishi bilan «jaxon sotsializm tizimi» shaknanishi nixoyasiga yetdi. 1955 yilda GFR NATO ga a’zo etib qabul qilindi. SHarqiy Yevropa davlatlari (SSSR, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, CHexoslaovakiya, GDR) bunga javoban 1955 yilning 14 mayida o’zlarining xarbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava shartnomasi tashkilotini tuzdilar. SHunday qilib, dunyo, shu jumladan, Yevropa ikkiga bo’lindi. Ikkinchi jaxon urushidan so’ng Koreyaning shimolini SSSR, Janubini esa AQSH armiyasi ishg’ol etdi. Germaniya bo’linganidek, Bu yerda xam bir davlat ikkiga bo’lindi va ikki xukumat tuzildi. 1949 yilda SSSR va AQSH Koreyadan o’z armiyalarini olib chiqib ketdilar. 1950 yilning 25 iyunida SHimoliy Koreya armiyasi chegarani buzib o’tdi va Janubiy Koreyaga xujum qildi. AQSH ushbu masalaning BMT da muxokama etilishiga erishdi. BMT SHimoliy Koreyani agressor deb tan oldi va unga qarshi urush xarakatlari boshlashga ruxsat etdi. Xalqaro kuchlar 15 sentabrda Koreya yarimoroliga tashlandi va ular SHimoliy Koreya armiyasi xarakatini to’xtatdi xamda Janubiy Koreya xududidan surib chiqardi. Oktyabr oyi oxiriga kelib esa AQSH xarbiy kuchlari SHimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shaxrini egalladi. SHundan so’ng Xitoy Xalq Respublikasi o’z xarbiy kuchlarini SHimoliy Koreyaga yordamga yubordi. SSSR ning xam Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan bo’lib qoldi. SHundan so’ngina AQSH SHimoliy Koreyaga qarshi urush xarakatlarini to’xtatishga majbur bo’ldi. 1953 yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko’ra, xar ikki koreys davlati chegarasi urushgacha bo’lgan xolatida (Z8-parallel kenglikda) tiklandi. SHu tariqa Korea yarimorolida urush to’xtadi. Biroq mamlakat ikkiga bo’linganicha qoldi. SHimoliy Koreya SSSR bilan, Janubiy Koreya esa AQSH bilan yaqin munosabat o’rnatdi. Ikkinchi jaxon urushidan so’ng buyuk davlatlar Falastinda yaxudiylarning o’z davlatiga ega bo’lishga intilishlarini qo’llab-quvvatlay boshladi. Ayni paytda BMT xam 1947 yil 29 noyabrda Falastinda ikkita davlat tashkil etilishi (Isroil va Falastin) xaqida qaror qabul qildi. Dunyoning turli burchaklaridan ming-minglab yaxudiylarning Falastinga ko’chib kelishi arab va yaxudiylar o’rtasida nizoni kuchaytirdi. 1948 yil 14 mayda Isroil davlati (yaxudiylar davlati) tashkil etildi-yu, lekin Falastin davlati tashkil etilmay qoldi. Bu esa birinchi arab-isroil urushini keltirib chiqardi. Falastin xududi Isroil tomonidan bosib olindi. 1949 yilda BMT urush xarakatlarinipg to’xtatilishiga erishdi. Biroq Falastin-Isroil janjali davom etdi. 1947 yilda Buyuk Britaniya Xindistonga mustaqillik berishga qaror qildi. Biroq inglizlar Xindistondan chiqib ketish oldidan uni diniy belgiga ko’ra ikkiga-Xindiston va Pokistonga-bo’lib yubordilar. SHu tariqa keyinchalik qator qurolli to’qnashuvlarga olib kelgan Xindiston-Pokiston mojarosiga zamin yaratildi. Bu mojaroda SSSR Xindiston tarafini ola boshladi. Tez orada Xindixitoyda xam qarama-qarshilik o’chog’i vujudga keldi. Bunga SSSR va XXR ning yer yuzi mintaqa xalqlari milliy-ozodlik urushini qo’llab-quvvatlashi xamda ularni o’z ta’sir doiralarida saqlab turishga intilishlari sabab bo’ldi. CHunonchi, 1945 yil 2 sentabr kuni Vetnam Demokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Xokimiyat tepasiga kommunistlar kelishdi. Bu xol Frantsiyani tashvishga solib qo’ydi. U o’z mustamlakachilik tartiblarini tiklash maqsadida Vetnamga qarshi urush xarakatlarini boshladi. Laos va Kambojada mustamlaka tartibini tikladi. Xindixitoy xalqlari frantsuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik urushi boshladilar. Bu urush 1954 yilda g’alaba bilan yakunlandi. 1954 yilning aprel iyul oylarida Jenevada Xindixitoyda tinchlik o’rnatishga bag’ishlangan konferentsiya bo’lib o’tdi. Frantsiya Xindixitoy davlatlarining mustaqilligini tan oldi va o’z qo’shinlarini bu xududdan olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Ayni paytda Vetnam 2 davlatga (SHimolda Vetnam Demokratik Respublikasi, janubda-Vetnam Respublikasi) bo’lindi. Bu davrda AQSH yer sharining turli minqtalarida o’z ta’sir doirasini knchaytirish uchun jon-jaxdi bilan xarakat qilardi. SHu maqsadda u 1951 yilda ANZYuS (Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSH ishtirokida), 1954 yilda SEATO (AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Pokiston, Tailand, Filippin ishtirokida), 1955 yilda SENTO (Eron, Turkiya, Pokiston va Iroq ishtirokida) xarbiy-siyosiy bloklarini tuzdi. AQSH kommunistlar xukmronligidagi yagona Vetnam davlati vujudga kelishiga aslo toqat qila olmas edi. SHu maqsadda SHimoliy Vetnamni jilovlab qo’yishga baxona qidira boshladi. Tez orada bunday baxona topildi xam. 1964 yilning avgust oyida VDR ning xarbiy-dengiz kuchlari Tonkin qo’ltig’iga kirgan AQSH xarbiy kemalariga xujum qildi. AQSH bu voqeani o’ziga qilingan agressiya, deb baxoladi. AQSH samolyotlari VDR xududini bombardimon qilishni boshladi. 1965 yildan boshlab esa AQSH qurolli kuchlari VDR ga qarshi urush xarakatlarini boshlab yubordi. Biroq AQSH armiyasi Vetnam xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Urush xarakatlari 8 yil davom etdi. AQSH Vetnam xalqining irodasini buka olmadi. Nixoyat, 1973 yilning yanvar oyida Parijda Vetnamda urushni to’xtatish va tinchlikni tiklash to’g’risidagi bitimlar imzolandi. AQSH Vetnamdan o’z qo’shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo’ldi. U qo’llab-quvvatlayotgan Janubiy Vetnam xukumati 1975 yilda quladi. 1976 yilning 2 iyulida Vetnam yagona davlatga birlashdi. Bu xodisa AQSHning Xindixitoydagi jiddiy mag’lubiyati edi. 50 yillarda Yaqin SHarq G’arbning buyuk davlatlari va SSSR o’rtasidagi keskin qarama-qarshilik maydoniga aylandi. SSSR arab davlatlarini, AQSH esa Isroilni qo’llab-quvvatlashni yangi kuch bilan davom ettirdi. 1952 yilda amalga oshirilgan inqilob natijasida Misrda Buyuk Britaniya tayanchi bo’lgan monarxiya ag’darildi.1956 yilda esa MisrSuvaysh kanaligi milliylashtirdi. Bunga chiday olmagan Buyuk Britaniya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Unda Frantsiya va Isroil xam qatnashdi. BMT va SSSRning qat’iy pozitsiyasi tufayli agressiya to’xtatib qolindi. SHu tariqa 3 davlat agressiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada Buyuk Britaniya va Frantsiyaning pozitsiyalariga katta putur yetdi. Ayni paytda Yaqin SHarqda SSSR ning obro’si ko’tarildi. 1958 yilda Iroqda monarxiya ag’darildi. SHunday sharoitda Eyzenxauer doktrinasi ilgari surildi. Unga ko’ra, Yaqin SHarqda endi AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiya o’rnini to’ldirish kerak edi. Bu xodisa SSSR ning G’arb davlatlari bilan munosabatlarini. Yanada keskinlashtirib yubordi. «Sovuq urush» vasvasasi kuchaydi. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling