I bob Windows operatsion sistemasi haqida ma`lumot


Download 1.24 Mb.
bet1/8
Sana18.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1031104
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fizika matematika


Har birimizga ma`lumki ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiya­larini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Hozirgi kunda zamon bilan ham nafas bo`lishda dunyo tez suratlarda rivojlanmoqda va bunda o`z-o`zidan zamonaviy kompyuter texnologiyalari to’g’risida so’z yuritiltiladi va hozirda hamma sohalarda zamonaviy ilm-fan texnikalari keng qo`llanilmoqdadir. Buning sababi, inson ongining o`sishi,shaxsiy kompyuterlarning ixtiro etilishi axborot texnologiyalarining ommaviylashishiga va uni keng miqyosda tadbiq etilishiga olib kelinganligidadir.
Chunki shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi natijasida axborot
texnologiyalarining mahsuli bo’lgan dasturiy vositalarga zaruriyat ortib,kundalik
ehtiyojga aylanib bormoqda. Windows operatsion tizimi haqida so’z yuritganda, hozirgi kunda hech bir kompyuter, bu operatsion tizimsiz ishlamasligining guvohi bo’lamiz. Windows operatsion tizimining bir qancha versiyalari mavjud, bo’lib hamma o’ziga qulay bo’lgan hamda imkoniyatlari juda ko’p bo’lgan operatsion tizimdan foydalanadi. Hozirgi kunda zamonaviy texnalogiyalar juda ham rivojlanib ketmoqda. Axborot texnalogiyalari jamiyatimizning har bir sohasiga kirib bormoqda. Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash va boshqalardir.

I.bob Windows operatsion sistemasi haqida ma`lumot
1.1 Windows operatsion sistemasining kelib chiqish tarixi
Zamonaviy kompyuter yordamida ishlash uchun mo’ljallangan ushbu bo’lim, Windows operasion tizimida ishlash uchun mo’ljallan-gan bo’lib, unda Windows operasion tizimi xaqida ma’lumot va ana shu operasion tizimdagi ba’zi bir eng ko’p ishlatiladigan dasturlar bilan ishlash yoritilgan.
Windows nima? Bu operasion sistema (OS). Ya’ni inson bilan kompyuterni o’zaro bog’lash uchun qo’llaniladigan vositalardan biri. OSning turlari juda ko’p bo’lib, ulardan MS DOS, OS/2,UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko’p tarqalgani MICROSOFT kompaniyasi-ning Windows operasion tizimlaridir.
Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko’rinib turishidir.
Windows - oynalar degan ma’noni anglatadi. Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila boshlangan.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling