I bob xalq tabobatida keng qo'llaniladigan dorivor o'simliklar xususiyati


Zveroboy o‘simligi antidepressiant sifatida xizmat qiladi


Download 86.13 Kb.
bet7/7
Sana31.01.2024
Hajmi86.13 Kb.
#1831843
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Olti hovuz qishlogi

10. Zveroboy o‘simligi antidepressiant sifatida xizmat qiladi

Bu o‘t ba'zi mamlakatlarda bolalar va o‘smirlardagi ruhiy tushkunlik holatlarida buyuriladi. Shuningdek, bu giyoh asab zo‘riqishi natijasida yuzaga keladigan og‘riqlarni bartaraf qiladi.

2.2 Dorivor o’simliklarning zararli xususiyati


Dorivor o’simliklarning zararli xususiyati - tarkibida zaharli moddalar bor oʻsimliklar. 3. oʻ. 2 guruhga boʻlinadi: 1) haqiqiy 3. oʻ. — zaharlilik turning xususiy belgisi hisoblanadi; 2) shartli 3. oʻ. — turdagi ayrim oʻsimlik zaharli boʻladi (mas, zigʻir va oq joʻxori ayrim hollarda sianid kislota chiqaradi). Haqiqiy 3. oʻ.ning 10 ming turi bor. Asosan, subtropik va mamlakatlarda oʻsadi, mas, zaqqum. Oʻsimliklarningzaharliligi ulardagi turli organik birikmalar — alkaloidlar, glikozidlar, glikoalkaloidlar, efir moylari, kislotalar, laktonlar, toksalbuminlar, smolali organik moddalarning miqdoriga bogʻliq. Bu moddalar oʻsimliklarning turli organida toʻplanadi (mas, parpi va morolquloqning , asosan, ildiz poyasida, angishvonagulning bargida va h. k.). 3. oʻ. barcha jonivorlarga bir xilda taʼsir etmaydi. Mas, odam uchun zaharli belladonna va bangidevona quyon va qushlarga mutlaqo zararsiz, piretrumning baʼzi turlari hasharotlarga zararli boʻlsa, isiqqonli hayvonlar uchun zararsiz; dengiz piyozi kemiruvchilarga zaharli, boshqa hayvonlar uchun zararsiz va h. k. Zaharli moddalar oʻsimlikning turli oʻsish davrlarida toʻplanadi. Oʻsimlikning zaharliligi ular koʻkarib turganida qurigandagisiga qaraganda koʻproq boʻladi, baʼzilarida esa kurigandan keyin zaharliligi butunlay yoʻqoladi. Maye, uchma, ayiqtovon va b. Koʻpchilik 3. oʻ.ning dorivorlik xususiyatlari ham bor (isparak, qizgʻaldoq, koʻknori, achchiqmiya va b.). Bulardan olinadigan preparatlar har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
2.3 Dorivor o’simliklarning botanik tasnifi
Ma‘lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika sanoati ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50-60 % dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanishi dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ta‘kidlash jiozki, respublikamizda tabiiy holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklar yetishtirish orqaligina qondirish mumkin. Ammo, dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi ma‘lum agronomik va agroximik, biologik, ekologik, botanik va boshqa bilimlarni umum metodologik qoidalarnini bilish zarurligini taqozo etadi. Hozirgi vaqtda dorivor o‘simliklar mamlakatimizning ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon, dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda. Lekin, ularni yetishtirish va yetishtirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ayrim yechilishi va ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan muammolarni keltirib chiqilmoqda. SHu bois, ham farmatsevtika sanoatini sifatli, mo‘l, tannarxi arzon va ekologik sof xom-ashyo bilan ta‘minlash dolzarb vazifalardar biri bo‘lib qolaveradi. Bu holat, albatta, dorivor o‘simliklar xom-ashyosi yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarni dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyalarini puxta egallagan mutaxassislar bilan ta‘minlashni taqozo qiladi. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, farmatsevtika sanoati hamda dorixonalarni sifatli shifobaxsh o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta‘minlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma‘lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi sababli xar bir tur o‘simlikka agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda yetkizish lozim. Iqlim (ob-havo) sharoitining keskin kontinentalligi va tuproq sharoitlarinig bir biridan farq qilishi xamda boshqa ko‘p omillar dorivor o‘simliklar yetirshtirish texnologiyasini ishlab chiqishda nazariy va amliy bilimlar uyg‘unligini toqozo qiladi. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi xo‘jaliklar tarmog‘ining oldida turgan hozirgi dolzarb vazifa bu har gektar yerdan olinayotgan hosil salmog‘ini oshirish, uning sifatini yaxshilashdir. Bu vazifalarni hal etishda ilg‘or tajriba va ilm-fan yutuqlari katta ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, dorivor o‘simliklar yetishtirish samaradorligini ortishi bu yetishtirilayotgan dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnikasiga, zararli organizmlardan himoya qilish bilan ham bevosita bog‘liqdir. Ushbu fan talabalarga dorivor o‘simliklar turlarini tabiiy sharoitlari, tabiiy populyatsiyalari, zaxiralar, mukofazasi va o‘simliklar jamoasidagi o‘rnini belgilashda sistematik, geobotanik, resureshunoslik va boshka izlanishlar olib borish xamda madanishlashtirish va introduktsiya yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarida esa tajribalar uchun maydon tanlash, uning talabi va elementlari, tajribani o‘tkazish va tajriba elementlarini joylashtirish, fazalar bo‘yicha o‘simlik tarkibidagi faol moddalarni aniklash va b.k kabi ilmiy izlanish muammolarini yechimlarini topish uchun tajriba dalasini varnantlarga bo‘lish, tajriba natijalarini statistik taxlil kilish usullari xakida atroflicha ma‘lumot beradi va o‘rgatadi.

XULOSA
Ko‘plab o‘rmon, fermer va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarda ham dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda. Ammo, mamlakatimizda dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan ularni yetishtirishva yetishtirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilmagan. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun dastlab, ularni mintaqalar bo‘yicha tug‘ri tanlash, bioekologik xususiyatlarini in‘obatga olgan holda ekish normalariga amal qishish va o‘z vatida barcha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish asosiy omillar bo‘lib xizmat qiladi. O‘simliklar bir hujayrali oddiy tuzilishidan ancha murakkab ko’p hujayrali hamda maxsus vegetativ va generativ organga ega bo‘lgan o‘simliklar darajasiga yetgunga qadar katta evolyutsion jarayonni bosib o’tganlar. Shuning uchun ham suvda va quruqlikda yashovchi o‘simliklar organizmining tuzilishida keskin farq bor. Quruqlikda yashovchi o‘simliklarda ildiz, poya, barg va boshqa xil organlarning yetilishi bilan ularning vazifalari ham, ichki mikroskopik tuzilishi ham o‘zgaradi. Masalan, suvda yashovchi suv o‘tlarning tallomi (tanasi) asosan bir xil tuzilishga ega bo‘lgan hujayralardan tashkil topgan bo‘lsa, tanasi ildiz, poya va barglarga differensiatsiyalangan yuksak o‘simliklar esa har xil vazifani bajaruvchi va turli xil tuzilishga ega bo‘lgan hujayralar yig‘indisidan (kompleksidan) tuzilgan. O‘simlik barglarida fotosintez vazifasini bajaruvchi hujayralar yig‘indisi bo‘lsa, ildiz uchida suv va unda erigan mineral moddalarni shimib olib, o‘simlikning boshqa organlariga yetkazib beradigan maxsus so’rish vazifasini bajaruvchi hujayralar yig‘indisi mavjud.3 Demak, bir xil vazifani bajaruvchi, bir-biriga o‘xshash kelib chiqishi ham umumiy bo‘lgan hujayralar yig‘indisiga to’qima deyiladi. Masalan, bug‘doy, arpa va shu kabi o‘simliklar urug‘idagi murtakning tuzilishini olganimizda unda boshlang’ich ildizcha, poyacha boshlang‘ich bargcha va kurtaklar borligini ko‘ramiz. Murtak organlarini tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilishga ega, ya’ni ular izodiametrik katta yadroli, hujayra po‘sti yupqa sellyulozali, vakuolsiz tuzilgan va ular bir xil vazifani bajaradi. Ya’ni, doimo bo‘linib o‘sib turadi, bu hujayralarning kelib chiqishi ham umumiy: ular urug‘langan tuxum hujayradan keyin yoki zigotadan hosil bo‘ladi. Biroq murtak hujayralarining bir qismi asosiy ildizni, ikkinchisi - poyani va uchinchisi esa boshlang‘ich barglarni (primordiyalarni) hosil qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O’ZME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. Xolmatov H.X., Habibov Z. H., Farmakognoziya [Darslik], T., 1967;
3. Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;
4. Hojimatov Q., Olloyorov M. , Oʻzbekistonning shifobaxsh o’simliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;
5. Xoliqov K., Oʻzbekiston janubidagi dorivor oʻsimliklar, T., 1992;
6. Hojimatov Q.H., Yoʻldoshev K.Y., Shogulomov U.Sh., Hojimatov O.Q., Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham (Fitoterapiya), T., 1995;
7. Toxirov B. B., Teshaeva D. R. Xarakteristika rasteniy, obogoщayuщie fitosanitarnoe sostoyanie djaylau Kыzыlkuma //Voprosы nauki i obrazovaniya. – 2018. – №. 10 (22).
8. Tolibova N.N., Tokhirov B.B., Aripov B. F. Determination of zooplanctons in dengizkol lake and their use in fishing //Sentr nauchnыx publikatsiy (buxdu. uz). – 2020. – T. 1. – №. 1.
9. Tokhirov B. B., Sayfiyev T. F., Hakimova N. K., Rakhmatova Z. B. Dynamics of enzyme activity in salted soils // DINAMIKA. – 2020. – T. 6. – №. 10.
10. Khusenov B.K., Tokhirov B. B., Turaev M. M. Biotechnology of biological and chemical treatment of water from the factory of bukhara oil refinery// sentr nauchnыx publikatsiy (buxdu. Uz). – 2020. – T. 1. – №. 1.
11. Rakhmatova Z. B., Tokhirov B. B. Aquaculture of plant-fishing fishfeeding and growing // Mejdunarodniy jurnal marketinga i texnologiy 10.9 (2020): 5-9. 1



1 Donli ekinlar urug’shunosligi. G’.Qurbonov. O’qituvchi. 1980 y.



2 O’simlikshunoslik. X.Atabayeva. Toshkent 2000 y.



3 Agroklimaticheskiy byulleten. – Tashkent: UZNIGMI, 2012 gg.



Download 86.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling