I bob xalqaro turizm: nazariya va amaliyot faniga
Download 347.19 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza XALQARO TURIZM NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH
I BOB XALQARO TURIZM: NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo‘l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko‘ngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o‘z o‘rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bir qator sohalarni qamrab olgandir. Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy sohalarini mujassam etganki, bu butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Aloxida mamlakatlar xo‘jaligiga ham, xududlarga ham u birday tegishli. Ayrim mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush farovonligi qo‘llab –quvvatlanib turiladi. 1 Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik holda rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. BTT (UNWTO) ma’lumotlariga ko’ra, 2021 yilda butun dunyo turizmning umumiy o’sish darajasi 2020-yilga nisbatan 4%ni tashkil etgan. Biroq, BTT (UNWTO) ning dastlabki hisob-kitoblariga ko’ra, xalqaro sayyohlar kelishi pandemiyadan oldingi 2019 yilga nisbatan 72% ga kam ekanligi ko’rsatildi. Bu ko’rsatgich 2020 yilda davom etib sayyohlar tashrifi 73% ga tushib ketdi va turizm sohasida eng yomon yil sifatida tarixda qoldi. Iqtisodiy va geosiyosiy muammolar kuchayib borayotganiga qaramay, xalqaro turizm pandemiya taʼsiridan kuchli va barqaror tiklanish alomatlarini koʻrsatishda davom etmoqda. UNWTO Jahon sayyohlik barometrining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, xalqaro turizm 2022 yilning birinchi besh oyida kuchli o'sish kuzatildi, deyarli 250 million xalqaro tashrif qayd etildi. Bu 2021-yilning yanvar- may oylarigacha kelganlar soni 77 millionni tashkil etadi va bu sektor 2019-yilgi pandemiyadan oldingi darajaning deyarli yarmini (46%) tiklaganini anglatadi 2 . Fanni o’qitishdan maqsad – xalqaro turizmning asl mohiyatini ochib berish, uning taraqqiyot yo’li, tajribasi, tahlili, hozirgi kundagi muammolarini, iqtisodiy, siyosiy, xalqaro turizm dinamikasi va infrastrukturasi tahlili, O’zbekiston va jahon turizm faoliyatining ildizlarini o’rganishdan iborat. Faning vazifasi – xalqaro turizmning iqtisodiy-ijtimoiy mazmunini ochib berish va xalqaro turizm turlarini o’rgatish, xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o’rgatish, xalqaro turizmning rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish, xalqaro turizm bozorini o’rganish, xalqaro turizm bozorida transmilliy kompaniya (TMK) lar, xalqaro turizm industriyasi, xalqaro turizmda aloqa va axborot vositalari, xalqaro turistik tashkilotlar, xalqaro turistik faoliyatni davlat va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan boshqarilishi, xalqaro turizmda turistik 1 Mamatqulov X.M., Bektemirov A.B., Norchaev A.N. ‘Xalqaro turizm’. Draslik. Toshkent. 2009. 2 UNWTO World Tourism Barometer, Volume 20 Issue 4 July 2022 sayohatlarni tashkil etishni o’rganish va xalqaro turizmda sayyohlik rasmiyatchiliklarini ko’rib chiqishdan iborat. Turizm jahonning ko‘pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida rivojlanmoqda va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek juda ko‘pchilik turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam ko‘rsatadi. Turizm na faqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng dinamik holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. Butun dunyo bo‘yicha turistik xizmatlarga o‘sib borayotgan talab eng avvalo ijtimoiy–iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‘sishi va bo‘sh vaqtning ko‘payishi, haq to‘lanadigan ta’tillar muddati ko‘payishi, nafaqa ta’minotining etarli darajasi oila tarkibini bolalar kamayishi evaziga o‘zgarishi va h.k). SHuningdek transport taraqqiyotidagi o‘sish, uni arzonlashishi va hammaning qurbi etishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, viza rejimining liberallashtirilishi kabilar. Xalqaro turizm juda ko‘pgina mamlakatlarda to‘lov balansiga amal qilishda muhim omil bo‘lib sanaladi. So‘nggi yillarda turizm dunyoda aholi bandligining muhim generatoriga aylanib bormoqda va jahon infratuzilmasiga juda katta miqdorda sarmoyalarni jalb etmoqda. Bu esa mahalliy aholini ham, tashrif buyuruvchi turistlarning ham turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. Turizm sohasida juda ko‘p ish o‘rinlari turistik korxonalar rivojlanayotgan hududlarda paydo bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni muvozanatlantirish, qishloq aholisini barcha qulaylikka ega shaharlarga qarab oqishining oldini olishga yordam beradi. Mamlakatlararo xususiyatlarni anglash va ko‘ra bilish hamda shaxsiy aloqalarni o‘rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi. Xalqaro turizm har bir davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Turizm ulkan madaniy va ma’naviy mazmunga ega bo‘lib, hamfikrlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda, hududiy va mahalliy majarolarni bartaraf qilishda, baraqaror tinchlikni mustahkamlashda keng ufqlar ochadi. Download 347.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling