I bob. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Moyli urug’larning fizik-texnik xususiyatlari


Download 161.82 Kb.
bet11/21
Sana16.06.2023
Hajmi161.82 Kb.
#1511677
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
KOBULOVA NILUFAR MD (2) (2)

Moyli urug’larning fizik-texnik xususiyatlari. Moyli urug’lar saqlanish davrida ularning qo’yidagi fizik xossalari hisobga olinadi: to’kiluvchanlik (sochiluvchanlik – sipuchest); o’z-o’zidan xillarga ajralib qolish (samosortirovaniye); g’ovaklik (skvajistost); zichlik (plotnost); sorbsion xususiyatlar; issiqlik va harorat o’tkazuvchanlik.
Tarixiy tadqiqotlar taxlili shuni ko’rsatadiki, ikki mintaqa o’rtasidagi hamkorlikning tarixit ildizlari uzoq asrlar qari- antic davrga borib taqaladi. Jumladan, Rim imperatori Adrian (milddan avvalgi II asr) davrida saroy ayollari Buyuk ipak yo’li orqali keltirilgan Maroqand shoisidan tayyorlangan kiyim kiyishganligi haqida ma’lumotlar manbalarda keltirilgan19.
Sharq va G’arb davlatlari o’rtasidagi dipolmatik aloqalarning rivojida Amir Temur va Temuriylar davri o’ziga xosligi va takomillashganligi bilan ajralib turishini ko’rishimiz mumkin. Bevosita Amir Temur hukmronligi davrida Yevropaning yirik davlatlari –Fransiya, Ispaniya kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib borilgan20. Bunda Genrix IV ning 1403 yilda Amir Temur va uning farzandi Mironshohga maktublar yo’llagani yuqoridagi fikr-mulohazaga misol bo’la oladi. O’sha davrda, Yevropada yuzaha kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoit mintaqa xalqalari qatorida inglizlarning ham Sharq mamlakatlari bilan aloqa o’rnatishini taqazo etgan edi. zero, buyuk Amir Temur vujudga keltirgan ulkan saltanat nafaqat Osiyoning , balki Yevropaning ham diqqat markazida turar edi. oradan qaryib 6 asr o’tib ikki mintaqa xalqalarining avlodlari o’rtasida aloqalar tiklandi.
Yuqorida , asosan, Yevropa Ittifoqiga a’zo yirik davlatar bilan O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy sohalardagi hamkorligi va bevosita bu davlatlarning ko’magi va tajribasiga tayanib , taraqqiyot sari odimlayotganligiga etibor qaratilgan edi. Shu bilan birga , O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikning muhim yo’nalishi ilmiy-texnik va madaniy sohalardagi aloqalar alohida o’rin tutadi. Ushbu yo’nalishdagi aloqalar tomonlar o’rtasida imzolangan xujjatlar va yaratilgan huquqiy me’yorlar asosida o’z rivojini topib kelmoqda. Bu borada shuni ham takidlash joyizki, O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi mamalakatlari o’rtasidagi ilmiy-texnik va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalari ikki va ko’p tomonlama imzolangan shartnomalar asosisa amalga oshirib kelmoqda. Hamkorlikni amalga oshitish jarayonida Yevropa Ittifoqining barcha a’zo mamlakatlari faol ishtirok etmoqda. Ammo, bir vaqtning o’zida bu jarayonda Yevropa Ittifoqining rivojlangan davlatlaridan Fransiya,Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya mamlakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik aloqalari o’zining keng qamrovligi bilan ajralib turadi.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi ko’p tomonlama ilmiy-texnik va madaniy sohalardagi hamkorlik 1996 yil imzolangan va 1999 yilning 1 iyulidan amalga tadbiq etila boshlangan “Sheriklik va Hamkorlik” to’g’risidagi bitim asosida amalga oshirilib kelinmoqda21. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida to’g’ridan tog’ri –ikki tomonlama hamkorlikka kirishishning huquqiy asoslari yaratilgan.
Shu o’rindaalohida takidlash joyizki, O’zbekiston Respublikasining xalqaro ilmiy aloqalari rivojida respublika Fanlar Akademiyasining ro’li kattadir. U ilg’or ilmiy tadqiqotlar va tabiiy hamda ijtimoiy fanlar yutuqari to’plangan ilmiy markaz xisoblanadi22.
Bugungi kunga kelib, O’zbekistonda matematik statistika va funksional analiz, differensial va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Extimollar nazariyasi bo’yicha “Toshkent maktabi” deb nomlangan ilmiy yo’nalish olamga mashhur bo’ldi. Yadro fizikasi va geofizika, elektronika, areogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Biorganik va fizik –kimyo , o’simlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi ko’plab tabiiy va suniy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va tibbiyot, bioximiya, biofizika va geoximiya, geologiya va seysmologiya sohalarida yirik muvaffaqiyatlarga erishildi. Falsafa va huquq, til va adabiyot, tarix va sharqshunoslik sohalarida yirik ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda23.
Shunday qilib, ilm-fan sohasida qudratli salohiyatga ega bo’lgan O’zbekiston mazkur yo’nalishda xorijiy mamlakatlar bilan va , jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan yaqindan hamkrolik o’rnatish va uni rivojlantirish tarafdoridir. Bunday hamkorlik tabiatshunoslik sohasida salmoqli loyihalarni ishlab chiqish va ilmiy tafakkutning ijtimoiy-gumanitar sohasida yangi kashfiyotlar qilinishiga yordam beradi. Bu jarayonni yaqqol misollar bilan ko’rish mumkin. Jumladan, Toshkentda O’zbekiston Fanlar akademiyasi ijtimoiy –gumanitar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlari yosh tadqiqotchilarining 2003 yil 24 may kuni fransuz tarixchisi Fransua Eno bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuv Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Yosh olimlar milliy jamiyati hamda Markaziy Osiyoni o’rganish Franisya ilmiy-tadqiqot instituti (IFEAC) tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. mazkur uchrashuv Parijda chop etilgan uch jildlik “O’rta asr;arda (X-XV) musulmon olami” kitobining taqdimotiga bag’ishlandi24.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan ilmiy sohadagi hamkorlikka e’tibor qaratganda, bu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy tadqiqot markazlari va Fransiya Tashqi ishlar vazirligi universitetlararo ilmiy tadqiqot hamkorligi boshqarmasi qaramog’idagi Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransiya Instituti (MOTFI) va boshqa ilmiy markazlar faoliyatini ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi ilm-fan yo’nalishidagi hamkorlik aloqalarida Germaniyaning ham o’rni alohida ajralib turadi. Jumladan, Germaniydan olingan grant asosida Toshkent arxitektura instituti “Qurilish arxitekturasi” kafedrasi o’qituvchis B.Abdusalomov Germaniya xalqaro ilmiy jamh’armasining “g’olibi” deb topildi. Bu iqtidorli yosh tadqiqotchi jamg’arma yo’llanmasi bilan ilmiy ishlarini davom ettirish uchun Germaniyaning Veymar shahridagi Arxitektura qurilish universitetiga yuborildi. Bunday aloqa Germaniyaning Shtutgard shahridagi Arxitektura-qurilish universiteti bilan ham davom etmoqda. Professor X.Ubaydullaev bboshchiligida yo’lgan qo’yilayotgan bu hayrli ish o’zining dastlabki samarasini bermoqda25.
Italiyaning mashhur yozuvchilari Dante Aligerining “Ilohiy komediya”, Bakkachoning “Dekameron”, Petrarka va Vergiliyning sonetlari, Djani Rodarini ertaklari allaqachon jahon durdonalari safiga qo’shilgan. Jumladan, bu asarlarni o’zbek kitobxonlariga tarjima qilib yetkazilganligi ikki mintaqa adabiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berib, xalqlarni yaqinlashtirishda muhim ro’l o’ynaydi26. Shu bois , qadimda Shar madaniyatining o’chog’I bo’lgan O’zbekiston bilan bu boradagi aloqalar maorif,fan va madaniyat sohasida bitim imolanishdan ancha ilgari boshlanib ketgani bejiz emas.
Germaniyaning Gamburg shahrida 1998 yil 29 sentabr – 6 oktabr kunlari bo’lib o’tgan Germaniya kutubxonalar Ittifoqining yillik majlisida va “Kutubxonalar – axborot darvozasi” mavzusidagi konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi va uning mutasaddilari ishtirok etishdi. Unda mamlakatda erishilgan yutuqlar bilan o’rtoqlashib, xorijlik mutaxassislar tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Samarqand arxeologiya instituti va fransuz ilmiy – tadqiqot milliy markazi qadimiy Afrosiyobni o’rganish yuzasidan qo’shma dastur ishlab chiqdi va hozirda bu dastur hayotga tadbiq etilmoqda27. Aynan areologiya sohasidagi hamkorlik Buyuk britaniya bilan davom etmoqda. O’zbekiston Respublikasi FA arxeologiya instituti bilan London Arxeologiya instituti hamkorlikda amalga oshirgan “Axsikat shahri qadimgi metallurgiyasi va spol buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasini o’rganish” bo’yicha omadli loyiha amalga oshirildi. Bu loyihani Oksford areologiya muzeyi moliyalashtirdi28. Ikki mamalakatning Fanlar akademiyasi o’rtasida aloqalar yo’lga qo’yilgan bo’lib, Kembridj universiteti bilan antropologiya, biologiya, quyosh batareyalarini ishlab chiqarish bo’yicha bir nechta hamkorlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Hamkorlikning davomi sifatida 2004 yil Toshkent Islom universiteti bilan Kembridj universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo forumi o’rtasida uchrashuv memorandum imzolandi. Oksfordda joylashgan islom tadqiqotlari va Xalqaro strategic tadqiqotlar instituti bilan ham aloqalar yo’lga qo’yilgan29.
Yevropa Ittifoqi azosi bo’lgan Ispaniya bilan ham fan sohasidagi aloqalar o’z ifodasini topib kelmoqda. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fizika-texnik instituti bilan Madrid Avtonom universiteti va Barselona Avtonom universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston FA elektronika instituti Ispaniyaning Alikante shahri universiteti va Madrid shahridagi Komplutense universiteti bilan hamkorlik aloqlarni o’rnatgan30.
Mustaqillikning dastlabki kunllaridan boshlab O’zbekiston rahbariyati dunyoviy, demokratik va rivojlanfan industrial davlat qurish yo’lida ijtimoiy hayotning bu sohasiga ulkan e’tibor qaratdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumkin, jamiyat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda mamlakatning yuksak malakali kadrlarga egaligi muhim o’rin tutadi. Shuning uchun respublika hukumati zamonaviy fikr yurituvchi, vatanning bugungi kuni va kelajagi uchun chuqur masuliyatni xis etuvchi yangi avlad kadrlarini tayyorlash muhim vazifa deb biladi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar o’rtasida ta’limning turli sohalariga oid hamkorlik ishlari amalga oshirilayotgan bo’lib , bunda hamkorlikning universitetlararo turi alohida o’ringa ega31. O’zbekiston ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini yaxshilash, malakasini oshirish, o’qitish uslubiyatini takomillashtirish, turli ilmiy loyihalarni hayotga tadbiq etish maqsadida Germaniya tomonidan “Professional ta’limni rivojlantirishga ko’maklashish” loyihasini taklif etdi va bitim imzolandi. Ta’lim tizimida ancha tajribaga ega Germaniya bilan bu tizimni rivojlantirish borasidagi hamkorlik diqqatga sazovordir. Germaniya hukumati “Professional ta’limni rivojlantirishga ko’maklashish” loyihasi doirasida O’zbekistondagi ta’lim tizimini takomillashtirish uchun 7,6 mln.yevro ajratdi32. O’zbekistondagi Fransiya elchixonasi muvofiqlashtirayotgan universitetlararo almashinuv dasturiga ko’ra 1000 ga yaqin talaba 1991 yildan 2001 yilgacha qisqa muddatli stipendiyalar dasturi bo’yicha ta’lim oldilar33.
Oliy ta’lim sohasidagi aloqalar Ispaniy bilan ham rivojlanib, buni 2002 yilning 28 avgust – 2 sentabr kunlari “Alkala de Enares” universiteti rektori Manuel Gala Munos boshchiligidagi delegatsiyaning O’zbekistonga qilgan tashrifida ko’rish mumkin34. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga Manuel Gala Munos universitetning “Sisneros” medali, faxrli diploma va kumush plastinasini topshirdi.
Ikki davlat o’rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini 1999 yil Toshkent irrigatsiya muhandisligi va qishloq xo’jaligi mexanizatsiyasi instituti bilan Kataloniya politexnika universiteti o’rtasidagi hamkorlik aloqalarida ko’rish mumkin35. O’zbekiston jahon tillari universitetida ispan tili fakulteti mavjud bo’lib, bu holat bevosita hamkorlik aloqalarining rivojlanishida muhum omil bo’lmoqda. Ispaniyaning nufuzli oliygohlari Madrid,Granada, Alkala de Enares va Malaga Universitetlari bilan O’zDJTU o’rtasidagi hamkotli aloqalari rivojlanib , ushbu universitet professor – o’qituvchilari O’zDJTUda marualar o’qib kelmoqda. Bundan tashqari, O’zbekistonda 20 ta o’qituvchi,doktorant,aspirant va talabalar Ispaniyaning Alkala de Enares universitetida malaka oshirb qaytdilar36.
Ta’lim sohasidagi aloqalardan Buyuk Britaniya Kengashi unumli ishlar qilmoqda. Buyuk Britaniya hukumati qoshida faoliyat ko’rsatayotgan mazkur tashkilot jahonning 90 ta mamlakatida o’z vakolatxonasiga ega. Buyuk Britaniyaning Lafbaro universitetida 2001 yil 14 dekabrda O’zbekiston Respublikasi taqdimoti tashkil etilib, uni O’zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasi ko’magida “Umud” jamg’armasi37 talabalari tashkil etdi38.
Lafbaro universiteti Buyuk Britaniyadagi yetakchi oliy o’quv yurtlaridan biri sanalib, o’zaro hamkorlikning rivojlantirishgan alohida ahamiyat beradi. Buning isboti mazkur oliy o’quv yurtida ta’lim olayotgan o’zbek talabalarining soni tobora ko’payib borayotganligida ham ko’rish mumkin. Universitet prorektori, professor arri Tompson ushbu taqdimot marosimi o’zbek xalqining tarixi, madaniyati, an’analari va bugungi kuni bilan yaqindan tanishtirishga hamda mamlakatlar o’rtasidagi samatali muloqotlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi. Masofadan o’qitishni rivojlantirishga yo’naltirilgan London iqtisodiyot maktabi bilan Butunjahon Bankining (1 mln.AQSH dollar) loyihasi amalga oshirilmoqda39.
O’zbekiston – Buyuk Britaniya aloqalaridagi yangi bosqichni “Umid” fondi va Buyuk Britaniyaning Vestminstr universiteti o’rtasidagi hamkorlik asosida 2002 yil Toshkent shahrida Xalqaro Vestministr universitetiing ochilishida ko’rish mumkin40.
Bevosita ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari Belgiya qirolligi bilan jadal rivojlanib kelmoqda. Ikki tomonlama imzolangan Belgiya tarjimonlar oliy maktabi bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’rtasida hamkorlik Bitimi imzolangan.
Bu sohadagi hamkorlik aloqalarining uzviy davomi sifatida 2003 yil fevralida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilarining Belgiya qirolligiga tashriflaridan so’ng bu hamkorlik aloqalari yanada yangi bosqicha ko’tarildi. Tashrif davomida Belgiyaning Kortreyk universiteti bilan O’zbekistonning nufuzli oliy o’quv yurtlari TDTU,TDIU,FPI hamda Sen –Lukas arxitekrua oliy maktabi bilan Toshkent Arxetektura – qurilish instituti o’rtasida hamkorlik Memarandumi imzolandi41.
Yevropa Ittifoqining yana bir taraqqiy etgan davlati Niderlandiya bilan ham ushbu ta’lim yo’nalishida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Niderlandiya “Klingendayl” xalqaro munosabatlar instituti 1993 yildan boshlab, har yili Markaziy Osiyo va Mo’g’iliston mamlakatlaridan kelgan yosh diplomatlarning malaka oshirishlari uchun muayyan dastur asosida faoliyat olib bormoqda. Har yili instituti o’zbekistonlik yosh diplomatlarga 5 – 6 ta o’rin ajratadi. 2001 yildan O’zbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti bilan Maastrix universiteti qoshidagi Yevropa tadqiqotlar Markazi, Toshkent islom universiteti bilan Rotterdam islom instituti o’rtasida malakali mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirilgan hamkorlikdagi loyiha ish boshlagan42.
Ta’lim sohasidagi hamkorlik Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan Polsha davlati bilan rivojlanib boryapti. Samarqand davlat universiteti bilan Varshava va Poznan universitetlari, O’zDJTU bilan Varshava universiteti, O’zbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomaatiya universiteti bilan Polsha xalqaro ishlar instituti va Varshava universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti bilan Varshav universiteti, Toshkent agrar universiteti bilan Varshava qishloq xo’jaligi universiteti, Toshkent davlat meditsina akademiyasi bilan Varshava meditsina ekademiyasi, O’zbekiston bank – moliya akademiyasi bilan Varshava Bank institutlari o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan43.
O’zbekiston – Polsha aloqalarida gumanitar hamkorlik aloqalari ham rivojlanib kelmoqda. O’zbekistonda yashayotgan polyaklar masalasi bo’yicha ikki tomonlama qo’mita tashkil etilgan bo’lib, 2004 yil may oyida Toshkentda, 2004 yil iyul oyida Varshavada yig’inlar bo’lib o’tgan. Asosan O’zbekistonda yashayotgan polyaklar tarixi, ularning ko’chib joylashuvi bilan bog’liq ma’lumotlar tahlil qilinib, O’zbekiston tomonidan Polsha hukumatiga O’zbekiston arxivlarida salqanayotgan 503 ta material topshirildi. Bu hol ikki tomonlama aloqalarning ijobiy ketganidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi davlatlari o’rtasida madaniy sohadagi aloqalar ham muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro munosabatlarda ko’p qamrovli madaniyat sohasidagi aloqalar, davlatlarning va xalqalarning yaqinlashuviga, do’stona munosabat o’rnatishiga hamda manaviy nuqtai nazardan fikr almashuviga keng imoniyatlar yaratadi. Madaniy sohadagi hamkorlik jarayonida ro’y beradigan fikr almashuvlar, kinofestevallar, madaniyat kunlari, madaniy arboblarning tajriba almashinuvkari, konsertlar, musiqa va teatr san’ati festevallari, ko’rgazmalar va boshqa turli tadbirlar xalqlarni bir biriga yaqinlashtirishda nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniy sohadagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan madaniy muassasalarning o’rni ahamiyatlidir. Ular qatoriga O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-marifiy aloqalar bo’yicha do’stlik jamiyatlari kengashi (O’z R DJK)44, O’zbekiston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari bo’yicha vazirligi, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi va mamlakatlardagi boshqa madaniy – marifiy muassasalarni kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasida 1996 yil imzolangan “Sheriklik va Hamkorlik bitimi asosida mamlakatlararo madaniy aloqalarni yanada jadallashtirish maqsadida respublikada do’stlik jamiyatlari tashkil qilindi. Jumladan, 1998 yil davomida “ O’zbekiston – Fransiya ”, “ O’zbekiston – Buyuk Britaniya ”, “ O’zbekiston – Germaniya ”, “ O’zbekiston – Italiya ”, “ O’zbekiston – Polsha ”, “ O’zbekiston – Gretsiya ” do’stlik jamiyatalri vujudga keldi va xalqlar o’rtasidagi madaniy aloqalarning mustaxkamlanishiga o’zlarining munosib xissasini qo’shib kelmoqdalar45.
Shuni ham alohida takidlash joyizki, o’zbek xalqining o’ziga xos madaniyati Yevropa mamlakatlari xalqlarida juda katta qiziqish uyg’otadi. Shu asosda, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning ko’pchiligida O’zbekiston bilan do’stlik jamiyatlari shakllantirilgan. Masalan, xalqlar o’rtasdagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida, 2004 yilda Germaniyada O’zbekiston bilan “Do’stlik” jamiyati tashkil qilindi46.
O’zbekiston Respublikasining madaniy sohadagi hamkorligida Buyuk Britaniya alohida ahamiyatga ega. O’zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida 2001 yil respublika mustaqilligining 10 yilligiga bag’ishlanfan tadbirlar doirasida “Buyuk Britaniya – O’zbekiston” do’stlik jamiyatining rasmiy taqdimot marosimi bo’lib o’tdi47. Unda O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakillari ishtirok etdi. Madaniy sohadagi aloqalar hamkorlik faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bu yo’nalishdagi hamkorlik aloqalarini Britaniya Kengashi nazorat qiladi. Ushbu jamiyatning tuzilishi mamlakatlar o’rtasidagi turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, xalq diplomatiyasi usullari bilan ikki mamlakat o’rtasidagi do’stona aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmar qilishini ko’zda tutadi.
Yevropa Ittifoqiga 2004 yildan a’zo bo’lib qo’shilgan Sharqiy Yevropa mamlakat xalqlari bilan ham O’zbekiston Respublikasi madaniy sohadagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirib bormoqda. Jumladan, O’zbekiston va Bolgariya o’rtasida 1998 yil 24 iyunda hukumatlararo madaniy hamkorlik to’g’risidagi Bitim imzolangan. Bitimda tomonlar o’rtasida o’zaro madaniy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish ko’zda tutilgan. San’at sohasida nashrlar, adaniyot va tadqiqot materiallari bilan o’zaro almashish, madaniy yodgorliklarni o’rganishi, saqlash, ta’mirlash hamda muhofaza qilish shular jumlasidandir48.
Ikki tomonlama madaniy hamkorlikda Sharqiy Yevropaning o’ziga xos taraqqiy etgan yana bir davlat – Chexiya Respublikasi bilan ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Bunday aloqalar Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan ham madaniy, sport, teatr,san’at, kino sohalaridagi aloqalar yo’lga qo’yilgan49.
O’zbekistonnig Yevropa Ittifoqi bilan madaniy aloqalarida musiqa san’atining o’rni ahamiyatga molikdir. Ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishida xalqaro musqa festivallari o’tkazib turiishi madaniy sohalardagi hamkorlikning uzviy ravishda rivojlanib, o’zaro aloqalarni yanada taraqqiy etishida muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Shunday tanlovlar sarasiga Qirolicha Yelizaveta sharafiga har yili o’tkaziladigan musiqa tanlovi, Malmedi va Shotene xalqaro folklor festivali, “Sfinks” xalqaro musiqa festivali, ikki yilda bir martta o’tkaziladigan L’ej “Ayollar ovozi” kabilarni aytib o’tish mumkin. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida o’tkaziladigan bunday festivallarda O’zbekistonning madaniy va san’at arboblari, viloyat va tumanlarda ijod qilayotgan xalq etnografik jamoalari o’z san’atlarini namayon qilib, uning davrug’ini dunyoga yoymoqdalar50.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining madaniy hamkorlik doirasida musiqa san’ati davomli bir qator tadbirlar tashkil etildi. O’zbekistonning mashhur Mukarrama Turg’unboeva nomidagi “Bahor” xalq raqs ansambli 1995 yil oktabr oyida “Berlin – Branderburg “ jamiyati tomonidan uyishtirilgan O’zbekiston haftaligida ishtirok etdi. Germaniyada boshlangan madaniy tadbirlar M.Ashrafiy nomidaagi Toshkent davlat konservatoriyasida davom etadi. Bu yerda 1995 yil dekabr oyida o’tkazilfan “Organ musiqasi” festivalida germaniyalik musiqachilarning ishtiroki bilan o’zaro hamkorlik aloqalari yanasa mustahkamlandi. Shunday tadbirlardan biri, 1996 yil 10 – 17 oktabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan Bax nomidagi musiqa gimnaziyasi vakillari tashrifi bilan Toshkentda bir nechta tadbirlar tashkil etildi51. Musiqa san’ati sohasidagi festivallar nafaqat Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, balki O’zbekistonda ham tashkil qilib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1997 yil Samarqand shahrida boshlangan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o’tkazib kelinmoqda. Har ikki yilda o’tkaziladigan ushbu festival dunyoninf ko’plab davlatlaridan, shu jumaladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan tashrif buyurgan musiqa ustalari o’z mahoratlarini namoyish etib kelmoqdalar52.
Ushbu jarayon quyidagi misollarda ham ko’rish mumkin. 1997 yil Samarqand shahrida o’tkazilgan “Sharq taronalari” festivalida jami 31 mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot vakillari qatnashgan bo’lsa, uardan 6 tasi Yevropa Ittifoqiga to’g’ri kelib, 23 nafar musiqa ustalari ishtirok etdilar. 2005 yil o’tkazilgan festivalda esa 297 kishi 50 ta mamlakatdan qatnashgan bo’lsa, 76 ishtirokchi 13 ta Yevropa mamlakatlariga to’g’ri keladi53. Shuni ham takidlash joyizki, “Sharq taronalari” festivallarida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida faol ishtirok etuvchilar qatoriga Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Fransiya davlatlarini tilga olish mumkin54. Musiqa san’ati sohasidagi tadbirlar Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda ham tashkil etilib kelinmoqda. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Madaniya ishlari vazirligi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, “Musavvir” badiy hunarmandchilik va amaliy san’at ilmiy ishlab chiqarish markazi hamkorlikda Avstriyaning “Hammer – Purgshtal” Sharq jamiyati Bosh kotibi Z.Xaas bilan madaniy aloqalarni kuchaytirish bo’yicha muzokalar o’tkazildi. Buning natijasida 2004 yil mart-aprel oylarida Avstriyada O’zbekiston kunlari tashkil etildi55.
Madaniyat kunlari doirasida o’zbek musiqa va raqs guruhlarining konsertlari,xalq hunarmandlarining amaly san’at namunalari va o’zbek rassomlarining ko’rgazmalari keng jamoatchilikka tanishrildi. Avstriyaning Vena magistrate Madaniyat boshqarmasi boshlig’I X.Sari O’zbekiston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan 2003 yilda erishgan kelishuvga muvofiq, 2005 yil sentabe oyining oxiri-oktabr oyining boshida 6 kishidan iborat klassik qo’shiq ijrochilari gastrol konsertlari bilan tashrif buyurgan. O’z navbatida, Vena magistrate 2005 yil sentabr oyi boshida Avstriyada o’zbekistonlik 15 kishidan iborat flklor guruhini qabul qilish tayyorligini bildirgan56. Ushbu tadbirlar O’zbekiston madaniyati kunlari doirasida o’tkazilib qo’shimcha badiiy chiqishlar bilan boyitilib namoyish qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi taklifiga va Madaniyat ishlari vazirligining tavsiyasiga binoan 2000 yil 3 – 10 iyul kunlari Germaniyaning Bremen shahrida Yevropa davlatlarining regional musiqa va raqs festivali bo’lib o’tdi. Unda Yevropada Angliya, Germaniya, Chexiya, Italiya, Portugaliya, Fransiya davlatlari qatorida O’zbekistondan “Umid” xalq folklore – raqs jamoasi qatnashga57.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi madaniy aloqalarda teatr va kino san’ati ham alohida o’rin egallaydi. Bu ikkala san’at sohasi xalqlarning bir-biri bilab yaqinlashuviga va saxna ko’rgazmalari orqali milliy madanyat yutuqlari haqidagitaasurotga ega bo’lishiga xizmat qildi. Shu asosda, o’tgan davr mobaynida, O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi mamalakatlari o’rtasida ko’plab tadbirlar bo’lib o’rdi. Masalan, 1993 yil oktabrda O’zbekistonda birinchi marta “Teatr: Sharq – G’arb” xalqaro teatr festivali tashkil etildi. Ushbu festivalida dunyoning 25 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi58. Mamlakatning obro’li teatrlaridan biri Abror Xidoyatov nomidagi teatr artistlari Fransiyaning mashhur teatrlarida tajriba orttirib, o’z tajribalari bilan o’rtoqlashib qaytdi. O’z navbatida, fransuz – uzbek aktyorlari hamkorligida 1996 yil Abror Hidoyatov nomidagi teatr “Iskandar” pyesasi qo’yildi. Unda Alisher Navoiy ro’lini fransuz aktyori Fransua Shatto o’ynadi. Teatr ikki tilda o’zbek va fransuz tillarida qo’yildi59. Bu ikki xalqning bir-biriga bo’lgan qiziqisi va azaliy do’stiligini orttirib, o’zaro hurmat muhitini shakllanib, rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Dunyoga mashhur ingliz teatrlari “Niqob”, “Tresl teatr kompani” O’zbekistonda gastrol safarida bo’lib, o’zining tasirli va quvnoq tomonlari bilan mahalliy muxlislarini hushnud etdi. Gastroll doirasida iqtidorli ingliz bastakori va musiqashunosi Jerald Mak – Berni qayta ishlagan Shostakovich syuitasining O’zbekiston milliy simfonik orkestori tomonidan ijrosi bu xalqaro miqiyosidagi anjumanda unitillmas voqea deb baholandi. Teatr sohasidagi hamkorlik aloqalari Italiya bilan rivojlanib bormoqda. Bunga misol tariqasida, 1996 yilda Toshkent opera va balet teatirida italiyan kompazitori K.Donisetti “Lyuchiya di Lammermur” operasi qo’yildi.
Albatta, bu san’at asarini qo’yishda Italiya elchixonasi katta yordam berdi60. Ikki mamlakat o’rtasida madaniy almashuvni rag’batlantirish, o’z xududlarida ikkinchi mamlakatning adabiyoti,san’ati va madaniyatini tarqatish yo’li bilan o’z xalqalarini yaqinlashtiradilar61.



Download 161.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling