I bob. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Partiyaning ushbu mustabidlik yo`nalishi Turkiston xalqi hayotiga


Download 161.82 Kb.
bet16/21
Sana16.06.2023
Hajmi161.82 Kb.
#1511677
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
KOBULOVA NILUFAR MD (2) (2)


Partiyaning ushbu mustabidlik yo`nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta'sir qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o’z manfaatlarini himoya qilishga bolgan urinishlar esa "millatchilik" deb baholanib, qatag`ongacha olib kelingan. XX asrning 20-yillaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol mana shunday edi.
1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bо`lgan qishloq xo’jaligini tiklash vazifasi ko`ndalang bolib turdi. Buning asosiy sababi esa dehqonlarning ko’plab ko`tarilishlari boldi. Bu esa siyosatni qaytadan ko`rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’rtasida ta'sirchan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo`yish zaruratini keltirib chiqardi.
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi respublika millty daromadining asosty qismini berganligi, dehqonlar esa aholining 80 foizini tashkil etganligi tufayli sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala markaziy o`rinni egallardi.
Markazdan farqli o’laroq, O’rta Osiyo respublikalarining 20-yillardagi agrar siyosatida nisbatan keskin choralar ko’rilgan. 1920-1921 yillardagi yer-suv islohotining amalga oshirilishi Yangi Iqtisodiy Siyosat (NEP) bilan birga olib borildi. Yangi iqtisodiy siyosatdan ko’zlangan maqsad - mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlarning manfaatini oshirish, uning yerga egalik qilishini ta'minlash, imtiyozli soliq olish va bozor iqtisodiyoti, tovar-pul munosabatlariga o`tish edi. Uning asosiy bo`g`inlarini oziq-ovqat razvyortkasining oziq-ovqat solig`i bilan almashtirilishi, erkin savdo, sanoatda xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlikning joriy qilinishi tashkil etdi.
Oziq-ovqat razvyortkasining soliq bilan almashtirilishi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni ko’paytirishning iqtisodiy rag`batlarini vujudga keltirdi hamda dehqon hosilning qafiy belgilangan qismini topshirgach, unga o’z mehnati mahsulini o’zi istaganicha tasarruf etish huquqi berildi. Yangi iqtisodiy siyosat yo’lining o’ziga xos xususiyati - tovar-pul munosabatlarining jonlanishi, savdo va ayirboshlashda cheklashlardan ozod bo’lish edi. Erkin savdoning sog`lomlashuviga 1922-1924 yillarda o’tkazilgan pul islohoti ma'lum darajada yordam berdi. Muomalaga kursi oltinga tenglashtirilgan valyuta-chervonestning chiqarilishi bozor rolining tiklanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Yer-suv islohotini amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad-mahalliy hamda Turkistondagi boy rus dehqonlarining er va suvga bo’lgan huquqlarini tenglashtirish edi. Chunki o'z vaqtida mustamlakachi ma'murlari tomonidan rus dehqonlariga eng yaxshi va hosildor yerlar ajratilgan edi.
Yer-suv islohotining xarakteri 1920 yil sentabrda bo’lib o`tgan Xurkiston Sovetlari IX - qurultoyining qarorlarida aks etdi. Ushbu dasturning asosida mehnat bilan shug`ullanmaydigan boy-quloq ho'jaliklarini tugatish va ko`chmanchilarni o`troq hayotga o`tkazish, yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta’minlash va eng asosiysi rus kelgindilarining ortiqcha yerlarini musodara qiiish orqali Rossiya irnperiyasi mustamlakachilik sarqitlarini yengish yotar edi. Lekin vaqt o`tishi bilan ko`chirib keltirilgan ruslardan yerlarni musodara qilish bilan bir qatorda vaqt yerlari tortib olindi. boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy xizmatchilar va qishloq hamda ovullarning mehnat bilan shug`ullanmaydigan yuqori tabaqalari degan boshqa vakillarining yerlari kamaytiriidi.
XX asrda iqtisodiy siyosat va xo’jalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining ta'siri kuchliroq bо`lganligi uchun sinfiy yondoshuv yaqqol nomoyon bo’ldi. Soltqning og`ir yuki savdogarlar, sudxvrlar va yirik yer egalari zimmasiga to’g’ri keldi. Qishloq xo’jaligida yagona soliq tizimi (1922 y. dekabr) joriy qilindi. Soliq to`lashni to’g’ri yo`lga qo`yish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ning e'lon qilinishi bilan karvonsaroylar, korxonalar, kullar va to`qaylar ijaraga berila boshlandi. Simlari tortilib, daryo kemachiligini tiklashga kirishildi. Bir qancha yirik ko’priklar qurildi. Paxta : maydonlarining hududi 1921-yildagi 10000 tanobdan 1924-yilda 85000 tanobga, hosildorlik 100000 puddan 800000 pudga ko`tarildi. Umumiy ekin maydonlari 1913-yildagi darajaning 62 %ni, hosildorlik 70-75 %ni tashkil qildi. 1924-yilga kelib, 6 ta paxta tozalash zavodi, 10 ta g`isht zavodi, yog` zavodi, bosmaxona, elektrostansiya tiklandi. Qog`oz va shisha zavodlari qurildi. Sanoatda davlat sektori ustivor mavqeni egalladi. Hukumat madaniy-ma'rifiy va sog`liqni saqlash ishlariga ham katta e'tibor qaratdi. 1920-yil bahorida Respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi. 1921-yil sentabrida Xivada ochilgan xalq dorulfununi respublika madaniy hayotida katta voqea bo’ldi.
Yer va suvni taqsimlash jarayoni bir tomondan yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta'minlagan bo`lsa, ikkinchi tomondan qishloqdagi siyosiy vaziyatni o`ta keskinlashtirib, sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirdi. Shuningdek, islohot davomida Yettisuv va Jalolobod tumanlarining ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi aholisini o`troq hayotga o`tkazish siyosati salbiy oqibatlarga olib keldi. Zero, ko`chmanchilikdan o`troqchilikka o`tish, nafaqat xo’jalik faoliyat shakllarini o’zgartiribgina qolmay, balki asrlar davoraida shakllanib kelgan ushbu ijtimoiy guruhning turmash tarzi hamda kasb-hunarining tarnomila o’zgartirib yuborishi muqarrar edi. Islohotni o`tkazishning inqilobiy-zo`ravonlik usullari Turkiston qishloqlarida ijtimoiy va millatlararo tanglikni vujudga keltirdi. Yer-suv islohoti 1922 yil kuzida o’z poyoniga yetdi. Uni amalga oshirish davomida hamma joylarda, qishloq va ovullarning yersiz va kam yerli mahalliy dehqonlarini birlashtirgan "Qo`shchi" uyushmalari tashkil etila boshladi. Lekin shuni ta'kidlash joizki, "Qo`shchi" Turkiston dehqonlari uyushgan birinchi tashkilot emas edi. 1918 yildayoq Toshkent "Dehqon" ittifoqi vujudga kelgan edi. O`shanda Toshkent va shahar atrofidagi tumanlar dehqonlari hamda savdo doiralarining turli qatlamlari yangi hokimiyatning muayyan keskin choralariga qarshilik ko’rsatishiga hamda o’z mulklarini saqlab qolishga harakat qilgan edi. Tashkilot dehqonlar ommasining ozchilik qisraini qararab olgan bo`lib, mahalliy xarakterga ega edi. 1919 yili Turkiston respublika va Yer ishlari Xalq Komissarligining ko`magi bilan kambag`allar qo`mitalari tuzildi. "Qo`shchi" uyushmasi kambag`allarning qo`mitalari va ittifoqlari o`rnida vujudga kelgan edi. Ushbu uyushma qishloq va ovullarda sovet hokimiyatining tayanchi, "mehnatkash dehqonlarni" sinfiy tarbiyalashning o’ziga xos maktabi sifatida yer-suv islohoti davoraida "mehnat bilan shug`ullanmaydigan xo’jaliklar" va ularning mol-mulkini aniqlashda, sovetlar siyosatidan norozi bо`lgan dehqonlar chiqishini bostirishda va ularning oldini olishda ham qatnashdi. Uyushma kooperatsiya ishiga o’z hissasini qo`shgan bo`lsa ham, uning faoliyatidagi asosiy e'tibor qishloqning boy qatlamlari bilan kurash olib borish va qishloqni "sotsialistik asosdan qayta qurish"ga qaratilgan edi.
Markaz Turkiston o`lkasiga asosiy xom-ashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois, o`lka qishloq xo’jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e'tiborini qaratgan. Xususan, RKP (b) M.K.ning 1922 yil 11 yanvaridagi "Turkiston Kompartiyasiga" deb nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo’jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o`ringa sug`oriladigan yerlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug`orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta'kidlangan edi. Paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga rahbarlik qilish uchun 1920 yilda Bosh Paxtachilik qo`mitasi va paxta yetishtiruvchi respublikalarda unga" bo`ysunuvchi paxtachilik qo`mitalari tuzildi. Turkiston respublikasidagi barcha haydaladigan maydonlar, seleksiya stansiyalari, irrigatsiya inshootlari, Paxtachilik qo`mitasi ixtiyoriga o`tkazildi. Bosh Paxtachilik qo`mitasi katta vakolatlarga, ya'ni boshqa qishlpq xo’jalik ekinlari hisobiga chigit ekiladigan maydonlarni kengaytirish, paxta xarid narxlarini belgilash, markaziy davlat organlarining ruxsatisiz maxsus qabul qilish huquqlariga ega edi. Paxtaning narxi xukumat tomonidan belgilanishi uning bu masalada yakka hokimligidan dalolat berar edi. Turkistonlik ko’pgina arboblar paxtachilikda davlat monopoliyasini tugatish zarurligini bir necha marotaba ko`tarib chiqqan edilar. Xususan, yer ishlari Xalq komissari S.Asfandiyorov va hukumatning boshqa a'zolari davlatning paxtaga bo`Igan yakkaxokimligiga qarshi chiqib, bosh Paxtachilik qo`mitasini tugatish masalasini o`rtaga tashlagan edi. Biroq, Turkiston respublikasi va RSFSR partiya-davlat apparatining aksariyat xodimlari paxta monopoliyasi tarafdori edilar. 1922 yilning 1 yanvarida RSFSR Oliy Xalq Xo’jaligi Kengashi (OXXK) tomonidan qabul qilingan qarorda esa, "paxtaga davlat monopoliyasini saqlash" masalasi qafiyan ko`tarilgan edi.
Paxtachilikni tiklash ishlari hamda respublikaga don olib keltirishni jadallashtirish maqsadida, OXXK Yettisuv temir yo`lini tezroq tugatishga qaror qildi.
1923 yilning yanvarida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi qabul qilgan qarorda "Respublika ichida paxtani xarid qilish davlat monopoliyasi bekor qilinsin" deyilgan edi. Shu bilan bir vaqtda paxtaning qafiy narxi bekor qilindi.
Turkiston respublikasida paxtachilikni rivojlantirish ishlarini sug`orish inshootlarini tiklarnasdan amalga oshirib bo`lmasdi. Sug`orish ishlarini tiklashni tezroq amalga oshirish, dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni suv bilan ta'minlash va qishloq xo’jaligini, birinchi navbatda esa paxtachilikni rivojlantirish uchun suvdan to’g’ri foydalanishni yo`lga qo`yish maqsadida, 1921 yilning fevralida TASSRdagi barcha suvlarni respublika mulki deb e'lon qilgan suv to’g’risida qonun qabul qilindi.
Qonunda, suvni taqsimlash odat (boy va ruhoniylarga beriladigan imtiyozlar) bo`yicha emas, balki, birinchi navbatda dehqonlar manfaatini ko’zlagan holda berilishi kerak deb aytilgan edi. 1921 yilning noyabrida, aholining daromadlarini sug`orish ishlarini tiklashga safarbar qilish maqsadida suv solig`i joriy qilindi.
Shu yilda TASSRning sug`orma yer maydoni 1920 yildagi ko’rsatkichga qaraganda 300 ming desyatinaga ko’paygan edi. Paxta ekin maydonlari esa deyarli 100 ming desyatinaga ortdi.
Ittifoq hukumati avval boshdanoq yosh O’zbekiston respublikasi rahbariyati oldiga "Sovet O’zbekiston"ini SSSRning asosiy paxta bazasiga ayiantirish strategik vazifasini qo`ydi. "Oq oltin"ning aksariyat qismi, ya'ni 90 % dan ko’prog`i "Sovetlar mamlakati"ning to`qimachilik markazlariga yuborildi. Masalan, 1922 yilning boshlarida Turkistondan markazga Krasnovodsk yo`nalishi bo`yicha 1150 vagon (63470 ta toy paxta), Orenburg yo`nalishi bo`yicha 1547 vagon (85030 ta toy paxta), hammasi bo`lib, 2724 vagon (14850 ta toy paxta) paxta tolasi jo`natilgan edi. Sovet hukumatining paxta mustaqilligiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlari zoye ketmadi. O’zbekistonda paxta yetishtirishni ko’paytirish sovet hukumatiga har yili chetdan paxta sotib olinishga sarflanadigan 100 mln rubl oltinni tejash imkonini bergan edi. 1928 yilda esa, O’zbekiston paxtakorlarining davlatga topshirgan 543,7 ming tonna "oq oltini evaziga SSSR paxta yetishtirish bo`yicha 4-chi o`ringa chiqdi va bu bilan paxta mustaqilligiga erishish yo`lida qo`yilgan dastlabki qadamlardan biri bo’ldi. "Sovetlar mamlakatfga paxta yetkazib berishda respublikaning salmog`i 1940 yilda 63 % ga yetdi. Bularning hammasi, o`sha yillardagi hukumal hujjatlarida rasman e'tirof qilinishicha, "...Sovet Ittifoqining chetdan paxta keltirishdan ozod bo’lishida va SSSR to`qimachilik sanoatining paxta xom ashyosi bilan to`la-to`kis ta'minlanishida hal qiluvchi rol o`ynaydi" haqiqatan ham, agar 1925 yilda SSSRga chetdan 03,l ming tonna, 1930 yilda-57,9 ming tonna paxta keltirilgan bo`lsa, 1933 yilda bor yo`g`i 24,3 ming tonna paxta keltirildi. O’zbek paxtakorlarining mashaqqatli mehnati evaziga esa sovet davlati paxtani chetdan sotib olmay, paxta yetishtirish bo`yicha jahonda ikkinchi o`ringa chiqdi. Mana shu tariqa sobiq SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.
Paxta yakkahokimligini ta'minlash maqsadini amalga oshirish oqibatida qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlari xususan, chorvachilik inqirozga uchradi, g`alla tayyorlash keskin kamayib ketdi. Hosildor yerlar miqdori kamaydi. Don, poliz ekinlarining hosildorligi qisqardi.
Yangi iqtisodiy siyosat tufayli qishloq xo’jaligida kooperativ va shirkatchilik harakati avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq xo’jaligi va kredit kooperatsiyalar tizimi tashkiliy jihatdan tugal ravishda shakllandi deyish mumkin. Davlatning kooperativ qurilish siyosati ikki yo`nalishda olib boriidi. Bir tomondan, kooperatsiya mayda tovar xo’jaligini sotsializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va jaraoa manfaatlarining kelishuv shakli sifatida baholansa, ikkinchi tomondan kooperatsiyaga xususiy sektorni siqib chiqaruvchi ijtimoiy qurol deb qaraldi.
Markaz qishloq xo’jalik krediti- qishloq xo’jaligining asosiy sarmoyasini (mol-mulki, urug` fondi, qurilishlani) tiklash uchun foylanish, bu resurslarni chorvachilikni, paxtachilikni, irrigatsiyani, bog`dorchilikni va uzumchilikni rivojlantirishga yordam ko’rsatishga yo`naltirdi. 1923 yilda Turkistonda 1169 ta kredit-kooperativ shirkati bo`lib, kreditdan foydalanadigan xo’jaliklar soni 28 mingta edi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sanoatga kontraktatsiya (shartnoma) asosida yetkazib berishda qishloq xo’jalik kooperativlari vositachilik qildi. Mayda tovar dehqon xo’jaligi rivojlana boshladi.
Respubiika iqtisodiyoti tabiatan agrar tusga ega, sanoati asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, uning uchdan ikki qismini paxtachilik sanoati tashkil qilar edi. O`lkaning ishlab chiqarish hayotida kustar-hunarmandchilik ishlab chiqarishi hamon oldingi o`rinni egallab, aholining poyafzal, kiyim-kechak va uy-ro’zg`or buyumlariga bо`lgan ehtiyojlarini qondirar edi. Hunarmandlar bozorga chiqarilgan poyafzalning 86 % ni, oshlangan terining 76%ni, kiyira-kechak va bosh kiyimlarining 85%ni, idish-tovoqlarning 60%ni ishlab chiqarar edilar. 1925 yilning oxiriga kelib sobiq SSSRda xalq xo’jaligini tiklash ishlari asosan o’z nihoyasiga yetkazildi. 1925 yilning dekabrida bo`lib o`tgan VKP(b) XIV qurultoyi sotsializm g`alabasining asosiy sharti sifatida sho`rolar mamlakatida "sotsialistik industrlashtirish"ni avj oldirishga e'tiborini qaratdi. Sanoatlashtirish O’zbekistonda dastlab sekinlik bilan amalga oshirildi. Chunki kosibu-hunarmandchilik ustivor soha edi. Mamlakatni jadal industrlash uchun mablag` masalasi keskin munozaralarga sabab bo’ldi. Industrlashtirishni jadallashtirish tarafdorlari mablag`ni qishloq xo’jaligi hisobidan olish rejasini ilgari surdilar, muxolif taraf esa, sanoatlashtirish siyosatini yoqlagani holda uni aholining moddiy ahvolini, turmush sharoitini yaxshilash va qishloq xo’jaligida kooperatsiyani asta-sekin ixtiyoriy ravishda amalga oshirish bilan birgalikda olib borishni taklif qildi. Keskin siyosiy bahs munozaralardan keyin mablag`ni agrar sektordan olishga qaror qilindi. O’zbekiston iqtisodiyoti agrar xarakterda edi, zero 1927-28 yillarda iqtisodiyotda qishloq xo`jiligining hissasi 61,6 %ni, sanoatniki esa 38,4 %ni tashkil qilardi edi. Respublikadagi mavjud sanoatning 90% ni qishloq xo’jalik xom-ashyosini ishlashga ixtisoslashgan edi, mahsulotlarni qayta ishlash korxonalaridan iborat bo`lib, uning 2 dan 3 qismini paxtachilik sanoati tashkil qilardi.
Birinchi besh yillik (1928-1932)da 289 ta yangi sanoat korxonasi, jumladan, Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi, Quvasoy sement va ohak zavodlari ishga tushirildi, Chirchiqqurilish, Olmaliqqurilish, Toshkent to`qimachilik kombinati qurilishi davom etdi. Farg`onada to`qimachilik fabrikasi va yog`zavodi, Toshkent, Buxoro, Marg`ilon va boshqa shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi. Sanoatlashtirish yillari respublika paxta tozalash zavodlarining texnik imkoniyatlari oshib, 1927-28 yillarda 3363 tonna paxta tolasi yetishtirdi va paxta tozalash sanoatining yalpi mahsuloti esa 165,7 mln. rublni tashkil etgan edi.
Respublikani sanoatlashtirishda elektrlashtirish ham muhim o`rinlardan birini egallaganligi tufayli, elektrstansiyalar qurilishi avj oldirildi. Masalan, Toshkent yaqinida quvvati 4 ming kilovatni tashkil etgan Bo’zsuv GESi barpo etildi. 1932 yilga kelib esa, elektr stansiyalarining soni 49 taga yetdi. Shuningdek, respublikada neft sanoati hara jadal sur'atlar bilan o`sdi, 1925-26 yillarda neft ishlab chiqarish 5,6 tonna bо`lgan bo`lsa, 1927-28 yillarda bu ko’rsatkich 47,7 tonnani tashkil etdi.
Ayrim sanoat mahsulotlari bo`yicha O’zbekiston sobiq Ittifoqda yetakchi o`ringa chiqdi. 1932 yilda paxta tolasining 89,7 %, sementning 54,2%, o`simlik moyining 56,4%, xom ipakning 42% ishlab chiqarildi.
Faqatgina birinchi besh yillikning o’zida yirik sanoatdagi ishchilar soni deyarli 3,5 baravar ko’paydi. Lekin ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilganligi bois, ularni tayyorlashga yordam tariqasida ittifoqdosh respublikalar, asosan Rossiyadan ko’plab sanoat mutaxassislari kela boshladi. 1926 yildan 1940 yilgacha O’zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10% dan ortiqroq ko’paydi. Markazning rasiyzabon aholining ko`chirib keltirishda milliy o`lkalarda o’zining tayanch ijtimoiy qatlamini vujudga keltirish hamda ruslashtirish siyosatini amalga oshirish manfaati yotar edi.
Sanoatni jadal rivojlantirish natijasida O’zbekiston Markazga rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta'minlaydigan va sho`roIar mamlakatini xom ashyo qaramligidan xolos etishga yordam beradigan yirik xom ashyo mintaqasiga aylandi. O’zbekistonning oltin sanoati butun mamlakatning to`lov balansini mustahkamlash uchun katta mablag`lar berib turdi. Biroq, aholining ijtimoiy ehtiyojlari nazar-pisand qilinmadi, uning moddiy farovonligiga e'tibor berilmadi, bu esa turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi.
Sho`rolar davrida shahar va portlarni birlashtiruvchi yangi terair yol liniyalari qurilishiga ham e'tibor berildi. Farg`ona (Iskobil)-Quvasoy (1922), Qarshi-Kitob(1924), Amudaryo (Samsonovo)- Termiz (1925). 1928-29 yillarda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida Asaka Shahrixon, Sirdaryo-Paxtaorol temir yo`llari qurildi, shuningdek, Qorasuv-Osh (1935) va boshqa temir yo'l liniyalari qurilib foydalanishga topishirildi. 1929-1931 yillarda uzunligi 1452 km bо`lgan Turkiston-Sibir (Turksib) temir yo`li qurildi.
20-yillardan O’zbekistonda avtomobil trasporti vujudga keltirildi 1921 yilda respublika avtomobil transporti ixliyorida 40 yengil va 15 avtomobili hamda Toshkent avtomobil ta'mirlash ustaxonasi bor edi. 1940 yilgacha Lenin nomidagi katta avtomobil yo'li (710 km), Faro' avtomobil yo`li (343 km) qayta ta'mirlandi va bir qancha yangi yo'li qurib bitkazildi.
Respublika hukumati 1940 yilda uzunligi 708 km bо`lgan katta o’zbek traktini (Toshkent-Termiz avtomobil yo’li) qurish haqida maxsus qaror qabul qildi. Bu ycrlning 376 km Toshkent. 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari mehnatkashlari tomonidan 1941 yilning4 oyida qurib tugallandi.
1924-yilga kelib, respublikadagi avtomobil korxonalarida 223 avtomobil bo`lib, 145 ming tonna yuk tashildi. 30-yillarda avtomobil transportining rivojlanishi bilan qattiq qoplamali yo`llar qurilishi boshlandi, ta'mirlash va texnik xizmat ko’rsatish korxonalari, kadrlar tayyorlaydigan o’quv yurtlari ochildi.
Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) tufayli O’zbekiston qishloqlaridagi ahvol ancha yaxshilandi, dehqonlar o’z mahsulotini sotish, g`o’za va boshqa ekin maydonlarini kengaytirish orqali turmush darajasini yaxshilash imkoniyatiga ega bo’lishdi. Biroq, 20-yillarning ikkinchi yarmidan YAIS (NEP) o’z mohiyatini yo’qotib, erkin savdo va xususiy tadbirkorlikka chek qo`yila boshiadi. Sho`rolar boylarning yerlarini musodara qilish hisobiga kambag`al dehqonlarni yer bilan ta'minlash orqali qishloqda "sotsialistik Ijtimoiy tuzum" ning asosi bо`lgan jamoa bo`lib xo’jalik yuritishni rivojlantirisbni ko’zlab, keng miqyosli agrar islohoti avj oldirdilar. 1925 yil 2-dekabrdagi o’z SSR MIQning Favqulodda Sessiyasida qabui qilingan "Yer va suvni natsionalizatsiya qilish" to’g’risidagi dekreti qabul qilindi.
Yirik yer egalaridan tortib olingan yerlarda 60603 dehqon xo’jaligi tashkil etiladi. Bulardan tashqari, yangi va tiklangan sug`orma yerlarida yana 14751 batrak va yersiz dehqonlar xo’jaliklari tuzildi.
Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi yer-suv islohoti davomida sug`oriladigan 20 ga va 45 ga ortiq lalmi yerlar, sobiq amir va xon xizmatchilari, ruhoniy hamda savdogar, sudxo`rlarning xo’jaliklari musodara qilindi, Umuman, 1925-29 yillardagi yer-suv islohotini o`tkazish natijasida O’zbekistonda pomeshchik turidagi 4801 xo’jaliklar tugatildi, 23036 xo’jaliklarning ortiqcha yerlari musodara qilindi, yer jamg`armasi 474893 desyatina yerga ega bo’ldi, 89729 liklar yer bilan ta'minlandi, Yer bilan birga ko’pgina xo’jaliklar moli urug`. asbob-uskunalarga ham ega bo`Idilar.
Biroq islohot o`tkazishning repressiv-majburiy usullari, boy yunonlarning davlat tomonidan terror qilinishi o’z navbatida ularning kin norozilik chiqishlariga sabab bo’ldi. Shu tariqa, yer-suv islohoti ahloqda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelgan edi. Davlat o’z batida "boy-quloq unsurlari"ning qarshiliklarini bartaraf etish uchun o’zining bor kuchini ishga soldi. Tortib olingan yerlarning asosiy qismi kolxozlar va sovxozlar ixtiyoriga topshirilgan edi.
Islohotning jiddiy salbiy oqibatlaridan qishloq iqtisodiy hayotining qashshoqlashishi, fermerlik kurtaklarining bo`g`ib qo`yilishi va bozor-savdo munosabatlarining rivojlanishining to`sib qo`yilishi hamda ijara jmkoniyatlarining cheklanishi bo’ldi.
Shunday qilib, 1925-29 yillardagi yer-suv islohoti sho`ro hukumatining mulkdor sinflarni tugatish, sinfsiz jamiyat qurish uchun qilgan chora-tadbirlaridan biri bo’ldi. Ushbu jarayon keyingi yillarda qishloq xo’jaligini majburiy jamoalashtirishga zamin yaratgan edi.
1929 yil tarixga qora belgi ostidagi "buyuk burilish yili" deb nom olgan yil bo`lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfmi ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo’q qilishning boshlanish davri edi. Bunda "quloqlar" va "boylar" toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o’z xo’jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o’rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi. 1929 yilning yozida "quloqlar"ni jamoa xo’jaliklariga (kolxoz) kiritishini ta'qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7 noyabrida "xalqlar otasi" - Stalinning matbuotda bosilib chiqqan "Buyuk burilish yili" nomli maqolasi hamda 27 dekabrda qishloq xo’jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so’zlagan nutqi "quloqlar" ni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi. Yoppasiga jamoalashtirish bu-boy va o’rtahol dehqonlarga tegishli ishlab chiqarish vositalari, mollar, uy-joy, qishloq xo’jalik mahsulotlari va urug` zahiralarini tortib olinishi hisobiga kolxozlar tuzish degani edi.
O’zbekistonda jamoalashtirish o’z KP MQning 1930 yil fevralda qabul qilgan "Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish" to’g’risidagi qarori e'lon qilingandan so`ng boshlab yuborildi.
O’zbekistonda yoppasiga jamolashtirishni tezlashtirish hamda "quloqlar" bilan kurash olib borishni kuchaytirishga yordam tariqasida Markaz 25 ming tashkiliy-siyosiy tajribaga ega bо`lgan rus ishchilarni yuboradi. Bu yerga "25 mingchilar" asosan Moskva, Leningrad, Ivanovo-
Voznesenk va SSSRning boshqa sanoat markazlaridan O’zbekistonga 433 ishchi yuborildi. Ulardan tuziigan brigadalar o’zbek qishloqlarida kolxozlar tuzish hamda "quloq qilish" kompaniyasida "faol" ishtirok etdilar.
1930-yilning o’zidayoq respublikada 2648 ta boy va "quloq" xo’jaliklari tugatilib, qishloq ahlining tadbirkor qisrai oyog`iga bolta urildi. "Quloq qilish" siyosati dehqonlarda ishonchsizlik va xavotirni kuchaytirdi. Ko’plab dehqonlar o’z xo’jaliklarini tashlab qochdilar. Chorva soni keskin kamayib ketdi. Respublikadagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Dehqonlarning noroziligi 1930 yil 25 fevralda Farg`ona okrugida g`alayonga aylandi. Norozilik chiqishlari Andijon, Toshkent, Xorazm, Samarqand okruglariga ham yoyildi. Masalan, Chust va Olmosda boy dehqonlar chorva mollarini yoppasiga sotishni avj oldirdilar. Jamoalashtirishga qarshi bu harakat ba'zi joylarda sovet hokimiyatiga qarshi chiqishlarga aylandi. Mana shunday norozilik chiqishlarining oldini olish uchun 1930 yilda o’z MQ KP (b) qoshida "quloq" va boylarni yo’q qilish bo`yicha maxsus respublika komissiyasi tuziladi va "quloq qilish" siyosati yanada shiddatliroq tus oladi.
O’zbekistonda jamoalashtirish asosan 1932 yilning oxiri 1933 yilning boshlarida tugallandi. Bu davrga kelib respublikaning 79 dan 61 tumanida barcha dehqon xo’jaliklarini kolxozlarga birlashtirish nihoyasiga yetkazilgan edi, Jami O’zbekistonda jamolashtirilgan xo’jaliklar 74,9%ni tashkil etdi. Birinchi besh yillik( 1928-1932) oxirlarida respublikada 9734 kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgan edi.
1930-33 yillarda O’zbekistonda 5550 dehqon xo’jaligi hibsga olinib, quloq qilinadi va Ukraina, Sibir, Qozog`iston va boshqa joylarga zo`rlik bilan ko`chirildi. Lekin shuni ham aytish joizki, bunda nafaqat o’ziga to`q mol-mulkka ega dehqonlar, balki o’rtahol, ayrim hoilarda esa batrak xo’jaliklarga mansub kishilar ham "quloq" sifatida surgun qilindi.
Sovet davlatining bunday g`ayriinsoniy siyosatini amalga oshirishdan maqsadi, birinchidan, qishloqdagi o’ziga to`q kishilarning yer-suvi, mol-mulkini tortib olish, ikkinchidan, tortib olingan boylik va ishlab chiqarish vositalari hisobiga jamoa va davlat xo’jaliklarining dastlabki moddiy bazasini yaratish, uchinchidan, karabag`al dehqonlarning bu xo’jaliklarga "o’z xohishlari" bilan kirishlariga erishish va ularning arzon mehnatidan foydalanish, to`rtinchidan, "quloq" bo'lib surgun qilingan kishilar yordamida masalan, Ukrainaning iqlimi O’zbekistonga yaqin zonasida paxtachilik sovxozlarini tashkil etish va pirovardida paxta yordamida SSSRning moddiy imkoniyatlarini yaxshilash edi. Sho`rolar bu maqsadlarga asosan erishdi. Quloqlar hisobiga qaddini tikladi, sotsialistik qurilishning moddiy bazasini yaratdi. paxta mustaqilligiga erishdi. Barcha xatti-harakatlarga qaramay, Ukrainada paxtachilik xo’jaligi qaror topmadi.
Majburiy jamoalashtirish siyosati qishloqning mustaqil rivojlanishini barbod qildi, qishloq ahli ongiga salbiy ta'sir ko’rsatdi, dehqonlarning yerga egalik tuyg`usini yo’q qildi. O’zbekiston uchun suv inshootlari qurish muhim edi va shuning uchun 1939 yildan bunday qurilishlar umumxalq hashar yo`li bilan amalga oshirila boshladi. 1939 yil l avgustda boshlangan 270 km uzunlikdagi Katta Farg`ona kanali xalqning mashaqqatli mehnati evaziga 45 kunda barpo etildi. Kanal qurilishida 160 ming kishi ishtirok etdi va asosan qo'1 mehnati bilan qurildi.
Chorvachilik O’zbekiston qishloq xo’jaligining muhim sohalari qatorida sho`rolar davrida ham muhim o`rin egalalab keldi. Xususan, 1932 yildan 1937 yilgacha yirik qoramollar soni 150 raingga, qo`ylar 230 mingga ko’paydi. Lekin shunga qaramasdan chorvachilik qishloq xo’jaligining boshqa sohalariga qaraganda orqada edi. Buning asosiy sababi paxtachilikka e'tiborning kuchaytirilganligi va chorvadorlarning moddiy rag`batlantirilmaganligi bo’ldi.
O’zbekiston KPning 1934 yilda bo`lib o`tgan VI qurultoytdan so`ng, respublikaga ko’p miqdorda qoramol keltirila boshladi. Pillachilik respublika qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan bir edi. 1922 yilda Toshkentda "Turkipak" aksionerlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich bo’ldi. 1927 yilda Toshkent ipakchilik stansiyasi negizida O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 1930 yillarda tut ko`chati yetishtirishga alohida e'tibor qaratildi. Birinchi va ikkinchi besh yilliklarda O’zbekiston ipak ishlab chiqarish bo`yicha birinchi o`rinda edi. 1932 yilda 5674 tonna pilla yetishtirilgan bo`lsa, ushbu ko’rsatkich 1937 yilda 11 422 tonnaga ko’paydi.
Respublika qishloq xo’jaligida mevalar va uzura yetishtirish qadimgi va oziq-ovqat hamda sanoat xom ashyosi beradigan asosiy tarmoqlar qatoriga kiradi. 20-yillarning 2-yarmidan ixtisoslashtirilgan bog`dorchilik va tokchilik davlat xo’jaliklari barpo etila boshladi, tog` va tog` etaklari zonalarida joylashgan jamoa xo’jaliklarida ham bu tarmoqqa katta e'tibor berildi. Mevalarning nav tarkibini yaxshilash maqsadida olma, nok, uzum va boshqalarning Yevropa mamlakatlarida yetishtiriladigan navlari keltirilib ekildi. O’zbekistonning 1937 yilda yetishtirgan meva hosili 800 ming sentnerni tashkil etdi. Shundan uchdan bir qismi sobiq ittifoqning turli viloyatlariga yuborilar edi.

XULOSA


O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim sohasidagi hamkorligi mavzusini tarixiy tadqiq qilish orqali quyidagi xulosalarga kelindi.

Download 161.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling