I bob. Xorijiy investitsiya
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati
Download 201.78 Kb.
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSIYA SIYOSATI
2.2. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019 yil 1 iyunga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada: Har bir hududning ixtisoslashuvi va ularga jalb qilinadigan investitsiyalar yo‘nalishlari; yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni talab etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilinishi lozim bo‘lgan sohalarni belgilash va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari; jalb etiladigan investitsiyalarning soha va hududlar kesimida manbalarini shakllarini belgilash nazarda tutiladi.Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi. Bu boradagi normativ-huquqiy hujjat loyihasida:to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish;xorijiy investorlar uchun beriladigan imtiyozlarda yagona siyosat yuritish va ular ro‘yxatini belgilash;investorlar bilan ishlash va ularga investitsiya faoliyatini samarali tashkil etishda har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash darajasini yanada oshirish nazarda tutiladi.Shuningdek, investorlarga taqdim etish uchun hududlar va tarmoqlar kesimidagi dastlabki investitsiya loyihalari portfeli shakllantiriladi. Tegishli chora-tadbirlar dasturida:mamlakat hamda yaqin qo‘shni davlatlar tomonidan import qilinayotgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mavjud energiya, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish; xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiriladigan yirik loyihalarni (aeroport, yo‘l qurilish, elektr energetika va kimyo sanoat sohalarida) belgilash nazarda tutiladi.O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlarini chet davlatlar, investitsiyaviy bank va kompaniyalarga taqdimot qilish maqsadida “investitsiya xab”lari ham yaratiladi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasida:respublika hududlarida “investitsiya xab”larini tashkil etish; taklif etilayotgan aniq investitsiyaviy loyihalar va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini ko‘rsatish;investorlar uchun istiqbolli loyihalarni taqdim etish, zarur hollarda mahalliy sheriklarni aniqlash;investorlarga zarur bo‘lgan ruxsat olish, loyiha hujjatlarini tayyorlash va loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishga ko‘maklashish;loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni aniqlash;yirik moliyaviy nashrlar tomonidan davriy tashkil qilinadigan taqdimotlarda ishtirok etish;xalqaro investitsiyaviy banklar va boshqa tashkilotlarni jalb qilgan holda, investitsiyaviy loyihalar taqdimotini respublikada va chet davlatlarda o‘tkazish nazarda tutiladi. Download 201.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling