I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Lab-lab portlovchi undoshlar
Download 438.5 Kb. Pdf ko'rish
|
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Lab-lab portlovchi undoshlar. Yapon tilida quyidagi lab-lab portlovchi
undoshlar mavjud: 41
[p], [p’] [b], [b’] [m], [m’] O‘zbek tili transkripsiya P B M
[p] – lab-lab jarangsiz portlovchi qattiq undosh tovush bo‘lib, talaffuzda havo to‘lqining birdan lablarning yorib chiqishi orqali ifodalanadi. Lablar oldinga bir oz cho‘zilgan. Tovush paychalari zo‘riqmagan. YUmshoq tanglay bir oz ko‘tarilgan. Akustikada o‘zbek tilidagi p tovushiga mos keladi. [p’] – lab-lab portlovchi jarangsiz yumshoq undosh tovush bo‘lib, artikulyasiyasi xuddi yuqoridagi tovush kabidir. Lekin tilning oldingi va orqa qimslari qattiq tanglayga bir oz tekgan bo‘ladi. Akustikada o‘zbek tilidagi mos varianti mavjud emas. [b] – lab-lab portlovchi jarangli qattiq undosh bo‘lib, artikulyasiyasi jarangsiz[p] tovushiga o‘xshashdir. Lekin talaffuzla tovush paychalari zo‘riqqan va vibratsiyasiga ega. Akustikada o‘zbek tilidagi b tovushiga mos keladi. [b’] – lab-lab portlovchi jarangli yumshoq undosh. sm ыchnыy zvonkiy myagkiy soglasn ыy. , artikulyasiyasi jarangsiz[p] tovushiga o‘xshashdir. Lekin talaffuzla tovush paychalari zo‘riqqan va vibratsiyasiga ega. Akustikada o‘zbek tilidagi mos varianti yo‘q. [m] – lab-lab portlovchi qattiq burub sonant. Artikulyatsiyasi [b] tovushidan farq qiladi. Bunda yumshoq tanglay ancha pastga tushirilgan bo’lib havo to’lqini erkin holatda burun bo’shligi’dan o’tadi. Akustikada o’zbek tilidagi m tovushiga to’g’ri keladi. Ayrim so’zlar ya’ni birinchi bbo’g’ini y unlisi bilan boshlanadigan hamda ikkinchi bo’g’ini m bilan boshlanayotgan so’zlarda boshidagi y redusiyaga
talaffuz qiliniadi; ume – olxo’ri – [mme] kabi talaffuz qilinadi. [m’] – lab-lab portlovchi yumshoq burun sonant. Artikulyatsiyada [m] tovushidan farqlanadi. Bunda til oldi va til orqa qismlari qattiq tanglayga qo’shimcha tarzda ko’tarilgan bo’lib, tovushga yumshoqlik holatini beradi. Akustikada o’zbek tiliga mos ekvivalenti yo’q. |
ma'muriyatiga murojaat qiling