I bob. Yosh valeybolchilar sakrovchanliklarini maxsus mashqlar va harakatli o'yinlar
Download 62.96 Kb.
|
Erkinov Fazliddin Burxon o‘g‘li
MUNDARIJA: Kirish ………………………………………………………………………............3 I.BOB. YOSH VALEYBOLCHILAR SAKROVCHANLIKLARINIMAXSUS MASHQLAR VA HARAKATLI O'YINLAR....................................51.1. Voleybolchilarda sakrovchanlik sifatini rivojlantirish ………………..............5 1.2. Voleybol о‘yini texnikasini о‘rgatishda harakatli о‘yinlardan foydalanish…………………………………………………………………………8I.BOB. ZAMONAVIY VOLEYBOL O’YINIDA SAKROVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISH…………………………………………………………….17 1.3. Zamonaviy voleybol o’yinida sakrovchanlikni rivojlantirishning dolzarbligi…………………………………………………………………………17 1.4. Voleybol o’yini texnikasini o’rgatishda harakatli o’yinlardan foydalanish……………………………………………………………………......19 Xulosa Adabiyotlar KIRISH Mavzuning dolzarbligi: So‘nggi yillarda mamlakatimizning Prezidenti, taniqli davlat arbobi Sh.M.Mirziyoyevning faol tashabbusi va uning bevosita rahnamoligida yanada jadal shiddatda kengaytirilmoqda, xalqimiz farovonligi, tinchlik-osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilmoqda. Bu borada millat genafonini shakllantirish va sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo‘lmish jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish, uni xalqaro me’yor bosqichlariga olib chiqish, millatimiz hamda yurtimiz shuhratini yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga qodir sportchilar tayyorlovchi mutaxassis kadrlar, o‘qituvchi-murabbiylar yetishtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu progressiv strategiyani izchillik bilan amalga oshirish maqsadida yurtimiz rahbari tomonidan bir qator konseptual farmon va qarorlar, jumladan, 2017-yil 3-iyunda “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli Qaror, 2018-yil 5-martda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni qabul qilindi. Bugungi kunda Respublikamizning barcha о‘quv yurtlarida voleybol eng ommaviy sport turidan biri bо‘lib hisoblanadi. О‘zbekiston voleybolini yangicha yо‘nalishda taraqqiy ettirishda uni viloyatlarida “harakatga” keltirish, xorijiy davlatlar voleybol jamoalari bilan aloqa bog‘lashda, ular bilan rasmiy musobaqalarni tashkil qilishda О‘zbekiston voleybol Federatsiyasining prezidenti “О‘zavtotrans” korporatsiyasining raisi, professor L.Axmedov, hamda federatsiyaning barcha a’zolari ibratli faoliyat kо‘rsatmoqdalar. Zamonaviy voleybolda samarali о‘yin kо‘rsatish va yuqori natijalarga erishish faqat о‘ta shakllangan jismoniy tayyorgarlik evaziga amalga oshiriladi. Voleybolchilarning о‘yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik davrida barcha bosqichlarda ikki omil bilan belgilanadi: 1. tezkor- kuchlilik tayyorgarligi. 2. tayyorgarlikning aralash omili. Jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadi sportchini har tomonlama rivojlantirish, uning funksional imkoniyatlarini oshirish va salomatligini mustahkamlashdir. Voleybol jismoniy tayyorgarligining aniq bо‘limlari ya’ni organizm funksional tayyorgarlik darajasining safarbarlik darajasini oshirish xamda o‘yin faoliyati effektivligini ta’minlab beradigan jismoniy fazilatlari xamda kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik bilan bevosita bog‘langan jismoniy qobliyatlar sakrovchanlik, sport tezkorligi va irg‘ituvchanlik harakatining quvvati, о‘yin chaqqonligi, о‘yin chidamliligi va atletik tayyorgarlik darajasini oshirishdir. Umuman olganda, jismoniy tayyorgarlik jarayoni sportchining organizmida voleybol о‘yinga xos bо‘lgan katta jismoniy yuklamalar ta’sirida kо‘nikish homsil qilibborish kerak. Unda funksional va atletik tayyorgarlikning asosiy vositalari jismoniy mashqlar hisoblanadi. Voleybol о‘yining dastlabki rasmiy о‘yin oidalari 1997 yil amerakali doktor A.Xolsted rahbariligida ishlab chiqarilgan. Mazkur qoidalarning ayrim qoidalari ayrim abandlari quyidagilardan iborat. Maydon о‘lchami – 7,6x16,1 m. Tо‘rni balandligi – 198 sm. Tо‘pni og‘irligi - 340 grm. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, voleybolchi jismoniy tayyorgarlikda qanday sport turi vositalaridan foylangan bо‘lsa, u о‘sha sport turi texnikasining elementlari to’la egallab olishi kerak. Download 62.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling