I-bob. Yuqori haroratli jarayon haqida
Issiqlikni ishlatish qurilmasi
Download 451.86 Kb.
|
YUQORI HARORATLI JARAYONLARI VA QURILMALAR (1)-pages-7-14
Issiqlikni ishlatish qurilmasiIssiqlikni ishlatish qurilmasi pechdan chiqayotgan gaz issiqligini ishlatish uchun xizmat qiladi. Ko‘p hollarda pechning ishchi bo‘shlig‘idan chiqayotgan gazning harorati, gazsimon yonilg‘ini va havoni keraklicha isitish haroratdan katta bo‘ladi. Bu hollarda issiq suv va bug‘ olish uchun qozon-utilizator o‘rnatiladi, bu korxonaning texnologik maqsadi, isitish qurilmalari va ventilyasiya uchun ishlatiladi. Qozon-utilizatorning ishlashi pechning umumiy issiqlik tejamligini bir muncha oshiradi. So‘rish qurilmasi pechdan materialga ishlov berish natijasida hosil bo‘ladigan gazsimon mahsulotlarni va tutun gazini havo chiqarish uchun xizmat qiladi. Ko‘p hollarda pechning ishchi bo‘shlig‘idagi tutun gazi bir muncha nisbiy bosim ostida bo‘ladi va uning shu bo‘shliqdagi harakati so‘rish qurilmasining ta’sirsiz amalga oshadi. So‘rish sun’iy yoki so‘rish qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.Haydash qurilmasi haydash ventilyatoridan tashkil topgan bo‘lib, yonilg‘iniyonish uchun kerak bo‘ladigan havonietkazib beradi.Mexanik jihozlar, pechning ishchi bo‘shlig‘idagi qizdirilayotgan jismlarni xarakatlantirishni jihatni tushirishni mexanizatsiyalash uchun xizmat qiladi Pechni mexanizatsiyalanishi pechning unumdorligini oshishiga, ishchilarning ish kuchining minumumigacha kamayishiga va ishchilarni ish sharoitini yaxshilanishiga xizmat qiladi. Pechda bo‘ladigan jarayonlar juda murakkab bo‘lganligi sababli, uning to‘g‘ri ishlashini amalga oshirish uchun issiqlik harorati asbobi bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari pechda bo‘ladigan jarayonlarni boshqarish uchun pech avtomatik rostlash asbobi bilan jihozlanadi. 31 Download 451.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling