YYEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARINING IQTISODIY INTEGRATSIYA ALOQALARI
MUNDARIJA:
KIRISH (Yyevropa ittifoqi mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish holati va jahon xo’jaligida tutgan o‘rni va ahamiyati)
I BOB. YYEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARI UMUMGEOGRAFIK TAVSIF
1.1. Geografik o`rni, chegaralari, tabiiy va sharoiti
1.2. Aholisi va mehnat resurslari
II BOB. YYEVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARI XO`JALIK TARMOQLARINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
2.1. Sanoati
2.2. Qishloq xo`jaligi
2.3. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
2.4. Iqtisodiy rayonlari
XULOSA
KIRISH
Yevropa Ittifoqi demokratik Yevropa davlatlarining tinchlik va farovonlik yo'lida birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun yaratilgan birlashmasi.
Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar umumiy vakolatlarga ega bo'lib, ular umumiy manfaatlarga ega bo'lgan masalalar bo'yicha Yevropa darajasida demokratik qarorlar qabul qilish uchun o'zlarining suverenitetlarining bir qismini topshiradilar.
Yevropa Ittifoqining faoliyati beshta mustaqil hokimiyat institutlari orqali amalga oshiriladi: Yevropa parlamenti, Vazirlar kengashi, Yevropa komissiyasi, Hisob sudi.
Yevropa Ittifoqini yaratish maqsadlari:
ishtirokchi davlatlar o'rtasidagi savdodagi barcha cheklovlarni bartaraf etish;
uchinchi davlatlar bilan savdoda yagona bojxona tarifini belgilash;
odamlar, kapital va xizmatlarning erkin harakatlanishiga cheklovlarni bartaraf etish;
valyuta ittifoqini yaratish;
soliq tizimini unifikatsiya qilish;
qonun hujjatlarining konvergentsiyasi.
Yarim asr davomida Yevropa Ittifoqi Yevropada barqarorlik, tinchlik va farovonlikni ta’minladi. Uning sharofati bilan turmush darajasini oshirish, yagona Yevropa bozorini barpo etish, yagona Yevropa valyutasi – yevroni muomalaga kiritish va Yevropaning jahondagi mavqeini mustahkamlash mumkin bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |