I bob. Zahiriddin muhammad bobur-adabiyot nazariyotchisi


Download 81.87 Kb.
bet2/7
Sana27.02.2023
Hajmi81.87 Kb.
#1233881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bobur ruboiylarida tarbiya masalasi

Tadqiqotning maqsadi. Kurs ishimdan maqsad Zahiriddin Muhammad Boburniningning mumtoz adadabiyotchi sifatida o’zbek adabiyoti va jahon adabiyotiga rivojiga qo’shgan hissasini aniqlash, adibning ruboiylarini
tahlil qilish orqali yozuvchi uslubi ва adibning tarix haqiqatini jonli, haqqoniy
tasvirlash mahoratini ochib berishdir.
Yuqorida keltirilgan maqsaddan kelib chiqib, ishda quyidagilar asosiy vazifa
qilib belgilandi:
– Boburning atoqli o’zbek adibi sifatida yangi o’zbek adabiyotining
rivojlanishiga qo‘shgan hissasini ko’rsatib berish;
– Adibning mumtoz o'zbek adabiyoti lirikasiga qo’shgan hissasini ruboiylari asosida o'rganish;
– Yozuvchi ijodida tarixiy mavzuning o’rni, tarix haqiqatining jonli,
haqqoniy gavdalantirilganligi orqali o’tmish saboqlarini yodga
tushirganligini ko’rsatish;
– Uning ruboiylarining o`ziga xos uslubi, insonning ichki kechinmalarini ifodalashi, yurt sog’inchi va ruboiylaridagi so’z qo’llash uslublari, turkiy til so’z boyliklari, poetik xususiyatlarini yoritish;
Tadqiqot obyekti. Kurs ishimizning manbai sifatida Boburning ruboiylarini oldik. Uning ruboiylarini tahlil qilish orqali hayotidagi voqea kechinmalar gavdalantirila boshladi. Ruboiylari orqali uning o’tmishi yoritilishiga erishdik.



I BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR-ADABIYOT NAZARIYOTCHISI

1.1 Uyg’onish davri hukmdorining haqiqiy namunasi (Zahiriddin Muhammad Bobur)

O’qituvchi o’quvchilarga har bir inson ruhiy olamni yaratganda xush yoqadigan, insoniyat tomonidan ming yillardan beri qadrlanib kelayotgan yaxshi fazilatlar qanchalik ko’p to’yintirsa, shunchalik ma’naviy kamolotga yaqinlashib borishini ta’kidlab qo’ysa, bu gaplar o’quvchilarning ko’ngliga chuqur o’rnashib qolishi tabiiy.


Ma’lumki, har bir odamning o’z imkoniyatlari darajasida yaxshiliklar bilan to’yingan bu ruhiy olamida ezgu fazilatlar qancha ko’p bo’lsa, egasini barkamollik sari yetaklayveradi. To’kislikka intilgan ruh esa o’z asliyatiga, ya’ni yaratuvchisiga yaqinlashaveradi.
Ko’ngil tarbiyasiga yo’naltirilgan bir qator adabiyotlarda ilgari surilgan qarashlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, shakllanib kelayotgan shaxsning ma’naviyatini to’yintirish lozim bo’lgan fazilatlar quyidagi yo’nalishlarga ega:
1.Madaniyat, axloq-odob.
2. Dunyoviy ilmlar.
3. Diniy ilmlar.
4. Milliy o’zlikni anglash.
“Qaror, ixtiyor, zulf, parishon, asru, tark etmoq, hijron, mahjur, bitdim” kabi arxaikroq so’zlarga lug’at beriladi. O’quvchilar o’zlari uchun yangi bo’lgan, o’rganiladigan matnda duch keladigan so’zlar ustida ishlashadi. Matnga yuzlashishdan oldin so’zning ma’nosini bilish maqsadga muvofiqdir.
Ko’pdin berikim yoru diyorim yo’qtur,
Bir lahzavu bir nafas qarorim yo„qtur.
Keldim bu sari o’z ixtiyorim birla,
Lek borurumda ixtiyorim yo’qtur.
Ruboiy avval o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi. So’ng asar mazmunini sharhlab o’rganish amalga oshiriladi. Asarni sharhlash jarayonida o’quvchilar faol qatnashishlari kerak bo’ladi. Lug’at yordamida asarni sharhlayotgan o’quvchilarga lozim o’rinlarda o’qituvchi ko’makka keladi, yo’nalish berib turadi.
Bobur bu ruboiysini ona yurti turkistondan chiqib ketganidan keyin yozgan.
Unda vatan mehri, sog’inchi shoirning halovati, oromini olgani, podshoh bo’lishiga qaramay, bu sog’inchni qondirish, tashnalikni bosish uning ixtiyorida emasligi, o’z ixtiyori bilan kelgan begona yerlardan vatanga qaytishni qanchalar istamasin, buning iloji yo’qligini dard bilan yozgan. Shu o’rinda aytish mumkinki, qaysi millat, irq toki dinga mansub bo’lishidan qat’iy nazar shakllanib kelayotgan shaxsga o’zligini anglatish, uning ko’ngliga vatanga muhabbat tuyg’usi, ota-bobolarga ehtirom hissini joylash, milliy qadriyatlarni bildirib, shaxsda ularni hurmat qilish, asrab-avaylash va keying avlodlarga uzatish tuyg’usini tarbiyalash uning barkamolligini ta’minlash yo’qlidir.
Musulmon Sharqida, Islom olamida, milliy tarbiyashunoslik tarixida hamisha odamdagi Allohning mulki bo’lmish ko’ngulni mana shu fazilatlar bilan to’yintirish, ularni komillik sari yetaklash bosh maqsad bo’lgan. Milliy qadriyatlarga qaytilayotgan bugungi kunda o’quvchilarda ma’naviy kamolotning bosh manbasini anglatib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ruboiylardan namunalar o’rganishda ham mana shu asoslarga tayaniladi.
Tahlil davomida “Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla” misrasini qanday
tushundingiz? Nega Boburning ixtiyori o’zida emas? Nega yurtiga qaytib
ketolmaydi? kabi savolalar yordamida o’quvchilarning ruboiy muallifi shaxsini
anglashiga ko’maklashiladi. So’ngra o’qituvchi ruboiy mazmuniga, unda so’zlarning musiqiy ohangiga O’quvchilar e’tiborini qaratadi.
Boburning boshqa bir ruboiysi ishqiy yo’nalishda. Avval ruboiy ifodali o’qib beriladi, keyin lug’at yordamida asar mazmuni sharhlanadi.
Bir zulfdin, ey ko’ngul, parishon bo’lma,
Bir yuzga ham asru zoru hayron bo’lma.
Men senga demonki, tarki ishq et, lekin,
Andoq qilkim, so’ngra pushaymon bo’lma.
Ruboiyda shoir o’ziga, o’z ko’ngliga murojaat qilish bilan birga o’zgalarga, Ya’ni o’quvchilariga ham ishq yo’lida adashmasligini eslatadi. Yorning go’zal jamolini ko’rib, unga mahliyo bo’lib es-hushingni yo’qotma. Yor zulfiga, uning nazokatiga asir bo’lib, o’zingni unutma. Men senga tarki ishq et, sevma demayman.
Sev, lekin shundoq sevki, o’z qilmishingdan keyinchalik pushaymon bo’lib, azblanib yurma. Ruboiyni lug’at yordamida sharhlash o’quvchilar tomonidan amalga oshirilgani ma’qul. O’qituvchi ularni boshqarib lozim o’rinlarda to’ldirib borsa, tuzuk. O’quvchilar e’tibori so’zning ruboiydagi ohangdorligi va undagi nasihat ruhiga jalb qilinadi.
Keyingi ruboiy javobli sevgi ilinjida suyuklisiga xat yozayotgan shaxs
kayfiyati ifodasi sifatida yaratilgan:
Hijron aro yod etib meni shod ayla,
Mahjur ko’ngulni g’amdin ozod ayla.
Bu xatni aning uchun bitidim munda,
Ko’rgan sari xatimni, meni yod ayla.

Shoir ma’shuqadan ayriliq kunlarida hamisha o’zini yod aylab, shod etishini O’tinadi. Ayriliq davrida azoblanayotgan ko’ngulni g’amdan qutqarishni o’tinadi. Men senga bu bitik (xat)ni shuning uchun yozyapmanki, xatimni ko’rganing sari meni yod et. O’quvchilar ma’shuqasining xayrixohligiga umid qilgan oshiq holaruboiyda qanday aks etganiga e’tibor qilsalar, maqsadga muvofiq bo’lardi.


2.Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘z o‘rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi.



Download 81.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling