I bo`lim 1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari


Boshqarish organlariga qo`yiladigan kuch kattaligi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana02.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#197915
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
MARUZA- 1

Boshqarish organlariga qo`yiladigan kuch kattaligi 

1.1 – jadval 

№ 

Boshqarish qismlari 

Kuch 

Dasta me`yoriy maksimal 

20-40 

Knopka, tumbler, qo`shgichlar, Yengil turi 

og`ir turi 

1400 – 1600 

6000 - 12000 

Oyoq pedallari kam ishlatiladigan 

tez-tez ishlatiladigan 

5 00 gacha 

20 - 50 

Qo`lda boshqarish dastaklari 

Davriy ishlatiladigan 

Ko`p ishlatiladigan 

 

130-160 


20-40 

 

Ish  joyi  -  bu  inson  mehnat  faoliyatini  amalga  oshirishga  “inson-mashina 

ishlab chiqarish muhiti” tizimida ma`lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish 

qismlari  va  yordamchi  jihozlar  bilan  jihozlangan  joydir.  Ish  joylari  yakka  va 

kollektiv turlarga bo`linib, tikka, o`tirib va “tikka-o`tirib” ishlashga mo`ljallanadi. 

Egronomika ish joylarini loyihalashga talablarni ifodalab beradi. Asosiy va 

qo`shimcha  harakat  zonalarni  aniqlaydi,  tegishlicha  poldan  balandlik  bo`yicha, 

simmetriya  o`qidan  front  bo`yicha  jihozlarning  joylashish  zonalarini  aniqlab 

beradi. 

Odam  har  xil  ishchi  holat  (tik,  o`tirgan,  yotgan  va  engashgan)larining 

optimal  va  chegaraviy  o`lchamlarini  aniqlash  uchun  ish  joyini  ratsional  tashkil 

qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma`lumotlar tizimlashtiriladi. 




Ishning  va  ishchi  holatlarning  xarakteriga  bogliq  hamda  har  xil  turdagi 

ishchi  stollar  va  o`rindiqlarni  konstruksiyalash  bo`yicha  umumiy  tavsiyalar 

yaratiladi. 

Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish 

tavsiya  qilinadi:  boshida  to`liq  rejalashtirish,  key  in  qismlarini,  oldin  optimal 

holda,  keyin  amaliy  ruxsat  qilinganini;  ish  jarayoni  va  jihozni  rejalashtirishga 

yagona tizim talablari bilan yondashish. 

Ish  joyini  loyihalashda  antropometriya  ma`lumotlarini  hisobga  olish 

muhimdir.  Ergonomika  bo`yicha  manbaalarda  maxsus  ta`kidlanadiki,  konstruktor 

o`zining  antropometrik  va  psixofiziologik  tavsiflarini  boshqa  odamlar  uchun  ham 

namunaviy  deb qaramasligi va shu  asosda  narsalarni loyihalash  jarayonini  tashkil 

qilmasligi kerak. 

Faqat  inson  tanasi  o`lchamlari  va  a`zolari  haqida,  uning  yoshi  va  jinsi 

o`rganilgan  holda  keng  to`plangan  tizimli  tanlangan  ma`lumotlarni  jalb  qilganda 

olcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo`lishi mumkin. 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling