I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tovarni bojxona hududiga olib kirishni uning kelib chiqishi asosida rad etish


Download 212.64 Kb.
bet169/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   185
Bog'liq
KODEKS

365-modda. Tovarni bojxona hududiga olib kirishni uning kelib chiqishi asosida rad etish
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlari bojxona hududiga olib kirilishi mumkin bo‘lmagan mamlakatda ishlab chiqarilganligiga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona organi tovarni bojxona hududiga olib kirishni rad etishi mumkin.
366-modda. Tovarni kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat mavjud bo‘lmagan taqdirda chiqarib yuborish
Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.
Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat mavjud bo‘lmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda tovarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar oshirilgan stavkasi qo‘llaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno.
Tovarlar bojxona to‘lovlari to‘lanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan e’tiboran bir yildan kechiktirmay bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng ko‘p qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qo‘llanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojxona to‘lovlarining to‘langan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
51-bob. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi
367-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining asosiy qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan ro‘yxati bo‘lib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, o‘lchov birliklarini hamda izohlarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish uchun qo‘llaniladi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling