I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Nikoh shartnomasi tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari


Download 40.88 Kb.
bet14/15
Sana19.06.2023
Hajmi40.88 Kb.
#1603677
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Hujjat 08

35-modda. Nikoh shartnomasi tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari
Er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o‘zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to‘g‘risida o‘z kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda er yoki xotin, nikoh shartnomasi mazmunidan qat’i nazar, o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
Qarzdor er (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy o‘zgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda o‘zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 383-moddasi.
36-modda. Er-xotin o‘rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar
Er-xotin qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga haqlidir.
Er-xotin o‘rtasida tuzilgan, ulardan birining huquqlarini cheklashga qaratilgan kelishuvlar haqiqiy hisoblanmaydi.
7-bob. Nikohning tugatilishi
37-modda. Nikohning tugatilish asoslari
Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb e’lon qilishi oqibatida nikoh tugaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 36-moddasi.
Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo‘li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi.
38-modda. Nikohdan ajratish tartibi
Nikohdan ajratish sud tartibida, ushbu Kodeksning 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3 — 18, 29, 31, 32-bandlari.

Download 40.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling