II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashgʻulotlari)
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalar. Bog‘dorchilik va sabzavotchilikda yerni ko‘chat ekishga tayyorlash mashinalari. Yangi bog‘larni barpo qilish uchun yerni chuqur haydaydigan plantatsiyabop pluglarning turlari, tuzilishi, texnologik ish jarayonlari, ishchi qismlari o‘rganish, korpus ishchi sirti va o‘lchamlarini aniqlash. Plug mexanizmlarini kinematik tadqiqotlari. Chuqur yumshatkichning tuzilishi va ishchi qismining parametrlarini, sudrashga qarshiligi aniqlash. Sabzavot ekinlarini yetishtirish uchun yerlarni ekishga tayyorlash mashinalari.
2-mavzu. Mevali daraxt ko‘chatlari va reza meva ekinlari o‘tqazish uchun joy tayyorlash mashinalari. Yerlarni shudgorlashda plug korpuslarining tuzilishi, diskli pluglar, aylanma pluglar, bog‘dorchilik pluglar va maxsus pluglarning yangi konstruksiyalari. Bog‘dorchilik sudralma pluglarini burilish radiusini hisoblash. Ko‘chat va nihollar o‘tqaziladigan joylarni tayyorlaydigan mashinalarga qo‘yiladigan asosiy talablar. Chuqurcha kavlagichlar, gidroburg‘ular tuzilishi va ulardan foydalanish yo‘llari. Ko‘chat o‘tqaziladigan joylarni tayyorlashning “Transheya” usuli.
3-mavzu. Mevali daraxtlar, reza meva urug‘larini ekish va ko‘chatlarini o‘tqazish mashinalari. Mevali daraxt urug‘larini ekish seyalkalari, ko‘chat o‘tqazish mashinalari tuzilishi va texnologik ish jarayonlari. Kinematik parametrlari, ekkich o‘lchamlarini aniqlash, ularni ramada joylashtirish. Ko‘chat kavlaydigan mashinalar.
4-mavzu. Sabzavot urug‘i va kartoshka tuganaklarini ekish mashinalari. Urug‘ ekish usullari. Mahalliy sharoitlarni e’tiborga olish. Agrotexnik talablar. Seyalkalarning asosiy qismlari o‘lchamlari hisobi. Seyalkalarning tasnifi. Maxsus seyakalar. Sabzavot seyakasi. Modulli seyakalar. Kartoshka ekadigan va ko‘chat o‘tqazadigan mashinalar. Agrotexnik talablar. Kartoshka ekish mashinasining tuzilishi va texnologik ish jarayoni. Ko‘chat o‘tqazgich mashinalari ko‘chat ekish qismi kinematikasi hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |