I f. d. Sh. T. Hasanov 2022 yil “ ” bogʻdorchilik va sabzavotchilik mashinalari nazariyasi va hisobi fanining


-mavzu. Ildizmevalarni yig‘ishtirish mashinalarining konstruksiyalari va ularning ishlash jarayoni


Download 51.63 Kb.
bet4/7
Sana01.03.2023
Hajmi51.63 Kb.
#1238914
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 BOGʻDORCHILIK VA SABZAVOTCHILIK FANINING ND (Lotincha)

10-mavzu. Ildizmevalarni yig‘ishtirish mashinalarining konstruksiyalari va ularning ishlash jarayoni. Lavlagi yig‘ishtirish mashinasini o‘rganish. Ildizmevalarni saralash va kalibrlash mashinalarini o‘rganish. Ildizmevalarni saralash stolining hisobi. Lemexli kovlagich enini nazariy hisoblash
11-mavzu. Uzum yig‘ishtirish mashinasini o‘rganish va undan foydalanish. Uzum hosilini yig‘ishtirish mashinalarining tuzilishi, ishlashi ishchi qismlarining parametrlarini o‘rganish. Chiviqli transportyor o‘lchamlarini hisoblash. Sanoat uchun yig‘ishtiriladigan uzumlarni tashish tirkamalari konstruksiyalari.
12. Sabzavotlarni yoppasiga terib olish kombaynlari. Pomidor hosilini yig‘ishtirish kombaynining tuzilishi, ishlashi, terish moslamalarining yuritish mexanizmi va ishlash jarayonlarini o‘rganish. Poliz ekinlarini yig‘ishtirish mashinalarining ishlashi va hosilni yig‘ishtirish usullari. Sabzavot va poliz ekinlari hosilini tashish tirkamalari. Tirkamalarning konstruksiyalari va ularni sig‘imini hisoblash.


III. Amaliy mashgʻulotlar boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv qo‘lanma, ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlarni yechish orqali yanada boyitadilar. Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Plantatsiyabop pluglarni o‘rganish va mexanizmlarini kinematik tadqiqotini o‘rganish.
2. Bog‘bop pluglarni o‘rganish va korpus trak taxtasining uzunligini hisoblash.
3. Bog‘bop plug bilan tuproq palaxsasini ag‘darishni tadqiqoti
4. Chuqur yumshatkichni o‘rganish va uning tortishga qarshilik kuchini aniqlash.
5. Bog‘bop tuproq frezasi ishining tadqiqotini o‘rganish.
6. Bog‘bop purkagich ishini tadqiqot qilish.
7. Bog‘bop kultivatorni o‘rganish va ishchi qismlari parametrlari hisobi.
8. Bog‘bop frezani o‘rganish va uning ishiga sarflanadigan quvvatni aniqlash.
9. Daraxt ko‘chatini ekish mashinasini o‘rganish, bir birlik maydonga (1 ga.) sarflanadigan suv sarfini hisoblash.
10. Tokni tuproq bilan ko‘mish mashinasini o‘rganish.
11. Ko‘milgan tokni ochadigan pnevmatik mashinani o‘rganish.
12. Tok qaychini o‘rganish.
13. Meva yig‘ishtirish mashinasini o‘rganish.
14. Bog‘larda zararkunandaga qarshi eritma purkash mashinasini o‘rganish
15. Bog‘dorchilik chizel-kultivatorni o‘rganish.
16. Sabzavot seyalkasini o‘rganish.
17. Sabzavot ko‘chatlarini ekish mashinasini o‘rganish.
18. Sabzavot kultivatorini o‘rganish.
19. Mayda urug‘larni ekish seyalkasi g‘altakli ekish apparatini hisoblash.
20. Daraxtlarni kesish mashinasini ish holatiga rostlashni o‘rganish
21. Sabzavot ekinlari hosilini terib olish kombaynlarining yuklovchi tranportyor o‘lchamlarini aniqlash.
22. Piyoz hosilini kavlash mashinasining lemexli ish organini asosiy o‘lchamlarini nazariy hisoblash.
23. Uzumni yalpi yig‘ishtirish mashinasini o‘rganish.
24. Karam hosilini yig‘ishtirish kombaynining asosiy ishchi moslamalari va ularni rostlashni o‘rganish.



Download 51.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling