Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
I guruh kationlariga Na+, K+, NH4 + , va Li+ kationlari kiradi, guruh reagenti yo’q.
II guruh kationlariga Ag+, va Pb2+ kationlari kiradi, guruh reagenti xlorid kislota bo`lib, kam eruvchan xloridlarni hosil qiladi.
III guruh kationlariga Ca2+, Sr2+, Ba2+ kabi kationlar kiradi, guruh reagenti sulfat kislotadir.
Kationlar aralashmasini sistematik analiz qilish davomida kationlar guruhreagentlari ta'siridan tegishli guruhlarga bo'linadi.
1. Birinchi va ikkinchi guruhlar kationlarini aniqlash uchun 10-15 tomchi tekshiriladigan eritma olinib, probirkaga solinadi va unga tomchilab 2 N HCI va 2 N H2SO4 eritmalari qo'shiladi. Natijada AgCl, Hg2Cl2 PbCl2, PbSO4. BaSO4. SrSO4. CaSO4, cho'kmalar (1-cho'kma) hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |