I. Ishning maqsadi


Download 277.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana07.11.2023
Hajmi277.93 Kb.
#1754188
  1   2
Bog'liq
5-амалий машғулот




5-AMALIY MASHG’ULOT 
Mavzu: Issiqlik relelarini o’rganish 

I. Ishning maqsadi: 
Tahsil oluvchilarni issiqlik relesining tuzilishi bilan tanishtirish va ularni 
montaj qilishga tayyorlashni o’rgatish. 
 
II. Nazariy ma’lumot. 
Barcha elektr tarmoqlari tok simlarni yo’l qo’yilgan haroratdan yuqori 
darajada qizitmasligini hisobga olib konstruksiyalanadi va montaj qilinadi. 
Simlarning haddan tashqari qizishi ulardan me’yoridan ortiq tok o’tayotganidan 
dalolat beradi. Ortiqcha tok o’tganda simlarning izolyasiyalari yemiriladi (kuyadi) 
va qisqa tutashuv ro’y berishi mumkin. Elektr zanjirning qisqa tutashuv ro’y 
bergan qismida simlarning harorati keskin ko’tarilib ketadi, agar tok darhol 
uzilmasa, simlardan o’t chiqib, tevarak-atrofdagi narsalar yonib ketishi mumkin. 
Tarmoqdagi qisqa tutashuvlarda yoki undan ortiqcha tok o’tganida tarmoq o’zidan 
o’zi uzilishi uchun ularga saqlagichlar (probkalar) qo’yiladi. Xonadon elektr 
tarmog’idagi tok kuchi yo’l qo’yilgan kattalikdan ortib ketsa, saqlagich ishga 
tushadi (uning eruvchan quymasi kuyib ketadi) va elektr tarmog’i uziladi. 
Xonadon elektr tarmoqlarida probka tipidagi eruvchan saqlagichlar qo’llanadi. 
Ular qisqa tutashuvlarda tez ishlab ketadi.Biroq katta quvvat bilan ishlaydigan bir 
necha elektr asbobini tarmoqda baravar ulansa, ortiqcha tok o’tishi natijasida shu 
saqlagichlar ham o’z vazifasini bajara olmay qoladi. Masalan, simdan ortiqcha tok 
o’tayotganida bunday saqlagichlarning 30 foizi qo’ymaydi. Shuning uchun ham 
ularning o’rnini xonadonning elektr tarmog’ini ishonchli saqlay oladigan avtomat 
saqlagichlar egallamoqda. Probka tipidagi bu saqlagich asosan qo’yidagi 
detallardan iborat: 2 — saqlagichni ulash knopkasi; 2 — saqlagichni uzish 
knopkasi; 3 — elektromagnit; 4 — qopqoq; 5 — korpus; 6 — kojux; 7 — rezbali 
kontakt; 8 — ilon izi plastina; 9 — markaziy kontakt plastinasi; 10 — chinni 



korpus; 11 — bimetall plastina; 12 — rezbali kontakt plastinasi; 13 — turtgich; 14 
— turtgichning kontakt plastinasi; 15 -markaziy kontakt plastinasi; 16 — prujina. : 
Saqlagich izolyasiya ashyosi karbolitdan tayyorlangan kojux, chinni korpus, 
ilonizi plastinali rezbali kontakt, markaziy kontakt plastinasi, kontakt plastinalar 
bilan simlarning ajraladigan birikmalaridan iborat qutichaga burab kiritiladi. 
Saqlagichning ishlayotgan holati 123- rasm, a da tasvirlangan. Simdan ortiqcha tok 
o’tsa, bimetall plastina qizib ketadi va rasmdagidek chapga og’ib, turtgich ustidagi 
richagni lukidondan bo’shatadi. Natijada prujina turtgichni va u bilan birga kontakt 
plastinasini yuqoriga suradi elektr tarmog’i uziladi. 
Elektr isitgich asbobi sifatidagi hozirgi dazmollarda maxsus qurilmalar borki, 
ular dazmolning ostki qismi qizishini ta’minlaydi. Issiqlik rostlagichli dazmolning 
tuzilishi ko’rsatilgan. 
Elektr dazmoldagi issiqlik rostlagichining tuzilishi va ishlash prinsipi rasmda 
aks etgan . Issiklik rostlagich ishlash prinsipi bimetall plastinaning isiganda 
egilishi va sovigach dastlabki holatiga qaytish xususiyatiga asoslangan. Bimetall 
plastina isiganida tirgakni ko’taradi, u esa kontakt plastinasi bilan bog’langan, 
surilma va qo’zgalmas kontaktlar ajralib elektr tarmog’ini uzadi. Isitgich elementi 
va u bilan birga bimetall plastina ham sovigandan keyin dastlabki holatiga qaytadi. 
Buning natijasida (egilgan po’lat plastina ko’rinishidagi) qaytargich prujina 
kontakt plastinasini bosadi, harakatchan va harakatsiz kontaktlar ulanadi, tok 
isitgich elementi orqali o’ta boshlaydi; dazmolning elektr zanjiri yana ulanganidan 
dalolat beruvchi signal lampochkasi yonadi. Issiqlik rostlagich dazmol tutqichidagi 
disk bilan borlangan. Diskda gazlamaning turiga ko’ra dazmollashning muayyan 
haroratiga mos belgi chiziqlari bor. 
Yasama issiqliq relesini konstruksiyalash 
Yuqorida aytilganidek, issiqlikning ta’sirida egiladigan bimetall plastinka 
issiqlik relesining asosiy qismidir. Uning shu xususiyatiga asoslanib, issiqlik 
relesining konstruksiyasini ishlab chiqish qiyin emas. Uning tarkibiga izolyasiya 
ashyosidan tayyorlanib, oyoqlar xam o’rnatilgan asos qisqichlar kiradi. Ularga 
vilkali elektr shnuri ulanadi. Asosga lampa patroni mahkamlanadi. Patronga esa 



elektr lampa o’rnatiladi. Patrondan ma’lum masofada asosga vintlar yordamida 
stoyka mahkamlanadi va unga rostlash vinti burab kiritiladi. Stoykaning pastki 
qismidagi qoplagichga egiluvchi kontakt plastinasi kiritiladi. Rostlash vintining 
vazifasi egiluvchan kontakt plastinasini stoykadan uzib qo’yish va egiluvchan 
kontakt plastinasi bilan ana shu asosga patron va lampaning yaqiniga 
mahkamlangan bimetall kontakt plastinasi o’rtasidagi oraliqni rostlashdan 
iboratdir. Plastinka yoniga joylashgan va vilkali shnur bilan yoritish tarmog’iga 
ulangan 75 vt li cho’g’lanma lampasi ulanganida bir necha sekundda bimetall 
plastinka qiziydi. Plastina egiladi, kontaktni ajratadi va lampani uzadi. Lampa 
o’chadi. Bimetall plastina tez soviydi, to’g’rilanadi va egiluvchan kontakt 
plastinasiga yopishadi va lampani qaytadan yoqadi. Shunday qilib, moslama 
yoritish tarmog’iga ulangan bo’lsa, lampa har doim uchib-yonib turaveradi. 
Issiqlik relslari, avtomatik rostlagichlar va boshqa qurilmalarda qo’llanadigan 
bimetall plastinkalar chiziqli kengayishi turlicha metallardan tayyorlanadi. 
Masalan, 100° s qiziganda uzunligi 1 m mis sterjen 1,65 mm, temir sterjen 1,15 
mm, alyuminiy 2,38 mm, rux sterjen 2,91 mm uzayadi va hokazo. Rele uchun 
bimetall plastinkani ikkita: alyuminiy va temir poloskalaridan tayyorlash kerak. 
Ularni bir-biriga moslab, zich qilib juftlash, qattiq siqib, bir qancha teshiklar 
parmalash va shundan so’ng mis parchinlar bilan biriktirish kerak. Poloskalarning 
o’lchamlari: uzunligi 150 mm, eni 10 mm, qalinligi — 0,3 dan 1 mm gacha 
bo’lishi lozim. 
Ushbu darsda yasama issiqlik relesining elektr zanjirini montaj qilish, rostlash 
va ishlatib ko’rishni amaliy topshiriq sifatida bajarishingiz kerak, 

Download 277.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling