I. Ishning maqsadi
Download 277.93 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-амалий машғулот
1 5-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Issiqlik relelarini o’rganish . I. Ishning maqsadi: Tahsil oluvchilarni issiqlik relesining tuzilishi bilan tanishtirish va ularni montaj qilishga tayyorlashni o’rgatish. II. Nazariy ma’lumot. Barcha elektr tarmoqlari tok simlarni yo’l qo’yilgan haroratdan yuqori darajada qizitmasligini hisobga olib konstruksiyalanadi va montaj qilinadi. Simlarning haddan tashqari qizishi ulardan me’yoridan ortiq tok o’tayotganidan dalolat beradi. Ortiqcha tok o’tganda simlarning izolyasiyalari yemiriladi (kuyadi) va qisqa tutashuv ro’y berishi mumkin. Elektr zanjirning qisqa tutashuv ro’y bergan qismida simlarning harorati keskin ko’tarilib ketadi, agar tok darhol uzilmasa, simlardan o’t chiqib, tevarak-atrofdagi narsalar yonib ketishi mumkin. Tarmoqdagi qisqa tutashuvlarda yoki undan ortiqcha tok o’tganida tarmoq o’zidan o’zi uzilishi uchun ularga saqlagichlar (probkalar) qo’yiladi. Xonadon elektr tarmog’idagi tok kuchi yo’l qo’yilgan kattalikdan ortib ketsa, saqlagich ishga tushadi (uning eruvchan quymasi kuyib ketadi) va elektr tarmog’i uziladi. Xonadon elektr tarmoqlarida probka tipidagi eruvchan saqlagichlar qo’llanadi. Ular qisqa tutashuvlarda tez ishlab ketadi.Biroq katta quvvat bilan ishlaydigan bir necha elektr asbobini tarmoqda baravar ulansa, ortiqcha tok o’tishi natijasida shu saqlagichlar ham o’z vazifasini bajara olmay qoladi. Masalan, simdan ortiqcha tok o’tayotganida bunday saqlagichlarning 30 foizi qo’ymaydi. Shuning uchun ham ularning o’rnini xonadonning elektr tarmog’ini ishonchli saqlay oladigan avtomat saqlagichlar egallamoqda. Probka tipidagi bu saqlagich asosan qo’yidagi detallardan iborat: 2 — saqlagichni ulash knopkasi; 2 — saqlagichni uzish knopkasi; 3 — elektromagnit; 4 — qopqoq; 5 — korpus; 6 — kojux; 7 — rezbali kontakt; 8 — ilon izi plastina; 9 — markaziy kontakt plastinasi; 10 — chinni 2 korpus; 11 — bimetall plastina; 12 — rezbali kontakt plastinasi; 13 — turtgich; 14 — turtgichning kontakt plastinasi; 15 -markaziy kontakt plastinasi; 16 — prujina. : Saqlagich izolyasiya ashyosi karbolitdan tayyorlangan kojux, chinni korpus, ilonizi plastinali rezbali kontakt, markaziy kontakt plastinasi, kontakt plastinalar bilan simlarning ajraladigan birikmalaridan iborat qutichaga burab kiritiladi. Saqlagichning ishlayotgan holati 123- rasm, a da tasvirlangan. Simdan ortiqcha tok o’tsa, bimetall plastina qizib ketadi va rasmdagidek chapga og’ib, turtgich ustidagi richagni lukidondan bo’shatadi. Natijada prujina turtgichni va u bilan birga kontakt plastinasini yuqoriga suradi elektr tarmog’i uziladi. Elektr isitgich asbobi sifatidagi hozirgi dazmollarda maxsus qurilmalar borki, ular dazmolning ostki qismi qizishini ta’minlaydi. Issiqlik rostlagichli dazmolning tuzilishi ko’rsatilgan. Elektr dazmoldagi issiqlik rostlagichining tuzilishi va ishlash prinsipi rasmda aks etgan . Issiklik rostlagich ishlash prinsipi bimetall plastinaning isiganda egilishi va sovigach dastlabki holatiga qaytish xususiyatiga asoslangan. Bimetall plastina isiganida tirgakni ko’taradi, u esa kontakt plastinasi bilan bog’langan, surilma va qo’zgalmas kontaktlar ajralib elektr tarmog’ini uzadi. Isitgich elementi va u bilan birga bimetall plastina ham sovigandan keyin dastlabki holatiga qaytadi. Buning natijasida (egilgan po’lat plastina ko’rinishidagi) qaytargich prujina kontakt plastinasini bosadi, harakatchan va harakatsiz kontaktlar ulanadi, tok isitgich elementi orqali o’ta boshlaydi; dazmolning elektr zanjiri yana ulanganidan dalolat beruvchi signal lampochkasi yonadi. Issiqlik rostlagich dazmol tutqichidagi disk bilan borlangan. Diskda gazlamaning turiga ko’ra dazmollashning muayyan haroratiga mos belgi chiziqlari bor. Yasama issiqliq relesini konstruksiyalash Yuqorida aytilganidek, issiqlikning ta’sirida egiladigan bimetall plastinka issiqlik relesining asosiy qismidir. Uning shu xususiyatiga asoslanib, issiqlik relesining konstruksiyasini ishlab chiqish qiyin emas. Uning tarkibiga izolyasiya ashyosidan tayyorlanib, oyoqlar xam o’rnatilgan asos qisqichlar kiradi. Ularga vilkali elektr shnuri ulanadi. Asosga lampa patroni mahkamlanadi. Patronga esa 3 elektr lampa o’rnatiladi. Patrondan ma’lum masofada asosga vintlar yordamida stoyka mahkamlanadi va unga rostlash vinti burab kiritiladi. Stoykaning pastki qismidagi qoplagichga egiluvchi kontakt plastinasi kiritiladi. Rostlash vintining vazifasi egiluvchan kontakt plastinasini stoykadan uzib qo’yish va egiluvchan kontakt plastinasi bilan ana shu asosga patron va lampaning yaqiniga mahkamlangan bimetall kontakt plastinasi o’rtasidagi oraliqni rostlashdan iboratdir. Plastinka yoniga joylashgan va vilkali shnur bilan yoritish tarmog’iga ulangan 75 vt li cho’g’lanma lampasi ulanganida bir necha sekundda bimetall plastinka qiziydi. Plastina egiladi, kontaktni ajratadi va lampani uzadi. Lampa o’chadi. Bimetall plastina tez soviydi, to’g’rilanadi va egiluvchan kontakt plastinasiga yopishadi va lampani qaytadan yoqadi. Shunday qilib, moslama yoritish tarmog’iga ulangan bo’lsa, lampa har doim uchib-yonib turaveradi. Issiqlik relslari, avtomatik rostlagichlar va boshqa qurilmalarda qo’llanadigan bimetall plastinkalar chiziqli kengayishi turlicha metallardan tayyorlanadi. Masalan, 100° s qiziganda uzunligi 1 m mis sterjen 1,65 mm, temir sterjen 1,15 mm, alyuminiy 2,38 mm, rux sterjen 2,91 mm uzayadi va hokazo. Rele uchun bimetall plastinkani ikkita: alyuminiy va temir poloskalaridan tayyorlash kerak. Ularni bir-biriga moslab, zich qilib juftlash, qattiq siqib, bir qancha teshiklar parmalash va shundan so’ng mis parchinlar bilan biriktirish kerak. Poloskalarning o’lchamlari: uzunligi 150 mm, eni 10 mm, qalinligi — 0,3 dan 1 mm gacha bo’lishi lozim. Ushbu darsda yasama issiqlik relesining elektr zanjirini montaj qilish, rostlash va ishlatib ko’rishni amaliy topshiriq sifatida bajarishingiz kerak, Download 277.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling