I. K. Nabiyev Ilmiy rahbar, o`qituvchi


Download 25.79 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi25.79 Kb.
#216952
1   2
Bog'liq
Zamonaviy ta`lim talabida – Innovatsion go`yalarni qo`llash

Ta`lim innovatsiyalarita`lim sohasi yoki o`quv jarayonida mavjud muammoni yangicha ilg`or yondashuv asosida yechish maqsadida qo`llanilib, avvalgilaridan anchagina samarali bo`lgan natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyadir.

Zamonaviy sharoitda nafaqat rivojlangan xorijiy mamalakatlarda balki O`zbekistonda ham ta`lim sohasida “innovatsiya”, “innovatsion yondashuv“, “innovatsion ta`lim” kabi tushunchalarni keng qo`llanilmoqda. Lug`aviy ma`nosiga e`tibor qaratadigan bo`lsak “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan olib tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” deya talqin qilinadi. Asosan “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.

Avvalo innovatsiyalar haqida fikr yuritadigan bo`lsak, fanda asosan innovatsiyalar to`rtta turi ajratilib ko`rsatiladi:
-Yangiliklarni chetdan kiritilishiga ko`mak beruvchi yoki ularga agrissiv holatdagi, ya`ni qarshilik ko`rsatuvchi dalillarni o`rganish;

-Innovatsion jarayonlarni amaliyotga tadbiq etish;

-Innovatsion jarayonlarni boshqara olish;

-Innovatsion holatlarni va jarayonlarni tahlil qilish, tavakkalchilik va samaradorlikni baholash.

Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma`lum maqsadga yo`naltirish asosida nazariy va amaliy bilimlar amaliy ko`ninkma va malakalarni egallash, ta`lim jarayonida amaliy faoliyatni nazariy bilim va ko`ninkmalr bilan to`ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchlik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. Pedagogik Innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o`zgarishlarni sodir etish, sihat jihatidan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo`llaniladi.

Bugungi kunda har bir sohada bo`lganidek innovatsion faoliyat va ishlarni loyihalashtirish bosqichlari ta`lim tizimi faoliyatining sifat darajadsini tahlil qilish, yangilikni amaliy tadbiq qilish maqsad va vazifalarini shakllantirish va innovatsion majmuaviy tartibli va maqsadli dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish asosida quriladi.

Ta`lim sohasida birlashgan millatlar tashkiloti qoshidagi YUNESKO har yili ta`lim tizimida innovatsion texnologiyalar bo`yicha xalqaro konferensiyalar tashkil etmoq, o`rganayotgan mavzu bo`yicha jahondagi yangiliklardan xabardor bo`lish innovatsion tadqiqot va texnologiyalarning asosiy qismidir. Shuningdek, innovatsion faoliyat mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning pedagogic asoslariga bag`ishlangan loyihalar ustida ish olib boorish, mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan innovatsion tadqiqotlar ilmiy amaliy ahamiyatga ega bo`ladi.

Masalan, mahalliy kasblarga yoshlarni yo`llash pedagogik-psixologik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ko`pgina innovatsion loyihalar har yili o`tkazilayotgan tanlovlarda muvaffaqiyat qozona yotgani fikrimizning dalilidir. Jamiyatni barcha sohasini pedagoglashtirish muammosi doimo dolzarb bo`lib qoldi.

Tadqiqotchining innovatsion faoliyat qobiliyati;

-kommunikatsiya, axborot tizimidan foydalanish malakasi;

-xorijiy tillarda o`z tadqiqot mavzusining tushunchalarini, jahondagi xalqaro tillarni bilish;

-jahon axborottizimidagi noto`g`ri chalg`ituvchi axborotlardan ogoh bo`lish;

-mamlakatdagi dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogic muammolarni aniqlash;

-jahon faniga integratsiyalashuv tarmoqlarida foydalanish.



Innovatsion texnologiyalar shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda milliy an`analar, boy ham dunyoviy ham diniy o`tmish merosi bilan uyg`unlikda bo`lishi ta`lim tizimining sifatini oshishiga turtki bo`ladi.

Shunday qilib bugungi kunda innovatsion g`oyalarni ta`lim tizimida qo`llashda uning tuzulish strakturasi va o`rganilayotgan subyektga nisbatan mos bo`lishi ta`lim sifatini samarali bo`lishini ta`minlaydi.
Download 25.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling