I. K. Nabiyev Ilmiy rahbar, o`qituvchi


Download 25.79 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi25.79 Kb.
#216952
  1   2
Bog'liq
Zamonaviy ta`lim talabida – Innovatsion go`yalarni qo`llash


Zamonaviy ta`lim talabida – innovatsion go`yalarni qo`llash

Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 2-kurs talabasi: I.K. Nabiyev

Ilmiy rahbar, o`qituvchi: Z. Q. Murodova

Hozirgi zamonda jamiyatimizda turli xil o`zgarishlar bo`lmoqda. Bu o`zgarishlarni turli sohalarda ko`rishimiz mumkin, shu qatori ta`lim tizimida ham anchagina o`zgarishlar amalga oshirilib, yurtimiz kelajagi uchun yetuk kadrlarni tayyorlash muhim o`rin tutmoqda. Bugungi kunda oily ta`lim tizimida har bir tayyorlanayotgan kadrlar mamlakat rivojiga o`z xissalarini qo`shishlari lozimdir.

Bugungi kuda ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, turli hildagi tadqiqotlar olib borilmoqda. Bulardan ko`zlangan maqsad esa mamlakatimzxda sifatli va zamonaviy ta`lim tizimini tashkil qilishdir. Bu yo`nalishda professor pedagoglarimizning izlanish olib borayotganlari, ta`lim tizimida tub o`zgarishlarni amalga oshishiga olib kelmoqda.

2018-yilni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarini qo`llab-quvvatlash yili” deb, davlat dasturini amalga oshirilgani ham ta`lim tizimiga qaratilgan e`tibordan biridir. Chunki bunda faqatgina “faol tadbirkorlik” emas, aksincha ta`lim tizimida qo`llanilishi kerak bo`lgan innovatsion g`oyalarni ham o`z ichiga oladi. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalana olish ham ta`lim tizimining samaradorligi uchun muhimdir.

2017-2021- yillardagi amalga oshirilayotgan Harakatlar strategasi ham ijtimoiy soha bo`lgan ta`lim tizimini ham qamrab oladi. Bunda turli hildagi g`oyalarni amalga oshirish, sifatli va ishonchli ta`lim olib borishni muhim o`ringa qo`yilgan.

Shuningdek bugungi kunda Innovatsion tafakkur qilish, fikrlash tarzini va o`sib kelayotgan yosh pedagoglar kasbiy mahoratini mukammallashtirib, bugungi zamonaviy jamiyatga moslashtirish kabi faoliyatlarni amalga oshirmasdan turib zamonamiz ta`lim tizimi takomillashtirishni amalga oshirib bo`lmaydi. Mazkur holatlar ta`lim tizimida tadbiq etilayatgan pedagogik innovatsiyalarda tizimlilik va yaxlitlikni amalga oshirgan bo`lardi. Innovatsion ta`lim jarayonida qo`llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta`lim texnologiyalari yoki ta`lim innovatsiyalari deb nomlanadi.




Download 25.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling