I. Kirish Algoritmlash va dasturlash haqida tushuncha II. Asosiy qim


Download 375.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana27.06.2023
Hajmi375.14 Kb.
#1657167
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
To`g`ridan to`g`ri saralash algoritm va dasturlash04

 
X u l o s a
Asrimizni globallashtirish va axborotlashtirish asri deb yuritilmoqda. 
Darhaqiqat har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot 
texnologiyalarisiz, ayniqsa komphyuterlarsiz tasavvur etish mushkul. 
Axborot- 
kommunikasiya texnologiyalari (AKT) sohasi inson faoliyatining yuqori 
sur‘atlarda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan alohida sohalaridan 
hisoblanadi. . 
Bu esa ta‘lim tizimida, xususan o‘quv jarayonlarini tashkil etish va 
amalga 
oshirish, o‘quv-uslubiy ta‘minotni rivojlantirish, ayniqsa o‘quv 
mashg‘ulotlarini 
o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini oshirish borasida yangicha 
mazmun va 


mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda. 
Shu narsa quvonchliki, Respublikamizni mustaqillikka erishuvi natijasida 
hozirgi kunda barcha o‘quvchilar va talabalar zamonaviy 
kompyuterlardan 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bois ham, "Informatika va 
axborot 
texnologiyalari" fani barcha o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan kompyuter 
savodxonligi 
borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiritilgan Davlat ta‘lim 
konsepsiyasiga 
asoslanadi. 
Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o‘qituvchi va 
talabalarga davlat tilida kerakli o‘quv adabiyotlarini yetkazish alohida 
ahamiyatga 
ega. 
Uslubiy qo‘llanma informatika fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, u algoritm tushunchasi, unig xossalari,berilish usullari, turlari va 
qo‘llanilish o‘rni, matematik masalalarni yechish algoritmlarini tuzish 
yuzasidan 
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy 
bilimlarni o‘z 
ichiga olgan. 
Uslubiy qo‘llanma 2 ta paragrafdan iborat bo‘lib, u algoritm va 
algoritmlash 


jarayoni to‘g‘risida umumiy ma‘lumotlar, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil 
ishlash 
uchun masalalar, takrorlash uchun savollar, nazorat uchun test savollari 
va 
foydalanish uchun adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan. 
Uslubiy qo‘llanmadan maktab o‘qituvchilari ― Informatika va hisoblash 
texnikasi asoslar‖ fanidan algoritm va algoritmlash jarayoniga doir 
mavzularni 
o‘qitishda foydalanishlari mumkin. 
Bundan tashqari uslubiy qo‘llanmadan sanoq sistemalarini o‘rganishga 
qiziqqan barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji 
o‘quvchilari, oliy 
o‘quv yurti talabalari va magistrlari ham foydalanishlari mumkin. 

Download 375.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling