I. Kirish Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion rivojlanish va raqobat bozori sharoitida korxonalar hamda tashkilotlar amaliy faoliyatining muhim bo‘lagi hisoblangan marketing tizimiga bo‘lgan qiziqish keski


Download 54.23 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi54.23 Kb.
#1522442
  1   2   3
Bog'liq
mah



I.Kirish

Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion rivojlanish va raqobat bozori sharoitida korxonalar hamda tashkilotlar amaliy faoliyatining muhim bo‘lagi hisoblangan marketing tizimiga bo‘lgan qiziqish keskin oshgan. Sanoat tovarlari va xizmatlar marketingi bozorda vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni hamda xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni hamda xizmatlarni ishlab chiqarishni tashil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. O‘zbekistonda marketing faoliyati jadal rivojlanmoqda. Marketing bugungi kunda tadbirkorlikning eng muhim funksiyalaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Xaridorlar talablari va qiziqishlarini o‘rganish, shu asosda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish, talabni takror ishlab chiqarish korxonalarning asosiy vazifasidir. Mazkur o‘quv qo‘llanmaning maqsadi tovarlar va xizmatlar marketingini o‘rganayotgan barcha talabalarga uslubiy yordam ko‘rsatish, ularni yangi nazariy bilimlar va amaliy knikmalar bilan boyitish, ishlab chiqarish hamda servis sohasida vujudga kelayotgan murakkab marketing vaziflaarini hal qilishga tayyorlash hisoblanadi. “Tovarlar va xizmatlar marketingi” fani sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar iqtisodiy faoliyatida marketingning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganish bilan birga, tovarlar va xizmatlar bozorlarida samarali faoliyat yuritish amaliyotida vujudga keladigan muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda, shuningdek, sababiy bog‘liqlikda xulosalar yasashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarni sanoat tovarlari va xizmatlar marketingining o‘ziga xos xususiyatlari, uning nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishtirish, sanoat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida marketing vazifalarini tashkil qilish, boshqarish va amalga oshirish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.Mazkur o‘quv qo‘llanma korxonalarda marketing faoliyatini shakllanishiga yangicha, O‘zbekistoning sanoat tovarlari va hizmatlar bozori konsepsiyasi asosida yondashilib, unda iste’mol va sanoat tovarlari ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning marketing faoliyati jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar markaziy o‘rinni egallashi asoslandi. Shu bilan birga o‘quv qo‘llanmada, chet ellarda chop etilgan adabiyotlardan foydalanib, tovarlar va xizmatlar marketingning nazariy tushunchalari, rivojlangan bozor sharoitida korxonalar tomonidan qo‘llanilayotgan yangi konsepsiyalar hamda uslublari va boshqalarga alohida ahamiyat berildi. Mazkur o‘quv qo‘llanma marketing majmuasini mantiqiy yo‘nalishida va bozor amaliyotiga mos ravishda yozildi. Ko‘pchilik mavzular nazariy tushunchalar bilan birga amaliyotdan olingan lavhalar-tajribalar bilan izohlandi. Iqtisodiyotning rivojlanishi va xaridorning xatti-harakatlarining hozirgi evolyutsiyasi (masalan, faol mijozlar, mijozlarning jamoaviy harakati va sotib olish xatti-harakatlaridagi his-tuyg‘ulari) va boshqaruv amaliyotlari (masalan, marketingni kuchayishi, tarmoqlar va sohalarning o‘ziga xos bo‘lgan marketingi va differensiatsiyalashuv) bozorni o‘ziga xos bo‘lgan B2B va B2C kabilarga bo‘lib o‘rganishni taqozo etmoqda. Marketing fanining bunday ikki yirik soha bo‘yicha bo‘linishi esa ularning fan olamida nazariy jixatlarini o‘rganish va takomillashtirishga bo‘lgan metodologik asoslarni yaratishni taqozo qilmoqda.B2B va B2C kabi marketingning o‘zaro ajralishi marketing ilmi uchun yangi dinamik logikani boshlab berdi va bu esa fanni o‘ziga xos bo‘lgan turli jabhalarini o‘rganishni yanada osonlashtirdi. Shu nuqtai nazaridan, aksariyat olimlarning tadqiqotlarida B2B va B2C marketingi nazariyalarini o‘rganish odatda ularning farqli jixatlarini asoslashga asosiy etibor qaratilgan.Ishlab chiqarish yoki sanoat marketingi (B2B) bozorlarida bir korxona (tashkilot) boshqa korxonaning (tashkilotning) mahsuloti va xizmatini o‘zining ichki foydalanishi yoki boshqa korxonalarga (tashkilotlarga) sotish uchun, shuningdek, ular ham sotib olingan mahsulot va hizmatni huddi shunday maqsad uchun sotadi va sotib oladi. Bunday tovarlar iqtisodiyotning tijorat, notijorat va davlat sektorlarida mavjudir. Ular iste’mol bozorlaridan shu bilan farqlanadiki, bu holatda so‘ngi xiridor korxonaning egasi yoki hodimi hisoblanadi, ular esa mahsulotni va hizmatni o‘z yakka yoki o‘z ishlatishi uchun emas, balki uni o‘zining korxonasida ishlatish uchun sotib oladi.
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning bosh tarmog‘i,iqtisodiyotning poydevoridir. U butun ishlab chiqarishni globallashtirish muammolarini xal etishning kalitidir. Sanoat - milliy iqtisodiyot va moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i bo‘lib, unda moddiy ne’matlar yaratiladi va u ishlab chiqarish hamda ishlov berish bilan band bo‘lgan korxonalar majmui hisoblanadi. Sanoat tovar ayirboshlash jarayonini boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanib, bu zanjirning uzluksizligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, xalqaro hamkorliklari sanoatda o‘z ifodasini topadi. Sanoat moddiy ishlab chiqarishni asosini tashkil etgani holda, undagi barcha jarayonlar sanoat korxonalarida amalga oshiriladi.



2.1.Ishlab chiqarish xarajatlari auditi
Moddiy boyliklar boMib, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xomashyo va materiallar, tovar mahsulotlar kabi mehnat vositalari va mehnat predmetlari hisoblanadi.Mazkur mavzuda asosiy vositalar xomashyo va materiallar, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotlari, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxi auditining ham nazariy, ham uslubiy jihatlarining yoritilishi mavzuning ta'limiy o'quv maqsadini tashkil etadi,
chunki bu mavzu bo'yicha ularni o‘zlashtirish orqali talaba egallashi lozim boMgan bilim, ko‘nikma va malaka unda shakllanadi.Moddiy boyliklar va ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha o'tkaziladigan auditning mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntirish orqali talabalar ongiga moddiy boyliklarni saqlanishi va ulardan samarali foydalanilishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, xarajatlarning kamaytirilishi esa foydaning ko‘payishiga, iqtisodiyotning mustahkamlanishiga olib kelishligi to‘g‘risidagi fikr va g‘oyalarni singdirish imkoniyatini beradi. Bu esa mavzuning tarbiyaviy o'quv maqsadini ifodalaydi.Auditni uyushtirishda nafaqat asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar holatini, balki ulardan foydalanish samaradorligini ham tekshirish katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun shu jarayonni o'zaro bogMagan holda o‘rganish mavzuning rivojlantiruvchi o'quv maqsadini tashkil qiladi.Auditor asosiy vositalarning ushbu schotlardagi qoldiqlarini ularning haqiqiy qoldig‘i bilan ham solishtiradi. Asosiy vositalarning haqiqiy qoldig'i inventarizatsiya qilish natijasida aniqlanadi. Shundan keyin asosiy vositalarning harakati, ya’ni kirim va chiqimi audit qilinadi.Asosiy vositalarning kirimi audit qilinganda kirim hujjatlari asosida asosiy vositalarning to‘g'ri baholanishiga, buxgalteriya hisobi schotlarida ham sonining, ham hajmining to‘g‘ri aks ettirilishiga e’tibor beriladi. Yangi jihozlar qabul qilinganida ularning to‘liqligiga, texnik holatiga alohida e’tibor beriladi. Ayrim hollarda korxona tomonidan ma’naviy eskirgan asosiy vositalar xarid qilingan boiishi mumkin. Qurilish orqali kirim qilingan asosiy vositalarning smetalari, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarining hisob- kitoblari to‘liq tekshiriladi. Asosiy vositalar ta’sischilardan, homiylardan va boshqa shaxslardan tekinga olingan boMsa, ushbu jarayonni auditor qabul qilish hujjatlari, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari va buxgalteriya yozuvlarini solishtirish orqali tekshiradi.Auditor asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va tugatilishi holati auditini ham maxsus amalga oshiradi. Asosiy vositalar to‘liq eskirgan, o‘z foydalanish muddatini to‘liq o‘tagandan keyingina hisobdan chiqarilishi lozim. Agar asosiy vosita toia eskirmasdan yoki o‘zi bajaradigan ish hajmini bajarmasdan xo‘jalikdan chiqib ketgan bo'lsa, uning sabablari chuqur o‘rganiladi. Imorat va inshootlar xo‘jalikdan chiqarilganda, ularga amortizatsiya to‘g‘ri hisoblanganligi, buzishdan olingan inventar va materiallarning toiiq kirim qilinganligi, tabiiy ofat natijasida xo'jalikdan chiqqan bo‘lsa, so‘g‘urta qaytimi olingan-olinmaganligi. chorva mollari so‘yish orqali chiqarilgan bolsa, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining to‘liq daromadga olinganligi, ko‘p yillik dov-daraxtlar bo‘lsa, siyraklashib qolgan holati kabilar chuqur tekshirilishi kerak. Bunday operatsiyalarni auditor asosiy vositalarning holatini va eskirishini aks ettiruvchi hujjatlar hamda ularning pasporti orqali tekshiradi.Auditor asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi schotlarida aks etti- rilishiga alohida e’tiborni qaratishi kerak. Auditor 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar», (0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar schotlari») va ular bilan bogiiq bo‘lgan schotlarning buxgalteriya hisobi yozuvlarini bir-biriga solishtirib chuqur tekshiradi. Asosiy vositalarning ko‘payishini ularning turlari bo‘yicha 0110-«Yer», 0120-«Binolar,inshootlar va uzatuvchi moslamalar», 0130-«Mashina va asbob-uskunalar», 0160-«Transport vositalari» va boshqa schotlarning debet tomonida aks ettirilgan bo‘ladi. Auditor ushbu schotlardagi yozuvlarni 0820, 0840, 0310, 4710, 8510, 8530 va boshqa schotlarning kreditdagi yozuvlari bilan o‘zaro solishtirish orqali tekshiradi. Asosiy vositalarning ko‘payganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda (qabul qilish dalolatnomalari, schot-fakturalar, nakladnoylar, vedomostlarda) o‘z aksini topgan boMadi. Asosiy vositalarning kamayishini ham auditor 9210, 9310, 0200, 8530, 5110, 5200 va boshqa schotlardagi ma’lumotlar bilan o‘zaro solishtirib tekshiradi. Audit qilish natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar auditor tomonidan umumlashtirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Tekshiruv natijasi auditorlik hisoboti va xulosasida o‘z aksini topadi. Xomashyo va materiallarning auditi.Xomashyo va materiallar tovar-moddiy boyliklarning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi qishloq xo‘jalik korxonasida xomashyo va materiallarni to‘g‘ri hisobga olish va nazoratini tashkil qilish iqtisodiyot taraqqiyoti nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga egadir. Xomashyo va materiallar mahsulot ishlab chiqarishning asosini tashkil qiladi. Ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ular qancha kam sarflansa, mahsulot shuncha arzonga tushadi. Demak, xomashyo va materiallardan samarali foydalanish natijasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan moddiy xarajatlar hissasi kamayib, foyda oshib boradi. Ushbu schotlarning ma’lumotlari xomashyo va materiallarni audit qilish uchun asos bo‘ladi. «Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» ma’lumotlarini ular bilan o‘zaro aloqada boladigan schotlar, bosh dattar, aylanma qaydnoma va balans ma’lumotlari bilan solishtirish orqali auditorlik tekshiruvi amalga oshiriladi.
Auditor xomashyo va materiallarning holati va harakatini quyidagi tartib­da audit tekshiruvidan o'tkazadi:
- xomashyo va materiallarning haqiqiy qoldig‘ini inventarizatsiya o‘tkazish orqali aniqlaydi vauni buxgalteriya hisobi schotlaridagi qoldig‘i bilan solishtirish yo‘li bilan tekshiradi;
- xomashyo va materiallar narxining to‘g‘ri qo‘yilishi va unga amal qilinishini tekshiradi;
- materialllar kirimi va chiqimi bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘g'ri hujjatlashtiriIganligini va buxgalteriya hisobi schotlarida aniq aks ettirilganligini tekshiradi;
- sarflangan xomashyo va materiallarning mahsulot tannarxiga to‘g‘ri olib borilganligini tekshiradi;
- tovar-moddiy boyliklar tarkibidagi materiallarning normativ zahiralar bo‘yicha saqlanish holati tekshiriladi.
Auditor xomashyo va materiallarni audit qilganda. ishlab chiqarish jarayo- nining xomashyo va materiallar bilan ta’minlanish darajasiga, materiallarga bo‘lgan talab darajasining asoslanganligiga, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketadigan asosiy va qo‘shimcha materiallarning me’yoriga mos kelishligiga, mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning asos­ langanligiga, xomashyo materiallar uchun ortish-tushirish va tashish xara- jatlarining to‘g‘riligiga va boshqalarga e’tibor berishi kerak.Xomashyo va materiallarning qoldig‘i buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi, ikkinchi bo’limda aks ettirilgan. Ushbu qoldiq moddiy resurslarning haqiqiy hajmi bilan solishtiriladi. Buning uchun auditor xomashyo va materiallarning inventarizatsiyasini o‘tkazadi. Inventarizatsiya jarayonida xomashyo va materiallarning sifatiga, foydalanish muddatlariga alohida e’tibor beriladi.Xomashyo va materiallarning haqiqiy qoldigM aniqlanganidan so‘ng, ularning harakati va ulardan foydalanish ahvoli tekshiriladi. Bunday tekshiruv faqat hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Auditor ishonch qog‘ozlari, schot-fakturalar, kirim nakladnoylari, chiqim nakladnoylari kabi dastlabki hujjatlardan keng foydalanadi.Xomashyo va materiallar harakati bilan bog‘liq boMgan operatsiyalar 1000 schotning debeti va u bilan aloqada boMgan schotlarning kre­ ditidagi yozuvlar orqali audit qilinadi. Bunda mol yetkazib beruvchilar bilan olib borilgan hisob-kitoblar (6010, 5110, 5200, 5500 va boshqa schotlar bo‘yicha), materiallar bo'yicha mol yetkazib beruvchilarga bildirilgan da'volar va ularning undirilib olinishi 1000, 6010, 5110, 5200 va boshqa schotlar bo’yicha tekshiriladi. Auditor xomashyo va materiallar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat soligMning to’g‘riligining auditini l000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar», 6410-«Budjetga to’lovlar bo‘yicha qarz», 4410-«Budjetga soliqlar va yigMmlar bo'yicha bo‘nak to’lovlar», 51 IO-«Hisob-kitob schoti» va boshqa schotlar orqali amalga oshiradi.Xomashyo va materiallarning ishlab chiqarishga sarf qilinishi, sotilishi va hisobdan chiqari 1 ishi 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar»ning krediti va u bilan bogMiq bo’lan schotlarning debetidagi yozuvlar orqali audit qilinadi. Ushbu schotning kreditidagi yozuvlar 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»,2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari», 2800-«Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schotlar», 9720- «Favquloddagi zararlar», 4730-«Moddiy zararlarni qoplash bo'yicha xodimlarning qarzlari», 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan bo‘naklar», 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar», 5110-«Hisob-kitob» schoti, 5200-«Chet el valutalaridagi pul mablagMarini hisobga oluvchi schotlar» kabi schotlarning debetidagi yozuvlar bilan sol ishtir ish orqali tekshiriladi. Mos kelmaslik holatlarining sababi o‘rganiladi.Auditor korxonada mavjud boMgan xomashyo va materiallarning holati va harakatini tekshirib bo’lganidan keyin unda aniqlangan xato-kamchiliklar va noqonuniy operatsiyalar auditor hisoboti va xulosasida aks ettirilishi kerak.chiqarish xarajatlarsiz sodir boMmaydi. Ishlab chiqarish xarajatlari, asosan, urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash materiallari, yern-xashak, mehnat haqi kabilardan iborat boMadi. Xarajatlar qancha kam sarflansa, tannarx pasayadi, foyda ko‘payadi, oqibatda korxona iqtisodiyoti mustahkam boMadi. Shu bois xarajatlarni doimiy ravishda nazorat qilib turish katta ahamiyatga ega.
0 ‘simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xara­ jatlari buxgalteriya hisobining 2010-«Ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schotlar»da hisobga olib boriladi. Ushbu schotning debetida xarajatlarning davr boshiga qoldig‘i va joriy davrda sarf bo‘lgan xarajatlar, kreditida qabul qilingan tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.2010-schotining debeti mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bogMiq boMgan to‘g‘ri xarajatlar hamda yordamchi ishlab chiqarish, boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo’lgan bilvosita xarajatlar aks ettiriladi.


2.2.Mehnat haqining rejadagi va haqiqiy miqdorini aniqlash
Tahlilning asosiy tamoyillari va usullaridan biri solishtirishdir. Ish haqi bo‘yicha haqiqiy erishilgan natijani reja bilan solishtirishda, eng awalo, uning rejadagi miqdorini to‘g‘ri hisoblab olish lozim, chunki bu ko'rsatkich ish haqi bo'yicha biznes-rejani tuzishda, uning strategiyasini aniqlashda qo'llaniladi.Ish haqining rejadagi miqdorini aniqlash uchun kompaniya (korxona)ning shtat jadvali bo'yicha xodimlar va ularning O'zbekistonda amal qilayotgan yagona tarif setkasidagi razryadlar koeffitsiyentlari olinadi. Bu ko'rsatkichlar minimal ish haqi miqdoriga nisbatan hisoblanadi. Buni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:

Download 54.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling