I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


-mavzu. Shayboniylar davrida Samarqand: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot


Download 1 Mb.
bet11/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

7-mavzu. Shayboniylar davrida Samarqand: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot
REJA:

  1. Shayboniy tomonidan Samarqandning egallanishi.

  2. Shayboniylar davlatida qo’shhokimiyatchilik

  3. Shayboniylar davrida Samarqandda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot


Tayanch so’z va iboralar: Dashti Qipchoq. Shaboniylar. Buxoro xonligi. Buxoro xonligida qo’shhokimiyatchilik. Abdullaxon II.

Shayboniylar davrini tahlil etishda bu sulolaning ildizi, shajarasinio’rganmoqmuximdir. Shaybon xon bu Chingizxonning katta o’g’li Juchining beshinchi farzandi bo’lib, otasigategishlibo’lganxozirgiQozog’istonningjudakatta xuxudlarida hukmronlik qilgan. Ushbu ulo’sga keyinroq uning avlodlariBaxodirxon, Juchi Buko,Badaqo’l, Pulatxon, Abo’lxayrxon va boshqalar egalik qilishgan. Shayboniylar sulolasining kuchli rivojlangan va bevosita Movarounnahrga aloqador davri Abo’lxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon nomi bilan bog’liq. U 1451 yilda tug’ilgan. Bobosi, O’zbeklar davlatining, Mirzo Ulug’bekning kuyovi Abo’lxayrxon va otasi Shox Budog’ Sulton o’limidan so’ng boshlangan qirg’inlardan Movarounnaxrga qochib qutulgan. Avval Samarqand, keyin Byxopo madrasalarida ta’lim olgan. Uzoq harakatlar natijasida nufo’zli ruxoniy va harbiy shaxslar yordamida XX asr oxirlariga kelib Muhammad Dashtu qipchoq nomi bilan (mashxur bo’lgan erlarda o’z hukmronligini o’rnatishga muvaffaq bo’ladi. Oldiga qo’yilgan asosiy maqsadi Turkiston zaminidagi, siyosiy beqarorlikni tugatish, kuchli markazlashgan davlat tuzish edi.


3-4 yillik yurishlar tufayli Qizil O’rda, Xorazm, Byxopo, Shahrisabz, Samarqand erlarini egallaydi. O’zaro hududiy janglar va beqapoplikdan tinkasi qurigan halq unga aytarlik qarshilik ham ko’rsatmagan. Asosiy raqibi sanalmish Boburni izma-iz ta’qib eta borib, Toshkent, Andijon va Qashqadaryo vohalarini qo’l ostiga o’tkazgan. Keyinroq Hirot, Astrobod, Jurjon erlari ham egallangan. 1510 yildagi o’limiga qadar Markaziy Osiyoda ulkan davlatni tashkil etishga ulgurgan edi. Buxoro nomini (1557 yildan rasman) olgan bu davlat Kaspiy dengizi etaqlaridan Xitoygacha, Sirdaryo xavzasidan Afg’oniston markazigacha bo’lgan hududda joylashgan edi.
XVI asr boshlarida Movarounnahr va unga tutash yerlarni qurol kuchi bilan bo‘ysundirgan Muhammad Shayboniyxon «otimizning egari – bizning poytaxtimiz» deb aytsada, Samarqand shahri hokimiyat tepasiga kelgan yangi sulolaning bosh shahri vazifasini o‘tadi. Muhammad Shayboniyxon, XVI asr muarrixi Hofiz Tanish Buxoriyning yozishicha, o‘g‘li Muhammad Temur sultonni o‘z merosxo‘ri etib tayinladi va «unga xon unvonini berib, Samarqandni boshqarishni unga topshirdi va bu bilan uning obro‘sini juda baland ko‘tardi». Bu xabarning to‘g‘riligini shu asrda yashagan muallif Fazlulloh ibn Ro‘zbexon ham tasdiqlab, shavkatli qo‘shin boshlig‘i Shayboniyxonni poytaxt shaharda valiahd Muhammad Temur sulton tomonidan dabdaba bilan kutib olingani haqida xabar beradi.
Shayboniylar «go‘zal Samarqand shahrini yana adolatli harakatlar va hayrli hamda e’tiborli ishlar manbaiga aylantirdilar». Yangi sulola vakillarining barcha ichki va tashqi siyosati shu markazdan turib amalga oshirildi. Poytaxt shaharda yarim ko‘chmanchi o‘zbeklar harbiy aristokratiyasi bilan mahalliy hukmron doira vakillari va zodagonlar hamkorlikda
hokimiyatni boshqarishni amalga oshirdilar. Muhammad Shayboniyxonning nisbatan qisqa hukmronligi davrida shaharda ayrim sohalarda jonlanish sodir bo‘ldi. Oliy hukmdor poytaxt shahardagi qurilishlarga alohida e’tibor qaratdi. Bu hukmdor tomonidan madrasa barpo ettirilgan bo‘lib, bu haqida unga zamondosh tarixchi, Shayboniyxon «shaxsan o‘zi qurdirgan Madrasayi Oliyaga» borganini qayd etib o‘tadi. Muhammad Shayboniy­xonning 1510 yildagi fojiali o‘limidan so‘ng, shayboniylar orasidagi sarosimalikdan foydalangan Zahiriddin Muhammad Boburning Eron shohi Ismoil Safaviyning ko‘magiga tayanib Movarounnahrni qo‘lga kiritish borasidagi harakatlari besamar ketdi. Bu kurashda alohida faollik ko‘rsatgan Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydulla sultonning siyosiy
mavqei kuchayib bordi.
Ubaydulla sulton Muhammad Shayboniyxon tomonidan boshqaruv uchun berilgan Buxoro viloyatining hukmdori Mahmud sultonning o‘g‘li bo‘lib, 1512 yil u va Bobur o‘rtasida «Buxoro yaqinida jang bo‘lib o‘tdi. Ubaydullaxon g‘alaba qozondi». Bu haqida XVII asr muallifi Muhammad Yusuf Munshiy quyidagilarni qayd etadi: «Bobur qochdi va butun Movarounnahr shayboniy sultonlar hukmronligiga o‘tdi. Ular uning hamma viloyatlarini o‘zaro taqsimlab oldilar, (buning natijasida) Ubaydullaxonga hukmronlik uchun Buxoro, Karmana va Miyonqol tegdi». Bu xabar XVI asr muallifining Movarounnahr oliy hukmdori bo‘lgan Kuchkunjixon (1510-1530) tomonidan turli viloyatlar shayboniylar sulolasi vakillariga ulashib berilgani va «Ubaydullaxonning merosiy mulki bo‘lgan Buxoroni boshqarishni /Ubaydullaxon/ hazratlariga topshirdi, mukofot tarzida esa unga Qorako‘l va Qarshini ham berdi» degan ma’lumotini tasdiqlaydi. Shu tariqa Movarounnahrning yirik viloyatlaridan biri - Buxoroda hukmronlik qilgan Ubaydulla sulton 1533 yilda oliy hukmdorlik unvoniga erishgach, garchand rasman poytaxt Samarqand sanalsada, davlatni Buxorodan turib boshqardi.
Shu tariqa, Samarqand, davlat poytaxti va hukmron sulolaning eng katta vakili – xon qarorgohi sifatidagi o‘z mavqeini saqlab qoldi. Qayd etib o‘tish kerakki, ayni paytda har gal xon etib tayinlangan yangi hukmdor o‘zining mulkiy qarorgohiga davlat poytaxtiga qaraganda ko‘proq e’tibor qaratar edi. Bu XVI asr muallifining quyidagi so‘zlari bilan ham tasdiqlanadi: «Ubaydullaxon balovu ofatlarni daf’ qiluvchi Buxoro shahri obodonchiligi
va qurilishlari uchun ko‘p sa’y-harakatlar ko‘rsatdi».
Ubaydullaxon o‘limidan so‘ng Movarounnahrda hukm surgan siyosiy parokandalik oqibatida markaziy hokimiyatning parchalanish jarayoni va ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Natijada Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1541–1550) Buxoro taxtida o‘tirgan bo‘lsa, Samarqandda oliy hukmdor sifatida Kuchkunjixonning o‘g‘illari – avval Abdullaxon I (1541 yil mart – 1541 yil sentyabr), so‘ngra Abdullatifxon (1541–1551 yillar) hukmronlik qildilar. Ushbu siyosiy holatga muvofiq ravishda Samarqand Buxoro kabi poytaxt shahar vazifasini ado etishni davom ettirdi.
Yakka hokimlik uchun kurash natijasida Abdulazizxonning o‘limidan so‘ng 1551 yil Samarqand hukmdori Abdullatifxon hamda Toshkent va Turkiston hukmdori Navro‘z Ahmadxonning «hisobini aniqlab bo‘lmaydigan behisob» qo‘shini Buxoroni qo‘lga kiritish uchun yurish qildilar. Abdullatifxonning o‘limidan so‘ng Samarqand taxtiga Baroqxon nomi
bilan Navro‘z Ahmadxon (1551-1556 yillar), Buxoroda esa Ubaydullaxonning nabirasi Burxon sulton taxtga o‘tirdilar. Davlatni boshqaruv sohasida yuzaga kelgan bu holatni XVI asr o‘rtalarida O‘rta Osiyoga kelgan turk admirali Seydi Ali Raisning quyidagi so‘zlari ham tasdiqlaydi. «...Samarqand podshohi Abdullatifxon vafot etib, Baroqxon Samarqandda xonlik taxtiga o‘tirgan, Balxda Pirmuhammadxon, Buxoroda esa Sayid Burxonxon o‘z nomlariga xutba o‘qitganlar».
«Davlatni qo‘riqlash, hamma qo‘shin va aholining ahvoli haqida qayg‘urmagan» Burxon sultonning hukmronligi ham Baroqxonning o‘limidan so‘ng uzoqqa cho‘zilmadi. 1557 yil yaqin amirlardan biri tomonidan uyushtirilgan fitna oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Shu davrdan boshlab qat’iyatli Abdulla sultonning Movarounnahr siyosiy hayotidagi ahamiyati oshib bordi. Uning otasi shayboniylardan Jonibek sultonning o‘g‘li Iskandar edi. Movarounnahrdagi markazlashgan hokimiyatni tiklashga bel bog‘lagan Abdulla sulton 1557 yilda Buxoroni egalladi va oliy hukmdor etib tarkib topgan an’anaga ko‘ra Jonibek sulton avlodidagi eng keksa vakil – Pirmuhammadxonni tayinladi (1557–1560 yillar). Bunga qadar Balxda yashab
kelgan bu hukmdor qolgan umrini ham shu shaharda o‘tkazdi. Buxorodagi haqiqiy hokimiyat esa Abdullaxon qo‘lida to‘planganicha qolaverdi. 1560 yilda Pirmuhammad bilan aloqasini uzgan Abdullaxon Buxoro taxtiga otasi Iskandarxonni (1560–1583) o‘tkazsada, yana real hokimiyat uning qo‘lida qoldi. Bu haqida Xojamqulibek Balxiy quyidagilarni qayd etadi: «Jonibek
sultonning o‘g‘li Iskandarxon o‘z o‘g‘lining harakatlari natijasida shavkatli shaharda taxtga o‘tirdi. Xutba va tangalar uning nomi bilan bezandi». Iskandarxonning o‘limidan so‘ng esa Abdullaxon Buxoro taxtiga to‘la qonli voris sifatida o‘tirdi. Davlatni parokandalik va siyosiy boshboshdoqlikdan qutqarishga, hokimiyatni markazlashtirishga harakat qilgan Abdullaxon katta hududlarni o‘z ichiga olgan markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Uning davrida Buxoro uzil-kesil shayboniylar davlatining poytaxtiga aylandi. Bu haqida shu davr tarixchisi «Shavkatli shahar Buxoroni u davlat poytaxtiga aylantirdi», - deb yozadi.
Shayboniylar davlatining bir muddat poytaxti vazifasini o‘tagan Samarqand ham ayrim jabhalarda rivojlanish jarayonini o‘z boshidan kechirgan bo‘lsada, uning bu boradagi odimlari Buxoronikidan ancha yiroqda edi. Bu yerda ham Buxorodagi kabi katta qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, Kuchkunjixon tomonidan Alayka-ko‘kaldoshning Juma masjidida
marmar minbar (1528 yil), Juvonmard Alixon tomonidan hammom (1574 yil), Qozi Soqiy madrasasi, Sherdor (1636 yil) va Tilla-qori (1647-1660 yil) madrasalari qurildi. Lekin shahar o‘z rivojlanishida poytaxt Buxorodan ancha orqada qoldi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling