I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


-mavzu. XX asrning 20-30 yillarida Samarqandning ijtimoiy-siyosiy hayoti


Download 1 Mb.
bet17/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

3-mavzu. XX asrning 20-30 yillarida Samarqandning ijtimoiy-siyosiy hayoti
XX asr boshida sobiq Rossiya imperiyasining butun xududida kechgan qizg’in ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Samarqand shahrining keyingi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida aks etmay qolmadi. Bu, ayniqsa, 1918 yil boshida Turkistonda sho’rolar hukumati o’rnatilgandan so’ng murakkab va ziddiyatli ijtimoiy ja-rayonlarda o’z ifodasini topdi.
Ma’lumki, Vatanimiz tarixining mana shu davrida Samarqand nafaqat Turkistonning, balki O’rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri hisoblangan holda sosializm mafkurachilarining e’tibori-dan chetda qolishi mumkin emasdi. Ularning fikriga ko’ra, shahar o’lkada sho’rolar hokimiyatini tarqatuvchi tayanch nuqtalaridan biri vazifasini o’tashi kerak edi. Bundan tashqari, Samarqand bolsheviklarning Buxoro amirligini bosib olishi va amirlikning tugatilishidagi muhim istehkomlardan biri ham edi.
Mamlakatdagi boshboshdoqlikdan foydalanib, siyosiy kuchlar o’rtasiga nifoq solgan bolsheviklar bu shaharda ham hokimiyatni egalladilar. Biroq, 1918 yil yozidan boshlab sho’rolar hokimiyatiga qarshi qurolli isyonlar Samarqand viloyatida keng tus olib, o’tgan asrning 20-yillari oxirigacha davom etdi.
Sho’rolar hukumatining 30-yillardagi islohotlari: yer-suv islohotining amalga oshirilishi, qishloq xo’jaligini kollek-tivlashtirish, industrlashtirish va madaniy inqilob siyosati Samarqandni ham chetlab o’tmadi. Bu jarayonlar bilan birga davom etgan qatliomlar bevosita samarqandliklarga - ziyolilar va-killari, ruhoniylar, dehqonlar va xizmatchilarni o’z domiga tortdi. 1925- yil noyabr oyida kompartiyaning rasmiy siyosatiga qarshi chiqqan "O’nsakkizlar guruhi" orasida samarqandlik rahbar xodimlar: Mirzaxo’ja O’rinxo’jayev (Samarqand viloyati ijroqo’mi raisi), Nasim Shirinov (Samarqand uyezdi partiya qo’mitasi mas’ul kotibi)lar ham bor edi. Keyinroq "O’nsakkizlar guruhi" a’zolarining taqdiri fojiali tugadi. Xususan, Mirzaxo’ja O’rinxo’jayev 1937- yil 7- sentyabrda qamoqqa olinib, 10 yilga hukm qilindi. Samarqand shahar partkomi birinchi kotibi Nasim Xojimetov 1938- yil 13- oktyabrda o’lim jazosiga hukm qilindi.
1935-1939 yillarda qatag’on qilinganlar orasida jadidchilik harakatiniig taniqli namoyandalari, samarqandlik Xo’ja Mu’in, Vadud Mahmud, Saidrizo Alizoda kabilar bor edi.
Sotsialistik xo’jalik yuritish usuliga o’tishni jadallashtirish va qat’iy markazlashtirish maqsadida mulk va xususiy korxonalar hamda tashkilotlarning ishlab chiqarish vositalari milliylashtirildi. Masalan, 1919- yilning birinchi yarmidayoq Samarqanddagi sanoat korxonalarining deyarli hammasi davlat mulkiga aylantirildi. "Bo’shab qolgan mehnat resurslari" yordamida esa sho’rolar hukumati ularni yoppasiga majburiy mehnatga jalb etib, xo’jalikdaagi vayrongarchilik va ochlikka qarshi kurashdi.
O’rta Osiyoda milliy-hududiy bo’linish va O’zbekiston SSR tashkil qilingandan so’ng Samarqand 1924- yilda O’zbekiston poytaxti bo’lib qoldi (1930- yilgacha). Bu davrda va keyingi yillarda shahar xo’jaligi va madaniy qurilishida o’zgarishlar yuz berdi. Biroq 20-yillar boshidagi katta ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli shahar xo’jaligi qarovsiz qoldi. Ayniqsa, shaharning suv ta’minoti, sanitariya holati muammolari yechilmadi. Uy-joy muammosi keskin bo’lib turardi. Samarqandda yashovchi har bir kishiga 1 sajen kvadrat uy-joy maydoni to’g’ri kelgan (1 sajen - 2,1 m ga teng). Uy-joy muammosini yengillashtirish maqsadida o’sha paytda maxsus komissiyalar uni hal etishning "original" yo’lini o’ylab topdilar, ya’ni uy-joy maydonlarini aniqlab, uy egalarini ulardan ko’chirib yubordilar yoki zichroq yashashga majbur qildilar.
Faqat 20-yillarning o’rtalaridan boshlab Samarqandni respublikaning poytaxti sifatida obodonlashtirishga kirishildi. Suv ta’minoti yaxshilanib, yo’llar tuzatildi va Samarqandning yangi shahar qismi ko’chalari elektr bilan yoritildi. 1925- yil ok-tabrdan shaharda avtobus qatnovi yo’lga qo’yildi. Avvaliga 3 ta mashina, 1927- yilda 15ta, 1940- yilda esa 47ta mashina qatnaydigan bo’ldi.
Mamlakat jadal ravishda industrlashtirilgan yillar shahar sanoati tez sur’atlar bilan o’sdi. 1940- yilda shaharda 70 ga yaqin sanoat korxonasi va artellar ishladi. Lekin KPSS va Sovet rahbarlari olib borgan siyosat mamlakat alohida iqtisodiy mintaqalarining tabiiy geografik sharoitlariga bog’liq holda ixtisoslashuviga qaratilgan edi. Shu bois, O’zbekistonga mamlakatga xomashyo yetkazib beruvchilik vazifasi yuklatilgandi. Bu xildagi o’ziga xos ish-lab chiqarish salohiyatini Samarqand shahri o’z taraqqiyotining keyingi yillarida ham saqlab turdi.
XX asrning 20-yillarida shaharda maktablar, oliy va o’rta o’quv yurtlari, kutubxonalar, klublar, muzey va kinoteatrlar ochila boshlaydi. 70-yillarda shaharda maktabgacha muassasalarning keng tarmog’i, 40dan ortiq o’rta maktab, 17 ta texnikum, 27 ta kasb-hunar bilim yurti faoliyat olib bordi. Sovet davrining so’nggi yillarida shaharda 4ta teatr - Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat o’zbek davlat musiqali drama teatri, A.P. Chexov nomidagi rus drama teatri, opera va balet teatri, shuningdek, Asror Jo’rayev nomidagi viloyat qo’g’irchoq teatri ish olib bordi. Shahar uchungina emas, balki butun respublika uchun malakali xodimlar tayyorlashda Samarqand oliy o’quv yurtlari katta hissa qo’shdi. 1928-1939 yil-larda shaharda beshta oliy o’quv yurti - O’zbek musiqali xoreografiya instituti (hozirgi O’zbekiston Badiiy akademiyasining san’at-shunoslik instituti), Pedagogika akademiyasi, kooperativ, qishloq xo’jaligi va tibbiyot institutlari tashkil kilingan edi. Milliy musiqa madaniyati rivojiga O’zbek musiqa xoreografiya instituti ayniqsa katta hissa qo’shdi, bu yerda M. Ashrafiy, M. Burxonov, T. Sodiqov, Sh. Ramazonov singari taniqli o’zbek bastakorlari bilim olgan edilar.
1933 yil O’zbekiston pedagogika akademiyasi negizida O’zbekiston davlat universiteti (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti)ning tashkil etilishi shahar madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. 1941 yilgacha universitet fanning turli sohalari bo’yicha 1157 ta malakali mutaxassis, shu jumladan, tub yerli millat farzandlaridan 594 mutaxassis tayyorlab berdi. Bundan tashqari, aspirantura yo’nalishida 75 ilmiy xodim (shu jumladan, 23 ta mahalliy millat vakillari) tayyorladi. O’sha yillar universitet kafedralarida I.M. Mo’minov, Q.Z. Zokirov, N.P. Romanov singari taniqli olimlar ishladi. Ya.G’. G’ulomov, M.O. Osimov, U.O. Orifov, O.M. Aminov, Uyg’un, H.Olimjon, Sh. Sa’dulla, Sh. Rashidov, M. Boboyev singari respublikaning taniqli davlat arboblari, olimlari, yozuvchi va shoirlari o’sha davrda O’zDU-Da tarbiyalanganlar.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling