I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


-mavzu.Samarqand shahrining turistik imkoniyatlari


Download 1 Mb.
bet20/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

6-mavzu.Samarqand shahrining turistik imkoniyatlari

O‘zbekiston hududidan o‘tgan tarixiy yo‘llarni qayta tikla­nishi Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi va mamlakatning ichki savdo aloqalari va sayyohlikning rivojlanishida xizmat qilmoqda. Ayni mana shu asos tarixiy Buyuk ipak yo‘llarining “Yangi ipak yo‘li” konsepsiyasi asosida tad­qiq etilishini taqozo etadi.


Bugungi globallashuv sharoitida O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va turizm sohasini rivojlantirish mintaqalar iqtisodiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, mustaqillik yillarida mazkur tarmoqni yuksaltirish uchun ko‘pgina ishlar amalga oshirildi, uning tegishli ma’rifiy va huquqiy asoslar yaratildi. Shuningdek, 1993 yildan boshlab YuNESKO va Xalqaro savdo tashkiloti (XST) bilan hamkorlikda xalqaro sayyohlikni rivojlantirish maqsadida turizmga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilgan. Bundan tashqari, 1994 yil oktyabrda ham YuNESKO va Xalqaro savdo tashkiloti (XST) tomonidan Samarqandda tashkil etilgan “Buyuk ipak yo‘lida turizm taraqqiyoti” mavzuidagi xalqaro seminar ishida 20 dan ortiq davlat vakillarining qatnashishi natijasida sohaga oid muhim hujjatlar qabul qilingan. Ammo shunga qaramasdan, mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanilmayapti, turizmda yaratilgan shart-sharoitlar mintaqalarda talab darajasida emas. Bu esa turizm infra­strukturasini mintaqalar bo‘yicha tadqiq etish lozimligini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi turizmini iqtisodiyotning asosiy tarmog‘i sifatida yuksaltirish uchun mintaqalarda turizm infrastrukturasini o‘rganish zarur. Bu o‘rinda viloyatlardagi mavjud mehmonxonalar, turistik firmalar umumiy ovqatlanish korxonalari, transport xizmatlari, sport sog‘lomlashtirish inshootlari, ko‘ngil ochar joylar (diskoteka, teatr, parklar va h.k.), savdo rastalari (turli xil suvenir va sovg‘alar sotuvchi), tibbiyot xizmati, aloqa xizmati, maishiy xizmat ko‘rsatish uylari va boshqa sohalar faoliyati turizm sohasini rivojlanganlik darajasini va istiqbolini belgilaydi. Biroq, ta’kidlash joizki, Respublika mintaq­alari turizm infrastrukturasi nuqtai-nazaridan kam o‘rganilgan. Vaho­lanki, viloyatlarda (turistik markazlarda) turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha juda ko‘plab muammolar mavjud. Ushbu maqolada mazkur masalalar Yangi Buyuk ipak yo‘li­ning chorrahasida joylashgan Samarqand viloyati misolida tahlil etilgan.
Samarqand viloyati turizm imkoniyatlari jihatdan nafaqat O‘zbekis­tonda, balki Markaziy Osiyoda yetakchi mintaqalardan biridir. Ushbu imko­niyatlardan keng foydalanish, dunyo sayyohlarini jalb qilishda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni chuqur tahlil qilish va baholash infrastruk­turani yaxshilash, muammolarni hal qilish uchun takliflar ishlab chiqish tanlangan mavzuning dolzarbligini bildiradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling