I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Samarqandning turizm imkoniyatlari


Download 1 Mb.
bet22/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

Samarqandning turizm imkoniyatlari. Mazkur imkoniyatlar Samar­qandda sayyohlikning rivojlanishida yaxshi samara beradi. Samarqandning sayolik borasida mintaqada yetakchi mavqeda bo‘lganligi tarixdan ma’lum.
Bugungi kunda Samarqandda turizmni tashkil etish va rivoj­lantirishda ko‘plab tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai-nazardan xalqaro turizmni rivojlantirish uchun zamonaviy aeroport, yo‘llar, savdo shahobchalari, madaniy dam olish uylari, shahar yodgorliklarining yaxshi saqlanganligi ahamiyatlidir. Bundan tashqari, turizm bilan bog‘liq iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi hamda sanoat tarmoqlari, xususan, oziq-ovqat to‘qimachilik ham bu sohani rivojlanti­rishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda zamonaviy turizm turli xizmatlarning yaratilishini taqozo etadi. Ayni payta sayyoh uchun nafaqat tarixiy, arxitektura obidalari, qolaversa tabiiy, diniy, etnografik turizm zarurdir. Shundan kelib chiqqan holda, Samarqand shahrida turizmni tashkil etish va rivojlantirishga qator omillar ta’sirini aniqlash lozim. Bu borada xususan, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetakchi o‘rinda turadi.
Samarqandda mahalliy turizmni rivojlantirish 1-3 kunlik shahar va unga tutash hududlar bo‘ylab marshrutlar uyushtirish, viloyat tog‘ oldilarida dam olish va sport turizmini rivojlantirish orqali ham amalga oshirilmoqda. Hozirda “ichki turizm”ning mustaqillikning dastlabki yillariga nisbatan bir oz jonlanganligini ko‘rish mumkin. Respublikamiz aholisining o‘zidan ortib guruh-guruh bo‘lib sayohatlarni amalga oshirayotganligini bunga misol bo‘ladi.
Chet ellik turistlarni kelishi ham bugungi kunda ancha oshgan. Asosiy tushadigan daromad guruh-guruh bo‘lib kelgan sayohatchilardan bo‘lib, bunda barcha turistik ob’ektlar bilan tanishish bahonasida ko‘p suvenir buyumlar xarid qiladilar. Bunday guruhlar butun O‘zbekistonning turistik ob’ektlarini ko‘rish uchun 6-9, 10-12 kunlik sayohatga chiqadilar. Marshrut dasturida ko‘pincha Toshkent-Samarqand-buxoro-Xiva-Toshkent bo‘lganligi sababli Samarqandga 1 yoki 2-3 kun ajratiladi.
2005 yildan boshlab “Registon” va 2014 yildan “Afrosiyob” deb nomlangan Toshkent-Samarqand tezyurar poezdlarining yo‘lga qo‘yilishi Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati aholisining Samarqandga 1 kunlik sayohatga kelishlariga imkoniyat yaratdi.
Ta’kidlash joizki, turistik xizmatlarni sotishda mahalliy, mintaqaviy va Respublika hukumatining turistik tashkilotlarni qo‘llab quvvatlab turishi turizm taraqqiyotidagi muhim oimdir. Ammo Samarqand misolida olib qaralganda ko‘proq viloyat aholisining ko‘p asrlik mehmondo‘stligi shaharga yanada ko‘proq turistlarni kelishini ta’minlovchi eng asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Asosiysi sayohatlarga yaxshi tayyorgarlik, xodimlar va gid tarjimonlarning ko‘pligi va sifatli xizmati hamda shahar infrastrukturasini yaxshi holatda ekanligi Samarqandning jahon turizm bozoridagi boshqa raqobatchilar bilan bellashish imkonini beradi.
Samarqand shahrida 150 ga yaqin tarixiy-arxitektura yodgorliklari aniqlangan bo‘lib, dunyoning sanoqli shaharlari (Rim, Afina, Qohira va h.k.)dagina son jihatdan Samarqandga yaqin tarixiy-me’morchilik namuna­larini uchratish mumkin. Shuning uchun ham Samarqandni bejizga «Ochiq osmon ostidagi muzey» deb atashmaydi. Shunday imkoniyatga ega bu shaharda endi turistlarni qiziqtiruvchi yangi-yangi narsalar, yangri marshrut va ekskursiyalar dasturini ishlab chiqish kerak.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling