I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar
Download 1 Mb.
|
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammolar va kamchiliklar.
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar. Samarqandda turiz sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bir qator ishlar mavjud. Turistik ishlarni amalga oshirishda birinchi navbatda Samarqand shahri va viloyati hokimiyatining roli katta, chunki ham viloyat, ham shahar byudjetiga bu sohadan tushadigan daromad alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois viloyat turizmini 2005-2025 yillar mobaynida rivojlanish istiqbollari va moliyaviy rejasi ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan bu rejalarni amalga oshirishda mahalliy hokimiyatning ko‘magi kerak bo‘ladi. Bu rejalarning asosida marshrutlar dasturini qayta ishlash va mehmonxonalardagi xizmatchilar hamda mutaxassislarni zamonaviy uslubdagi bilim va ko‘nikmalarga tayyorlash yotadi. Samarqand viloyati katta turistik-ekskursion ahamiyatiga egadir. Faqat kelajakda sifatli yangi marshrutlar dasturini yana qayta qo‘shimchalar asosida ishlab chiqish va tashkil qilish yangi yo‘nalishlar, avtobus marshrutlar, shahar bo‘ylab velosiped yoki otda, tuyada sayohatni amalga oshirishga kelgan sayyohlarda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otadi. Buning uchun shahar ichida yoki atrofida avtomobil, avtobus parklari, veloparklar, maxsus qo‘lga o‘rgatilgan ot, tuyalar boqiladigan bazalarni tashkil qilish lozim.
Muammolar va kamchiliklar. Samarqandning turistik salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish asnosida ba’zi muammo va kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi: Samarqand shahridagi umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyatini unchalik yaxshi deb bo‘lmaydi. Har bir xalqning o‘zini milliy taomlari bor, lekin bu taomlarni mehmonlar iste’mol qilmasliklari mumkin. Masalan, yevropaliklar birinchi marta ko‘rayotgan ovqatini oldin yaxshilab o‘rganib tayyorlanishini texnologiyasini ko‘rib keyin iste’mol qiladi. Balki ular o‘zlarining Yevropa taomlarini iste’mol qilishni hohlashar yoki turistlar orasida vigiterianlar bor bo‘lishi mumkin, shularni inobatga olgan holda restoran va kafelarda turli xil davlatlarning kamida bir turdagi ovqatlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa, mehmonlarning xohish istaklari o‘z vaqtida bajarilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi kunda mehmonxonalarda 20-25 xil Yevropa taomlari tayyorlanishi mumkin. Vaholanki, g‘arb standartlariga ko‘ra bu chegaralanmagan. Shunga ko‘ra turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ovqatlanish korxonalariga SESlar tomonidan alohida e’tibor berilsa ularning xizmatlar ko‘rsatish darajasi yaxshilansa, sayyohlar talablari o‘z vaqtida qondirilsa, Samarqandga tashrif buyurgan sayyohlar mamnun bo‘lishsa, turistlar oqimining oshib borishiga zamin bo‘ladi. Bundan tashqari, Samarqand shahrida mavjud mehmonxonalar va sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatish shahobchalarida italyan, yapon, xitoy, fransuz kabi tillardagi git tarjimonlarning yetishmasligi; mehmonxonalarda vaqi-vaqti bilan issiq suv, elektr energiyasining o‘chib turishi; umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlari (buyurtmalarni o‘z vaqtida keltirish, sifati)ning talab darajasida emasligi; transport xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning kamligi, yoki shaxsiy avtomobil, velosiped, mototsikllar ijaraga beruvchi tashkilotlarning yo‘qligi; tumanlarda turistik firma va tashkilotlar sonining kamligi yoki yo‘qligi; shuningdek, sayyohlarning o‘z shahridan turib Samarqanddagi mehmonxonalar va boshqa xizmatlarni tashkil etish uchun internet saytlarining hamma mehmonxonalarda ham yo‘qligi bu borada mavjud muammolar sanaladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling