I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
-mavzu. Samarqandning noyob me’moriy obidalari
Download 1 Mb.
|
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi
9-mavzu. Samarqandning noyob me’moriy obidalari
REJA: Shohizinda me’moriy majmuasi Amir Temur maqbarasi va Ruhobod Xoja Abdi Berun, Xoja Abdu Darun ziyoratgohlari Amir Temur Jome’ masjidi Mustaqillik yillarida Samarqand me’moriy yodgorliklariga e’tibor Tayanch tushunchalar: Shohizinda me’moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Ruhobod, Xoja Abdi Berun, Xoja Abdu Darun ziyoratgohlari, Amir Temur Jome’ masjidi, Mustaqillik yillari, Samarqand, me’moriy yodgorliklari. Shoxizinda ansambli nafaqat O'zbekistonda balki O'rta Osiyo miqyosida muqaddas ziyoratgoh hisoblanib, kompleks tarixiy me'morchilik yodgorligi bo'lish bilan birga mashhur alomalar, lashkarboshilar, avliyolar, malikalarning so'nggi oromgohi hamdir. Shoxizinda ansambli qadimgi Afrosiyob xarobalarining janubiy qismida joylashgan bo'lib, bu yerda olib borilgan tadqiqotlar natijasida liatto milodda i avvalgi VI-1 asrga oid arxeologik materiallar topilgan. Samarqand marvaridi deb nom olgan Shoxizinda ansambli XI-X1X asrlanh shakllangan. "Tirik shox" degan ma'noni anglatuvchi "Shoxizinda" so'zi qanyb nun yillardan buyon xalq orasida yashab. bu so'z musulmon 'arixt hilarinm payg'ambarhniz Muhammad (s.a.v)ning amakivachchalari Qusam ibn Abbosga bergan nisbatidir. Samarqandlik tarixchi Abul Hakimiyning yozishicha, Qusam ibn Abbos payg'ambarimiz yuzini ko'rgan oxirgi kishidir. Musulmon tarixchilarining yozishicha. Qusam ibn Abbos VII asrda arab lashkarlari tarkibida Samarqandga kelgan va bu yerda islom dinini targ'ib etish bili mashg'ul bo'lgan. Tarixchi olim A. Muhammadjonovning ta'kidlashicha, Qusam ibn Abbos Movarounnahrga 676-yilda yurish qilgan Xuroson noibi Said ibn Usmon bilan birga kelgan. Abu Tohirxojaning yozishicha Qosam ibn Abbos Islom dinini targ'ib qilish jarayonida halok bo'lgan. Rivoyatlarda esa Qusam ibn Abbos nomoz ibodati bilan mashg'ul bo'lib Bjrganida kofirlar hujumiga uchragan va uzilgan boshini qo'liga olib g'or orqali ycrning tagiga tushib ketgan. Aytilishicha u to qiyomatga qadar irik u war ckan.Shohizinda -"barhayot shoh "deyilgan nom ham shur.dan kelib chqqan. Kompleksdagi eng qadimgi qabr ham Qusam ib Abbosga tegishli bo'lib unmg uitiga XI asrda maqbara bunyod etilgan. Maqbaradan tashqari bu yerda ziyoraixona, mnsjid va chillaxonalar ham bunyod etiiadi va faoliyat ko'rsatadi. XIV asrda Samarqandga kelgan arab sayyohi Ibn Batut-i XIII Samarqandning qadimgi o'rni Afrosiyobni xarobaga aylantirgan mo g'ullar Qusam Ibn Abbos qabriga tegishdan cho'chiganliklarini qayd etadi Uning vozfehicbi Qusam ibn Abbos qabri ustiga bunyod etilgan maqbara usti qo rg'oshin bilan qoplangan, gumbazli kub shaklidagi inshoot bo'lgan. Bino burchaklarida yashil. qora. oq va qizil marmardan juft kolonnalar qad rostlagan. Bino devorlari esa oltin suvi yutgazilgan marmar koshinlar bilan qoplangan. Maqbara o'rtasida esa burchaklariga kumush qoplangan qora daraxtdan yasalgan qabr joylashib. u oltin bilan bezalgan qabrpo'shlar bilan yopilgan. Mo'g'ullar davrida qarovsiz qolgan va anchagina xarobaga aylangan maqbara XIV asrda qaytadan ta'mirlangan. Lekin Shoxizinda ansamblining yuksalishi asosan Temuriylar davrida yuz bergan edi. 1370-yilda Samarqandni o'z davlatining poytaxtiga aylantirgan Amir Temur shaharni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bilan birga Shoxizinda ansambliga ham katta e'tibor qaratadi. Xususan, Temur bu yerda xarobaga aylangan inshootlarning bir qismini ta'mirlab, bir qismini yangidan bunyod etadi. Qusam ibn Abbos qabri ustiga hashamatli qabr toshi o'matadi.Toshga esa Qur'ondan qo'yidagi oyatlar o'yib yozilgan: "Olloh yo'lida shahid bo'lganlami o'lgan demanglar, ular barhayotdir" Shuningdek, sohibqironning buyrug'i bilan bu yerda yangi masjid ham barpo etiladi. Shoxizinda ansamblida qurilish ishlari XX asr boshlarigacha davom etgan bo'lsada uning asosiy qismi Uiug'bek davrida shakllangan. 2.Shoxizinda ansambli turli davrlarda turli hukmdorlar va amaldorlar tomonidan barpo qilingan maqbaralar, masjid va madrasalardan iborat murakkab me'moriy inshootdir. Bu esa kompleksga tashrif buyurgan sayyohlarga uni o'rganishda ancha qiyinchilik tug'diradi. Kompleksni o'quvchi yaxshi o'rganishi maqsadida undagi masjidlar, maqbaralar va boshqa inshootlami tartib bilan keltirib o'tamiz. Shoxizinda ansambli 1434- 1435-yillarda bunyod etilgan mahobatli peshtoq (1) bilan boshlanadi. Peshtoq O'rta Osiyo an'anaviy me'morchilik uslubida qurilgan bo'lib, sirlangan koshin va o'yma mozaika bilan bezatilgan. Peshtoqning yuqori qismida "Bu ulug'vor inshoot Abdulaziz Baxodur ibn Uiug'bek Ko'ragon ibn Shoxrux, ibn Amir Temur Ko'ragon tomonidan 838 (hijriy) (1434-1435-yillar) yilida bunyod qilingan"-degan yozuv saqlangan. Tarixchilaming likricha ushbu peshtoq Mirzo Ulug'bekning o'zi tomonidan bunyod etilgan, biroq kichik o'g'li Abdulaziz nomiga yozdirgan. Darvozadan kirgach, chap tomonda XIX asrda qurilgan qishki masjid (2), o'ng tomonda esa 1813-yilda Samarqand hokimi Davlat Qushbegi tomonidan 1228 hijriy(18l2-13 yillarjda qurilgan kichik bir qavatli madrasa (3) joylashgan. Madarsa ro'parasida esa 1910-yilda usta Sodiq tomonidan qurilgan yozgi masjid (4) joylashgan. Bu inshootlardan o'tgach, 34 pillapoyali zinapoyadan tepaga ko'tarilamiz. Zinapoyaning chap tomonida ikki xonadan iborat, ikki gumbazli maqbara joylashib, uning bir xonasi ziyoratxona, ikkinchisi esa go'rxona yoki dahmadir(5). Ushbu dahma Uiug'bek davrida bunyod etilgan deb hisoblanadi. Ushbu maqbara dastlab ayrim olimlar tomonidan taxminan 1437-yillarda vafot etgan mashhur astronom Qozizoda Rumiyga tegishli deb hisoblab kelingan edi.Boshqa bir tadqiqotchilar esa u Temurning cnagasi Uljoy enaga va uning qizi Bibi Sinabga tegishli degan degan fikrni bildirgan edilar. 1978 yilda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ushbu tlkrnl tasdiqladi.Tadqiqotlar natijasida bu yerdan ikkita ayol kishining jasadi topildi. Yo'lakning o'ng tomonida esa To'g'li Tekinning o'g'li Amir Husayn maqbarasi (9) joylashgan. Uning devoridagi yozuvga ko'ra ushbu inshoot 1376-yilda bunyo4 etilgan. Amir Husayn maqbarasining ro'parasida 1386-yilda bunyod etilgan Amirzoda qabri (8) joylashgan bo'lib, uning shaxsi noma'lum.faqatgina qisman saqlanib qolgan yozuvlarda dam etilgan shaxsning vafot etgan yili 788 hijriy yil(1386-yil) bitilgan. Bu maqbaralar yonida esa Amir Temurning opasi Qutlug' Turkon og'a tomonidan bunyod etilgan maqbara (10) joylashib, dastlab unga Turkon og'aning barvaqt vafot etgan (1371-yilda) qizi Shodimulk og'a, keyinchalik Turkon og'aning o'zi (1383-yilda) dam etilgan.Mazkur maqbara Temur davrida Samarqandda birinchi qurilgan maqbara hisoblanadi. Yuqoridagi uch maqbara deyarli bir vaqtda bunyod etilib, ularning tu/ilishi, bezaklari bir-biriga o'xshaydi. Turkon og'a maqbarasi devorida devoni uslubida binoni qurgan ustalar-Samarqandlik me'morlar Badriddin va Shamsiddinlar hamda buxorolik usta Zayniddin nomlari bitilgan. Turkon og'a maqbarasi ro'parasda Temurning singlisi Shirinbeka og'a (taxminan 1385-1386-yillarda vafot etgan) maqbarasi (11) joylashgan. Ushbu maqbara 16 qirrali barabanda joylashgan mahobatli gumbaz hamda peshtoq-kirish qismidan iborat, Maqbaraning ichki qismi o'z davrida chioroyli qilib bezatilgan. Xususan 1940 yilda olib borilgan ta'mirlash jarayonida gullar orasida uchib yurgan qushlar tasviri topilgan.Derazalaming birida esa panjara qoldiqlati topilib, uning guldor oynasi bo'lgan. Ana shu qoldiqlar asosida panjara qayta tiklangan. Shirinbeka maqbarasi ro'parasida sakkiz qirrali tarxda maqbara (12) joylashib, laxminlarga ko'ra Uiug'bek davrida bunyod etilgan. Pi maqbaradan o'tib ozgina yursak yo'lakning chap tomonida ketma-ket Joylashgan uchta maqbaraga ko'zimiz tushadi. Birinchi maqbara (14) aniq bo'lmagan mu'lumotlarga ko'ra Amir Abdu al-Qayumga tegishli bo'lib, uning peshtoqida maqbarani bunyod etgan usta-Ali Nasafiy nomi bitilgan. Ikkinchi maqbara (15) taxminan, malika Ulug' Sulton begimga tegishli bo'lib, undan faqatgina peshtoqi bizgacha yetib kelgan. Uchinchi maqbarada (16) Temurning mashur Udiknrboshisi amir Burunduq dam etilgan. Amir Burunduq maqbarasidan so'ng Temurning rafiqasi Tuman og'a (Xayriniso) (24) hamda Tuman og'a tomonidan bunyod etilgan masjid (23) lushgan.Masjid yonida esa uchinchi chortoq (21) mavjud. Oqsaroy. Go'ri amir maqbarasining sharqiy qismida joylashgan ushbu yodgorlik XV asrlarda Tcmuriy hukmdorlar Abu Said( 1461 -1469) va Sulton Ahmad Mirzo humronligi davrida qurilgan.Yodgorlikning qachon va nima maqsadda qurilganligi borasidagi ma'lumotlar aniq bo'lmasada, ko'plab tadqiqotchilar yodgorlik Temuriylar sulolasiga mansub erkaklai dam etiladigan maqbara bolgan degan fikrni qo'llab quwatlaydilar. 1924-yildan boshlab ushbu yodgorlikni ilmiy jihatdan o'rgangan olim M. E.Masson inshoot Temuriylar davridan maqbara sifatida fodalanib kelinganligini qaydetadi. Oqsaroy maqbarasining sag'anasidagi qabrlarni tekshirish paytida bu ycrga dam qilingan jasad laming birining bosh chanog'i yo'qligi ma'lum bo'lgan. Arxeologlar V. Vyatkin va M. E. Massonlar bu jasad Ulug'bekning o'g'li Abdulatifga tegishli degan xulosani berishadi. Ma'lumki, 1449-yil kuzida Mirzo Ulug'bek o'z o'g'li Abdulatif ko'rsatmasiga ko'ra o'ldirilgan edi. 1450-yilning bahorida Adbulatifhing o'zi ham Mirzo Ulug'bekning sodiq navkari Bobo Husayn Turkistoniy tomonidan o'ldirilib, boshi Regision maydonidagi Ulug'bek madrasaining peshtoqiga osib qo'yiladi. Ushbu ma'lumotiarga tayangao yuqoridagi ikki arxeolog Abdulatif Oqsaroyga boshsiz dam etilgan deb hisoblaydilar. Ushbu maqbara nima uchun Oqsaroy deb atalishi haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas.. Axeolog olim M. E. Masson ushbu masalaga to'xtalib, hozirgi Oqsaroy maqbarasi shu nomdagi saroy qurilganligi, keyinchalik ushbu saroy vayron bo'lishi natijasida uning nomi maqbaraga o'tgan bo'lishi mumkin degan fikrni bildiradi. To'rtburchak shaklli, pastki qismida usti yopiq sag'anaga ega, gumbazli ushbu yodgorlik atrofida XIX asrda bir necha hovlilar qurilib, Oqsaroydan nurab tushgan g'ishtlardan yangi imoratlar bunyod etilgan, o'zi esa otxonaga aylaniirilgan. Hallo XIX asr oxirlarida Oqsaroy otxonaga aylantirilganligi ham manbalarda qayd etilgan. Mustaqilligimiz tufayli ushbu yodgorlikda qayta ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ruxobod. Ruxobod maqbarasi hozirgi Afrosiyob inehinonxonasi ro'parasida joylashgan bo'lib, me'moriy yodgorlik XIV asrning 80-yillariga oid. Ushbu maqbaia to'rtburchak asosga ega bo'lib, uning ustiga sakkiz qirrali yana bit qavat bino qurilgan va ustiga gumbaz barpo qilingan. Ruxobod maqbarasi o'z shakli va qurilish usullari bilan O'rta Osiyoda XI-XII asrlarda bunyod qilingan inshootlarga o'xshab ketsada Amir Temur hukmionligining dastlabki yillarida qurilgan. Amir Temur hukmronligining dastlabki yillarida maqbaralarni moviy koshin va bezaklar bilan qoplash unchalik urf bo'hnagani uchun ushbu yodgorlik Temuriylar davrida qurilgan boshqa me'moriy inshootlarga nisbatan o'zining soddaligi bilan ajralib turadi. 1952-yilda yodgorlikni mustahkamlash uchun uni halqa shaklida bog'lab tomlari ta'mirlangan. Rivoyatlarga ko'ra, maqbara qurilayotgan vaqtda unga payg'ambarimu Muhammad (s.a.v)ning muborak sochlaridan bir necha tolasi mis idishga solinib qo'yilgan. Shu sababli obida xalq orasida "Ruhullo", "Ruhobod" deb atala boshlangan. O'z davrida Ruhobod yodgorligidan Go'ri Amir yodgoi ligiga o'tuvchi yo'lak bo'lib, u yarqiroq toshlar bilan terib chiqilgan Yo'lakning ikki tomoniga daraxtlar ekilgan. Yo'lakning g'arb tomonida zilol suvga to'la hovuz joylashgan. Shuningdek bu yerda yog'och shiftli masjid ham bo'lib, u xalq orasida "Muyi muborak" deb nomlangan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Ruhobod maqbarasiga Samarqandda yasliagan ulug' zotlardan biri, tasavvufhing ko'zga ko'ringan namoyondasi Shayx Burhoniddin Sog'arjiy, u kishining o'g'illari va avlodlari dafn etilgan. Tarixiy qo'lyozmalarning guvohlik'berishicha, Shayx Burhoniddin Sog'arjiy choriyorlardan ikkinchisi xalifa Umaming avlodlaridan bo'lib, Samarqandning shimoli-g'arbiy qismida joylashgan Sog'arj shahrida tavallud topganlar. Sog'arj shahri So'gdiyonaning Kesh, Naxshab va lshtixon shaharlari kabi qadimiy shaharlardan bo'lib, u XVIII asrgacha gullab-yashnagan. Arab tarixchisi Yoqul Hamaviyning yozishicha, S'og'arj bir vaqtlar lshtixon viloyati tarkibiga kirgan. Bu shaharning xarobalari hozirda Samarqand viloyatining Chelak shahri hududida saqlanib qolgan. Tarixchi Abul Hakim Samarqandiy o'zining "Qandiya" nomli tarxiy asarida yozishicha, VIII asrda arab lashkarlari Movarounnahrga kelganlarida Sog'arj qal'asi Buxoro va Samarqanddan keyingi eng katta qal'alardan bo'lgan. Arablar ushbu qal'ani egallagach, uni Burhoniddin Sog'arjiyning ajdodlari ixtiyoriga berganlar. Ayrim tarixchilar Shayx Burhoniddin Sog'arjiyning yashagan davrini XII asr deb belgilaydilar. Agarda Shayx Burhoniddin Sog'arjiyning katta o'g'li shayxzoda Abu Saidni Amir Temur davrida yashaganligini va lining saroyida yuksak mavqega ega bo'lganligini hisobga olsak yuqorida tilga olingan sanani noto'g'ri ekanligi ayonbo'ladi. Shundan kelib chiqqan holda, Shayx Burhoniddin Sog'arjiy XIV asrda yashab o'tgan bo'lishi kerak. Tarixchi Abul Hakim Samarqandiy Shayx Burhoniddin Sog'arjiy hayoti to'g'risida quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: Shayx Burhoniddin Sog'arjiy balog'atga yetishgach, otasining ijozati bilan Makkai Mukarramaga haj safariga jo'naydi. Ul zot haj safaridan qaytsalar ota-onasi vafot etgan ekanlar. Shayx Burhoniddin Sog'arjiy ota-onasining marosimlarini o'tkazgach, yana safarga otlanadi va Bog'dodga keladi. Bu yerga kelgan shayx Nuriddin Basir20 bilan uchrashishga va uning iltifotiga sazovor bo'lishga erishadi. Shayx Burhoniddin Sog'arjiy Nuriddin Basiming eng yaqin shogirdiga aylanadi va undan tasavvufning siru-asrorlarini o'rganadi. Tez orada Makka va Bog'dodda Shayx Burhoniddin Sog'arjiyning obro'-etibori ortadi. Shayx Burhoniddin Sog'arjiy o'zining e'tiqodi va bilimi tufayli kutublik darajasiga yetishadi va Xitoy mamlakatiga safarga jo'naydi. Shayx bu yerda uzoq vaqt yashaydi va Xitoy podsholarining hurmatiga sazovor bo'ladi. Shayx Burhoniddin Sog'arjiy Xitoyda vafot etgan va uning jasadi o'g'li Abu Said tomonidan Samarqandga olib kelinadi.Rivoyat qilinishicha Shayx Burhoniddin Samarqandda Nuriddin Basir mozorini ziyorat qilib qaytayotib hozir Ruhobod maqbarasi o'rniga yetganida"Ushbu tuproqdin tanishlik isi keladf'-degan emish.Shu tufayli shayx Burhoniddin vafot etgach shu yerga dafn etilgan deb qayd qilinadi. Chorsu yodgorligi Samarqand shahridagi eng yosh me'moriy obidalardan biri hisoblananib, so'nggi yuz ellik yil ichida qurilgan yagona fuqaroviy-me'moriy inshoot hisoblanadi.Tarixiy manbalarda Tuman og'a timi ham chorsu o'mida bo'lgan ekan. Ushbu inshoot Buxoro amiri Shoxmurod (Amiri Ma'sum) tomonidan bunyod etilgan bo'lib, manbalarda qayd etilishicha uni bunyod etishda Amir Temur jome' masjidi g'ishtlaridan foydalanilgan. Markazida gumbaz o'matilgan ko'pbmchakli bino savdo binosi sifatida qurilib, hozirga qadar shu maqsadda qo'llanilib kclinmoqda. Xo'ja Abdu Berun yodgorligi Temuriylar davriga oid yodgorlik bo'lib, Samarqand shahrining janubida joylashgan. Xoja Abdu xalifa Usmon avlodiga inansub bo'lib, Qusam ibn Abbos bilan birga kelgan. Maqbara yonidagi xonaqoh va bir necha hujra Nodir Muhammad Devonbegi tomonidan qurilgan. Xo'ja Abdu Darun yodgorligi Samarqand shahrining janubi-sharqiy qismida, hozirgi Sadriddin Ayniy ko'chasida joylashgan. Maqbara o'rta asrlarda Samarqand ihahrini o'rab turgan tashqi mudofaa devorining22 ichida joylashganligi uchun shu nom bilan atalgan. Ya'ni "damn" so'zi "ichkari" degan ma'noni anglatadi. Xoja Abdu Berun maqbarasi esa "bcrun", ya'ni tashqari degan ma'noni anglatib u shahar inshqi mudofaa devorining ortida joylashgan edi. Maqbara kattagina joyni egallagan bo'lib, u saljuqiy hukmdor Sulton Sanjar (XII air) tomonidan bunyod etilib, Uiug'bek davrida qayta ta'mirlangan. Maqbarada dafn etilgan shaxsning ya'ni, Xoja Abdu Damning asl ismi Abu Muizuddin bo'lib, Xoja Abdu Berunning og'li hisoblanadi. O'z davrida diniy va dunyoviy ilmlarni iiiukammal egallagan Xoja Abdu Darun Samarqand shahrining adolatli qozilaridan biii bo'lgan. Manbalarda qayd etilishicha, Xo'ja Abdu Damn Samarqandda qozi bo'lgan vaqtda shu qadar adolatli va to'g'ri bo'lganki hatto o'zining otasi bir voqea to'g'risida guvohlik bermoqchi bo'lganida "siz bizning kichiklik chog'imizda podshohlik solig'i berilmagan tokdan mchmon uchun uzum chiqarib bergan edingiz, Inining uchun sizning to'g'riligingizga shubhamiz bor"-deb otasining guvohligini etgan ekan. Xalq orasidagi bir rivoyatda aytilishicha, Xoja Abdu Damn tiriklik chog'ida ihiihaqani yomon ko'rgan va shu sababli uning mozori yonidagi hovuzga qurbaqa dunyoga yoyislida, uni dunyoning go'zal go'shalaridan biriga aylantirishda, vatanimiz obodonchiligi va madaniyatining ulkan miqyoslar bilan rivojlanishida Amir Temurning xizmatlari beqiyos bo'ldi. Bu davrda Shahrisabzda misli ko'rilmagan ijobiy o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Shahar hududi kengaydi, devorlari mashhur me'morchilik inshootlari bunyod etildi. Qishloq xo'jaligi, hunarniandchilik, savdo-sotiq rivojlandi. Amir Temur boshlagan bu rivojlanish an'analari temuriylar davrida ham davom ettgirildi. Undan keyingi davr, XVI-XIX asrlarda ham Shahrisabz vohaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaiiy markazlaridan biri bo'lib qoldi. Bibixonim (Amir Temur) jome' masjidi 1399-1404-yillarda sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan yodgorlik hisoblanadi. 1398-yilda Hindistonga yurish qilgan Amir Temur o'sha davr tarixchiularining guvohlik berishicha "agar Samarqandga salomat qaytsam Jome' masjidi quraman" deb niyat qiladi. Hind zaminida muvaffaqiyatli harbiy yarishlami olib borgan Temur Dehli sultonligini mag'Iubiyatga uchratib, 1399-yil bahorida Samarqandga qaytadi. 95 ta fil, ko'plab ot, tuyalardan va boshqa ko'plab o'ljalardan iborat karvon 1399-yil 29-aprelda Samarqandga kirib keladi. Shundan so'ng Temur o'z niyatini amalga oshirish uchun 1399-yil may oyi boshida Bibixonim madrasasi ro'parasida yangi Jome' masjidi qurish to'g'risida farmon beradi. Ramazon oyining to'rtinchi kunida (milodiy 1399-yil 19-may) Jome' masjidi qurish ishlari boshlanadi. Inshootni bunyod etishda Eron, Ozarbayjon va Hindistondan kelgan ustalar, sangtaroshlar va me'morlar ham jalb qilinadi. Tarixchilarning qayd etishicha, masjidni qurish uchun toshlar Zarafshon tog'laridan Hindistondan o'lja qilib olib kelingan fillarda tashilgan. Temur masjid qurilishini o'zi bevosita nazorat qilib turarkan, davlat boshqaruvini ham yaqin orada joylashgan Bibixonim madrasasi va Tuman og'a xonaqosida turib amalga oshiradi. Ammo oradan bir necha oy o'tgach, Temurning uchinchi o'g'li Mironshox Mirzoning Ozarbayjonda olib borgan qaltis siyosati tufayli u g'arbga qo'shin tortishga majbur bo'ladi. Temurning bu yurishi qariyb besh yil davom etib, shu vaqt davomida ham masjid qurilishi jadallik bilan davom ettiriladi va 1404-yil yoz oylarida deyarli yakunlanadi. Hijriy 807-yil muharram oyida (1404-yil iyul-avgust) Temur poytaxtga qaytib keladi. U masjidni ko'zdan kechirib, qurilishdan unchalik ko'ngli to'lmaydi. Chunki masjidning eshigi uning qarshisida joylashgan Bibixonim madrasasining eshigigii nisbatan ancha past bo'lgan edi. Bunday o'zboshimchalikdan qahri kelgan Amii Temur o'z o'rniga qurilishni nazorat qilish uchun qo'yib ketgan vazirlardan biri Xoja Mahmud Dovud va uning yordamchisi Muhammad Jildlarni javobgarlikka tortadi. Tarixchilarning qayd etishicha ular o'zboshimchalik va qurilish mablag'larini sovurishda ayblanib Cho'pon ota tepaligi yaqinida dorga osiladi. Shundan so'ng lemur eshikni buzib, qayiadan mahobatli va ulug'vor qilib qurishga iarmon beradi. Ta'mirlash ishlari kechayu-kunduz davom ettiriladi. Zero, Temur Jome' masjid qurilishini Xitoyga mo'ljallangan yurish oldidan yakunlashni niyat qilgan edi. 1399-yilning noyabr oyida qorning ko'p yog'ishi va qattiq sovuq bo'lishi natijasida qurilish ishlari to'xtatiladi. Lekin bunga qadar asosiy ishlar deyarli bitkazilgan edi. 1405-yil fevralda Amir Temur vafot etganidan so'ng masjidga qayta qurilish amalga oshirilmaydi. Yodgorlik Amir Temur tomonidan qurilgan bo'lsada u ko'proq xalq orasida Bibixonim Jome' masjidi nomi bilan mashhurdir. Masjidning nomlanishi haqida bir necha xil fikrlar mavjud. Ularning birida aytilishicha. Amir lemur g'arb yurishiga ketayotgan vaqtda (1399) Jome' masjidi qurilisi hali tugallanmagan edi. Sohibqiron yurishga ketgach, masjid qurilishiga uning xotini Bibixonim rahbarlik qilib, qurilishni oxiriga yetkazadi. Shu sabadan masjid Bibixonim nomi bilan atalib ketilgan. Boshqa bir taxminlarga ko'ra Jome' masjidi qarshisida Bibixonim mablag'iga qurilgan hashamatli madrasa bo'lib, bu yerda ko'plab talabalar tahsil olgan. Vaqt o'lishi bilan madrasa vayron bo'lib, uning nomi Jome' masjidiga o'tgan. Ayni vaqtda masjid qurilishiga oid afsonalar ham Bibixonim nomi bilan bog'liqdir. 2. Amir Temur Jome' masjidi o'sha davr tarixchilarining qayd etishicha maxobati va go'zallighi bilan Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan. masjidning mehrobi musulmon olamining boshqa masjidlaridagi kabi Ka'baga qaratilgan bo'lib, masjid larxda to'rtburchak shaklda bo'lgan (83 m x 62 m). lnshootning to'rt burchagida esa to'rtta baland minora joylashgan. Masjidning to'rt tomoniga yopiq shiyponlar qurilgan bo'lib, ularning shipini balandligi 7 metrdan bo'lgan 480 ta tosh ustunlar ko'tarib turgan. Ushbu shiyponlai nomozga kelganlarni yozda issiq quyoshdan, qishda yomg'ir va qorlardan saqlagaiv. Go'ri Amir maqbarasidagi kabi Jome' masjidining gumbazi ham ikki qavatdan iborat bo'lgan. Tashqi gumbaz moviy rangli koshinlar bilan qoplanib, uni ko'tarib turgan baraban suls uslubida bitilgan arab yozuvlari bilan bezatilgan. Zaxiriddm Muhammad Bobuming qayd etishicha masjid peshtoqi va gumbazi ostiga bitilgan yozuvlar shu qadar katta bo'lganki, yiarning bir necha chaqirim uzoqlikdan hair o'qish imkoni bo'lgan. Masjid tashqi tomondan ko'p qirrali va yulduzli omament-geometrik girix uslubida bezatilgan.Masjid peshtoqida esa al Baqara surasining 127-130 oyatlari bitilgan. Masjidning tashqi ko'rinishi shu qadar go'zal bo'lganki, tarixchi Sharbfiddin Ali Yazdiy masjidni ko'rar ekan "agarda osmon gumbazi uni takrori bo'lganda, uning gumbazi yagona, agarda Somon yo'li uning o'xshashi bo'lganda uning peshtoqi tanho bo'lur edi" degan edi. Masjidning ichkarisi ham xuddi tashqarisi kabi chiroyli bo'lib, gumbazining ichki tomonida oltin suvi yuritilgan rang-barang nafis naqshlar bilan bezatilgan. Shu bilan birga masjid devorlariga Qur'oni Karimdan suralar bitilgan. Masjidning g'arb tomonida chiroyli qilib bezatilgan minbar o'matilgan. Gumbaz shiftiga esa qimmatbaho qandillar osib qo'yilgan. Masjidning eshigi esa yetti xil ma'dan qorishmasidan yasalgan bo'lib, tarixchi laming yozishicha sahar paytida masjidning eshiklari ochilganda o'ziga xos ovoz taratgan va buni eshitgan namozxonlar masjidga shoshilganlar. Eshik 1740-yilda Nodirshox tomonidan Mashxadga olib ketilgan, ammo tezda yana ortga qaytarib kelingan. (qarang: Go'ri Amir mavzusi) Dastlabki vaqtlarda masjid ulug'vorlik va mustahkamlik ramzi hisoblangan. O'sha davr tarixchisi Hofiz Abro' masjidni ta'riflar ekan, "dunyo oxiriga qadar, oylar yillar o'tsa ham bino vayron bo'lmaydi, undagi naqshlar o'chmaydi" deb yozgan edi. Ammo Samarqand doimiy yer qimirlashi bo'lib turadigan hududda joylashganligi hamda inshootning keyinchalik ta'mirlanmaganligi uning ahvoliga ta'sir ko'rsatmay qolmadi. Shunday bo'lsada Amir Temur Jome' masjidi asrlar davomida ko'plab tarixiy voqealaming guvohi bo'ldi. Xususan, aynan shu masjidda Sohibqirondan so'ng taxtga o'tirgan Halil Sulton nomiga, so'ngra Shoxrux Mirzo nomiga, uning o'limidan so'ng Mirzo Uiug'bek nomiga xutba o'qilgan.l510-yilda Shayboniyxon vafotidan so'ng bu masjidda Mirzo Ulug'bekning qizi Robiya Sulton begim va Abulxayrxonning o'g'li Suyunchxo'jaxon nomiga qasamyod qilingan. Uiug'bek hukmronligi davrida uning otalig'i tomonidan (Amir Shoxmalik) Samarqandda yangi Jome' masjidi qurilgan bo'lsada, bu vaqtda ham Amir Temur Jome' masjidi asosiy Jome' masjid hisoblangan. Zero.Ulug'bek hukmronligi vaqtida Samarqandga keltirilgan xalifa Usmon Qur'oni19 uchun marmar lavx (2,3 x 2,18) yasatiladi. Uiug'bek buyrug'i bilan yasalgan ushbu lavhga qo'yidagi so'zlar bitilgan:"sultono A'zam oliy himmatli hoqon, din va diyonat homiysi, hanafiya mazhabining posboni, aslzoda.sulton ibn sulton amirulmuslimin Uiug'bek Ko'ragon". Yillar o'tishi bilan Amir Temur Jome' masjidi vayronagan aylana boradi, lekin batamom tashlandiq holatga tushib qolmadi, negaki XVIII asming 70-yillarida ham " Muqaddas Qur'oni Karimning 5 ta eng qadimgi nusxalaridan biri Maxsus tayyorlanib. kiyik terisiga yozilgan Qayd qilinlshicha xalifa Usmon ushbu Qur'ondan 'Baqara' surasmi tilovat qilib turganda o'ldlrilgan.Natijada xalifa qoni ochiq turgan sahifalarga to'kilib qotib qolgan.Ushbu dog' hozirgacha mavjud Xalifa vafotidan so'ng Qur'on Madinada. keyinchalik davlat markazi qayerga ko'chsa o'sha yerda saqlangan. XV asrlarda Samarqandga olib kelingan. Dastlab amir Temur ]ome" masjidldda. keyinchalik Xo'ja Ahror masjidiga kochihladi. 1869-yilda ruslar iste'losidan song Sank-Pelerburgga jo'natiladl.1924-yll 18-avgustda O'rta Osiyo musulmonlari talabi bilan qaytanladi Muqaddas yodgorlik dastlab 1926-yilda Oybek nomli muzey Ixtiyoriga beriladi. 1989-yilda esa Movarounnahr musulmonlari diniy idorasiga o'tqaziladi XIX asrga kelib Jome' masjidi asta-sekin xaraboga aylana boradi. Uning g'ishtlari Buxoro amiri Shoxmurod davridayoq boshqa masjid va madrasalami ta'mirlash uchun ishlatila boshlanadi. Jumladan, savdo binosi hisoblangan Chorsu yodgorligi ham aynan Jome' mashjidi g'ishtlaridan bunyod etilgan deb qayd etiladi. Bu vaqtlarda masjid ichida saqlanayotgan Xalifa Usmon Qur'oni Go'ri Amir maqbarasiga ko'chiriladi. Masjidning eshigi esa Buxoro amiri Amir Haydar buyrug'i bilan eritilib undan tanga zarb etiladi. 1875-yilda bino yonida yangi bozor shakllangach, masjid hovlisi devor bilan o'rab olinib, masjid ichiga o'matilgan marmar lavh hovliga olib chiqilib o'matiladi.Ushbu tosh hozirda masjid hovlisida joylashgan bo'lib, u xalq orasida befarzandlik, og'ir kasalliklardan xalos qiluvchi tosh sifatida mashhur bo'lgan. 1897-yilgi zilzila natijasida yodgorlikning asosiy kirish peshtoqining katta qismiga zarar yetadi. amir Temur Jome' masjidi XX asming o'rtalariga kelib davlat muhofazasiga olinib, 2005-yilda qayta ta'mirlanadi. Bibixonim maqbarasi. Ushbu yodgorlik XIV asr oxirida Temurning katta xotini saroymulkxonim tomonidan o'z onasi sharafiga bunyod etilgan bo'lib, u Bibixonim masjidining peshtoqi qarshisida joylashgan. Ushbu yodgorlik haqida ilk ma'lumotlar 1404-yil Samarqandga kelgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III ning elchisi Rui Gonzales de Klavixo kundaliklarida uchraydi. Jumladan, u maqbara Bibixonimning onasi, Amir Qozonxonning xotini sharafiga qurilganligini, qurilish ham tugamaganligini qayd etadi. Maqham Temur davrida Samarqandda cng oldin solingan binolardan biri bo'lgan Bibixonim madrasasining tarkibiy qismidir. Madrasa tarixchi Malixoning yozishicha Abdullaxon II buying'i bilan buzdirilgan va "undan so'ng Xonim maqbarasidan boshqa hech narsa qolmagan". Maqbara qurilgan vaqtda juda hashamatli va mahobatli bo'lib, uning devorlari rangba-rang koshinlar va naqshlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi xuddi Go'ri Amir maqbarasidek ikki qavatli-pastda sag'ana, tepada esa qiroatxona bo'lgan. Yuqori qavat chortoqli, keng xonoqoh bo'lib, tepasi baland gumbaz bilan bog'langan. Devorlariga man/ara. naqshin gullar. scrhasham bezaklar ishlangan. To'rt tarafdagi keng derazalar va eshiklar orqali xonaqoh juda yaxshi yoritilgan. Ostidagi tagxona-satdoba kichikroq bo'lib devorlari yirik kulrang toshtaxtalar bilan bezatilgan. Bu yerda bit necha tosh tobutlar saqlangan. Maqbara gumbazi asrlar davomida yomg'ir, qor ta'sirida yiqilganidan so'ng pastki sag'ananing tomi ham qor, yomg'ir hamda 1875-yilgi zilzila natijasida qulab tushadi. Shundan so'ng bu yerda tobutlar borligi ma'lum bo'lib, xalq orasida bu tobutlardan biri Bibixonimga tegishli ekanligi xususida mish-mish tarqaladi. Maqbaradagi qabrlar arxeolog M. E. Massonning qayd etishicha, 1875-yilda ilk bora ochilgan. Ikkinch marta 1926-yilda bir guruh o'g'rilar tomonidan ochiladi. Ular ti butlarni titib. marhumlarning taqinchoqlari va boshqa buyumlarini o'g'irlaganlar. 1941-yilda maqbaradagi qabrlar uchinchi marta marotaba ochilib, mayitlaming shaxsini o'rganishga harakat qilinadi. Tadqiqotlar natijasida tobutlardan biri Bobixonimga tegishli ekanligi aniqlanadi. maqbaradagi eng yirik tosh tobutga dafn elilgan jasad ko'plab tadqiqotlar va mashhur antropolog olim Gerasimov yaratgan hujjatli portretga asoslanib Temurning katta xotini Bibixonimga tegishli degan qji'orga kelinadi. Ammo keyingi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar jasad Bibixonimga tegishli enms degan fikrlar ham ilgari surilmoqda. Ma'lumki, Temur vafotidan so'ng Saroymulkxonini Xalil Sultonning rafiqasi Shodi Mulkxonim tomonidan zaharlab o'ldirilgan edi. Binodagi ayol jasadi esa mo'miyolangan. Demak uzoq joydan kcltirilgan. Shundan kelib chiqqan holda tadqiqotchilar va antropologlar jasad o'rta yoshiardagi. sochlari qora va jingalak bo'lgan boshqa ayolga tegishli degan xulosaga keldilar. Ushbu me'rrioriy yodgorlikda 1956-57-yillarda va 1996-yilda ta'mirlash ishlari olib borilgan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling