Ahriman- zulmat, qorong’ulik, ochlik, vabo, sovuq, zaharli jonivorlarni yaratuvchi va boshqaruvchi yovuzliklar xudosa.
Baqtriya — tarixiy-geografik hudud. Kadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O’zbekiston (Surxondaryo), Janubiy-G’arbiy Tojikiston va Shimoliy Afg’oniston erlari kirgan, Baqtriya eroncha "boxtar" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, "quyosh chiqadigan o’lka" demaqdir. Mazkur hudud qadimgi yunon muarrixlari asarlarida Baqtriana, Baqtriya deb atalgan. Ilk o’rta asrlar davriga kelib, qadimgi Baqgriya erlarida turkiy qabila — toharlar keng yoyilishi munosabati bilai Tohariston deb yuritilgan.
Baqtriya yozuvi — miloddan avvalga IV asr oxirigacha qadimgi Baqtriya hududlarida oromiy yozuvi ishlatib kelingan, Keyin Baqtriyada mahkama tili va yozuvi yunoncha bo’lgan. So’ng miloddan avvalga III-II asrlar chegarasida oromiy va qadimgi yunon alifbosiga asoslanib, Baqtriya yozuvi ishlab chiqiladi. Bizgacha yuzdan ortiq baqtriya yozuvi namunalari v so’zlari etib kelgan. Baqtriya yozuvi topilmalari, asosan miloddan avvalga I asr va milodiy I asrlarga taalluqli bo’lib baqtriya tili va yozuvi yaxshi o’rganilmagan.
Vaysa — "Avesto" da biron-bir urug’ xizmatkori, huquqi chegaralangan urug’ a’zosiga nisbatan ishlatilgan tushuncha.
Massagetlar –Kaspiyorti va Orol dengizi yaqinida va Sirdaryoning quyi oqimida mil.av. VI-IV asrlarda yashagan qabilalar guruhining umumiy nomi.
Monoteizm - yakkaxudolik,
Migrasiya (lotincha - ko’chaman) - u yoki bu davlat aholisining bir hududdan boshqa hududga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kuchishi;
Nom- davlatchilikning ilk bosqichi bo’lgan shahar-davlat
Ossuariy - «suyakdon, ostadon»
Protoshahar- shaharsozlikning ilk bosqichi
Patriarxat - ota urug’i
Polisentrik nazariya - “poli” ko’p yoki bir necha “sentrik” markaz degani
Saklar-miloddan avvalgi I ming yillik va milodning boshlarida O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning shimoliy-sharqiy hududlarida yashagan chorvador qabilalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |