I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


-mavzu.Samarqand shahri shakllanishi va rivojlanishining ilk bosqichlari


Download 1 Mb.
bet5/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

2-mavzu.Samarqand shahri shakllanishi va rivojlanishining ilk bosqichlari
Reja:

  1. Samarqand shahar nomining paydo bo’lishi.

  2. Samarqand shahrining vujudga kelishi va rivojlanishi

  3. Antik davrda Samarqand.


Tayanch tushunchalar:Samarqand, Afrosiyob, Ya. G’ulomov, I.Mo’minov, Maroqand, iqtisodiyot, talent, Spitamen, Aleksandr Makedonskiy, Yunon-Baqtriya, ellinizm, tanga pullar, Kushon imperiyasi, Buyuk Ipak yo’li
O‘rta Osiyoning markaziy hududlari urbanizatsiya muammolari bilan ko‘plab olimlar shug‘ullanganlar. Ushbu olimlarining aksariyat qismi bu hududlarda shahar madaniyati ahamoniylar xukmronligi davridan boshlanganligini ta’kidlaydilar. Urbanizmning bir qator nazariy muammolari ishlab chiqilgan. M.X. Isamiddinov Sug‘d hududida birinchi davlat shakllanishining hamda ilk shaharlarning paydo bo‘lishini ko‘rsatuvchi besh omilni ajratib ko‘rsatdi: 1)er unumdorligi, tog‘ daryolarining ser suvligi va issiq iqlim sharoiti;2)eneolit davridan (Sarazm madaniyati) boshlangan barqaror dehqonchilik an’analari va hunarmandchilig; 3)Samarqand Sug‘di eneolit davridan boshlab mis rudalarining asosiy markazi bo‘lib, bu yerga uzoq hududlardan mis sotib olish uchun odamlar kelishgan. Shubhasiz, ushbu iqtisodiy omil shaharni shakllantirish jarayonida juda muhim rol o‘ynagan va natijada davlatning paydo bo‘lishiga yordam bergan; 4)Samarqand va Samarqandning So‘g‘di savdo yo‘llarining chorrahasida joylashgan. Buyuk Ipak yo‘li paydo bo‘lishidan oldin ham So‘g‘d savdo markazi bo‘lgan va natijada tezroq rivojlangan; 5)Samarqand Sug‘di doimo ko‘chmanchi aholi bilan yaqin bo‘lgan. Bronza davridan boshlab ko‘chmanchi qabilalari mahalliy dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. N.A. Avanesova tomonidan Sarazm madaniyatining so‘nggi bosqichiga oid Tug‘aynoy manzilgohidagi topilmalar bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholining chorvador aholi bilan yaqin joylashuvi, bir tomondan, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘payishigaolib keldi, boshqa tomondan kuchli mudofaa devorlarga ega bo‘lgan aholi manzilgohlarining qurilishiga sabab bo‘ldi.
Agar ilk temir davridagi qo‘lda yasalgan bezakli kulolchilik madaniyati ushbu hududda keyingi urbanizatsiya jarayonini rivojlantirish uchun o‘ziga xos asosbo‘lgan bo‘lsa, bunga qadimgm dehqonchilik madaniyati va andronov qabilalarining o‘zaro ta’siri muhim rol o‘ynadi.Ko‘rinib turibdiki, ikki madaniyatning uyg‘unlashuvidan ilk temir davrining bo‘yalgan keramika madaniyati paydo bo‘ldi va shu erdan u boshqa hududlarga tarqala boshladi.Shu sababli, So‘g‘d, Choch va Farg‘ona hududlarida s obrazsami lepnoy raspisnoy keramiki namunalari bilan bir qatorda, Sangirtep va Ko‘ktepadagi juda primitiv qazilgan uylar va yarim qazilgan joylar, shuningdek paxsa loy me’morchiligi namunalari topilgan.
O‘troq dehqonchilik har doim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, turli xil hunarmandchilik buyumlarini, xususan, keramika buyumlari, jun, matolarni va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash va ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.Ko‘ktepa manzilgohidagi tosh qurollari asosida o‘ndan ortiq hunarmandchilik turlari aniqlandi.
O‘rta Osiyoning asosiy vohalarida joylashgan yirik aholi manzilgohlariqadimda chorvachiliksiz taraqiy eta olmagan. Chorvadorlar ishlab chiqaruvchi kuchning asosiy iste’molchilari hisoblangan. Dehqonchilik vohalari va chorvachilik dashtlari o‘rtasida doimiy ravishda savdo munosabatlari katta aholi manzilgohlarida, qulay sharoitda yashovchi aholining boyishiga xizmat qildi. Sug‘d hududiga shahar madaniyati qay tarzda kirib borganligi katta ahamiyat kasb etadi. Sug‘d hududida dastlabki shaharlar paydo bo‘lganida, asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik, mis rudali bazalarining mavjudligi, chorvachilik dashtlariga yaqinlik va qulay geografik sharoitlar bo‘lgan, bu shahar madaniyatining yanada rivojlanishiga muhim turtki bo‘lgan. Shahar madaniyatini yuzaga keltiruvchi omil Baqtriya tomonidan berilgan.
Sug‘d hududidagi ilk temir davriga oid arxeologik yodgorliklarni o‘rganish, hozirgi kunda Zarafshon havzasidagi ikkita yodgorlik - Ko‘ktepa va Afrosiyob, Qashqadaryo havzasidagi - Sangirtepa - Uzunqir va Yerqo‘rg‘on shahar xarobasisini yirik yodgorliklarga kiritish mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Ular orasida Ko‘ktepa yirik, nisbatan qadimiyroq bo‘lib, qadimgi So‘g‘diyona tarixi va madaniyati haqida ko‘plab ma’lumotlarni bera oladi.
Ko‘ktepa shahar xarobasi Samarqanddan 35 km shimoli-g‘arbda, tabiiy tepaliklar yuzasida, Bulung‘ur kanalining yuqori o‘ng qismida joylashgan. Eng qadimiy shaharga asos solingan joy, bir tomonda Bulung‘urning o‘ng qismidagi jarliklar bilan kesishgan tekis relef. Ichki shahar maydoni taxminan 23 gektar bo‘lgan kvadrat shaklga ega bo‘lgan. Relefdan har tomondan o‘ralgan mudofaa devorini va devorning har tomonining o‘rtasida to‘rtta darvozani aniq ko‘rish mumkin.
Himoya devori tashqarisida, g‘arbiy tomonida vaza rvom, orqasida, unga tutashgan tekis uchburchak tepa bo‘lgan. Hozirgi vaqtda u to‘liq tekislangan va o‘zlashtirilgan.
Ikkita alohida oval shakldagi tepaliklar shahar xarobasining sharqiy tomonida ham joylashgan.
Ko‘ktepa shahar xarobasining "tashqi devori" masalasi murakkabligicha qolmoqda. Ko‘ktepaning tashqi devori uning devor emasligi, balki shimoldan butun Samarqand vohasini o‘rab turgan Kampir Devorning davomi bo‘lishi mumkinligi haqidagi qarama-qarshi savollar paydo bo‘ladi. Gap shundaki, shahar xarobasini faqat ichki devor ichida kuzatish mumkin. Birinchi savol, Ko‘ktepa ikkinchi mudofaa devori bilan o‘ralganmi? Nima uchun mudofaa devorining saqlangan qismi uni 500 m masofada, faqat g‘arbiy tomondan o‘rab olgan? Nega, shahar xarobasining shimoliy-g‘arbiy mudofa devorlari Bulung‘ur kanaliga tutashadi?
Shu bilan birga, Ko‘ktepaning shimoliy-sharqiy tomonidan 500 m masofada qadimgi topografik xaritada qal’a devorining qoldiqlari yoki qadimgi platoning chetlari ko‘rinadi. Bu xaritada janub tomondan alohida binolar ham qurshab olganligini ko‘rish mumkin. Shahar xarobasi g‘arbida olib borilgan izlanishlar bu qism to‘rtburchak shaklidagi g‘ishtlardan ko‘tarilganligini ko‘rsatadi, ammo bu yerning ba’zi joylarida to‘rtburchak g‘ishtlar biroz yumaloq shakldaligi ko‘rinib turadi. Devorning umumiy qalinligi 12 m ga yetadi.
Agar bu xulosa to‘g‘ri bo‘lsa, unda Ko‘ktepa So‘g‘d hududidagi yirik shaharlardan birining qoldig‘i bo‘lishi kerak, chunki u markazda zich binolar va ikkinchi mudofaa devori ichidagi bo‘sh qismlarga ega bo‘lgan Qalai-Zoxaki-Maron shahar xarobasisiga o‘xshaydi.
Ichki devorning atrofida ikkita ulkan tepalikka o‘xshash hudud va unga tutash maydon ko‘rinadi. Ulardan birining o‘lchami 70x70 m. bo‘lib, shahar xarobasining markazida, kvadrat tepalikda joylashgan. Ushbu tepalikka taxminan 100x120 m o‘lchamdagi to‘rtburchak tekis yassi tepalik tutashgan, ular ko‘rinishidan bir binoning qismlari bo‘lgan yoki uning maydoni bo‘lgan. Hozirgi vaqtda tepalikning asosiy 80 foizi allaqachon buzilgan. Traktor bilan buzilgan qismlarning qoldiqlari orqali mayda vertikal bloklar bilan yotqizilgan tekis-konveksli g‘ishtlardan yasalgan mustahkam devorni ko‘rish mumkin.
Rejada, har bir devor bloki kichik vertikal bloklarda yotqizilgan ikki yoki uch qatorli g‘ishtlardan iboratligi ko‘rinadi. Yassi konveks g‘ishtlari bilan birga to‘rtburchak g‘ishtlar ham uchraydi. G‘ishtlarning o‘lchamlari: 46x24x7-8; 44x24x6-7; 60x23x7-6 sm. Ko‘pgina g‘ishtlarda g‘isht yuzasiga nol, ba’zan f shaklidagi belgilar va boshqa belgilar ko‘rinishidagi shtamplar qo‘yilgan. Platformaning saqlangan qismining balandligi 2 metrdan oshadi.
Yaqinda ushbu manzilgoh maydoning perimitrida olib borilgan qazish ishlari natijasida tashqi tomondan yumaloq qilingan minora ko‘rinishidagi tekis g‘ishtlar devori topildi. Ushbu devor butun majmuani o‘rab olgan .Stratigrafiyani o‘rganish natijasida, u majmua platformasidan ancha oldin qurilganligi aniqlandi.
Platformaning janubi-sharqiy qismida majmuaga asosiy kirish joyi aniqlandi. U ikki qudratli minoralar bilan bezatilgan bo‘lib, 10x10 m bo‘lgan kvadrat shakldagi dahlizga olib boradigan zinapoyalar va qalinligi 3 metr bo‘lgan o‘rtadagi devor bilan o‘ralgan. U ibodatxonaga kirishdan oldin poklanish bilan bog‘liq ba’zi amallarni bajaradigan asosiy marosim xonasi bo‘lgan. Shunday qilib, shaharning markazida joylashgan bu majmua "Diniy marosimlar markazi" bo‘lishi mumkin.“kultovыm kompleksom”.
Ko‘ktepa shahar xarobasining maydonida "hukmdorning qarorgohi" joylashgan. U qala’dagi boshqa binolardan 10 m dan balanroq qilib qurilgan. Uning maydoni 200x100 m bo‘lgan. Arxeologik tadqiqotlar, tabiiy tepalikning chetlari bo‘ylab yassi g‘ishtlardan qurilgan, taxminan 5 m qalinlikdagi himoya devori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Janub va g‘arbiy devor bo‘ylab katta binolar bo‘lgan. Ko‘rinishidan ular markazda joylashgan maydonni o‘rab turgan. "Hukmdorning qarorgohi"ga kirish qismi majmuaning sharqiy tomonida bo‘lgan.
Ob’ekt stratigrafiyasini o‘rganish natijasida saroy binosi ostida qalinligi 2 m dan oshiq bo‘lgan, qo‘lda yasalgan rangli kulolchilik madaniyati davriga oid qatlamlar aniqlandi. Bu holat ibodatxonada ham kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, qo‘lda yasalgan rangli kulolchilik davrining oxiridan boshlab katta monumental binolar qurilishi boshlangan.
"Hukmdorning qarorgohi"dagi g‘isht ostidan olingan radiokarbonli tahlil 2690 yil + - 50 yilni ko‘rsatadi. Bu qo‘lda yasalgan rangli kulolchilik davrini tugagan arxeologik sanasiga to‘g‘ri keladi, ya’ni mellodan avvalgi VIII asr oxiri va VII asr boshlariga. Ko‘rinishidan, bu Ko‘ktepa hududidagi ilk shaharning silueti bo‘lgan. Shuningdek, u "ibodatxona"ni ham, "hukmdorning qarorgohi"ni ham himoya qiladigan devorga ega bo‘lmagan.
Afrasiyob Samarqandning shimoli sharqida siyob arig‘ining irmoqlari va jarliklari tutashib ketgan Cho‘ponota tepaligining yon bag‘rida joylashgan. Afrosiyobning topografik xaritasida shaharning 4 qavat mudofaa xalqasi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ulardan birinchi va to‘rtinchisi birmuncha qadimiyroq. Qolgan 2 va 3 xalqalari ilk o‘rta asrlarda barpo etilgan.
Afrosiyobning birinchi va to‘rtinchi devorlarining o‘rganishda mudofaa devorlari koridor galeriyali reja asosida barpo etilganligi ma’lum bo‘ladi. Devorlar to‘g‘ri to‘rtburchakli standart g‘ishtlardan barpo etilgan. U mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida qurilgan. Shuningdek shahar mudofaa devorlari noto‘g‘ri suvalgan, natijada ayrim tadqiqotchilar Afrosiyob hududdida shaharning paydo bo‘lishi sanasini noto‘g‘ri keltiradilar.
O‘tgan asrning 90 yillari boshlarida mudofaa devorining birinchi xalqasida enida bo‘lkasimon g‘ishtdan qurilgan devorlar aniqlangan. Bunday g‘ishtlar 4 xalqada ham aniqlangan. Ahamoniy devorlari ostidan Ko‘ktepa g‘ishtlariga o‘xshash tekis g‘ishtlardan qurilagn manolit devorlar topilgan. Bundan tekis g‘ishtlardan qurilagn manolit devorlar Afrosiyobning birinchi va to‘rtinchi xalqalarini tashkil qilgan. Afrosiyobning birinchi mudofaa xalqasi devorlarining qalinligi 7 metrni balandligi esa, 7 metrdan kam bo‘lmagan.
Ammo ayrimi olimlar bu devorlarni keyingi davr devorlari uchun poydevor sifatida qabul qiladi. Afrosiyob devorlari bo‘ylab, stratigrafik kuzattishlar bu muammoni hal etishda muhim rol o‘ynaydi. Monolit devorlarning ichki tomoni bo‘ylab ikki metrgacha qalinlikdagi madaniy qatlam mavjud. Bunday qatlam ichkaridagi madaniy qatlamlarning mavjud bo‘lganini mudofaa devorlarining uzoq muddat mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.
Afrosiyob arkining janubiy qismidagi eng qadimiy mudofaa devorlari uch-to‘rt marta, uning g‘arbiy qismdagi 4-mudofaa devori 4-5 marta tammirlangan. Bu holat Samarqandning Ahamaoniylarga qadar bo‘lgan, ilk devorlari uzoq vaqt bo‘lganligilan daloloat beradi. Ahamoniylar mudofaa devorlari to‘rtburchakli standart g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, koridorli goleriya shakliga ega. Ahamoniylar davri devorlari ham ko‘p vaqt mobaynida mavjud bo‘lgan. Ichki koridorga shaklldosh madaniy qatlam bo‘lganlidan dalolat beradi. Arkning g‘arbidagi 12 qazishmadagi ichki karidor mil.avv.VI-V asrlardan kech bo‘lmagan sopollar bilan to‘ldirilgan. Ilk ahamoniylar davri barpo etilgan devor keramika bo‘lib, qolgani uning ichki koridor sopoll chiqindilari bilan to‘ldirib, tashlangan. Arkning g‘arbiy qismida mudofaa devorlari ichiida sopolchilik ustaxonalari bo‘lgan. U yerdan M.I. Filankovich mil.avv. I mingyillik tarixiga oid sopol chiqqindilar topgan.
Akropolning g‘arbiy qismida katta hovuz bo‘lib, bu ilk ahamoniylar davrida ham mavjud bo‘lgan.
Birinchi xalqa mudofa devorlari va akropolning janubiy-g‘arbidagi devorlar relefi bo‘rtib chiqqan. Mazkur joyda qazish ishlarini olib borgan S.K.Kabanov mudofa devorlarini, mil.av. I ming yillik o‘rtalariga oid ekaniligini aniqlagan.
O‘rta Osiyo yunonlar tomonidan bosb olingach qurilish texnikasida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Kvadrat g‘ishlardan foydalana boshlangan.
Bunday mudofa devorlarining qo‘yi qismi manalit bo‘lib, bo‘rtiq – yapaloq g‘ishtdan qurilgan. Bu davrga kelib O‘rta Osiyo kechgan siyosiy voqealarga hamohang ravishda yangicha me’moriy mudofaa qurilish va yangi innovatsion jarayonlar sodir bo‘lgan.
Ahamoniylarga qadar bo‘lgan qatlamlar faqatgina mudofaa devorlari va ark platformadan olib tashlangan bo‘lsa, to‘rtinchi xalqada doimo uchraydi. Xuddi shunday qatlamlar Qo‘rg‘oncha manzilgohi va Siyob bozorida ham uchraydi.
Bundan tashqari Registon va unga yondosh hududlar universitet bulvarining janubiy g‘arbiy qismida joylashgan Lolazor manzilgohi va uning eng g‘arbiy nuqtasi bo‘lgan kulollar mahallasi, Sartepo manzilgohi ham yuqoridagi qatlamga xos.
Lolazordan o‘ziga ham magistral xonalar tarmog‘i aniqlangan bo‘lib, kanallar tubidan ahamoniylar va ahamoniylargacha bo‘lgan davrlarga xos sopol va boshqa materiallar aniqlangan. Bu qadimiy shaharning ulkan Raboti bo‘lganligidan dalolat beradi.
O‘rta Osiyoning hech bir shahri bunday keng rabotga va shahar tashqarisidagi irrigatsion tizimga ega emas.Ta’kidlab o‘tishimiz kerakki So‘g‘d hududlarida qadimdan dehqon va mahalliy chorvador qabilalar qo‘shni bo‘lib yashab kelishgan. Bu yerda Sarazm qadimiy dehqonchilik madaniyati va ilmiy adabiyotlarda Andronov madaniyati nomini olgan chorvadorlar madaniyatini nazarda tutmoqdamiz. Sarazm va Tuhoyna materiallariga ko‘ra bu ikki madaniyat vakillari tinch va osoyishta qo‘shni bo‘lib yashashgan.
Bronza qo‘yish va bronza buyumlar tayyorlash ikki madaniyat vakillari hamkorlikdagi mehnati bilan amalga oshgan. Arxeologik materiallar asosida bu ikki xil xo‘jalikka ega madaniyatlar o‘rtasida dushmanlik bo‘lganligini isbotlovchi belgilar aniqlanmagan.
Ilmiy adabiyotlarda qadimgi dehqonchilik Sarazm madaniyati va qo‘lda yasalgan bezakli sopol davri dehqonchilik madaniyatlari o‘rtasida oq dog‘ bor. Bizda qadimgi proto dehqonchilik madaniyatlarining keyingi qo‘lda yasalgan bezakli sopol madaniyatiga almashinish sabablariga javob yo‘q.
Ko‘ktepaning qo‘yi qatlamida kulrang marmardan tayyorlangan diniy buyumlarning topilishi diplomat shaklidagi belgilar ham aniqlangan. Bular bronza davriga xosdir.
So‘g‘d hududidan qo‘lda yasalgan bezakli sopol madaniyatining mustahkam joylashtirilganligi, bu yerda urbanizatsiya jarayonlari ilk temir davridan boshlanganligini ko‘rsatadi. Xususan bu yerda Ko‘ktepa hukmdor saroyi atrofida mudofaa devori paydo bo‘ladi. Aynan shu davrga kelib, diniy markaz qanday ko‘rinish olganligini bilmaymiz. Diniy markazning qo‘yi qatlamlarida qazishmalar boshqa o‘tkazilmagan. Shuningdek bu davrda Sangirtepada diniy markaz shakllangan.
Ahamoniylargacha va ilk ahamoniylar davrida diniy markaz bo‘lganligi bizga ma’lum. Shunga qarab qo‘lda yasalgan bezakli sopol davrida ham bunday markazlar bo‘lgan deb hisoblaymiz.
Yerqo‘rg‘on kulollar mahallasi qudratli monumental devorlarning mavjudligi hukmdor saroyi yoki diniy majmua ana’nasi ham bo‘lganligini anglatadi. Yerqo‘rg‘onning qo‘yi qatlamlaridan qo‘lda yasalgan bezakli sopol davrining qudratli qatlamlari aniqlangan bo‘lsada, me’morchilik qoldiqlari mavjud emas. Shahar ichki devori atrofida miloddan avvalgi 7-6 asrlarga doir monumental arxitektura yodgorliklari qoldiqlari saqlanib qolgan. Yerqo‘rg‘onning mudofaa devorlari 3 metrdan ziyod bo‘lib, yapoloqsimon g‘ishtdan qurilgan. Bu inshiotlarning rejalari Ko‘ktepaniki kabidir.
Shu tariqa hukmdor saroyining qurilishi So‘g‘dda qo‘lda yasalgan bezakli sopol davridan ancha ilgari sodir bo‘lgan. Biroq, Samarqand So‘g‘dida qudratli monumental inshiotlar xuddi Qashqadaryo vohasi kabi miloddan avvalgi 8 asr oxiri 7 asr boshlarida paydo bo‘lgan.
Biz shu paytga qadar So‘g‘d hududlaridagi urbanizatsiya jarayonlarini asosiy impulsi janubdan, ya’ni Baqtriya va Marg‘iyona tomonidan bo‘lgan deb hisoblardik. Biroq, So‘g‘dning asosiy to‘rtta yirik poytaxt shaharlaridagi qurilish materiallari (yalpoq tekis g‘isht) mahalliy ildizlarga ega.
So‘g‘dning yirik to‘rt shahri Ko‘ktepa, Afrosiyob, Uzunqir va Yerqo‘rg‘onning qo‘yi qatlamlarida yuqoridagidek yapaloq baroqli g‘ishtlar aniqlangan. Bunday g‘ishtlardan atorofida xo‘jalik va jamoaviy hayot rivojlangan diniy markazlar bunyod etilgan. Bu 8 asr ikkinchi yarmi va 7 asrning boshlariga doirdir.
Biz Afrosiyob arkining platformasini qachon barpo etilganligini aniq bilmaymiz. Lekin u Ko‘ktepadagi g‘ishtlarga o‘xshash bir necha metrli g‘ishtlardan qurilgan. Afrosiyobdan qadimiy diniy majmua topilmagan. Agar qadimgi davr ibodatxonalari yoki masjidlari qadimgi diniy majmua o‘rnida barpo etilganligini hisobga olsak, Afrosiyobning qadimiy diniy majmualari saroy binolari yonida barpo etilgan bo‘ladi.
Hukmdor qarorgohi va diniy majmualarning sinxron tarzda vujudga kelishi Ko‘ktepa, Uzunqir, Sangirtepa bilan birgalikda va Yerqo‘rg‘onda ham yuz bergan. Aftidan yirik mudofaa devorlarining paydo bo‘lishi keyingi bosqichga xos bo‘lib, ilk bosqichda bir-biridan alohida bo‘lgan xukmdor qarorgohi va diniy majmua barpo etilgan.
Odatda qadimiy diniy markazlarda doimo mahalliy aholi yig‘ilishgan va bu yerda ibodatxona bunyot etilgan. Shuning uchun ilk ahamoniylar davrida Sangirtepa va Yerqo‘rg‘ondagi qadimiy diniy majmualar o‘z rejalari asosida vujudga kelgan. Bu qadimgi sharqda ahamoniylardan to arablar bosqinigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo ibodatxonalarining asosiy rejasi, masjid va ibodatxonalarning asosiy qurilish rejasiga aylangan. Bularga Yerqo‘rg‘on, Jartepa, Panjikent, Akbeshim kabi ibodatxonalar misol bo‘la oladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling