I. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


-mavzu.Samarqand Amir Temur va temuriylar saltanatining poytaxti


Download 1 Mb.
bet9/51
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1198495
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
Bog'liq
Majmua 2-kurs Samarqand tarixi

5-mavzu.Samarqand Amir Temur va temuriylar saltanatining poytaxti
REJA

  1. Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Samarqand

  2. Xorazmshohlar davrida Samarqand

  3. IX-XII asrlarda Samarqandda ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti

Amir Temur nomini insoniyat tarixida qoldirgan omillardan biri u kishining bunyodkor shaxs sifatida, mamlakat obodonchiligi va el-yurt faro­vonligi yo‘lida ko‘rsatgan faoliyatidir. Amir Temur mo‘g‘ullar bosqini davrida vayronaga aylangan Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv kabi qadimiy shaharlarni, bir qancha katta-kichik qal’a va istehkomlarni qayta tikladi. Shaharlar tevarak-atroflarida ma’muriy binolar, suv inshootlari qurilib, bog‘u-bo‘stonlar barpo etiladi, minglab gektar qo‘riq va bo‘z yerlar o‘zlash­tirilib, sug‘orma dehqonchilik maydoni kengaytiriladi.


Amir Temur hukmronligi davrida Kesh (Shahrisabz) shahrining obo­donligiga katta e’tibor berildi, uning maqsadi ona shahrini Markaziy Osiyoning ma’naviyqalbiga aylantirish edi. Dunyoga dong‘i ketgan Oqsaroy o‘z davrida juda mahobatli, go‘zal bino bo‘lib, balandligi 74 metr va mingdan ortiq xonasi bo‘lgan, har bir xonalarining bezaklari birbiridan farq qilib, ajralib turgan. Bu bino hozirgi davrdagi yigirma qavatli binoga tenglashadi. San’atshunoslik fanlari doktorlari L.I.Rempel va G.A.Pu­gachenkovalarning fikricha, xuddi shu holat, ya’ni, arxitekturaning yangi tasviriy vositalarini qidirish o‘sha davrda butun Sharqda tenggi bo‘lmagan hashamat, dabdabaga erishgan
Darhaqiqat, Samarqand saltanat poytaxtiga aylantirilgandan qeyin qo‘plab saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbara va xonaqoxlar qurildi. Amir Temur o‘gitlarida ta’kidlanishicha, «Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqoxlar qurishni, musofir, yo‘lovchilar uchun yo‘l ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim» - deb ta’kidlanadi.
Amir Temur yuqoridagi fikrini davom ettirib, shunday deydi: «Xarob bo‘lib yotgan yerlar egasiz bo‘lsa, xolisa tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo‘lsa-yu, (lekin) obod qilishga qurbi yetmasa, unda turli asboblar va kerakli narsalar bersinlar, toki o‘z yerini obod qilib olsin» - deb izohlaydi. Shahar tashqarisida bog‘-rog‘lar barpo etildi. 1403-1404 yillarda Samarqandda bo‘lgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Temurning olib borayotgan bunyodkorlik ishlaridan hayratda qolgan edi.
Xuddi shu davrda Shohizinda me’moriy yodgorliqlari guruhining Shodimulk og‘a, Amir Husayn, Shirinbeka og‘a, kabi qator ajoyib maq­baralari, jome masjidi, Go‘ri Amir dahmasi va boshqalar bunyod qilindi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay vayron etilgan va aholisi tomonidan tashlab chiqilgan Samarqand
shah­ri Temur hukmronligi davrida o‘zining qadimgi o‘rnidan birmuncha janubroqda yangidan qayta quriladi. Qurilishga Amir Temurning eng yaqin sarkardalaridan biri Oq Bug‘a boshchilik qiladi. Shahar atrofida Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Qorizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam qal’a devori bilan o‘rab chiqiladi.
O‘sha davrda yangidan qad ko‘targan Samarqand shahrining g‘arbiy qismida davlat mahkamasi uchun Arki Oliy quriladi. Bu yangi arkda Temurning qarorgohi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy bunyod qilinadi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Ko‘k saroy to‘rt qavatli bo‘lib, gumbazlari va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun shu nom bilan atalgan.
O‘sha davrlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi haqida Sharafuddin Ali Yazdiy shunday deydi: «801 yil ramazon oyining 4-kuni yakshanbada mohir me’morlar va so‘z san’atida benazir ustalar baxtli soatda va yulduzlar uchun qulay paytda shahar jome’ masjidiga asos solindi. ...Ozarbayjon, Eron, Hindistondan 500 toshtarosh masjidning o‘zida ishlar, boshqalari esa tog‘da tosh yo‘nib, shaharga jo‘natish bilan band edi. Butun yer yuzidan poytaxtga... turfa san’at mutaxassislarining uyushmalari va musav­virlar to‘planishdi. Qurilish ishlarini nazorat qilishni Temur shahzodalar va amirlarga topshirdilar... Qurilishga shaxsan o‘zi keldi va o‘sha kezlari vaqtining ko‘p qismini shu yaqin atrofda - Xonim madrasasi va Tuman Og‘a maqbarasida o‘tkazdi... Bino balandligi binokorlarning mahorati yanglig‘ ko‘k gumbaziga yetishguncha va hovli ozodaligi... jannat bog‘larining chiroyini unuttirar darajada bo‘lmaguncha davom etdi... Osmon gumbazi bo‘lmaganda bu gumbaz yagona bo‘lardi, Somon yo‘li bo‘lmaganda peshtoq yagona bo‘lardi. Devorlar tutashgan to‘rtta burchakning har birida minora qadko‘tardi. Muazzinlar dunyoning to‘rt tomoniga qarab azon aytishadi.
Masjidning yetti xil ma’dandan qo‘yilgan buyuk darvozalarining ovozi yetti iqlimdagi mo‘minlarni tangri uyiga chorlaydi. Devorlari ichki-tashqi tarafidan va ravoq atrofi toshga o‘yilgan bitiklar bilan bezatilgan... Minbar bag‘oyat go‘zal qilib bezatildi, mehrob temirdan yasaldi».
Amir Temur o‘z davrida mamlakatni obod qilishda ilm-fan vakillari g‘oyalariga tayangan va ularga tez-tez murojaat qilib turgan. Bu haqda Amir Temur o‘z o‘gitlarida: «Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim – mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlar­ni amalga oshirishda menga o‘z maslahatlaringiz bilan ko‘maklashishingiz kerak» - deb uqtiradi.
Amir Temur shaharlardagi qurilishlardan tashqari, Samarqand atro­fida o‘zining xeshu aqrobalariga atab ko‘pgina ko‘rkam ko‘shklar, go‘zal bog‘lar qurdirdi. Mohir me’mor, tajribali sohibkorlarning aql-zakovati, mehna­tiyu mahorati bilan barpo etilgan Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Chinor, Bog‘i Baland, Bog‘i Nav, Davlatobod, Bog‘i Shamol kabi chorbog‘lar va ulardagi go‘­zal ko‘shklar o‘sha davr bog‘dorchilik san’atining namunalaridandir. Manbalarda ta’rif etilishicha, shahar atrofi o‘sha vaqtlarda Samarqandning eng go‘zal va eng hashamatli qismi hisoblangan.
Temur boshlab bergan bunyodkorlik an’anaga aylanib, bunday ishlar vorislari tomonidan davom ettirildi. Temuriy shahzodalardan tortib nufuzli amirlaru vazirlar, viloyat va ulus hokimlari o‘z shaxsiy mulk va mablag‘larining kattagina qismini markaziy shahar va ularning tevarak-atrofida shohona ko‘shku saroylar qurishdan tashqari, xayriya ishlariga -
masjidu madrasalar, xonaqoxu shifoxonalar, hammomu bozor rastalari, rabotu karvonsaroylar, suv inshootlariyu bog‘-rog‘lar va bo‘stonlar barpo etishga sarf qilganlar.
Ayniqsa ular e’tiqod, ilm va ma’rifat maskanlari - masjidlar va madrasalar, shifoxona va xonaqoxlarning sarfu xarajati uchun katta-katta ekin yerlari, tegirmon, objuvoz, moyjuvoz va do‘konlar kabi qo‘zg‘almas mulklarni vaqf qilib, mudarris olimlaru tolibi ilmlar, zohidlar va mashoyixlarga maoshlar belgilaydilar. Kishilik jamiyati tarixida bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdeq olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab qelmoqda. Prezident Islom Karimovning «O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir», degan so‘zlarida ham ana shu boqiy g‘oyalar o‘z ifodasini topgan. Bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolarimizdan merosdir.
O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat avvalo, buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug‘ allomalarining mamlakat, qolaversa jahon tarixida tutgan o‘rni, xizmatlarini e’zozlashni o‘rniga qo‘yadi. Ana shunday kishilardan biri - bu buyuk sohibqiron Amir Temurdir. Ilm-fan va madaniyat saltanat uchun qanchalik zarurligini his qilgan Amir Temur olim va fozil kishilarni o‘ziga do‘st tutgan, davlatni idora qilishda ularning kengash va maslahatlaridan foydalangan. Temur mo‘g‘ul istibdodi davrida tushkunlikka uchragan tarixiy-ma’rifiy urf-odatlarni qayta tiklab, ilm-fan va madaniyatning ham jonkuyar homiysi bo‘lib maydonga chiqdi. Amir Temurning ilm-fan va olimlarga qay darajada munosabatda
bo‘lganligini uning «Tuzuklari»da keltirilgan ma’lumotlardan ham bilsa bo‘ladi.
Shu bilan birga Amir Temurning qaysi mamlakatni zabt etmasin, u yerdan olimu fozillar, elga tanilgan san’at ahlini va turli-tuman kasb-hunar egalarini Samarkandga olib kelganligi tarixdan ma’lum. Masalan, Ibn Arabshohning «Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asarida ana shunday olimlardan ba’zilari haqida qisqa, lekin o‘ta qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, «O‘z saltanati kunlarida Temur Samarqandga faqih olimlardan mavlono Abdul­malikni hosil etgan edi – u «Hidoya» sohibi (Burhoniddin al-Marg‘i­noniy)ning avlodidan bo‘lib, mudarrislik qilar, shatranj va narddan ta’lim berar hamda yagona bir holatda she’r va nazm etardi».
Shuningdek, «Temurning muhaqqiq (olim)lardan mavlono Sa’diddin at-Taftazoniyni - u 791 yilning muharram (1389 yil yanvar) oyida Samarqandda vafot etdi va Sayyid Sharif Muhammad Jurjoniyni - u Sherozda vafot etdi hamda muhaddis olimlardan Shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazoriy (Temur uni Rumdan olib kelgan) va boshqalarni Samarqandga olib keldi». 16 yoshidan arab tilini, tafsir, fiqh, mantiq, islom aqidalarini mukammal o‘rgangan faylasuf, fiqhshunos va qomusiy olimi bu - Sa’diddin ibn Umar at-Taftazoniy bo‘lib, u asli Xurosonning Niso shahri yaqinidagi Taftazon degan joyda tavallud topadi. Ilm-fan sohasida zamonasining yagona kishisi bo‘lgan Taftazoniy Temur saroyida o‘tkazilib turiladigan ilmiy bahs­larning faol ishtirokchisi bo‘lgan qomusiy olim edi.
Taftazoniy haqida akademik B.Valixo‘jaev ham quyidagilarni yozib qoldirgan. Mas: «Sa’diddin Ma’sud ibn Umar at-Taftazoniy (1322-1390) o‘z davrining qomusiy bilimli alloma mudarrislaridan bo‘lib, u sohibqiron Amir Temur takliflari bilan 1374-1375 milodiy yilda Samarqandga kelib, Idigu Temur madrasasining mudarrisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Sa’diddin at-Taftazoniy mudarrislik faoliyati bilan bir qatorda ilmiy asarlar («Miftoh ul-ulum», «Muxtasar al-maoniy», «Al-mutavval», «Sharh risola al-shamsiya», «Sharh aqoid al-Nasafiya») ham yozdiki, ular nafaqat Samarqand madrasalarida, balki uzoq yillar davomida asosiy o‘quv qo‘llanma sifatida O‘rta Osiyo va boshqa davlatlarning madrasalarida ham foydala­nilishi bilan birga qator sharhlarning yozilishiga ham asos bo‘lganlar.
Ali ibn Muhammad Sayyid Sharif Jurjoniy (1339-1413) mashhur faylasuf, mantiqshunos, astronom, she’rshunos va tilshunos olim bo‘lib, uning tug‘ilgan joyi ba’zi manbalarga ko‘ra Jurjon viloyatining Tog‘u qishlog‘i deb ko‘rsatilsa, Ibn Arabshoh asariga yozilgan izohda esa uning Sherozda tug‘ilganligi va 1388 yilda Temur Sherozni zabt etganida Jurjoniyni Samarqandga olib kelganligi keltiriladi. Yoshligidan ilm-fanga qiziqqan Jurjoniy dastlab Hirotga so‘ngra Turkiyaga boradi va taniqli faylasuf Muhammad Fanoriydan mantiq ilmidan saboq oladi. Keyinchalik Jurjoniy Sherozga kelib, «Dorushshifo» madrasasida dars beradi. 1387 yilda yuqorida aytganimizdek Temur Sherozni zabt etgach, Jurjoniyni boshqa olimu hunarmandlar qatori Samarqandga olib keladi. Samarqandga kelgach, olim ilm-fan bilan shug‘ullanish bilan birga Idigu Temur madrasasida mudarrislik qiladi.
Uning «Sharh ul-mulaxxas», «Usul ul-mantiqiya», «Tarjimon al-Qur’on», «Fan ulmuammo», «Odob ul-munozara», «Risolai vujudiya» va boshqa asarlari musulmon Sharqidagi barcha madrasalarda talabalar tomonidan mutolaa qilib kelingan va ular uchun dastur vazifasini o‘tagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u Movarounnahr va Xurosonda yashagan olimlar (Ibn Sino, Asiriddin Abxariy Nasriddin Tusiy) ning mantiqqa bag‘ish­langan risolalariga sharhlar yozgan, ularning g‘oyalarini rivojlantirgan. U o‘zining falsafiy qarashlarida borliq, osmon sayyoralari, to‘rt unsur haqida so‘z yuritib, barcha narsa va hodisalar sababiy bog‘langanligi, ularni aql yordamida bilish mumkinligiga ishonadi.
Shunday qilib, Idigu Temur madrasasida 18 yil samarali faoliyat ko‘rsatgan Jurjoniy Temur vafotidan keyin Sherozga borib, u yerda Temu­riyzoda Iskandar mirzo (1409-1415) huzurida mavlono Natanziy, mavlono Haydar Xorazmiy kabi olimlar bilan birga ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘ldi. 1413 yilda Sherozda vafot etdi. Temur saroyida hadischi olimlardan shayh Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazariy ham bo‘lib, u 1350 yilda Damashqda tug‘ilgan. Keyin Rumga kelgan. Temur Boyazidni yenggach, uni Rumdan Samar­qandga olib keladi. Ibn Arabshoh bergan ma’lumotga ko‘ra u Sherozda vafot etgan. Ikki ta’limot bilimdoni Shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazariy (1350-1449) Samarqandda samarali ijod qilib, Movarounnahrda ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi. Shuningdek, Amir Temur saroyida o‘z davrining turkcha, forscha, arabchada «malik ulkalomi» bo‘lgan mashhur kotib Ahmad ibn Shams ul-Aimma, ya’ni mavlono Shamsuddin Munshiy, mohir hattot Xoji Bandgir Tabriziy, mashhur tabiblardan Husomiddin Ibrohimshoh Kirmoniy va mavlono Jamoluddin, musiqa ilmida ustoz bo‘lgan Abdulqodir al-Marog‘iy va uning o‘g‘li Safiuddin, kuyovi Nasriyn, Qutb al-Mousuliy, Ardasher al-Changi va boshqalar (bu yerda Ibn Arabshoh ko‘plab shatranjchilar, sangtaroshlar, misgarlar, naqqoshlar va bog‘bonlarni misol keltiradi) faoliyat yuritganlar. Ular o‘z sohasining mohir kishilari edi.
Shunday qilib, Temur davrida Samarqandda fanning barcha sohalari gurkirab o‘sdi, tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqdi, ular jahon fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, bu davrda atoqli manbashunos B.Ahmedov ta’kidlaganidek, tarix fani ham taraqqiy etib, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Tojiddin as-Salmoniy, Nizomiddin Shomiy, mavlono Abdujabbor, G‘iyosiddin Ali Yazdiy va boshqalar tarixnavislik sohasida barakali ijod qildilar.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling