I kirish: I. Bob: Umumta’lim maktablarda musiqa o’qitish metodikasi


Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish


Download 152.39 Kb.
bet5/5
Sana22.03.2023
Hajmi152.39 Kb.
#1286208
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-sinf

Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.


Umumiy o`rta ta’lim maktablarida bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqa mashg`ulotlarining ahamiyati ham juda muhim. Nazmiy asar mazmuni musiqiy ohanglar bilan uyg`unlashgach, oddiy matnga nisbatan bir necha bor ko`proq ta’sir kuchiga ega bo`lishi ko`plab ilmiy-amaliy va pedagogik tajribalarda isbotlangan. Inson (mashg’ulotlardao`quvchi yoki talaba) biror mazmundagi mavzuni so`z orqali eshitganda ma’lum darajada idrok etgani holda, o`sha mavzuni kuy jo`rligida, qo`shiq tarzida eshitganda uni yanada chuqurroq anglaydi, tasavvur etadi his qiladi va idrok etadi. Xuddi o`sha qo`shiqni kishining o`zi ijro etganda esa unda oldingilaridan yanada farq qiluvchi hissiyot paydo bo`ladiki, bunda u asar mazmunini idrok etibgina qolmasdan, balki uni yurakdan his qila boshlaydi. Uning uchun sof tuyg`ularga, nafosatga, barkamollikka intilish xislati tabiiy ehtiyojga aylanib boraveradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. O`qituvchi o`quvchilar tinglayotgan yoki ijro etayotgan kuy yoxud qo`shiqni
tahlil qilib, ularda to`g`ri yo`naltirilgan tasavvur hosil qilishga erishar ekan, asarning mazmunidan kelib chiqqan holda uning ma’naviy mohiyatini ochib berishda yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi.
Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston-Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika”Fol`klor jamoalari ko`rik-tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda o`quvchilarning darsdan tashqari va maktabdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun shahar va qishloqlarimizda turli yo`nalishdagi ko`plab fan va kasb-hunar to`garaklari bilan bir qatorda musiqaga yo`naltirilgan to`garaklar hamda musiqiy havaskorlik jamoalari faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi tshkilotlarga misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir tumanda tashkil etilgan “Kamolot” bolalar markazlarini, bolalar ijodiyot uylarini, viloyat va shaharlardagi madaniyat saroylarini, qishloq va shaharlardagi ko`plab madaniyat uylarini, mahallalardagi turli to`garaklarni aytib o`tishimiz mumkin.
Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari madaniy-ma’rifiy muassasalarda tashkil etilgan
musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.
Maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchilar an’anaviy ijro, turli cholg`u asboblarida chalish, musiqani tinglab, tahlil qila olish, ansambl va orkestr jamoalarida ijro etish, turli raqs usullarini o`rganish, milliy va jahon xalqlari raqslarini o`rganish, elektron asboblarda chalish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin. Bolalar musiqiy idrokini shakllantirish hamda rivojlantirishda turli musiqiy to`garaklar bilan bir qatorda har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan bolalar musiqa maktablarining ham o`z orni bor. Bolalar musiqa maktablariga 1- sinfdan 7-sinfgacha bo`lgan Bolalar qabul qilinadi. Musiqa maktablarida o`qish uchun hujjat topshirgan bolalarning musiqiy qobiliyati bilan bir qatorda ularning dastlabki musiqiy idroki, ya’ni musiqani idrok eta olish qobiliyati ham tekshiriladi.
Agar bola tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo`lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmasa u bola musiqachi bo`la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaslik, deganda bolaning eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday bolalarga o`zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo`lgan boshqa biror mashg`ulot bilan shug`ullanish, ya’ni boshqa sohadagi to`garaklarga qatnashish tavsiya etiladi.
Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi
asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi.
Ma’lumki, bolalar musiqa maktablarining o`quvchilari biror cholg`u asbobini o`rganish uchun musiqa maktabida 5 yil o`qishlari lozim. Faqatgina fortepiano cholg`usi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchilargina musiqa maktablarida 5 yil o`rniga 7 yil o`qishadi. Bolalar musiqa maktablarida bolalar o`z mutaxassisligi bo`yicha biror cholg`u asbobini chalishni o`rganish bilan bir vaqtda musiqa nazariyasi, solfedjio kabi darslarga ham qatnashishlari shart. Bundan tashqari ular musiqa maktablarida tashkil etilgan xor jamoalariga, turli xalq cholg`ulari ansambllariga hamda orkestrlarga qatnashish imkoniyatiga ega.
Bolalar musiqa maktablarida yakka tartibdagi darslarda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini to`g`ri tashkil etish uchun musiqiy asarni idrok etishni o`rgatish jarayonida soddadan murakkabga tomon intilish tamoyiliga amal qilishi zarur. O`quvchiga ijro etish uchun asar tanlashda uning yoshi, fiziologiyasi, xarakteri, alohida qiziqishi, musiqiy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, notaga qarab chala olish malakasi va boshqa jihatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyillarga amal qilinmasa, o`quvchilarning musiqani idrok etishini shakllantirishni tashkil etish ishlari kutilgan natijani bermaydi.

Yakka tartibdagi darslarda musiqa idrokini tashkil etish boshqa mashg`ulot turlar5iga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega. Birinchi navbatda bu o`qituvchi bilan no`quvchining yakka tartibdagi yuzma-yuz muloqoti bilan bog`liq. Bunda o`qituvchi o`quvchiga musiqani idrok etishning har bir nyuansini alohida tushuntirish, o`quvchining ijrosini alohida eshitib, tahlil etish, uning yutuq va kamchiliklarini o`z vaqtida individual tartibda tushuntirish va boshqa shu kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Bolalar musiqa maktablarida tashkil etilgan bolalar xor jamolari, xalq cholg`u ansambllari va orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`ladilar:


  • Bolalar xor kollektivlarida ishtirok etgan o`quvchilar xorda kuylanayotgan asarlarning mazmunini, musiqiy mavzularini tahlil qilish bilan bir vaqtda, bu asarlarni o`zlari ijro etishlari orqali uning ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vatda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishadi.


  • Bolalar musiqa maktablarida milliy cholg`u asboblarini o`rganish bo`yicha tahsil olayotgan o`quvchilar qo`shimcha cholg`u asbobini o`rganish bo`yicha fortepiano kursiga ham qatnashishlari mimkin. Asosiy cholg`u asbobi ko`p ovozli bo`lmagan milliy cholg`u asbobi bo`lgan o`quvchi fortepianoda ijro etishni o`rganish jarayonida fortepiano cholg`usidan chiqayotgan ko`p ovozli garmoniyani idrok etishni o`rganadi. Shuningdek bunday darslarda o`quvchi fortepianoda o`zbek milliy kuylaridan tashqari jahon


mumtoz klassikasiga xos bo`lgan kuylarni ham ijro etish orqali jahon hamda qardosh xalqlar professional musiqasi bilan ham tanishib boradi va shu barobarida uning musiqani idrok etish malakasi ham kengroq doirada rivojlanib boraveradi.


  • Xalq cholg`ulari ansambllariga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari ansamblda o`zlari chalayotgan cholg`u asbobining tembri hamda uning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilgan holda idrok etishni ham o`rganadi.


  • Musiqa maktablarida tashkil etilishi mumkin bo`lgan orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ohangi, tembri, registri hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari orkestrda chalinayotgan barcha cholg`u asboblarining tembri hamda ularning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilishni o`rganadi va shu bilan bir vaqtda turli tembrga va diapazonga ega bo`lgan asboblarning ujrosidan hosil bo`lgan kuyning o`ziga xos boy, rang-barang garmoniyasini his etib, idrok etishni o`rganadi.


Maktabdan tashqari musiqa to`garaklari turli madaniyat saroylari, madaniyat uylari, “Kamolot” markazlari, bolalar ijodiyot uylari va


mahallalarda tashkil etilgan bo`lib, Bunday to`garaklarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bobida shunday to`garaklarga qatnashmayotgan boshqa tengdoshlariga qaraganda bir qancha afzal imkoniyatlarga ega bo`ladilar.
Maktabdan tashqari musiqa to`garaklariga qatnashgan o`quvchilar musiqani o`zlari ijro etgan holda idrok etadilar.
  • Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida xor jamoasiga yoki an’anaviy qo`shiqchilik ansmbllariga qatnashayotgan o`quvchilar milliy o`zbek qoshiqlari bilan chet el qo`shiqlarining o`zaro o`xshash hamda farqli jihatlarini ajrata bilish malakasiga ega bo`lishadi va shu orqali ular boshqa xalqlarning milliy qo`shiqlarini ham boshqa tengdoshlariga nisbatan teranroq, aniqroq idrok eta oladilar.


  • Maktabdan tashqari to`garaklarda raqs bilan shug`ullanuvchi o`quvchilarda ritmni his etish qobiliyati juda kuchayib ketadi. Ular eshitayotgan kuylarini ichki ritm his-tuyg`usi bilan idrok etish qobiliyatni o`zlashtirib oladilar.


  • Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida yakka xonandalik yoki yakka sozandalik bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar musiqani yakka tartib o`zlashtirishning barcha ustunliklaridan foydalangan holda musiqani professional darajada idrok etishning sir-asrorlarini individual ravishda o`zlashtirib, o`rganib boradilar.


Musiqaiy idrok kishilarni tabiiy nafosatga, go`zallikka intilishga undaydi. Musiqani to`g`ri idrok eta olgan kishilar keng dunyoqarashga, tabiiy ichki madaniyatga ega bo`ldilar va ular


kishilarga hech qachon yomonlik qila olmaydilar.Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson hayotiy tajribasining musiqiy idrokda o`z o`rni bo`lgani kabi, musiqiy idrokning ham inson hayotida, uning dunyoqarashining, individual xarakterining shakllanishida o`z o`rni bor. Shuning uchun yoshligidan musiqa bilan shig`ullangan kishilarning xarakteri boshqalarnikidan farq qilib turadi.
Kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodni har jihatdan oqil, vijdonli, madaniyatli, ma’naviyatli qilib, milliy vatanparvarlik ruhida, tarbiyalashda ularning musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish va to`g`ri yo`nalishda rivojlantirishni tashkil etish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

XULOSA

Musiqiy hamda pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviy o'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib, bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Musiqa tarbiyasi san'atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni, o'quvchilardagi o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, zarur musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qiladi, shuningdek, bo'sh vaqt muammosini hal qilishda ham yordam beradi, deb o`ylayman.


Bolalarmusiqani tushunishi uchun musiqa tilining ma'naviy va shakl yasash xususiyatlarini bilishlari, muayyan darajada rivojlangan musiqiy (tovush balandligi, tembiri, musiqaning garmonik, dinamik xususiyatlarini anglash, lad va ritmni his qilish, musiqani eslab qolish) qobiliyatga musiqani idrok etish va ijro etish malakalariga ega bo'lishlari zarur. Albatta, musiqa tarbiyasi g'oyaviy e’tiqodni shakllantiradi, axloqiy jihatdan tarbiyalaydi, shaxsdagi qiziqishlarning psixologik maqsadi va yo'nalishlarini belgilaydi, ijtimoiy kayfiyatni vujudga keltiradi, tashkil etadi va birlashtiradi, ijtimoiy faollikni tarbiyalaydi.
Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri bo`lgan “ommaviy madaniyat”ning yurtimizga aynan musiqa vositalaridan
foydalangan holda kirib kelishi ham fikrimizning dalilidir. Musiqa tarbiyasini amalga oshirishda musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi eng muhim omillardan biri bo`lib xizmat qiladi. Bolalar musiqani to`g`ri idrok eta olmasalar hech qachon uni to`g`ri tushuna olmaydilar va natijada musiqa ular uchun shunchaki musiqiy tovushlar yig`indisiga aylanib qoladi.
O`rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqiy psixologiyani, musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o`rganishgan. Forobiyning “Musiqa haqida katta kitob” asari va boshqa asarlari, Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Kiton an-najot”, “Donishnoma” kabi asarlarining musiqa haqidagi bo`limlari, Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqa” kitobi va boshqa shu kabi ilmiy asarlar musiqaning inson ongiga qanday ta’sir etishini mo`rganishga, musiqa idokini o`rganishga bag`ishlangan.
Buyuk qomusiy olim, musiqiy cholg`ularning mohir ijrochisi bo`lgan Abu Nasr Forobiy o`z ijrosi bilan kishilarni quvontirish yoki qayg`uga solish, xursand qilish, hayratga solish va hatto uxlatib qo`yishning uddasidan chiqa olganligi haqidagi rivoyat va hikoyatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bu va boshqa shu kabi faktlardan musiqaning inson ongiga va tarbiyasiga, xarakterining shakllanishiga va hatto ijtimoiy ongning shakllanishiga ham qanchalik kuchli ta’sir o`tkaza olishi yaqqol ko`rinib turibdi.
Buyuk mutafakkirlar musiqaning inson ongiga, shaxsiga, umuman, jamiyat rivojiga ham ulkan ta’sirini ta’kidlab o`tishgan.
Masalan, Aflotun: ”Davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi lad va qay ritmda yangrayotganligiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq”5, - deb yozgan. Bitiruv malakaviy ishi bo`yicha topshiriqlarni bajarish mobaynida Navoiy Madaniyat va san’at kolleji, Navoiy shahridagi umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi, Navoiy davlat pedagogika instituti ARMlaridagi hamda Farhod madaniyat saroyi bibliotekasining o`quv zallaridagi tegishli adabiyotlardan va boshqa manbalardan foydalangan holda, ilmiy rahbarim Sh.I.Jalilov va boshqa mutaxassis ustoz-murabbiylarning maslahatlariga tayangan holda pedagogik amaliyot davrida quyidagi tadqiqotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`ldim:

  • Musiqa idrokining bizgacha tadqiq etilgan alohida va umumiy jihatlarini tegishli adabiyotlardan foydalangan holda o`rganish va tahlil qilish.


  • Musiqa idrokining bolalar tarbiyasidagi muhim ahamiyatini tadqiq etish.


  • Musiqa idrokini tashkil etish muammolarining paydo bo`lishi, shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o`rganib chiqish.


  • Musiqa idrokining inson ongiga, xarakterining shakllanishiga badiiy didining shakllanishiga qanchalik ta’sir ko`rsatishini tadqiq etish.


  • Xalq og`zaki ijodida shakllanib, rivojlanib kelgan o`zbek folklor musiqasidan musiqiy idrokning tarbiyaviy vositasi sifatida foydalanish tamoyillarini o`rganib chiqish va tavsiya



  • O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarida musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etish.
  • Maktabdan va sinfdan tashqari musiqa ta’limi mashg`ulotlaridaa musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etishga erishish.


Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlari hamda o`qituvchilarining ish tajribalarini o`rganib, ularning bu boradagi qilayotgan ijodiy izlanishlarini faoliyatlarini tahlil qilish natijasida bolalarning musiqa idrokini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdim:


  • Bolalarning musiqiy idrokini shakllantirishni tashkil etishda ularning yoshiga doir fiziologiyasini inobatga olish.


  • Bolalarning musiqiy idrokini shakllantirishni tashkil etishda ularning har birining individual xususiyatlarini, o`ziga xos xarakterini hisobga olgan holda har biriga individual munosabatda bo`lishga erishish.


  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini


shakllantirish va to`g`ri yo`naltirishga doimiy ravishda alohida e’tibor qaratish.


  • Musiqa idrokining ijtimoiy ta’sirini ham hisobga olgan holda, ommaviy tadbirlarda, bayramlar, ko`rik-tanlovlar, festivallar va boshqa ommaviy yig`inlarda ishlatiladigan musiqiy asarlarning xarakteriga, tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish va bundan maqsadli ravishda, ommaviy tarbiya vositasi sifatida foydalanish.


  • Musiqa mashg`ulotlarida va ommaviy musiqiy tadbirlarda, musiqiy kechalarda, ijodiy uchrashuvlarda darsning yoki tadbirning mavzusidan kelib chiqqan holda unda tinglanadigan, ijro etiladigan musiqiy asarlar rejasini oldindan tuzib chiqish va bunda musiqa idrokining to`g`ri tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishga erishish.



Ma’naviyat tushunchasi insonni ruhan va mafkuraviy jihatdan barqaror bо’lishini ta’minlaydi. О’zbekiston xalqining asrlab yig’ib, avaylab, avloddan - avlodga eltib kelgan ma’naviy bisotining salmoqli bir qismi uning musiqasi, kuy va qо’shiqlari hisoblanadi. Xalqimiz ayniqsa she’riyat bilan bevosita bog’langan folklor qо’shiqlari, bolalar qо’shiqlari, maqom sikllari, katta va mumtoz ashulalarga nihoyatda boy.


O’rta sinf o’quvchilariga musiqa madaniyati fanini o’qitishdan kutilayotgan narsa shuki, o’rta sinf musiqa madaniyati darsliklaridagi mavzular orqali ularning hayoliy, fikriy dunyosini boyitish, o’quvchilar qalbida vatanga insonlarga, mehr-muhabbat ruhini shakillantirishdan iboratdir. Keling avvalo o’rta sinf o’quvchilarining psixologik-fiziologik jihatlariga to’xtalib o’tsak. O’rta sinf tayanch-ta’lim bosqichi boshlanadi. 5-sinfda o’quvchilar psixologik tomondan ancha o’zgargan bo’ladi. Ularning hayotiy tajribalari boyigan, konkret fanlarni o’rganish jarayonida ilmiy dunyo qarashlari tarkib topayotgan davr bilan farq qiladi.
Fikrlash bir muncha rivojlanganligi sababli, ko’rgazmali idrokdan ko’ra so’z orqali mantiqiy idrok qobiliyatlari rivojlana boshlandi. Shunga muvofiq o’rganiladigan asarlar ham janr, hajm va badiiy mazmun jihatidan tobora jiddiylashib boradi. Ovoz diapazoni (Do1 - Mi2 ) ma’lum miqdorda rivojlangan bo’ladi. 5-sinf o’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini ta’minlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Vokal-xor mashqlari sifatida xalq quyi va qo’shiqlaridan parchalar kuylash va shu vosita bilan milliy musiqa ohanglari xususiyatlarini bolalar xissiyotiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi o’zi qo’shiqni ifodali qilib kuylab berishi va o’quvchilarni musiqiy o’quv qobiliyatlarini o’stirish kerak:
1. Sof unisonga erishishi.

  1. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to’la idrok etishi,

  2. Notaga qarab qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. O’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nixoyatda oddiy mashqlardan, qo’shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qo’lay bo’lgan ladlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham, asosan solfedjio qilish yo’li bilan o’rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko’rsatib notalar nomini va tovushning balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab so’ng, kuylash zarur. Dastlab katta tertsiya, sof kvarta, sof kvinta, katta seksta singari ohangdosh intervallar, mashqlar uchun asos bula oladi. Chunki, bu intervallar kuylash uchun qo’lay yoqimli va o’quvchilar xotirasida saqlanishi oson. Intervallar faqat ikki ovozda kuylanmasdan, balki tinglash uchun ijro etib, ularda yuqori va pastki tovushni aniqlashni topshirish lozim. Bunday savollar o’quvchilarni garmonik o’quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o’zlashtirish tuyg’usi paydo bo’ladi. Ikki ovozlik qo’shiqlarni kuylash uchun, kichiq kanonlardan boshlab kattarok xajmdagi jo’rsiz (akapella) asarlarga o’tish, o’quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatiarini o’stiradi. Ikki ovozli qo’shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichiq xajmdagi asarlar maqsadga muvofiqdir. Har qaysi ovozning ohanggi aniq ravshan, mustaqil bo’lishi kerak. Pastki ovoz quyi shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo’lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni, seksta septima oktavalar xajmidan oshmaydigan qo’shiqlar aytishga ayniqsa qo’laydir. Qo’shiqlar o’rtacha tempda yozilgan bo’lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo’shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatidan shakli yengil va oson bo’lishi kerak. O’zbek xalq qo’shiqlarni o’qituvchi ikki ovozlik qilib,qayta ishlab o’rgatishi o’quvchilarni talaffuzi intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho’zib, ikkinchi ovoz harakatlashishi ham, bolalarni eshitish qobiliyatlarini ustiradi. Keyinchalik esa, ovozlarni parallel bir tomonga yo’nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo’nalishi va har xil murakkabrok holatida ham kuylash mumkin bo’ladi. Musiqa darsida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo’lish shart emas, balki taxminiy bo’lishi ham mumkin. Chunki ikkinchi,uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o’quvi ko’proq o’sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun albalta dastlab, sof unisonga erishiladi. So’ngra, ikki ovozli asarlarga utiladi. Beshinchi sinf bolalarning ovozlari yangroq ovoz apparatlari shakllangan, ko’nikma va malaka ega bo’lganligi sababli ikki ovozli qo’shiqlarni o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida 5-sinf o’quvchilar - o’zbek xalq cholg’u orkestri, xor san’ati simfonik orkestr, vokal-simfonik asarlar, saxnaviy musiqa asarlari, raqs san’ati, musiqali drama va komediyalar, opera san’ati, o’zbek musiqasida opera janri haqidagi bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, musiqa savodi darsining ko’proq ta’limiy funktsiyasini bajarmogi lozim. Shuning uchun musiqa savodiga doir beriladigan har bir yangi atama, tushuncha yoki nazariy element musiqa faoliyatining barcha turlari amaliyotida qo’llanib, o’quvchining musiqiy bilim doirasini boyitib borishi lozim. Bu esa o’ quvchining musiqiy savodxonligi tarkib topishida asosiy ro’l o’ynaydi. Musiqa savodidan o’lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari, dinamik belgilari, interval lar, reprizalar bilan tanishtirib musiqiy asariami tahlil qilish yaxshi natija beradi. Oltinchi sinfda o’quvchilami ovoz diapazoni 1 -ovozlar uchun (Do, - Fa2). II - ovozlar uchun (si - Re2), bu davrda o’quvchilarga qo’shiqlarpi ikki ovozlik qilib o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu paytda, ayrim o’quvchilarda mutatsiya davri boshlanadi. Mutatsiya davridan oldin o’g’il va qiz bolalar ovozi o ‘rtasidagi farq uncha sezilmaydi. Mutatsiya paytida qo’shiq o’rgatish o’qituvchidan katta mas’uliyatni talab etadi. Qo’shiqlar bolalaming ovoz imkoniyatlariga mos tushishi va dars davomida ulaming ovozlarini asrab avaylash ishlariga yordam berishi lozim. Darsning asosiy qismini ashula aytishga sarf etib, ovozlarini charchatmaslik kerak. o’quvchilami ikki ovozga ajratib qo’shiqlami ikki ovozlik qilib, ulaming ovozlariga moslash ovoz tarbiyasining muhim vositasidir. Xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash faoliyatlari, asarlarni tahlil qilishda mavzular asosida mantiqan bog’lanadi. Yangi dastur asosida yil mavzusi chorak mavzusi va dars mavzusi bir -biri bilan bog’lanadi. Oltinchi sinfda musiqa madaniyati darslarida quyidagi qo’shiqlar o’rgatiladi. ≪Bolalar≫, J.Jabborov she’ri, H.Rahimov musiqasi. ≪Munajjib bobo≫, P.Mo’min she’ri, N.Norxo’jayev musiqasi. ≪Xush keldingiz≫, H.G’ulomov she’ri, S.Boboyev musiqasi. ≪Dono bola≫, M.Mirzayev she’ri, N.Norxo’jayev musiqasi. ≪Go’shtlar≫, K,Ganriguliyev she’ri, V.Ahmedov musiqasi. Oltinchi sinfda quyidagi asarlar tinglanadi. O’zbek xalq kuylari, ≪Jonon≫, ≪Norim-norim≫, ≪Gulizorim≫, A.Navoiy she’ri, Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqasi. ≪Sharq taronalari≫, U.A’zim she’ri, D.Omonullayeva musiqasi.



  1. sinfda musiqa o'qitish metodikasi va mazmuni Umumiy o'rta ta'lim maktabining har bir bosqichi o'qituvchi oldiga bir qator vazifalarni qo'yadi. O'qituvchi o'z imkoniyati va salohiyatidan kelib cbiqqan holda, umumdidaktik metodlardan foydalanishi, bosqichlararo uzluksiziikni ta'minlashi, turli xil metodlardan unumli foydalanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashi kerak. Uzluksiz ta'limning ayrim bosqichlarini o'zaro aloqadorlikda o'rganish muhimdir. Chunki O'rganadigan mavzulari, bolaiarning yosh xususiyatlari, o'zlashtirish qobiliyatlari bu sinflarda deyarli bir xil bo'ladi. Shuning uchun ham 5- sinflarni uzviy holda o'rganish mumkin. 4-sinfda boshlang'ich maktabning tugaganligini hisobga oladigan bo'lsak, 5-sinfda bolalar bevosita yangi bosqichga, ya'ni o'rta ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichiga o'tadilar. Bu - sinfda barcha fanlar bo'yicha o'qituvchilarning r/zgarishi, sinf rahbarining o'zgarishi o'quvchilarning yangi sharoitlarga ko'nikishini talab qiladi, Bu jarayon ayrim o'quvchilarga qiyinchiliklar tug'diradi. 5-sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlariga umumiy xarakteristika Pedagogik-psixologik adabiyotlardan ma'lumki, bu yosh o'smirlik davriga to'g'ri keladi. O'smirlik davri chegaralari taxminan 5-8-sinfiga to'g'ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo'lgan davrni qamrab oladi, lekin o'smirlik yoshiga o'tish 5-sinfga o'tish bilan mos tushmasligi va bir yil oldin yoki keyin sodir bo'lishi ham mumkin. O'smirlik davri «o'tish», «keskin o'zgaruvchan», «mushkul», «qiyin» davr deb ham nomlanadi. O'quvchilarda bu yoshda sodir bo'ladigan rivqjlanish jarayonlarining murakkab va muhimligi qayd etish joiz. Bu hayotning bir davridan boshqasiga o'tish bilan bog'liq. Inson rivojlanisluning barcha yo'nalishlari bo'yicha (jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy, ijtimoiy) katta sifat va miqdoriy o'zgarishlar ro'y beradi. O'smir Shaxsi rivojlanishning muhim omili - uning shaxsiy faolligi - shaxsiyat omilidir. Bu davrda o'smirning o'z-o'zini anglashi jarayoni faol va mashaqqatli kechadi. O'smirning yoshidagi muhim o'zgarishlar uning organizmidagi jismoniy o'sish va biologik voyaga etish bilan bog'liqdir. O'smirlar bilimdon va talabchan, lekin materialni qiziqarli va aniq tushuntirib beradigan, darsni bir me'yorda tashkil eta oladigan, unga jalb qila oladigan, darsni har bir o'quvchi uchun maksimal darajada unumli eta oladigan adolatli, oqko'ngil va madaniyatli o'qituvchilarni yoqtiradifar. O'smir organizmi o'sishidagi sakrashlar, ehndokrin tizimdagi o'zgarishlar, gipofiz faoliyatidagi faollik, jinsiy voyaga etish, yurak, mushak, butun organizmning mustahkamlanishi insonning psixik, aqliy va ruhiy o'sishida muhim o'zgarishlarga olib keladi. Musiqiy tarbiyada bu yosh ovoz apparatining mutasiyasi davri bilan bog'liq. Ovoz apparati yo'qonlashadi, ovoz ayniqsa, o'g'il bolalarda sezilarli darajada pastroq bo'lib boradi. Shuningdek, ovozning buzilish holatlari ham shu davrga xosdir. Bu yoshda oyoz apparatining haddan ortiq yuqori tessiturasidan qochib, vokal repertuari tanioviga ehtiyotkorona yondashish lozim. Endi mutasiya hodisasiga batafsil to'xtalib o'tamiz. O'g'il bolalarda mutasiyaning boshlanish davri, odatda jinsiy bolog'atga etish davriga to'g'ri keladi. Mutasiyaning boshlanishi ko'p sabablarga bog'liq, juladan, iqlimgaham bog'liqdir. Mutasiya davrida hiqildoq tez o'sadi. Ayniqsa qalqonsimon tog'ay juda kattalashadi. Boylamlar ikki barobar 13-14mm dan 24-25mm gacha kattalashadi. Bu davrda hiqildoq kasallikka chalinuvchan bo'lib qoladi. Ovoz ehtiyot qilinmasa, hiqildoqda turli xil kasalliklar paydo bo'lishi mumkin. mutasiyaning turi va davomiyligi hammada har xil kechadi. Bolalarda mutasiyaning boshlanganligini o'z vaqtida payqash va vokal asariarini to'g'ri tanlash o'ta muhim shartlardandir. Mutasiya boshlanganligining dastlabki belgilari: ovozning nimjon bo'lib qolishi, 146 intonatsiyaning buzilishi, qo'shiq aytish xoliishining yo'qolishi, ovozning xirrilab qolishi. Mutasiya hammada har xil, ayrim bolalarda yengil, ayrim bolalarda esa og'ir kechadi. Bir me'yorda ovozning yo'qonlashib borishi bu yengil mutasiyadan darak bersa, ovozning bir yo'qonlashib, bir ingiclika yangrashi, gohida ovozning chiqmay qolishi og'ir mutasiya belgilaridir. Kuzatishiarga ko'ra ko'pincha, diskant ovozlar basga, alt ovozlar tenorga aylanadi. Qizlarda ham mutasiya davri bo'lib o'tadi. Biroq ularda mutasiya o'g'il bolalarnikidek sezilarli o'tmaydi. Qizlarda mutasiya bilinmay, juda sekin o'tganligi tuffayli ulaming ovoz o'zgarishlarini payqash mushkul. Bu davrda og'ir kuylarni kuylashga berish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. ovozni haddan tashqari zo'riqtirib qo'yish natijasida, qizlarning ovoz paylarida bog'lam, tugunchalar paydo bo'lishi va keyinchalik mulaqo ovozning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. O'qituvchi mutasiyaning har xil - sezilarli yoki sezihnasdan o'tishini hisobga olgan holda, o'quvchilarning ovoz apparatlarini zo'riqtirmay, ularga yengil kuy va qo'shiqlami berishi kerak. 5-sinfda qo'shiq kuylash faoliyati Qo'shiq kuylash faoliyati o'quvchilarda melodik, garmonik eshituv, ladni his etish, sof intonatsiya kabi musiqiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Ovoz apparati o'smir organizmida kechaydtgan jarayonlar tufayli o'zgaradi. Jismoniy o'sish ham ovoz apparatining o'sishi ham ravonligini yo'qotib, notekis ravishda shakllanadi. Bu davrda rnutasiya davom etadi. Shuning uchun ham ularga ovoz diapazoni keng, baland dinamikadagi asarlarni kuylash tavsiya etilmaydi. O'quvchilar qo'shiqlami past-yarim ovozda baqirmasdan, ehtiyotkorlik bilan kuylashlari kerak. Bu sinf o'quvchilari bilan bir ovozli qo'shiqlar bilan birga ikki ovozli qo'shiqlar ustida ham ish olib boriladi. Buning uchun kichik hajmdagi kanonlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Qo'shiqlar o'rtacha sur'atda yozilgan bo'lishi, katta intervallarga sakrashlarning bo'lmasligi bu davrda muhim ahamiyat kasb etadi. 5-6-sinfda musiqa tinglash faoliyati Musiqiy asami tinglash jarayonida o'quvchilarga asami tinchlikni saqlagan holda, gaplashmay madaniyatli tinglash odobini o'rgatish muhimdir. Asar boshidan oxirigacha ifodali, badiiy ijroda magnit tasma yoki o'qituvchining jonli ijrosi orqali eshittiriladi. Musiqa yangrashi bilan barcha 147 sinfdagilar, jumladan o'qituvchining o'zi ham berilgan holda, barcha ishlarini chetga surib diqqat bilan tinglashi kerak. Bu yoshdagi o'quvchilar murakkab ichki dunyo, his-tuyg'ular, ichki kechinmalarga boy, muhabbat mavzularidagi, qahramonlik ruhidagi, tragediya va satira kabi janrlardagi musiqiy asarlami bajonudil kuylaydilar. O'smirlar hissiyotga beriluvchan, ta'sirchan bo'lganligi sababli, chuqur falsafiy g'oyalar bilan sug'orilgan, orzu va baxt-saodat uchun kurash, ilk muhabbat kechinmalari, sog'inch kabi insoniy his-tuyg'ular ifodalangan musiqa ularga kuchli hissiy ta'sir o'tkazadi v jiddiy mushohada qilishga undaydi. Beshinchi sinfda o'quvchilarning musiqiy dramaturgiya haqidagi tushunchalarni rivojlantirish va tasawurlarini uyg'otish muhim vazifadir. «Musiqa madaniyati)) dasturiga kirgan buyuk g'oyalarni aks etuvchi T.Qurbonovning «Shiroq» baleti, U.Musaevning «To'maris» baleti, TJalilovning «Tohir va Zuhra» operasi, S.Yudakovning «Mirzacho'l» vokalsimfonik syuitasi, L.Betxovenning «Qahramonlik», A.Motsartning 40- simfoniyasini tinglab idrok etish jarayonida, o'quvchilar bu asarlardagi aniq ifodalangan musiqiy obrazlar va ularning to'qnashuvtari, ziddiyatlari, motivlar kurashi, dramatik rivojlanishlar haqida tushunchaga ega bo'ladilar. Mumtoz musiqa namunalaridan tinglaydilar. Shuningdek, sharh xalqlari mumtoz musiqalaridan namunaiar tinglab o'z bilimlarini oshiradilar. 5-sinfda musiqa savodi faoliyati Musiqa savodi faoliyatida asosan musiqa nazariyasiga oid bilimlar o'rgatiladi. O'quvchi musiqa savodini o'zlashtirib borar ekan, u musiqiy asarlami bemalol nazariy jihatdan tahlii qila oladi. Bu sinflarga kelib o'quvchilar tovush, ritm, o'lchov, sur'at, alteraciya beigilari, major va minor ladlari, ikkita belgigaeha bo'lgan tonliklarni biladilar. O'qituvchio'quvchilarning mazkur faoliyatda egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini boshqa faoliyat turlarida unumli qo'llay bilishi kerak. Bu o'z navbatida o'quvchilaming bilimlarini chuqurlashtiradi hamda boshqa faoliyatlardagi bilimlarini ham orttiradi.

Beshinchi sinfda o‘rta ta’lim etapi boshlanadi. 5-sinf o‘quvchilari psixologik-fiziologik jihatdan ancha o‘zgargan bo‘ladilar. Vokal-xor ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi. Sof unisonda kuylashga, ikki ovozli mashqlarni kuylashga, ansamblda kuylash malakalariga ega bo‘ladi. Qo‘shiq haqida, tinglangan asar haqida mustaqil fikr yuritish qobiliyatiga ham ega bo‘ladilar. Ovoz diapazoni (Do1 – Fa2) ma’lum miqdorda rivojlangan bo‘ladi, ular hayotiy tajribaga boy bo‘ladilar. Fanlarga qiziquvchan va o‘zlarining sevgan mashg‘ulotlariga astoydil mehr bilan qaraydilar. Bolalarning diqqat-e’tibori ancha turg‘unlashgan bo‘ladi. Hajm jihatdan kattaroq musiqani tinglashga va kuylashga qodir bo‘ladi. Musiqa darsida ko‘rgazmalilik asosiy o‘rinni egallaydi. O‘qituvchi o‘zi qo‘shiqni ifodali qilib kuylab berish va o‘quvchilarga qo‘shiqni quyidagi metodlarga asosan o‘rgatishi lozim:


1. Sof unisonga erishishi.
2. Musiqiy jumlani boshidan oxirigacha to‘la idrok etishi.
3. Notaga qarab kuylash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Musiqa savodidan asar tahlili, notalarni joylanishi o‘lchovlar, ansambl, xor, orkestr haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Musiqa darslarida iloji boricha, o‘qituvchi ko‘rgazmali qurollardan, texnika vositalardan ko‘proq foydalanishi kerak. O‘quvchilar musiqa fanini boshqa fanlar bilan bog‘liq ekanligini ongli ravishda anglashi kerak. Beshinchi sinf o‘quvchilarini qiziqishi, qobiliyatiga qarab to‘garaklarga jalb etilishi lozim. Beshinchi sinfda bir ovozda qo‘shiq kuylash ustida ish olib borish davridayoq o‘quvchilarni ikki ovozda kuylashga asta-sekin tayyorlab borish lozim. O‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab, nihoyatda oddiy mashqlardan, qo‘shiq naqoratlaridan, kuylash uchun qulay bo‘lgan ladlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Eng oddiy va murakkab mashqlarni ham asosan solbfedjio qilish yo‘li bilan o‘rganish va kuylash lozim, chunki bu jarayonda 88 notalarni nomlari va balandligi holatini ham anglab boriladi. Ikki ovozlikda kuylashni boshlashdan oldin, sinf taxtasida yoki plakatlarda ko‘rsatib notalar nomini va tovushining balandlik holatini aniqlab, ovoz chiqarib bir necha marta takrorlab, so‘ng kuylash zarur. Bunday savollar o‘quvchilarni garmonik o‘quvini kuchaytiradi, intervallarni ongli ravishda o‘zlashtirish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Ikki ovozlik qo‘shiqlarni avvalo (aks sado) shaklidan boshlab kuylash kerak, so‘ng kichik kanonlardan boshlab kattaroq hajmdagi jo‘rsiz (akapella) asarlarga o‘tish, o‘quvchilarni bir-birini diqqat bilan eshitib, kuylash qobiliyatlarini o‘stiradi. Ikki ovozli qo‘shiqlarni tanlaganda, ikki ovozli elementi bor, kichik hajmdagi asarlarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Beshinchi sinf o‘quvchilarini qiz bolalar, o‘g‘il bolalar ovozlar o‘rtasida deyarli farq bo‘lmayda. Har qaysi ovozning ohangi aniq, ravshan, mustaqil bo‘lishi kerak. Pastgi ovoz shirali, xushohang, yaxshi esda qoladigan bo‘lishi ayniqsa muhimdir. Ovoz partiyalarining diapazoni seksta, septima, oktavalar hajmidan oshmaydigan qo‘shiqlar aytishga ayniqsa qulaydir. Qo‘shiqlar o‘rtacha tempda yozilgan bo‘lishi kuylash uchun foydali va osondir. Ikki ovozli qo‘shiqlarni ohanglari imitatsiya jihatdan shakli yengil va oson bo‘lishi kerak. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini o‘qituvchi ikki ovozlik qilib, qayta ishlab o‘rgatishi o‘quvchilarni talaffuzi, intonatsiyasi va xotirasini rivojlantiradi. Ikki ovozlikni kuylashda, bir ovoz cho‘zib, ikkinchi ovoz harakatlanishi ham bolalarni eshitish qobiliyatlarini o‘stiradi. Keyinchalik esa ovozlarni parallel bir tomonga yo‘nalishi, ovozlarni qarama-qarshi yo‘nalishi va har xil murakkabroq holatida ham kuylash mumkin bo‘ladi. Musiqa darsi jarayonida ikki ovozda kuylash uchun bolalar ovozini diskant va altga bo‘lish shart emas, balki taxminiy bo‘lishi ham mumkin. Chunki ikkinchi, uchinchi ovozni kuylaganda bolalarni musiqa o‘quvi ko‘proq o‘sadi. Shuning uchun ovozlarni galma-gal almashtirib kuylatish lozim. Buning uchun albatta dastlab sof unisonga erishiladi. So‘ngra, ikki ovozli asarlarga o‘tiladi. Beshinchi sinf bolalarining ovozlari yangroq, ovoz apparatlari shakllangan, 89 qo‘shiq kuylash ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lganligi sababli ikki ovozli qo‘shiqlarni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Beshinchi sinfda quyidagi qo‘shiqlar o‘rgatiladi: «O‘zbekiston Davlat madhiyasi», A. Oripov she’ri, M. Burxonov musiqasi. «Bolalarning ko‘zlari», Qambar Ota she’ri, M.Otajonov musiqasi. «Parvozdagi qushchalar», M. Mirzayev she’ri, R. Abdullayev musiqasi. «Sumalak», T. Bahramov she’ri, Sh. Yormatov musiqasi. Beshinchi sinfda quyidagi asarlar tinglaniladi: «Boychechak», Sh. Yormatov xor uchun qayta ishlangan. «Terimchilar qo‘shig‘i», vokal simfonik suita G‘. G‘ulom she’ri, S. Yudakov musiqasi. «Maysaraning ishi» operasidan parcha, S. Yudakov musiqasi. «Figaroning to‘yi», V.A. Motsart musiqasi. «Otmagay tong», «Tohir va Zuhra» musiqali dramasidan parcha, T. Jalilov musiqasi.
«KOMPOZITORLIK MUSIQA JANRI»
I chorak: «O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri. Xor san’ati».
II chorak: «Simfonik orkestr. Musiqada vokal – simfonik janrlari».
III chorak: «Sahnaviy musiqa asarlari. Balet va raqs san’ati. Musiqali drama va komediya».
IV chorak: «Opera san’ati. O‘zbek musiqasida opera janri». Beshinchi sinfda musiqa darslarining maqsadi, o‘quvchilarni boshlang‘ich sinflarda olgan bilimlarini va tayyorgarlik darajasini aniqlab, musiqa mashg‘ulotlariga, to‘garak ishlariga qiziqtirishdan iborat. Mazkur maqsad yuzasidan kirish suhbati o‘tkaziladi va ko‘pchilik yoddan biladigan qo‘shiq kuylanadi. Kuylashdan oldin ashula aytish holati, o‘tirib va turib kuylash qoidalari tanishtiriladi va tartibga solinib, vokal mashqlari yordamida ovozlar sozlanadi. So‘ngra qo‘shiq ijro etiladi. Hamda ijro yutuq va kamchiliklari baholanadi. Qo‘shiq mazmuni suhbatda aniqlanib asar xarakteri, tempi, shakli belgilanadi va talablarga ko‘ra qayta kuylanadi, toki o‘quvchilarda darsning professional darajasi sezilsin. Natijada o‘quvchilarni qo‘shiq kuylashga, musiqa tinglashga, asarlarni savodli tahlil qilishga, to‘garaklarga qatnashishga, chiroyli ovoz hosil qilib kuylashga qiziqishi va mas’uliyati oshib boradi. Keyinchalik esa ikki ovozli qo‘shiq kuylashga qiziqishi ham ortib boradi. Ikki ovozli kuylash malakasi asta-sekin singdiriladi. Bu to‘garak ishlarida o‘z natijasini ko‘rsatadi. Musiqiy asarni tinglang va kuylash uchun albatta musiqiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerakligi va hayotda musiqa tarbiyasining ahamiyati haqida musiqa o‘qituvchisi tushuntirib borishi lozim.

Ilova


Ulug‘bek MIRZAAHMEDOV, Bo‘stonliq tumanidagi 2-maktabning musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Bo’lajak musiqa o’qituvchisining pedagogik maxorati asoslari. Tuzuvchi: T.V.Shevchenko. T, 1991.
2. Osnovы muzыkalnogo-pedagogicheskogo masterstva. Voprosы teorii i metodiki. Speskurs. M., 1987.
3. O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’lim-tarbiyasi Konsepsiyasi. «Ma’rifat» gazetasi, 1992, 25-noyabr.
4. Bo’lajak o’qituvchining axloqiy shakllanishi. T., «O’qituvchi», 1979.
Download 152.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling