I. Kirish II. Asosiy qisim gidromorf tuproqlar ekalogiyasi Cho`l zonasining gidromorf tuproqlar


Download 83.69 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi83.69 Kb.
#1831246
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Cho`l mintaqsini gidromorf tuproqlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari 111

I.Asosiy qism
2.1 Gidromorf tuproqlar ekalogiyasi
Gidromorf tuproq- grunt suvlarining yaqin boʻlishi (0,5-3,0 m) natijasida doimiy kapillyar namlanish taʼsirida shakllangan tuproqdar. Oʻrta Osiyoda sugʻoriladigan yerlarning yarmidan koʻpini Gidromorf tuproqlar tashkil etadi. Geomorfologik sharoitlari va namlanish rejimiga qarab allyuvial va saz (bulok) rejimidagi Gidromorf tuproqlar ga boʻlinadi. Allyuvial rejimdagi Gidromorf tuproqlar yirik daryo suvidan taʼminlanib turuvchi grunt suvlari yaqin boʻlgan qayirlarda, quyi daryo terassalarida va hozirgi deltalarda shakllangan. Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va b. daryolarning sohillarida tarqalgan. Saz rejimidagi Gidromorf tuproqlar soy va konuslararo pastqamlik yoyilmalarining periferik hamda oʻrta qismlarida, shuningdek togʻ yon bagʻri tekisliklarida togʻ grunt oqimining nurashidan vujudga kelgan kichik yopiq depressiya (botiq)larda shakllanadi. Bundam rejimdagi tuproqlar Toshkent, Samarkand, Mirzachoʻl vohalarida, Kitob-Shahrisabz havzalarida, Surxondaryoning yuqori va oʻrta oqimi, shuningdek Gʻarbiy Fargʻona va b. joylarda uchraydi. Minerallashgan grunt suvlarining sekin siljishi (choʻl va sur tuproq mintaqasining qisman pastki zonalariga xos) natijasida shoʻrlangan Gidromorf tuproqlar va shoʻrxoklar vujudga keladi. Tarqalish hududiga koʻra Gidromorf tuproqlar choʻl zonasi va boʻz tuproq mintaqasidagi oʻtloqi, botqoqi va shoʻrxok tuproqlarga ajratiladi.
Gidromorf tuproqlardagi tuproq-grunt qatlamining doimiy sernam boʻlib turishi oʻziga xos oʻsimliklarning rivojlanishiga, chirindi hosil boʻlish, shuningdek suvli va b. qatlamining doimiy sernam boʻlib turishi oʻziga xos oʻsimliklarning rivojlanishiga, chirindi hosil boʻlish, shuningdek suvli va b. qatlamlardagi tiklanish jarayonlarining oʻzgarishiga sabab boʻladi. Shuning uchun Gidromorf tuproqlarning chirindili qatlami avtomorf tuproqlarnikiga nisbatan qalin, gleylanish, shuningdek karbonatli va gipsli qatlamlar chuqurroq joylashgan boʻladi. Choʻl zonasining yosh qayir-allyuvial oʻtloqi tuproqdarida chirindining miqdori 0,3—0,5%, oʻtloqi va oʻtloqi-botqoqi tuproklarda 7—10%, torfli-botqoqlarda esa 20%ni tashkil etadi. Gidromorf tuproqlar oʻzlashtirilganda, oʻz xususiyatlari va tuproq hosil boʻlish jarayonlari bilan qoʻriq yerlardan keskin farq qiluvchi voha tuproqdari rivojlanadi.
Gidromorf tuproqlar Gidromorf tuproqlarga pastdan sernam, yer osti suvlari yuzaga yaqin joylarda hosil bo‘lgan bir qator tuproq guruhlari kiradi. Bu tuproqlar quyidagi sharoitda hosil bo‘ladi: 1) yer osti suvlarining yuzada to‘planishi; 2) pastqam joylarda atmosfera yog‘inlarining yig‘ilishi;3) yer usti va osti suvlarining birgalikdagi ta’siri; 4) yer ustki qismida suvning davriy to‘planishi, 5) daryo oqar suvlari bilan yer osti suvlari yaqin joylarning bostirilishi, 6) dengiz, ko‘l, daryo irmoqlaridagi tuproqlarning suv bilan sernamlanishi, 7) sholi ekiladigan tuproqlarning doimo suv bilan bostirilishi. Demak, gidromorf tuproqlar doimo tranzit (o‘tuvchan) va yig‘iluvchan (akkumulyativ) geokimyoviy landshaftlarda hosil bo‘ladi. Gumid mintaqasidagi tuproqlar suvdagi moddalarning o‘tishiga geokimyoviy to‘siq hisoblanadi, natijada, tuproqda gumus, kremniy, temir, marganes, fosfor to‘planadi. Arid mintaqasi tuproqlarida esa ohak, gips, suvda eriydigan tuzlar yig‘iladi. Yer yuzining glyatsial, flyuvioglyatsial va allyuvial tekisliklardagi tuproqlar gidromorf bosqichni o‘z evolyutsiyasi davomida bosib o‘tgan. Gidromorf tuproqlar uchun xos xususiyat namlikning davriy ravishda qaytarilib turishi va oksidlanish - qaytarilish jarayonlarining avj olib, kimyoviy va biokimyoviy, anaerobiozis reaksiyalarning Eh 100-200 mV o‘tishidir. Anaerob mikroorganizmlarning rivojlanishi, qaytarilish kimyoviy jarayonlar natijasida - gleylanish G‘eO, MpO, H2S, SN4, NxO, rNx.
Bu mintaqalarda vivianat, glaukonit, sulfidlar hosil bo‘ladi. Gleyli qatlamlarda toksik moddalar va gazlar (metan, fosfin, serovodorod, azot va uglerod oksidlanmagan turlari) hosil bo‘ladi. Biroq mikrozonalarda oksidlanish jarayoni suv o‘tgan joylarda rivojlanib, sernam, loy qatlamlarda yashil, havorang, zangsimon dog‘lar hosil bo‘ladi. Gidromorf tuproqlar sistematikasi. Gidromorf tuproqlarga xos xususiyat, ularning suv ostida, akkumulyativ (subakval) sharoitda mangra va marsh tuproqlarning hosil bo‘lishidir. Gidromorf bosqichda allyuvial va botqoq tuproqlari ajratiladi. H.Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 130 Sho‘rxoq, sho‘rtob, solodlar, psevdogley tuproqlar ham gidromorfizm sharoiti bilan bog‘liq bolsa-da, ulardagi asosiy jarayonlar boshqacha kechadi. Gidromorf tuproqlar guruhiga mangra, marshe, allyuvial va botqoq tuproqlar kiradi. Mangra toifasidagi tuproqlar. Okean va dengiz qirg‘oqlarida mangra o‘simligi o‘sadi. Mangra tuproqlari suv to‘lqinlarining pastqam joylarni bosishi va qaytishi natijasida hosil bo‘lgan tuproqlardir. Ular daryoning dengizga quyilgan joyida (deltada) shakllanadi. Mangra o‘rmonlari, dengiz bo‘ylarida bir necha hil o‘simliklardan iborat qoplam hosil qiladi. Dengiz suvi qirg‘oq yonidagi 2-3 m balandlikdan iborat to‘lqin oqimida mangra rizoforasi (Atlantika, Tinch va Hind okeanlari qirg‘og‘ida ildizlari baquvvat bo‘lib) to‘lqin qaytganda ochilib qoladi. Keyingi mintaqada esa pnevmatofor mangra daraxtlar pastroq bo‘lib, ildizlarning yuqoriga qarab o‘sgan o‘simtalari bo‘ladi, ular nafas olish rolini bajaradi. Uchinchi mintaqa bo‘tasimon xurmo daraxtlaridan iborat bo‘ladi. O‘simliklar ildizlari atrofida juda ko‘p dengiz jonivorlar: qisqichbaqalar, chuvalchanglar, molyuskalar, mayda baliqlar yashaydi. Mangralarning asosiy xususiyatlari qo‘yidagilar: 1) mangra o‘simlik qoplami bir sutkada ikki marta dengiz to‘lqinlari bilan bosiladi va qaytariladi; 2) loy qatlamli joylar doimo suv bilan tahminlanib turadi; 3) tuproq tarkibida tuzlar ko‘pligi (ammo ularning miqdori dengiz suvidan kamroq) sababi, qirg‘oqdan kelayotgan suv oqimi bilan yuvilib turadi; 4) tropik mintaqada harorat doimo yuqori bo‘ladi. Tuproq profilida genetik qatlamlar bo‘lmaydi. AC - qora rangdagi qovushqoq loydan iborat. Bu tuproqlar tarkibida 5-10% organik modda bo‘lib, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va mikroelementlarga boydir. Qaytarilish reaktsiyalarining doimiy avj olishi natijasida, bu tuproqlarda sulfat birikmalari ko‘p bo‘ladi. Mangra tuproqlari o‘zlashtirilib, sholi ekiladi. Marsh tipidagi tuproqlar subakval sharoitda deltada, dengiz yoqasi hamda kullarda hosil bo‘lib, unda qamish, papirus va nilufarlar o‘sib yotadi. Bu tuproqlar boreal, subboreal va substropik mintaqalarda rivojlanib, keng tarqalgan. Birinchi turdagi tuproqlar Afrikaning Viktoriya ko‘lida, Volga, Kuban, Dunay daryosining deltalarida hosil bo‘ladi. Profil AS dan iborat bo‘lib, faqat gumus va qaytarilish jarayonida hosil bo‘lgan moddalardan iborat. Marsheviy tuproqlar evolyutsiyaga uchrab, botqoq va o‘tloqi botqoq hamda o‘tloqi tuproqlarga aylanadi. Bu tuproqlar Shimoliy Yevropada keng tarqalgan. Allyuvial tuproqlar daryoning suv bosadigan birinchi pillapoyasida tarqalgan. Ularning maydoni dunyo bo‘yicha 3% ni tashkil qilib, bu joylar eng yangi va doimo, davriy ravishda, daryo suvlari bilan bostirilib tu- H.Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 131 radigan joylardir. Natijada, ikki xil, o‘zanosti - doimiy suv bosish va allyuvial - suv bilan loyqalarni olib kelib yotqizish jarayonlari kechadi. Bu tuproqlar daryo o‘zanida hosil bo‘lgani uchun anaerob jarayonda organik va mineral moddalar ko‘p miqdorda to‘planib, relyef va boshqa sharoitlarga, allyuvial, chimli allyuvial, o‘tloqi allyuvial, botqoq tuproqlarni hosil qiladi. Birinchisida profil A-S tuzilishda, gumus miqdori 1-3%, singdirish sigimi 10-15 mg.ekv/100 g, ikkinchisi A-AS-SD gumus 8-12%, singdirish sigimi 20-30 mg.ekv/100 g, uchinchisi loyli bo‘lib, A(T)-G, azot, fosfor gumusga boy bo‘lib, yer osti suvlari juda yaqin. Botqoq tuproqlar dunyoning barcha mintaqalarida tarqalgan bo‘lib, tundra boreal va tropik o‘rmonlar hamda tropik suv havzasining akkumulyativ pasttekisliklari G‘arbiy Sibir, Amazonkada rivojlangan.

Download 83.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling