I. Kirish II. Asosiy qism I bob. O'smirlik davrida jinsiy sterotiplar yosh xususiyatlarining nazariy tahlili


Download 246 Kb.
bet6/10
Sana03.02.2023
Hajmi246 Kb.
#1152234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'SIMLIKLAR DAVRIDA JIN SIY STREOITIPLAR

2-bob xulosasi: Ushbu bobda biz steriotipni yoshga doir xususiyatlari va uni o’smirlarda o’rganish muammo sifatida qay darajada o’rganilganini tahlili bilan tanishdik.
III bob. O'smirlik davrida jinsiy sterotiplar yosh xususiyatlariga doir tajriba sinov ishlarini tashkil etish.
3.1. O'smirlik davrida jinsiy sterotiplar yosh xususiyatlariga doir tajriba-sinov ish larini olib borish.
Psixologiya boshqa fanlar kabi nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash va shaxsda turli metodikalar o’tkazish orqali mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan. Yuqorida keltirilgan boblarda biz o'smirlik davrida jinsiy sterotiplar yosh xususiyatlariga mavzusi bo’yicha olimlarning fikrlari, gender strriotip shakllanishining o’ziga xos xusuiyatlarini nazariy jihatdan tahlilini ko’rib chiqdik. Bu bobda esa o'smirlik davrida jinsiy sterotiplar yosh xususiyatlari bo’yicha tajriba sinov ishlarini amalga oshiramiz va uning natijalarini tahlil qilamiz. Dastlab bizga o’rganilayotgan mavjud mavzuga oid metodikalar zarur bo’ladi. Mahalliy adabiyotlarni izlash natijasida gender farqlar steeiotip haqida birorta test yoki so’rovnomani uchratmadim. Shuning uchun xorij adabiyotlarga murojaat qildik. Rossiyalik tadqiqotchi olim E. Karkishenko o’zining nomsodlik dissertatsiyasida O’smirlarda gender steriotiplarni aniqlash bo’yicha “Kasblar so’rovnomasi” ni keltirib o’tadi va o’zi o’tkazgan tadqiqot natijalarini tahlil qiladi. Biz ham ushbu so’rovnomani etnik jihatdan moslashtirdik. Unda 20 ta kasb nomlari berilgan bo’lib sinaluvchu ulardan qaysi biri o’g’il bola va qaysi qiz bolaga xos kasblar ekanini belgilab chiqishi kerak. Ushbu so’rovnomaning maqsadi: O’smirlar orasida gender steriotiplarga munosabatini vba o’zlarinmoing gender steriotip (jinsiy qolip)da ekanini aniqlash. Qo’llanilishi: Ushbu so’rovnomada 20 ta kasb nomi yozilgan bo’lib, uni o’smir yoshdagi o’quvchilarga tarqatiladi. O’smirlar berilgan kasblardan qaysi biri o’g’il bolalarga mos va qaysi qiz bolalarga mos ekanini belgilashadi.(+) Ikkilangan o’smirlar ikkovini ham belgilashi mumkin. Uning natijalari quyidagicha tahlil qilinadi:
Sinaluvchining berilgan 20 ta kasblardan qaysi jins vakilini ko’p belgilagani sanab chiqiladi.
20-15 ball- sinaluvchida gender steriotiplarga munosabati o’z jinsini ustun qo’yish va qarama – qarshi jins vakiliga negativ fikr tarzda namoyon bo’ladi. Lekin oilada o’z jinsiy steriotipi shakllangan.
14-11 ball- sinaluvchida gender steriotiplarga munosabati o’rtacha. U kerakli paytda o’z jinsini ustun qo’yadi, kerakli vaqtda qarama –qarshi jins vakiliga hurmat bilan qaraydi. . Lekin oilada o’z jinsiy steriotipi qisman shakllangan.
10-5 ball - sinaluvchida gender steriotiplarga munosabati ijobiy. O’z jinsidan ham ko’ra qarama –qarshi jinsni ustun qo’yadi. Unday o’smirlardan gender tajovuz chiqmaydi. . Lekin oilada o’z jinsiy steriotipi shakllanmagan(To’liq matni ilova qilinadi)
Bizning tadqiqat markazimizda Termiz shahridagi 1- umumta’lim maktabi bo’ldi. Mavzuning ko’lamidan kelib chiqib biz so’rovnomani o’tkazadigan yosh (yoki sinf) ni tanlab olishimiz juda muhim edi va biz maktabning 5- va 8- sinf o’quvchilardan jami 24 ta respondentni tanlab oldik. Ulaning o’rtasida notenglik yuzaga kelmasligi uchun 12 ta qiz bola va 12 ta o’g’il bola tanlab oldik. Tadqiqotimizning ikkinchi qismida yuqorida keltirilgan so’rovnomani har ikkila sinfda ham o’tkazdik. Ularni ikkita sinf qilib tanlaganimiz sababi ular o’rtasidagi jinsiy steriotiplarni yosh xususiyatlarini o’rganishdan iborat edi. Tadqiqotni o’tkazishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratdik:

  1. Sinaluvchilarning yoshi va jinsi;

  2. Sinaluvchilarning etnik xusuiyatlari;

  3. Sinaluvchilarning ruhiy holati;

  4. Sinaluvchilarning hohishi;

  5. Sinaluvchilarning ijtimoiy kelib chiqishi.

O’tkazilgan so’rovnomaning natijalariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, dastlab 5-sinflardan 12 nafar sinaluvchidan olingan natijalarni quyidagi jadvalda ko’rib chiqishimiz mumkin.




So’rovnoma shkalasi

O’g’il bolalar

Qiz bolalar

20-15 ball

4

2

14-11 ball

2

3

10-5 ball

0

1


Bu so’rovnomani 8-sinf o’quvchilaridan ham olindi. Unda so’rovnomada ishtirok etgan 12 nafar o’quvchidan natijalari bilan quyidagi jadvalda tanishamiz:


So’rovnoma shkalasi

O’g’il bolalar

Qiz bolalar

20-15 ball

5

2

14-11 ball

1

4

10-5 ball

0

0

Yuqorida biz maktab sharoitida o’quvchilardan olingan so’rovnoma natijalarini keltirib o’tdik. Bu so’rovnoma natijalarining tahlili va undagi yosh xususiyatlari o’rtasidagi farqlarni va umumiy xulosalarni yosh va jinslar kesimida keyingi paragrifda batafsil yoritamiz. Natijalar diagrammalarda tahlil qilinadi va so’rovnomaning ijobiy yoki salbiy samara bergani aniqlanadi.





    1. Download 246 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling