I kirish II. Asosiy qism nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish


Download 127.76 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi127.76 Kb.
#1515790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NODAVLAT


MAVZU: NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINI TASHKIL ETISH TAMOYILLARI VA RAHBARLIK USULLARI.

I. KIRISH
II.ASOSIY QISM

  1. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish

  2. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari

  3. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim faoliyatini tashkil etish.

  4. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tamoyillari va rahbarlik usullari

III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish foliyatini tartibga soladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o’z ustaviga mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o’z nomiga ko’rsatilgan muhrga ega bo’ladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo’lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o’z mualliflik dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tartibi O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo’lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli;
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida o’quv yili joriy yilning 2-sentyabridan boshlanadi va keying yilning 1-iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig’ida sog’lomlashtirish davri davom ettiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o’rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, va xodimlari o’rtasidagi munosabatlar o’zaro hamkorlik, bolaning shaxsini xurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo’lmagan shaxslar pedagogik faoliyatga qo’yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tominidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari «Ta’lim to’g’risida»gi qonun,,<< Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi>>ga muvofiq ishlab chiqilgan.

Download 127.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling