I kirish II. Asosiy qism


Download 0.92 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#199466
Bog'liq
kurs ishi (2)


MUNDARIJA:

I.KIRISH.............................................3

II.ASOSIY QISM...................................4

1.Fizika fanini rivojlantirishning zamonamizdagi ahamiyati..............4

2.Fizikani o’qitishda chet el tajribalariga murojaat............................8

3.Rivojlangan mamlakatlarning fan va texnikadagi yutuqlari............12

III.Xulosa.........................................17

IV.Foydalanilgan adabiyotlar................18

I.KIRISH


  • Kurs ishining dolzarbligi :Fizika fanini o’qitishning metodlarini rivojlantirishda fan va texnologiya rivojlangan mamlakatlar bilan tajriba almashish.



  • Kurs ishining maqsadi:Ta’lim sifatini yaxshilashda pedagoglar fandagi metodlarning yanada keng,rivojlangan va zamonaviy usullarini o’raganish.



  • Kurs ishining vazifasi:

1.Fizika fanini rivojlantirishning zamonamizdagi ahamiyati.

2.Fizikani o’qitishda chet el tajribalariga murojaat.

3.Rivojlangan mamlakatlarda ilm – fan va texnikadagi yutuqlar.


  • Kurs ishining hajmi;Kurs ishi 18 betdan iborat bo’lib, IV ta bob ,asosiy qism, xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, 7 ta rasmdan iborat.





II.Asosiy qism

1.Fizika fanini rivojlantirishning zamonamizdagi ahamiyati

Inson paydo bo’libdiki yashash uchun kurashib keladi,turmush tarzini yengillatish uchun ehtiyojlardan kelib chiqib turli buyumlarni yaratadi.Shu tariqa o’zlari bilib-bilmagan holda kashfiyotlar qilishadi,albatta bularning barchasi ehtiyojdan kelib chiqadi.Tarixga nazar soladigan bo’lsak barcha davrlarda insoniyatning ilm-fandagi yutuqlari guvohi bo’lamiz.Dunyoga mashhur olimlarning masalan Nyutonning qonunlari,Galileyning nisbiylik prinsipi,Gyugensning mayatnik nazariyasi,S.Karnoning bug’ mashinasi,Popov tomonidan radioning kashf qilinishi,Faradey qonunlari,Eynshteyn nazariyasi kabilarni asos qilib olishimiz mumkin.Shubhasiz qadim zamonlardan rivojlanib kelayotgan ilm-fan hozirgi kunda yanada rivojlanmoqda.

Fizika fani rivojlanish tarixi tabiatshunoslik fanining asli bo’lib,jamiyat tarixi rivojlanishida muhim o’rin tutadi va uning rivojlanishiga ulkan hissa qo’shadi.Fizika( grekcha “physis”-“tabiat”) tabiat haqidagi fan hisoblanadi.Demak,biz tabiatda sodir bo’layotgan jarayon va hodisalarni tushinishimiz va ularni ma’lum darajada boshqarishimiz uchun Fizika fanini yaxshi bilishimiz talab etilar ekan.Fizika fani ko’plab tabiiy fanlar bilan uzviy bog’langan bo’lib,ularga:astranomiya,kimyo,biologiya ,geologiya,arxitektura kabilar misol bo’ladi.“XXI asr texnologiya asri “,texnologiyaning rivojlanishi esa fizika fani bilan bog’langan.Fizika o’zi bilan birga boshqa soxalarning rivojlanishiga ham katta hissa qo’shmoqda.

Masalan:

Fizika fanidagi kashfiyotlar meditsenada ham yordam berdi.Maksvelning elektromagnit to’lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib chiqib nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen (1845-1932) har xil buyum;narsalardan turlicha o’tuvchi ko’rinmas nurlarni kashf etdi.Nurlarning kelib chiqishi olimlarga ma’lum emasdi va ularni “X nurlar” deb atadi.Ana shu kashfiyotga asoslangan va olimning nomi bilan “Rentgen” deb atalgan apparat yaratildi.Endi shifokorlar ichki jarohatlarni,suyak sinishlarini ko’rishlari mumkin edi.Bu kashfiyot uchun fiziklar orasida birinchi bo’lib Rentgenga Nobel mukofoti berilgan.



Hozirda turmushda ko’p qo’llaniladigan yorug’lik manbalaridan biri bu Lampochka.1878-yilda ingliz olimi Jozef Svan shisha kolba shaklidagi birinchi lampochkani yaratdi.Kolba ichida elektr tokiga qarshilik qiluvchi moslama “ko’mir sim” shaklida bo’lib,yorug’ligi juda ham kam edi.1879-yilda esa ixtirochi Tomas Edison ham hozirda biz ishlatadigan,xo’jalik buyumiga yaqinroq bo’lgan lampochkani ixtiro qildi.Biroq uning ixtirosida Svanning tajribalari asos bo’lib,Tomas uni yanada takomillashtirdi. Hozirgi kunda hayotimizni aveatsiyasiz tasavvur qila olmaymiz.Uzog’imizni yaqin qiluvchi samalyotlarni kashf qilinishi haqida so’zlab o’tsak:

Havoga ko’tarila oladigan uchish apparati yaratish g’oyasi ko’p asrlar avval tug’ilgan.Qanotlar yordamida uchish rejasini ilk bor Leonardo da Venchi tuzgan edi.Leonardo da Vinchi qushlarning qanot qoqishini diqqat bilan kuzatib,qushlarning uchishiga asoslangan deltoplanni yasagan.Biroq bu deltoplan mukammal emasdi.1870-yilga kelib Jorj Keyli samalyot qurishga imkon beruvchi parrakning nazariy hisob-kitobini taklif etdi.Uning fikrlariga asoslab rus dengiz muhandisi A.F.Mojayskiy birinchi samalyotni yaratib,unda parvoz qildi.Bu voqea 1882-yilning yozida ro’y berdi.

Bu kabi ixtirolarni sanab oxiriga yetolmaymiz,mana shunga o’xshash kashfiyotlar hozirgi kundagi fan va texnologiya rivojlanishi uchun ulkan poydevor bo’lib hisoblanadi.XXI asrni texnika buyimlarisiz tasavvur qila olmaymiz va ushbu buyumlarning ixtiro qilinishida fizika fanining ahamiyatini yuqorida ko’rib o’tdik.

2.Fizikani o’qitishda chet el tajribalariga murojaat.

Fizika tabiiy fanlar orasida bilimlarni boshqaruvchi soha bo’lib qoldi.Fizik nazariyalar va fizik tekshirish usullari boshqa tabiat fanlari orasiga borgan sari kira boshladi.Shu bilan birga fizika hozirgi zamon texnikasining nazariy asosiy rolini o’ynay boshladi,ko’p sohalar(elektrotexnika,radiotexnika,elektronika,yadro energetikasi va shu kabilar) fizik kashfiyotlar asosida paydo bo’ldi.Shu bilan birga fizikaning tabiatshunoslik sohasi sifatidagi ahamiyati va o’rni belgilanadi. Fizikaning fan sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari fizikaning o’quv predmeti sifatidagi muhim belgisi va xususiyatlari ham aniqlanadi.Shu sababli fizika fanini har tomonlama rivojlantirish,rivojlangan mamlakatlar bilan tajriba almashish kerakdir.

Ixtiyoriy ilmiy bilimning barqaror rivojlanishining zaruriy sharti uning ivolutsion bosqichlarida ongli tarzda avloddan-avlodga o’tishdir.Ya’nikim insonlarning ixtiyoriy tarzda ilm-fanga qiziqishi va uning rivojlanishi yo’lida xissa qo’shmog’idir.

Chet mamalakatlarda o’sayotgan avlodning qay tarzda tarbiyalanishiga qiziqish qadim davrlardayoq mavjud edi.Yunon tarixchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar aytgan bo’lsa, Rim tarixchisi Tastit qadimgi german qabilalariga oid o’ziga xos xususiyatlarini qayd etib o’tgan edi.O’sha davrlardayoq ,mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yaxshilashda qo’shni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadida tez-tez ko’rilib turgan. Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishmoqda.Ulardan ko’zlangan maqsad ta’lim-tarbiya faoliyatini rivojlantirish,o’quv tarbiya ishlari mazmunini,uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iborat.Bu vazifalarni mavaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el uslubi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni tubdan o’zgartirish ekanligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda.Ta’lim tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti muhim o’rin tutadi.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan jarayon ekanligi ayni haqiqatdir.

Germaniya ta’limidagi eng mashhur yo’nalish oliy ta’lim tizimidir. Mamlakat yuqori darajadagi oliy ma’lumot berishda nafaqat Yevropa,balki jahonda yetakchilardan hisoblanadi.Germaniya oliy ta’limidagi asosiy qoida – “Akademik erkinlik” bo’lib bu yerda har bir talabaning mustaqil izlanishi va o’z ilmiy tadqiqotlarini ta’lim jarayoni bilan bir vaqtda olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Bundan tashqari,talabalarga fanlar va o’qish dasturini mustaqil tanlash huquqi ham beriladi.Nemis ta’lim tizimining yana bir o’ziga xosligi – ochiqlik va soddalikdir.Barchaning oliy ma’lumotli hamda bilimli bo’lishi tarafdori bo’lgan hukumat tomonidan universitetlarda o’tiladigan maruza darslariga nafaqat talabalar,balki istalgan tinglovchining kirishiga ruxsat berilgan.Shu bois mamlakatda inson qo’lidagi oliy ma’lumot diplomi emas ,balki ularning bilim va malakasi ko’proq qadrlanadi.

Qo’shma shtatlardagi ta’lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biri deb tan olingan.Amerikada o’qish chet ellik talabalarni ingliz tilini bilish darajasi,yuqori sifatli o’qitish ,xalqaro aloqa tajribasi ,ko’plab mashhur dasturlar va porloq martaba istiqbollari bilan qiziqtiradi.AQSHning universitetlari xalqaro ta’lim reytinglarida birinchi o’rinlarni egallab turishibdi.Amerikada qat’iy bitlashtirilgan davlat ta’lim tizimi mavjud emas.Bu yerda u universaldir.Uning tuzilishi har bir davlat tomonidan alohida belgilanadi.Shunga qaramay Amerikada ta’lim ko’p bosqichli.Mamlakatning ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:


  1. 3-5 yoshdagi bolalarni tarbiyalash uchun maktabgacha muassasalar ;

  2. 6 dan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar o’qiyotgan 1-8 –sinflarni o’z ichiga olgan boshlang’ich maktab;

  3. 14-17 yoshdagi bolalar o’qitiladigan o’rta maktab ,9-sinfga qabul qilinadi va 12-sinfni tugatgandan so’ng o’rta maktabni tugatganligi to’g’risidagi diplom bilan bitiradi;

  4. 2 yillik o’qish va undan keyingi asosiy ma’lumotni olgan kollejlar , shuningdek, 4 yil o’qiydigan kollejlar va universitetlar bilan ta’minlangan oliy maktab ,ularga bakalavr unvonini berish;

  5. Magestratura ,bu magestrlik darajasini olish imkoniyati bilan o’qishni davom ettirishga imkon beradi (o’quv muddati 2yil davom etadi);

  6. 3yildan 6yilgacha davom etadigan ta’limning yakuniy bosqichi , bu falsafa doktori ilmiy darajasi

Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim tizimini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi.Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. Ta’lim oluvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta’lim tizimidan keyin amalga oshiriladi.Masalan,fransuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf ta’lim oluvchilarini uch tabaqaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar.

Bular quyidagilar:

1.Gomogenlar – matematika va gumonitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan ta’lim oluvchilar .

2.Yarim gomogen – tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil ta’lim oluvchilar.

3.Gegeron – barcha predmetlarni har xil saviyada o’zlashtiradigan ta’lim oluvchilar va hokazolar.

Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmoqda.Ushbu tabaqalashtirish ta’lim oluvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib,o’zlarining iqtidorlariga qarab yo’nalish tanlash imkoniyatini beradi.

3.Rivojlangan mamlakatlarning fan va texnologiyadagi yutuqlari.





Njhjhhjjjjkkjjknk*njkkjkkj



“Newzoo” ma’lumotlariga ko’ra- AQSH va Xitoy ilm-fan taraqqiyotiga eng ko’p xissa qo’shayotgan davlatlar ekan.Ilmiy jurnallarda chop etilayotgan har to’rtinchi maqola muallifi – amerikalik (Nobel mukofoti bekorga berilavermaydi),har 5-6-maqola xitoylikniki.Dunyo iqtisodiyoti tizgini ilm- fanda yetakchi bu ikki mamalakat izmida – bu tasodif emas .Shartli ravishta” kuchli o’nlik” tuzadigan bo’lsak, keyingi o’rinlarda Buyuk Britaniya ,Germaniya, Yaponiya,Kanada,Avstraliya,Xindiston,Janubiy Koreya va Isroil.




Davlatning texnologik jihatdan taraqqiy etganligi uning iqtisodiy va siyosiy barqarorligiga chambarchas bog’liqdir .Quyida jahondagi texnologik taraqqiy etgan o’n yetakchi mamlakatiga qisqacha tarif beramiz:

Yaponiya

2015-yil holati bo’yicha baho bersak,kunchiqar mamlakatni eng texnologik rivojlangan davlat sifatida e’tirof etishga haqlimiz. Avtomobilsozlik,robot texnikasi ,elektrontexnika,metallurgiya, seysmik barqaror inshootlar qurilishi kabi sohalarning barchasiga yuqori texnologiyalar chuqur kirib borgan.Bu o’rinda yaponlarning ta’limi va faniga urg’u berish joiz.



Nogironlar uchun robot kostyum zaiflarga og’irliklarni osongina ko’tarishga yordam beradi,cheklangan odamlar esa yurishni va xatto yugurishni boshlashlari mumkin.


Diet mobil telefoni Yaponiyaning NNT Communication kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.Bugungi kunda uyali telefonda kaloriyalarni sanab ,ozchilikni hayratga soladi va bu qurilma nafaqat fotosuratdan olingan oziq-ovqatning energiya qiymatini aniqlaydi,balki parhez bo’yicha tavsiyalar ham berdi.

AQSH.Birinchi bo’lib oyga odam chiqargan,birinchi atom bombasini yaratgan va yana dunyoga bir qancha kashfiyotlar taqdim qilgan davlat ikkinchi o’rinda . Texnologik jihatdan eng yaxshi ta’minlangan armiyaga ega.Fazoni o’zlashtirish sohasida yetakchi.Farmatsevtika va telekommunikatsiya sohalarida ilg’ordir.

Janubiy Koreya

LG,Samsung va Hundai singari brendlar vatani.Nanotexnalogiyalar va robotosozlik sohalariga janubiy Koreylik olimlar qo’shgan ulkan xissani ta’kidlamay iloj yo’q.Koreya Respublikasining fan va texnologiya vazirligi zamonaviy ilg’or texnologiyalarga oid ko’plab milliy dasturlarni moliyalashtiradi. Birgina fakt:Janubiy Koreyadagi o’rtacha internet tezligi AQSHdagidan uch barobar ortiq.

Isroil

Fazoviy texnologiyalar bo’yicha yetakchi besh davlatdan biri.Yahudiylar davlatida eksportdan kelgan daromadning 35%i texnologik sohaga sarflanadi. Qolaversa ,Isroilda elektromobellarni zaryadlovchi yirik infratuzilmaviy tarmoq mavjud bo’lib ,bu fuqarolarga katta yengillik yaratgan.



Germaniya

Mercedes-Benz,Audi,BMW va Volkswagen vatani.Mashenasozlik bo’yicha xay-tek uyasi. Nemis olimlari kosmonavtika va nanotexnologiyalar bo’yicha ham faol shug’ullanyapti.”Maks Plank jamiyati” va “Gotfrid Vilgelm Leybnits” kabi ilmiy-tadqiqot muassasalari nomi dunyoga tanilgan.

Kanada

Sanoat sohasidagi murakkab tadqiqotlar, biotexnologiyalar ,fazoni o’zlashtirishda faollik,bularning barchasi Kanadaga xos.Kanada hukumati



texnologik sektorni rivojlantirishga mablag’ni ayamaydi:YaIM ning 1,8 %i ilmiy tadqiqotlar va tajriba – konstruktorlik ishlariga sarflanadi.

Buyuk Britaniya

Qachonlardir paravoz ,reaktiv va elektr dvigatel,cho’g’lanma lampochka kabi ixtirolarni dunyoga bergan Britaniya texnologik taraqqiy etgan mamlakatlar o’nligiga kirishga to’la haqlidir.Aviatsiya ,avtomobilsozlik,farmotsivtika kabi sohalarda ingliz orolchasi yetakchilar safida.

Xitoy


Xitoy deganda Tayvanni ham tushunamiz.Xitoy shiddat bilan rivojlanyapti,shu bilan birga taniqli brend va texnologiyalarni sotib olmoqda. Keling,sanab ko’raylik: Volvo,Great Wall,Lenovo,Huawei,Acer,Asus,BBK,BenQ, D-link,Gigabyte,HTC va yana bir qancha.

Finlyandiya

Zamonaviy jihozlarga ega sog’liqni saqlash tizimi jahonda eng yaxshilardan deb tan olingan.Dong’i ketgan Nokia brendining vatani mobil kommunikatsiya sohasida ham ilg’ordir.Oxirgi yillarda hukumat tomonidan biologiya , bioenergetika,va ekologiya sohalari rivojiga urg’u berilmoqda.

Singapur


Kichik shahar-davlat jahonning biznes yuritish uchun eng qulay shart-sharoitlarga ega mamlakati hisoblanadi.Kambag’al va kichik davlat ilg’or texnologiyalari infratuzilmaga ega jamiyat qura olishiga Singapur yaqqol misoldir. Bugunga kelib Singapur eng tezkor internet tizimi , qulay va shinam jamoat transporti va har bir fuqaro kamida bitta smartfonga egaligi bilan g’ururlanadi

Biz bilamizki ,fizika fani o’ta chuqur va murakkab fanlar sirasiga kiradi.Fizika fanini mukammal o’rganish iqtisodiyot,qishloq xo’jaligi,ishlab chiqarish,texnologiya,umuman barcha sohalarga katta foyda keltirishini yuqorida qisman ko’rib o’tdik.Fizika maktab kursidan boshlab o’tiladi va o’sha paytdan boshlab o’quvchilarda ushbu fanga bo’lgan qiziqish ortib boradi.Fizikani o’rganish asosan kuzatish va tajribalar orqali amalga oshadi.Fizika fanini chuqurroq o’rgatish maqsadida maktablarda ko’proq tajribalar o’tkazsak,shu orqali nazariyani ham o’quvchilar ongiga tezroq yetib boradi.O’tilayotgan mavzu haqida kengroq tushuncha hosil bo’ladi. Tajribani ko’rib , o’zi bajarganda o’sha mavzuga oid ma’lumotlarni eslab qolish ham oson bo’ladi va fanga bo’lgan qiziqish ham ortib boradi .Shu sababli fizikada amaliy dars soatlarini ko’paytirsak va ko’proq tajribalar olib borsak fanga bo’lgan qiziqishni yanada orttirardik .

Xulosa:Ushbu kurs ishimda xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, ilm – fan rivoji davlatni tanitadigan va barcha sohalarning rivojlanishi uchun katta omil hisoblanadi.Turmush tarzimizni yengillashtirish,sanoat,texnologiya,medetsena,

ishlab chiqarish va boshqa shu kabi sohalarni rivojlabtirish maqsadida fizika fanini mukammal o’zlashtirishimiz,ilm – fan va texnika o’ta jadallik bilan rivojlanayotgan davlatlar bilan tajriba almashish,ular bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqdir.Barcha sohalarni rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlardan turli texnika buyumlarini katta mablag’ evaziga xarid qilyapmiz.Agarda davlatimizda texnikani yanada rivojlantirsak,Respublikamiz iqtisodiyotiga ham katta foyda keltirgan bo’lar edik.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar:

1.M.D.Jo’rayev “Fizika o’qitish metodikasi”T,TDP 2013

2.M.Qurbonov,D.Begmatova “Fizika tarixi fanidan majmua”2013

3.6-sinf fizika darsligi N.Sh.Turdiyev 2017

4.Akademik litseylar uchun fizika fanidan qo’llanma T,1999

Elektron ta’lim resurslari.

1.www.Ziyonet.uz

2.https://fledu.uz

3.https://lex.uz

4.www.urmon.uz






Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling