I. Kirish. II. Asosiy qsim. Tarmoq klient qismini tashkil etilishi va talablar


Tarmoqdagi foydalanuvchilar paketli komutatsiyasi


Download 143.84 Kb.
bet5/6
Sana09.11.2023
Hajmi143.84 Kb.
#1759552
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
I. Kirish. II. Asosiy qsim. Tarmoq klient qismini tashkil etilis-hozir.org

2.Tarmoqdagi foydalanuvchilar paketli komutatsiyasi.
Kommutatsiya jarayonining vazifalaridan bo`lgan – oqimlar va kerakli marshrutlar aniqlash, maxsus jadvallarda marshrutlarni belgilash, oqimlarni multiplekslash, uzatish muxitini taqsimlash – texnikaviy masalalar barcha tarmoq texnologiyalari asosi sifatda uning funktsional xususiyatlarini belgilaydi. Tarmoqlarda ikkita foydalanuvchi biri biri bilan bog`lanish jarayonida quyidagi asosiy kommutatsya usullari mavjud: · Kanallar kommutatsyasi (circuit switching); · Paketlar kommutatsiyasi (packet switching); · Xabarlar kommutatsiyasi (message switching). Umumiy xolda foydalanuvchilar bog`lanishi 1.2-rasmda keltirilgan kabi bo`ladi,kommutatsiya usuliga ko`ra bajariladigan vazifalar farqlanadi. Kanallar kommutatsiyasi tarixi dastlabki telefon tarmoqlaridan boshlanadi. Paketlar kommutatsiyasi 60chi yillar oxirida barpo etilib, birinchi kompyuter tarmoqlarida qo`llanilgan. Kommutatsiya usullarning xar biri afzallik va kamchiliklarga ega; mutaxassislar fikriga ko`ra, paketlar kommutatsiyasiga asoslangan tarmoq texnologiyalari istiqbolda asosiy o`rin egallaydi.
Kanallar kommutatsiyasi usulida tugunlar o`rtasida uzluksiz fizikaviy kanal xosil bo`lib, kommutatorlar erdamida aloxida kanal qismlari ketma ket ulangan bo`ladi: bir nechta fizikaviy kanallar yagona fizikaviy kanalni tashkil etadi va xar bir kanalda uzatish tezligi bir xil bo`lishi sharti asoslangan. Bunday yagona kanal ma`lumot uzatish jaraenidan avval o`rnatilishi kerak bo`ladi, va bu kanal ulash o`rnatish jaraenida faqat ushbu bog`lanishga xizmat qiladi. Misol uchun, rasmdagi 1-tugundan 7-tugunga ma`lumot uzatish uchun, avval 1-tugun A-kommutatoriga ulash o`rnatish uchun 7-tugun adresini belgilagan xolda maxsus so`rov signalini yuboradi. A-kommutatori yagona kanal xosil qilish uchun marshrut aniiqlab, so`rov signalini keyingi kommutatorga yuboradi va x.k. 7-tugun so`rov belgisini olganligi to`g`risida 1-tugunga javob signalini qaytaradi va yagona kanal xosil bo`lganligi (kommutatsiyalanganligi) ni belgilanadi; shundan so`ng 1-tugun 7-tugun bilan ma`lumot almashishi mumkin. Kanallar kommutatsiyasining afzalliklari: - Foydalanuvchilar aro o`rnatilgan kanalda ma`lumot uzatish tezligi doimiy va ma`lum bo`ladi (foydalanuvchi sifatli uzatishga mo`ljallangan kanalning o`tkazish qobiliyatiga moslab kerakli tezlikni belgilash imkoniyatiga ega); - Tarmoq orqali ma`lumot uzatishda to`xtalishlar darajasi past va doimiy bo`lishi (to`xtalishlarga sezgir real vaqtli trafik (ovoz, video)ni sifatli uzatilish imkoniyati). Kanallar kommutatsiyasining kamchiliklari: - kanal bandligida foydalanuvchiga rad eish javobi berilishi; - fizikaviy kanllarning o`tkazish qobiliyatini samarasiz ishlatilishi (kanal ulash o`ratish jaraeni mobaynida band bo`ladi); - avvaldan ulash o`rnatilishi tufayli ma`lumot uzatish jaraenidan oldin shartli to`xtalish mavjudligi. Bu kommutatsiya usuli telefon so`zlashuvlarni uzatishda qo`llaniladi. Paketlar kommutatsiyasi asosan, kompyuter trafigini uzatishga mo`ljallangan bo`lib, ma`lumot almashuvini samarali ravishda tashkil etishga imkon beradi.


Download 143.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling